Просмотр содержимого документа
«Юнон - форс урушлари»
Yunon –fors urushlari
Miloddan avvalgi 490-449 yillar
Reja:
1 Yunon-fors urushlarining sabablari
2 Marafon jangi
3 Fermopil jangi
4 Salamin jangi
5 Urushning yakuni mil/avv 449 y sulhi
Mil. avv. V asr boshlaridaYunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro Ihukmronlik qilayotganFors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosibolishga intilgan.
Yunonistonning barcha shaharlarida fors
elchilari paydo bo‘lib, ular:«Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan
kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir»,deb baralla aytishardi.
Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisiforslarga qarshilik ko‘rsatishning sira iloji yo‘q deb hisoblab,shoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar.
Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Fors elchilariAfinaga kelganda, shahar aholisi g‘azabdan ularni o‘ldirib, qoyadan tashlab yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxandalik bilan:«Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar»deyishgan ekan.
Mil. avv. 490-yil fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tdi vaAttika sohiliga langar tashladi.Marafon tekisligiga nayza, xanjar va o‘q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyodajangchilari kemadan tushadilar .
Bir hafta o’tdi.Miltiad boshchiligida yunonlar Marafon tekisligida Fors qo’shinlariga hujum boshladi .
Yunonlar forslarga qaraganda kam sonli edi.Yunon lashkarlari Forslarni Attika ichkarisiga boradigan yo’llarni to’sib qo’ydi .
. MARAFON JANGI MIL /AVV 490 y
Yunonlar Marafon tekisligida fors qo’shinlariga qarshi hujum boshladi.Qattiq jangda yunon qo’shinlari forslarni qochishga majbur qildi.Forslar o’z kemalariga qarab qochishga majbur bo’ldi. Yunonlar forslarni yettita kemasini egallab oldilar.
Marafoncha yugurish 42 km
Marafon jangidagi g’alabani Afinaga yetkazish uchun bir jangchi shaharga qarab yugurdi. Naq 42 km yo’lni chopib o’tgan jangchi,,G’ALABA ‘’ ,,G’ALABA‘’ deb shu zaxotiyoq jon bergan. Ushbu voqeadan so’ng hozirgi olimpiya o’yinlaridagi MARAFONCHA yugurish paydo bo’lgan ekan.
Fermopil jangi mil/avv 480 y
Mil. avv. 480 - yildaKserks qo‘shini shimoliy Yunonistonni ishg‘ol giladi.
Tog‘lardagi Fermopil darasiYunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo‘l edi. Yunonlar o‘sha joyda pistirma qo‘yishga qaror qilishdi. Yunonlar qo‘shiniga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. U forslarning hujumlarini qaytarib turgan. Biroq bir sotqin forslarga tog‘lar orqali o‘tgan boshqa yo‘lni
ko‘rsatib bergan.
«Uch yuz spartalik jasorati»,
Bundan xabar topdan Leonid 300 spartalikdan boshqa barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan.
Spartaliklarning barchasi
jang maydonida qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Ushbu voqea «Uch yuz spartalik jasorati»,
deb tarixda mashhur bo‘lib qolgan. Fermopil
jangidan keyin Kserks qo‘shinlari O‘rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg‘ol qilganlar.
Salamin jangi mil /avv 480 y
Yunonlar va forslar o‘rtasidagi
hal qiluvchi dengiz jangi mil.
avv. 480-yilda tor Salamin
bo‘g‘ozidabo‘lib o‘tdi. Yunonlarda 200 ta harbiy kema – triyeralarmavjud edi. Bu kemalar
qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib
o‘tar, o‘sha davr uchun katta tezlikda – soatiga
18 kilometr tezlikda suza olgan.
Yunon shahar-davlatlarining birlashgan
fl o ti forslarning harbiy fl otidan kuchli bo‘lgan.
Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark
etishga majbur bo‘ldi.
Plateya jangi mil/avv 479 y .Yunonlar va Forslar o’rtasida sulh mil/avv 449 y
Mil. avv. 479- yilda forslar Afi nani bosib
olishga yana bir marta urinib ko‘radilar.Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo‘shinlarini tor-mor etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo‘l gan.Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan, mil. avv. 449 yildagi sulh natijasida yakunlandi.
ATAMA VA SANALAR BILAN ISHLASH .
mil. avv. 490-yil –
mil. avv. 480-yil –
mil. avv. 480-yil –
mil. avv. 479-yil –
Triyeralar
Falanga
Marafoncha yugurish
Sulh
Suvoriy
Afina
Sparta
Atama va sanalarni tekshirish
mil. avv. 490-yil –Marafon jangi
mil. avv. 480-yil –Fermopil jangi – uch
yuz spartalik jasorati
mil. avv. 480-yil –Salamin jangi
mil. avv. 479-yil –Plateya jangi –
yunonlar g‘alabasi
Triyeralar -soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan yunon kemalari.
Falanga-Yunon qo’shinlarining jangovar saf tizimi.
Marafoncha yugurish –42 km ga yugurish.
Sulh-ikki davlat o’rtasidagi shartnoma.
Suvoriy-Otliq qo’shin
Afina –Qadimgi yunon shahri
Sparta-Qadimgi yunon shahri.
VAZIFA:
1. Forslarning Yunonistonga bostirib kirishi
sabablarini aytib bering.
2.Xaritadan forslar Yunoniston ustiga yurishlarining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating.
3. Marafon jangi qatnashchisi (forslar yoki
yunonlar armiyasi jangchisi) nomidan
hikoya tuzing.
4. Salamin jangining borishi va yakuni haqida
gapirib bering?
5. Salamin orolida Fors davlati fl oti mag‘-lubiyatining asosiy sabablarini ayting.