kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tasviriy san’at darslarida “5 tashabbus” doirasida interfaol usulda dars o’tish metodini qo’llash.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Tasviriy san’at darslarida “5 tashabbus” doirasida  interfaol usulda dars o’tish metodini qo’llash.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tasviriy san’at darslarida “5 tashabbus” doirasida interfaol usulda dars o’tish metodini qo’llash.»

7-sinf Tasviriy san’at darslarida “5 tashabbus” doirasida interfaol usulda dars o’tish metodini qo’llash.

Har bir davlatning taraqqiyotini, uning ijtimoiy va iqtisodiy ravnaqi va kelajagini ta’minlovchi asosiy omil bu - ta’lim-tarbiyadir. So’nggi yillarda Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan siyosatning tub mohiyatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish va sifatli kadrlar bo’lib yetishida o’quv muassalarida dars o’tish tizimini yangilash asos bo’lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonunning yangi tahriri 12 bob, 73 moddadan iborat bo’lib, 1997-yildagi qabul qilinggan amaldagi qonundan tubdan farq qiladi. Bu qonunga rivojlangan davlatlarning ta’lim to’g’risidagi qonunlari asosiy poydevor sifatida tanlanmoqda. Maqsad: davlatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga ko’tarishga qaratilgan islohotlar zamirida yosh avlodni tarbiyalash va o’z sohasi bo’yicha malakali mutaxasislar sinfini shakllantirish. Shuningdek 2017-2021- yillardagi harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining joriy etilishi yangi islohotlarning aks-sadosi bo’ldi.

Yoshlarning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-martda 5 muhim tashabbus joriy etildi. Bularning zamirida, albatta, yosh avlodni munosib tarbiyalash maqsadi ko’zda tutilgan. Buning uchun darslarni zamon talabiga mos tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashtirilgan turlaridan biri bo’lgan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlarning afzalligi shundagi o’qituvchi va o’quvchi birgalikda faol harakat qiladi. O’quvchilarni fikrlashga va yaratuvchanlikka undaydi. Ularni tashshabbus ko’rsatishlariga imkoniyat yaratadi. Prezidentimiz tomonlaridan joriy etilgan 5 ta muhim tashshabbusning tasviriy san’at darslarida metod sifatida qo’llanilishi dars samaradorligining oshishiga imkon yaratadi. Bu metod orqali o’quvchilarni ham rassomlikka , ham sporga, kitobxonlikka va tadbirkorlik bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratadi.

Misol uchun 7-sinf dasturida “Kitob maketini jamoaviy tarzda yaratish” mavzusi mavjud. Sinf kichik guruhlarga ishlash metodi orqali 5 guruhga bo’linadi. Harakatlar strategiyasidagi 5 xil rang: qizil, siyoh, sariq, moviy va oq ranglar orqali sinf o’quvchilari soniga qarab bo’linadi. Unga ko’ra stol ustidagi yulduz shaklida qirqilgan rangli kartochkalarni o’quvchilar qaysi rangni yoqtirishiga qarab tanlashadi va o’zlari uchun emblema sifatida qo’llashadi. Ranglar ketma-ketligi strategi va 5 tashabbus ketma-ketligi asosida joylashtiriladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini egallashganlaridan so’ng har bir guruh a’zolariga maxsus vazifalar beriladi. Maqsad: dars so’nggigacha kitob maketini yaratish. Nechta kitob maketini yaratish esa o’quvchilarning vaqtdan samarali foydalanishiga bog’liq. Shuningdek, dars davomida ularga kichkina kitob javonchlari topshiriladi va ular to’plagan ballari kitob shaklida shu javondan o’rin oladi. Dars yakunida esa toplangan kitoblar soniga qarab g’olib guruh aniqlanadi. Baholash: doskaga osilgan kitob javonlarini kitoblar bilan to’ldirish va o’quvchilarda kitobxonlik madaniyati shakllantirish, ularda kitobga mehr hissini uyg’otish va shu orqali ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga qaratilgandir.

Birinchi tashabbus a’zolari doskaga ilingan kitoblar ro’yxatidan bitta kitobni tanlab, uning mazmuniga mos illustratsiyani yaratishlari zarur. Dars davomida esa ular musiqa darslarida o’rgangan qo’shiqlarni ham jonli ijro etishadi va guruhlariga ball to’plab beradilar

Ikkinchi tashabbus a’zolari plastilindan dunyoga mashhur sport turlariga mos haykallardan lavhalar ishlaydilar yoki rasmini chizishlari kerak bo’ladi. Bu vaqt davomida ular o’z imkoniyatlari doirasida sport turlaridan lavhalar ham ko’rsatishlari mumkin. Bu ularning kitob javoniga qo’shimcha kitob ya’ni, ball olib beradi.

Uchinchi tashabbus a’zolari kitobning badiiy grafik elementlarini kompyuterda point dasturida ishlashlari shart. Ular kitib muqovasini forzatsini (muqova ichki tomonida yelimlangan qog’oz, rangli, tasvirsiz, naqshinkor bo’lishi mumkin), titul varag’ini (muallif nomini qachon va qayerda nashr etilganiligini) kompyuterda bajaradilar.

To’rtinchi tashabbus a’zolari esa o’zlari o’qigan kitoblarini taqdimot qilishadi va qisqa hikoya shaklida so’zlab berishadi. Prezidentimiz tomonlaridan joriy qilingan “Yosh kitobxon” tanlovini ham dars davomida tashkillashtirib, savollarga javob berish orqali guruhlariga qo’shimcha ball to’plab berishlari mumkin.

Beshinchi tashabbus a’zolari esa noodatiy sovg’a kitobchalar tayyorlashadi. Ular maxsus muqovalar bisserlar, munchoqlar, kashtalar tikish orqali kitob nomlarini muqovaga yozadilar. Dars so’nggida barcha o’quvchilarning tayyorlagan ishlari umumlashtiriladi va kitob maketlari tayyorlanadi.

Besh tashabbus metodining afzalliklari: o’quvchilarda kreativ g’oyalarni shakllantirish va kitobga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, darsni noodatiy tarzda olib borish, o’quvchilar vaqtini mazmunli o’tqazish, qolaversa ularning tasviriy san’at darsini boshqa fanlar bilan bog’lay olish qobiliyatini aniqlash va eng asosiysi darsda bolalarga bilim berish orqali mavzuni oson tushunishlariga ko’maklashish va tasviriy san’at darsida qo’l mehnatidan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Искусство

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Tasviriy san’at darslarida “5 tashabbus” doirasida interfaol usulda dars o’tish metodini qo’llash.

Автор: Асланова Наргиза Хакимовна

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546773


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства