Просмотр содержимого документа
«Бухоро амирлигида маданий хаёт»
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Uchqo`rg`on tumani
xalq ta`limi bo`limiga qarashli
24-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
Tarix fani o`qituvchisi
MIRZABAYEVA DILAFRUZning
8-sinf O`zbekiston tarixi fanidan
“Buxoro amirligida madaniy hayot” mavzusida o`tgan ochiq
MAVZU: BUXORO AMIRLIGIDA MADANIY HAYOT
I. Darsning maqsadi
-ta'limiy maqsad:O'quvchilarga XVIII asrning o'rtalari – XIX asrning 1-yarmida Buxoro amirligining madaniy hayoti, ta'lim tizimi, ilm-fan , adabiyot va san'at taraqqiyoti haqida ma'lumot berish.
-tarbiyaviy maqsad:O'quvchilar ongiga vatanparvarlik, milliy g'urur va iftihor tuyg'ularini singdirish. Ularni Vatan va millat taqdiri uchun daxldorlik, ma'suliyat ruhida tarbiyalash.
-rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarning tarixiy xotira va BKMlarini chuqurlashtirish, dunyoqarashi, nutqi, fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativlik:O'z fikrini og'zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to'g'ri qo'ya olish va javob berish;
Milliy va umummadaniy:Umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlarni hurmat qilish. Jamiyatda o'rnatilgan odob-ahloq qoidalariga rioya qilish;
Fanga oid kompetensiyalar:
-Tarixiy voqe'likni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish;
-Tarixiy shaxslar va tarixiy sanalarda ro'y bergan voqealar haqida ma'lumot bera olish;
-Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash.
II. O'quv jarayonini tashkil qilish.
1). Dars turi:aralash
2). Dars uslubi: Tezkor savol-javoblar, “Klaster”, tushunchalar tahlili, "Charxpalak" , "Krossvord" so'z o'yini.
3). Dars jihozlari: darslik, xarita, o'quv-metodik qo'llanma, rangli rasmlar, tarqatmalar, "Krossvord", marker, Notebook, slaydlar.
III. Dars bosqichlari:
l. Darsni tashkil qilish
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
d) ma'naviyat daqiqasi (yanvar oyining muhim sanalari, kun xabarlari, yangiliklar)
2. O`tgan dars mavzusini takrorlash va mustahkamlash yuzasidan savol-javoblar asosida guruhlarda ishlash, uy vazifalarini tekshirish.
O'quvchilar 2 guruhga ajratiladi: (Har ikki guruh o'z jamoasiga nom tanlaydi va guruh sardorini saylaydi).
1-shart.Tezkor savol-javoblar. (Savollar o'qilgach qaysi guruh birinchi bo`lib tugmachani bossa o'sha guruh javob beradi).
1). Amir Haydar hukmronligi davri nimasi bilan xarakterlanadi?
2). Amir Nasrullo nima uchun "shafqatsiz amir" nomini oladi?
3). Amir Nasrullo harbiy sohada qanday ishlarni amalga oshirdi?
4). Amir qo'shiniga kimlar ta'lim bergan?
5). Sarbozlar kimlar?
6). Mang'it hukmdorlari ichki siyosatining maqsadi nima edi?
2-shart. Tushunchalar tahlili. (har ikki guruh 5 tadan tarqatma tortib, undagi atamaga izoh beradi).
3-shart."U" kim? o'yini. (guruhlar navbatdan tarqatmalarda tarixiy shaxslarga berilgan ta'rif asosida "U" kimligini aniqlaydilar)
1). "U" o'zini xon deb atamagan, xalqdan olinadigan soliqlarni ko'paytirgan.
(Amir Doniyolbiy)
2). "U" adolat tamoyillariga qattiq amal qilib, o'z faoliyatida ommaga tayanib ish ko'rgan.
(Amir Shohmurod)
3). "U" o'z davrining eng bilimdon hukmdorlaridan biri bo'lib, Qur'onni yoddan bilgan.
(Amir Haydar)
4). "U" amirlik tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzadi.
(Amir Nasrullo)
5). ''Bu shahar o'zining olachasi, bo'zi, chiti va shoyisi bilan mashhur. “Unda 38 ta karvonsaroy, 103 ta madrasa, 360 ta masjid, 83 ta hovuz bo'lgan”.
(Buxoro)
6). “XIX asrning 1-yarmida bu shahar devor bilan o'ralib, unga 6 ta darvoza orqali kirilgan. Unda 7 ta madrasa, 2 ta karvonsaroy, 3 ta hammom faoliyat ko'rsatgan”.
(Samarqand)
4-shart.So'z o'yini (harflarni joy-joyiga terib so'z yasash va izohlash).
1). A D A R О M N – mardona
2). B O` I G Q E S H – qo'shbegi
3). R V A N A I К Y A – navkariya
4). О Y Q N M О I L — Miyonqol
Guruhlar ishini yakunlab umumiy sinf bo'yicha "Krossvord" yechilganda yangi mavzuning nomi kelib chiqadi.
K R O S S V O R D
1
M
A
R
D
O
N
A
2
A
M
I
N
3
D
O
D
X
O
H
4
A
M
I
R
H
A
Y
D
A
R
5
N
A
V
K
A
R
I
Y
A
6
I
N
O
Q
7
Y
A
L
A
N
G
T
O`
Sh
8
H
A
F
T
I
Y
A
K
9
A
M
L
O
K
10
Y
O
G`
O
CH
S
O
Z
L
I
K
11
O
R
E
N
B
U
R
G
12
T
A
N
O
B
Savollar:1). Amirlikda bo'yoq olinadigan o'simlik.
2). Buxoro amirligida soliq va boshqa lushumlarni belgilangan muddatda yig'ilishi uchun mas'ul shaxs (ishonchli, halol odam).
3). Amirlikda fuqarolarning arz va shikoyatlarini qabul qiluvchi va hal qiluvchi mansabdor shaxs.
4). U o`z davrining bilimdon hukmdori bo`lib, Qur`onni yoddan bilgan.
5). Amir Nasrullo tomomdan tuzilgan muntazam qo'shin.
6). Amir farmoyishlarini beklardan tabaqalarga yetkazuvchi amaldor.
7). Sherdor va Tillaqori madrasalarini kim qurdirgan?
8). “Qur'on”ning 1/7 qismi.
9). Amirlikda davlat yerlari nima deb atalgan?
10). Amirlikdagi hunarmandchilik tarmoqlaridan biri.
11). 1804 yilda qaysi shaharda Buxoro savdogarlarining qarorgohi qurilgan?
12). Chilvir, arqon ma'nolarini bildiruvchi, ekin maydonini o'lchashda qo'llanadigan yuza birligi.
3. Yangi mavzuning asosiy mazmuni.
Ashtarxoniylar davrida boshlangan diniy mutaassiblik mang'itlar davrida yanada kuchayishi aniq va tabiiy fanlar rivojiga to'sqinlik qildi. Bu davrda tarix, adabiyot, san'at va me'morchilik rivojlandi.
Tasviriy san'at.
Bu davrda Buxoroda xattotlik va miniatyura san'ati keng rivojlangan bo'lib, rassomlar asosan qo'lyozmalarni bezash bilan shug'ullangan.
Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma'sum Olamiyon "Ahloqi Munshiy" kitobini, Sa'diyning she'riy asarlarini bezagan.
Amir Nasrullo davrida ijod ilgan Mirzo Sodiq Jondoriy qo'lyozma kitoblargan lavhalar hamda Sa'diy va Hofiz asarlariga rasmlar ishlagan.
Ahmad Donish (1827-1897) Buxoro kutubxonasida xattot va rassom bo'lib ishlagan. U “Shohi Darvesh”, "Ajoyib at-tabaqot" kabi qo'lyozmalarga rasmlar ishlagan.
Musiqa
XVIII asrda Buxoro musiqa san'ati rivojlanib - Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlaridan iborat "Shashmaqom" vujudga keldi. Maqom ashulalarining matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Mashrab, Nodira kabi turkiy va forsiy shoirlar lirikasidan tuzilgan.
4. Darsni mustahkamlash
M aqom – musiqada bir qismli yoki turkumli cholg'u va ashula yo'llari, musiqiy uslub