Научная статья на тему : " Воспитание исторической памяти молодежи"
Научная статья на тему : " Воспитание исторической памяти молодежи"
Сегодня очень остро стоит проблема нравственной деградации общества. Причин этого явления множество, но можно сколько угодно говорить о них – проблема не исчезнет сама по себе, ее нужно решать. Предметы гуманитарного цикла играют большую роль в процессе формирования личной культуры студентов, их нравственного развития.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему : " Воспитание исторической памяти молодежи"»
YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHDA TARIXIY XOTIRANING AHAMIYATI
Воспитание исторической памяти молодежи
Сегодня очень остро стоит проблема нравственной деградации общества. Причин этого явления множество, но можно сколько угодно говорить о них – проблема не исчезнет сама по себе, ее нужно решать. Предметы гуманитарного цикла играют большую роль в процессе формирования личной культуры студентов, их нравственного развития.
Каромова Махфуза Субхоновна
Узбекистан, Вабкентский колледж строительства и транспорта
Ma’nan va jismonan sog’lom,baxtli va har tomonlama ibratli darajadagi farzand insoniyatning azaliy ezgu orzularidan hisoblanadi. Bugungi kunda ham insoniyat bilimli intelektual rivojlangan avlodni tarbiyasi-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti ekanligini e’tirof etadi.Yoshlarning iqtidorini yuksaltirish, iste`dodini qo’llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan.
Ayni vaqtda tahlikali globallashuv sharoitida yuqoridagi maqsadlarga erishish, yoshlarimizni ma’naviy tahdidlardan himoyalash borasida qaysi usullar orqali himoya qalqoni yarata olyapmiz va qanday tajribalardan samarali natijaga erishish imkonini topamiz? Bu savol bugun barchani birdek o`ylantirmoqda. Hozirgi globallashuv davri ma’naviy tahdidlar ya’ni xalqlardan tili, dini, e’tiqodidan qat`iy nazar har qaysi odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan,uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va turli tizginsiz ma`lumotlarga boy bo`lib, doimiy xushyorlikni talab etadi.
Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga, millat mentalitetiga tarixiy xotirani singdirilishi- milliy rivojlanishning milliy-ma`naviy salohiyatini globallashuv ta`siridan asrash zaruriyati ekanligini to`g`ri anglash kerak. Globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotidagi yangi bosqich bo`lib, uning o`ziga xos jihatlari ichida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va ularning amaliy ifodasi bo`lgan milliy taraqqiyot bilan bo`ladigan munosabatlardagi ziddiyatli tomoni alohida o`rinni egallaydi. Globallashuv millat ongda o`zligidan begonalashuvga ham ta`sir o`tkaza oladi. Begonalashuv deganda esa biz, u yoki bu millat vakillarining o`z merosi, urf-odat va qadriyatlariga nisbatan befarqlik bilan qarashni tushunamiz. Milliy o`zligi, ma`naviyatidan uzila boshlagan xalq esa tanazzulga yuz tutishi aniq. Bugun yoshlarni ana shu begonalashuvdan asrash choralarini ko`rish kerak. Bu yo`lda ma`naviy, mafkuraviy qurollantirish, tarbiya o`choqlaridan unumli foydalanish yo`llarini topish kerak...
Tarixiy xotirani, o`tmishning ibratini yoshlar qalbu shuuriga singdirishda, bugungi kunda muzeylarning ham ahamiyati beqiyos. Yoshlar Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Buxoriy, Imom Iso at Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi islom olami buyuk namoyondalarining adolat,insonparvarlik,mehnatsevarlik, yurtga muhabbat, axloq, odob, iymon va e`tiqod haqidagi ta`limot va fikrlaridan umuminsoniy qadriyatlarni anglab olsalar, muzeylarga, muqaddas qadamjolarga tashrif chog`ida ularning qalbiga milliy g`urur, milliy faxr-iftixor tuyg`ulari hukmron bo`lib, tarixiy xorita shakllanadi va takomil topadi. Globallashuv davrida esa yoshlarimizni mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda bu kabi ishlarning samarasi yaqqol ko`rinadi. Ana shu jarayonda yoshlarimiz xotirasiga, avvalo, oilasi ,millati, xalqi, yurti tarixi bilan bo`g`liq shonli sahifalarni singdirish, qalbiga milliy g`ururni shakllantirish, o`tmishdan saboq olib,kelajak sari odimlashga chorlash –mafkuraviy immunitet shakllanishida asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Bejiz xalqimizda yoshlarga “oilaning yetti ajdodini bilish”, kelin qilayotganda “yetti urug’ini so’rab –surishtirish” kabi an`analar necha asrlardan buyon saqlanib kelinyapti. Buning zamirida katta ma’naviy saboq bor: ya’ni har bir inson hayotda o’z o’rnini topishni istasa, albatta, tarixiy xotira bilan yashashi, o`zining tarixini bilishi lozim.
“Ma`naviy jihatdan ulg`aymoqchi bo`lsang, martabangni yuqori ko`tarishni istasang, jahonning ulug`lariga yaqinlashishni xohlasang ilm o`rgan, aql-idrokingni takomillashtir”, degan edi Nosir Xisrav. Bir necha yuz yil ilgari aytilgan bu fikr prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so`zlarida o`z aksini topgan: “Biz yashayotgan XXI asr – intelektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o`z vaqtida anglay olmasa, intelektual bilim, intelektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo`lidan chetga qolishi muqarrar”.
Barcha ishning kaliti, yuzaga chiqqan muammoning yechimi bu –ilmdir. Ilm o`rganish va tarixni bilib, undan saboq olish yoshlarning kamolot darajasini belgilaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “...Buyuk ajdodlarimizni, ota-bobolarimizni eslash degani- bu o`zimizga tan berish deganidir… Shu o`rinda Rasul Hamzatovning, agar sen o`zingdan oldin o`tganlarni miltiq bilan otadigan bo`lsang, avlodlaring seni zambarakdan o`qqa tutadi, degan mazmundagi fikrida chuqur ma`no bor”deganlarida aynan yoshlarni tarix bilan, haqiqat bilan qurollantirish lozimligini, bo`m –bo`sh joyda hech qachon buyuk sivilizasiyaga e`rishib bo`lmasligini nazarda tutadilar.
Beruniy salohiyati, Xorazmiy kashfiyoti, Al-Buxoriy sabog`i, Ibn Sino falsafasi, Navoiy sadoqatini, umuman o’z yurtida tug’ilib,el ravnaqi,zamin farovonligi uchun xizmat qilgan buyuk zotlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lgan, ulardan ibrat olgan, istiqlol, mustaqillikning qanday sharoitda bizga nasib etganini, buning uchun kimlarning xizmati borligini, nimalar evaziga iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning bu bosqichiga yetib kelganini bilgan bolalarni hech ikkilanmay vatanparvar deyish mumkin. Bu avlodni voyaga yetkazayotgan millatga hech qanday mafkuraviy xurujlar ta`sir etolmaydi.
O’z xalqini, madaniyatini, an’analarini yaxshi bilgan inson xalq tajribasiga asoslangan ko’p asrlik falsafa, umuminsoniy qadriyatlar tizimida oqilona mushohada yuritadi, insonning mansabi,yoshi, ma’lumotidan qat’iy nazar, tarix uning hayotida muhim o’ringa ega. Hayotga endigina kirib borayotgan yoshlar uchun tarix, uni anglash- porloq kelajak sari odim bo’lsa, qazoq shoiri Muxtor Shoxonov ta’biri bilan aytganda: “ Hukmdor uchun tarix tarozisida faqat uchta tosh bor- xalqning o’tmishi, buguni va kelajagi". Yuqoridagi firkni o`z hayotining hukmdoriga aylana olgan kishigagina nisbatan qo`llay olamiz.
O`z davrida fashistlar birinchi galda ma`naviy meros-kitobni yoqib tashlagan, chunki kitob-bu kuch-qudrat, kitob- bu tarix! Kitobga mehr uyg`otish tarixiy xotiraning yuksalishiga olib keladi.
“Yozilgan narsa-deyiladi Temur tuzuklarida — avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi”.
“Bugungi kunda “Eng ko`p talab qilinadigan va o`zini eng ko`p oqlaydigan sarmoya- bu inson kapitaliga yo`naltirilgan sarmoyadir” degan haqiqatning hayotda tobora mustahkam qaror topib borayotgani tasodif emas”[3] deganlarida prezidentimiz aynan globallashuv jarayonlari,ma’naviy tahdidlar,informatsion xurujlar avj olgan vaziyatda sog`lom fikrli,tarixiy xotirasi haqqoniy, qalbida milliy gurur shakllangan intelektual avlod ta`lim –tarbiyasi uchun yo`naltirilgan amaliy ishlarni nazarda tutganlar. Davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi, allomalarimiz tavalludlarining keng nisholanishi, xalqaro konferensiyalar o`tkazilishi, yangi alifboda tarix zarvaraqlarining qayta chop etilishi, jahon andozalariga mos kitob do`konlari va ziyo maskanlarining ochilishi bu boradagi ishlarning na`munasidir.