kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Islom dinining o‘rta osiyoga kirib kelishi

Нажмите, чтобы узнать подробности

ISLOM DININING O‘RTA OSIYOGA KIRIB KELISHI

G’ijduvon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Ikromov Komil Murodovich

         Ixshid, buxor – xudot, murjiiy al –Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni, Abu Muslim harakati, Moturidiya, ratsionalizm, kalom ilmi, somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, xorazmshohlar, milliy xususiyatlar.
 
   Mahalliy aholini islomlashtirish. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va 2) Arodi at-turk («Turklar erlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar erlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.

Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. CHunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar.

Bu holda mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. CHunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VIII asrning 20-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda erli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi;  keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab etmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi.

Moturidiya ta’limotining shakllanishi. Murji’iylar ta’limotiga ko‘ra, insonning tilda (iqror bi-l-lison va tasdiq bi-l-qalb) dinni qabul qilishi uni musulmon deb tan olish uchun kifoya qiladi. Diniy amallarning to‘liq bajarilishi ikkinchi darajali masaladir. Keyinchalik murji’iylar g‘oyalari asosida ilohiyot fanida uch yirik ta’limot – Najjoriya, Karromiya va Moturidiya shakllanadi. Moturidiya kalom maktabining vujudga kelishida Samarqand ulamolar muhiti katta rol o‘ynadi. Bu davrda Movarounnahr siyosiy markazi arablar ta’siri ostida shakllangan Buxoro shahri bo‘lsa ham, madaniy va iqtisodiy hayotda So‘g‘diyonaning qadimgi poytaxti hali salmoqli o‘rin tutar edi. Milliy qadriyatlarni, jumladan ilohiyot sohasida eski an’analarni ko‘proq saqlab qolgan Samarqand madaniy muhitida yangi ta’limotning vujudga kelishi bejiz emas edi. U. Rudolf  tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, Moturidiya ta’limotining paydo bo‘lishi bir necha bosqichlarda yuz berdi. Birinchi bosqich murji’iy-hanafiy ilohiyotchilari Abu Muqotil as-Samarqandiy ( 823 y.) va Ahmad ibn Nasr al-‘Atakiy (IX asr) nomlari bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqichda Samarqandda al-Juzjoniya (Abu Bakr al-Juzjoniy, Abu Mansur al-Moturidiy, al-Hakim as-Samarqandiy), al-‘Iyodiya (Abu Bakr al-‘Iyodiy, Abu Ahmad al-‘Iyodiy, Abu Salama as-Samarqandiy) maktab vakillari faol harakat qildilar. Ular shu diyorda faoliyat ko‘rsatayotgan Abu Hafs al-Buxoriy va Nusayr ibn YAhyo al-Balxiy maktablari bilan birgalikda «ahl as-sunna va-l-jamo’a» nomini oldilar. Keyinchalik uchinchi bosqichda mazkur maktablar ta’limoti o‘zaro ta’sir jarayoniga kirishib, XI asrda Abu-l-Mu’in an-Nasafiy (v. 1115 y.) va Abu-l-Yusr al-Pazdaviy (v. 1100 y.) sa’y-harakatlari bilan ilohiyot tarixiga Moturidiya ta’limoti nomi bilan kirdi. Bu ta’limot keyinchalik Samarqanddan butun islom olamiga tarqalib, ahl as-sunnaning Ash’ariya bilan bir qatorda ikki ilohiyot maktabidan biriga aylandi.

So‘nggi tadqiqotlar Movarounnahr hududlarida islomning ilk davrlarida ratsionalizmning keng tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkada tabiiyot (Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy) va falsafa (Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino) ilmlari bilan bir qatorda ratsionalistik diniy ilmlar ham barq urib rivojlandi. Mu‘taziliylar, ismo‘iliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz qoldirdilar. Bunga javoban islom dunyosining markaziy hududlaridan traditsionalistlar (an’anachilar, ahl al-hadis) ta’limotlari kirib kela boshladi. Islom ta’limotini keyingi davrda paydo bo‘lgan yangiliklardan (bid’at) tozalash bu oqimning asosiy shiori bo‘lib qoldi. Bu tanqidiy ruh muhaddislarga siyosiy sohada ham ancha muvaffaqiyatlar keltirdi. Hadislarni yig‘ish, tartibga solish va faqat ishonchlilarini to‘plamlarga jamlash borasida mislsiz ishlar qilindi. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom ad-Dorimiy, ‘Abd ibn Humayd al-Kashshiy, Kulayb ibn al-Haysam ash-SHoshiylar hadis to‘plamlari bilan islom tarixi zarvaraqalariga o‘z ismlarini yozdilar. Natijada muhaddislarning ijtimoiy-siyosiy mavqei Movarounnahrda, jumladan poytaxt Buxoroda, beqiyos o‘sdi.

