Просмотр содержимого документа
«Rangtasvirda natyurmort janri»
N AMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI NORIN TUMAN XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI
1 0 -UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI CHIZMACHILIK VA TASVIRIY SAN’AT FANI O`QITUVCHISI DASTAMOVA FERUZANING TASVIRIY SAN’AT FANIDAN 5-SINF O`QUVCHILARI UCHUN “RANGTASVIRDA NATYURMORT JANRI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN BIR SOATLIK
Dars mavzusi:Rangtasvirda natyurmort janri.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarga yangi mavzu bo`yicha tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik,mehnatsevarlik,estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning dizaynerlik, ijodiy texnik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: “Jekso”,”Guruhlar bilan ishlash”,”Savol-javob”,”Mosini top”.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
1.Kommunikativlik.
2.Axborot bilan ishlash.
3.Fanga oid umumiy kompetensiyalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy davr:
1.Salomlashish.
2.Xonani tayyorlash ,o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
3.O`quvchilar davomatini aniqlash.
4.Siyosiy – ma’naviy daqiqa o`tkazish.
O`qituvchi:-O`quvchilar qani aytingchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 5 ta muhim tashabbusda nimalar ko`zda tutilgan?
O`quvchilar: -Birinchi tashabbusda o`quvchi yoshlarni musiqa,rassomlik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish;
-Ikkinchi tashabbusda yoshlarni jismoniy chiniqtirish,sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilish;
-Uchinchi tashabbusda aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;
- To`rtinchi tashabbusda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish;
-Beshinchi tashabbusda xotin-qizlarni ish ta’minlash masalalari ko`zda tutilgan.
O`qituvchi:-Juda yaxshi o`quvchilar.Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 5ta muhim tashabbusning birinchisida rassomchilik,tasviriy san’atga aloxida e’tibor qaratilgan
O`qituvchi:O`quvchilar keling bugungi darsimizni musobaqa tarzida tashkil etsakda,guruhlarni ilm – fan,san’at va madaniyat rivojiga katta hissa qo`shgan ajdodlarimiz ismi bilan atasak. Qarshi emasmisiz?-Yaxshi unda birinchi guruh “Kamoliddin Behzod”,ikkinchi guruh “Forobiy”,uchinchi guruh “Beruniy” nomi bilan atalsin.Darsimizga faol qatnashgan har bir guruh a’zolari rag`bat kartochkalarini yig`ib boradi va dars so`ngida kartochkalarni ko`p to`plagan guruh g`olib deb topiladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifalarini nazorat qilish:
O`tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida “Jekso” metodidan foydalaniladi.
O`qituvchi:-O`quvchilar ushbu pazllarda o`tilgan darsimiz yuzasidan savollar berilgan ushbu savollarga tog`ri javob bersangiz ,pazllar o`z o`rniga joylashadi va bugungi yangi o`tiladigan mavzu nomi kelib chiqadi .
Animalist
Animalistik janr
J.Quttimurodov
P.Mordvinsev
Samarqandda
Toshkentda
Hayvonlar tasvirini ishlovchi rassomlar
Hayvonolar tasviri ishlangan janr -
“Jimlik” asarining muallifi kim?
“Oqqush” asarining muallifi kim?
“Ulug`bek” madrasasi qayerda joylashgan?
“Ko`kaldosh” madrasasi qayerda joylashgan?
O
YANGI MAVZU:
RANGTASVIRDA NATYURMORT JANRI
`qituvchi:-O`quvchilar mana o`tgan darsimizni ham mustahkamlab oldik.-Demak ko`rib turganingizdek bugungi darsimizning yangi mavzusi –“Rangtasvirda natyurmort janri”.
Yangi mavzu bayoni:
Natyurmort – fransuzcha (nature morte) ” jonsiz tabiat” degan ma’noni bildiradi.Natyurmort janrida insoniyat atrofini o`rab turgan narsalar ya’ni meva-chevalar,idish-tovoqlar, uy-ro`zg`or buyumlari, asbob-anjomlar,gullar kabilar chiziladi.
Natyurmort XVII asrning boshlarida Gollandiyada paydo bo`ldi.Ko`plab mamlakatlarga tarqalib,ayniqsa XVIII asrning o`rtasida keng rivojlandi.
Natyurmort mustaqil janr bo`lishi bilan birga ,mavzuli suratlardagi asarlarning mazmunini ochib berishda ko`maklashuvchi,uni to`ldiruvchi vosita bo`lib ham xizmat qiladi.Taniqli rassomlar G`.Abdurahmonovning “Tarvuzli natyurmort” va A.Perrovning “Natyurmort obi nonlar bilan” asarlarida turli mevalar,poliz ekinlaridan qovun va tarvuz,milliy matolar o`ta jozibali tasvirlangan.
Mo`yqalam sohiblari asar mazmunini ochishda iliq sarg`ish- to`q qizil ranglarni atrofidagi yashiltob kabi turli- tuman ranglar bilan uyg`unlashtirib tasvirlashi tufayli suratning o`ta ta’sirchanligiga erishgan.
Natyurmort asarlarini chizish uni komponovka qilish ya’ni joylashtirishdan boshlanadi.Qalam bilan chizib olingandan so`ng uni och ranglar bilan bo`yab chiqiladi.Narsa yoki buyumlardagi och-to`q nisbatlari,soya,yorug` kabilar hisobga olinib ranglar beriladi.
Natyurmort kompozitsiyasi.
Har qanday san’at asarining negizini kompozitsiya tashkil etadi.Kompozitsiya “composito” lotincha so`z bo`lib, tuzish, birlashtirish – turli bo`laklarni bir butun yaxlit biror g`oyaga mos holda birlashtirish ma’nosini bildiradi.
Kompozitsiyaning asosiy talablari yaxlitlik, simmetriya va ritm.Tasodifan terilib qolgan narsalarni natyurmort deb bo`lmaydi.Natyurmort kompozitsiyasining ma’noli va ta’sirchan chiqishi uchun yagona mavzudagi, bir-biriga mos narsalar tabiiy bog`lanishda qo`yilishi kerak.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Ushbu jarayonda “Mosini top “ metodidan foydalanish mumkin.O`quvchilar doskada ilingan savollarga mos javoblarni topadilar.
Savollar:
1-guruh uchun.
1.Natyurmort nima?
2.Natyurmort janri qachon paydo bo`ldi?
2-guruh uchun.
1.Natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardan kimlarni bilasiz?
2. Natyurmort janri qachon paydo bo`ldi?
3-guruh uchun.
1.Natyurmort qanday ma’noni bildiradi?
2.Natyurmort kompozitsiyasi nima?
Yakuniy qism.
Guruhlar tomonidan yig`ilgan rag`bat kartochkalari hisoblab chiqiladi g`olib bo`lgan guruh nomi e`lon qilinadi.Boshqa guruhdagi o`quvchilar ham keyingi darslarda shu guruhdagilar kabi faol ishtirok etishlari va albatta g`olib bo`lishlari mumkinligi aytib o`tiladi.
Uyga vazifa.
Darslikdan mavzuni o`qib mustahkamlash,mevalar,uy-ro`zg`or buyumlaridan turli mavzularda kompozitsiyalar tuzish, natyurmort janridagi tasviriy san’at asarlarini kuzatish.