Bu esa o‘z navbatida markaziy shaharlarda shu paytgacha kuchli mavqega ega bo‘lib kelgan hanafiylar va yangi guruh – ahl al-hadis o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi. Murji’iylar va hanafiylarning diniy qarashlaridagi bevosita aloqadorlik bir necha tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan (Y. van Ess, V. Madelung, U. Rudolf). Darhaqiqat, o‘z vaqtida Abu Hanifaning (767 y.) arab bo‘lmagan musulmonlarning ham teng huquqli ekanligi g‘oyasi, ularning jamiyatda kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatlari, dastlab, uning ilohiyot sohasidagi, keyinchalik esa, fiqhiy ta’limotning Movarounnahr hududida tarqalishiga keng yo‘l ochgan edi. Endi jiddiy muxoliflar bosimi ostida hanafiylar o‘z ta’limotlarini rivojlantirishga majbur bo‘ldilar. Abu Abdulloh al-Buxoriy (v. 878 y.), as-Subazmuniy (v. 952 y.), az-Zandavisatiyning (XI asr boshi) shoh asarlari shu maqsadga xizmat qildi.

Hanafiya mazhabi. Hanafiy faqihlar shahar ahlining turli qatlamlari bilan chambarchas mustahkam aloqada bo‘lib, o‘z diniy-ijtimoiy faoliyatlarida ularning manfaatlarini aks ettirar edilar. SHu paytgacha islomshunoslikda Somoniylarning (874-999) hokimiyatga kelishi o‘z-o‘zidan hanafiylarning mavqelarini kuchaytirdi, deb hisoblanar edi (V. Madelung). Ammo yangi kashf etilgan manbalardan ma’lum bo‘lishicha, asli xurosonlik Somoniylar mahalliy aholi va ularning etakchi vakillari – hanafiylar ta’sir doirasini cheklash va toraytirish uchun ahl al-hadis va shofi’iylardan foydalanganlar (jumladan, Ismo‘il Somoniy, 892-907). Ular o‘rtasidagi keskin raqobat kurashi ilm sohasida mumtoz asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu o‘rinda SHams al-a’imma al-Halvo’iy, SHams al-a’imma as-Saraxsiy, Abu Zayd ad-Dabusiy, Faxr al-islom al-Pazdaviy, as-Sadr ash-SHahid, Abu Hafs an-Nasafiy, az-Zamaxshariy, ‘Alo’ ad-din as-Samarqandiy, al-Mutarriziy, Burhon ad-din al-Buxoriy, Faxr ad-din Qodixon, Burhon ad-din al-Marg‘inoniyning fiqh metodologiyasi, fiqhning amaliy masalalari, hadis, aqo’id, filologiya, tafsir va boshqa sohalarda yaratgan yuzlab asar nomlarini keltirish kifoya. Mazkur asarlar orqali O‘rta Osiyo boy madaniy an’analari, diniy tajribasi, huquqiy tasavvurlari islom tamadduni doirasiga kiritildi. Bu bilan islomning to‘laqonli, o‘z-o‘ziga etarli, mukammal mintaqaviy shakliga asos solindi. Unda umumislomiy va mahalliy elementlar orasidagi munosabatda hamohanglik, mutanosiblikka erishila borildi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Islom dinining o‘rta osiyoga kirib kelishi»

Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Islom dinining o‘rta osiyoga kirib kelishi

Автор: Ikromov Komil Murodovich

Дата: 14.06.2017

Номер свидетельства: 421728

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства