TA’LIMDA INNAVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
Tolibov Tursunali Tolibovich G`ijduvon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
Yurtimiz ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini innovatsiyalar asosida tashkil etish va boshqarishni davr taqozo etmoqda. Ta’lim muassasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’limda katta ehtiyoj sezilmoqda. Innovatsion (inglizcha ”inno” yangi, ”vasion” kiritish, tatbiq etish) va noananaviy ta’lim usullari an’anaviy usulda boshqarilayotgan ta’lim tizimiga nisbatan pedagogic jarayonlar amaliyotida o’zining ijobiy natijasini bermoqda.Sababi an’anaviy usullarda boshqarilayotgan ta’lim jarayonida o’quvchilar dars davomida passiv ishtirok etadilar.Ular o’qituvchining ma’ruzasini tinglab,qabul qiluvchi informator sifatida namoyon bo’ladilar. Innovatsion va noan’anaviy ta’limda esa,barcha o’quvchilar faol ishtirok etadilar.Innovatsion pedagogik ta’lim yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 1) “Klaster” usuli-bu o’yinning natijasi asosida to’plangan fikrlarni sinf taxtasida klaster usulida aks ettirish bilan izohlanadi. Fikrlarning “Klaster”-tarmoqlar shaklida tasvirlanishi pedagogic strategiya bo’lib, u o’quvchilarni muayyan mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketmaketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashga o’rgatadi .Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. 2) “Tarozi” usuli munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o’raganishda qo’l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu usul dalillash qobilyatini rivojlantirish, o’z dalillarini yoma va og’izaki shaklda ishonchli va lo’nda ifodalashni shakillantiradi, o’z nuqta’i nazarini himoya qiladi, munozara madaniyatiga o’rgatadi. Bu texnalogiya o’quv madaniyatini o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin. Bu texnalogiya kichik guruhlarni va jamoalar o’rtasida amaliyotga tadbiq etilishi mumkin. Ammo u o‘tilgan materiallar bo‘yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki o‘qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o‘rganilgan materiallardan erkin foydlanishni nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin. 3) “Aralash so’zlar” o’yini o’quvchilarda fikriy bog’liqlik,mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Mazkur ta’lim texnalogiyasi o’quvchilarning maqsadiga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. 4) “Fikrlash hujumi’’ usuli bevosita jamoa bo`lib ishlashda juda qulay. Bu usulning maqsadi mumkin qadar katta miqdordagi g`oyalarni yig`ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo`lgan fikrlarni yengishdir. Bu usulning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g`oyalar tanqidini mutloq taqiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibani rag`batlantirish sanaladi.Bu usuldan foydalanishning muvaffaqiyati ko`p jihatdan o`qituvchining mahoratiga bog`liq. “Fikrlash hujumi” ishtirokchilari 15 kishidan oshmasligi lozim. Mashg`ulotning davomiyligi 1soat miqdorida bo`lishi me’yor sanaladi. O`quvchi berilgan savolga tez, aniq va to`g`ri javob berishi shart. 5) Guruhlarda ishlash-bu o’quv topshirigini hamkorlikda bajarish uchun etilgan.O’quv jarayonida kichik guruhlarda ishlashda (2 tadan-8 tagacha ishtirokchi) faol rol o’ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir.Bunda asosiysi topshiriq –natija emas,balki guruh ichidagi hamkorlik.Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o`rin tutib,quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi;-har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobilyatlarni o`qitilayotgan o`quv chi va talabalarda ochish,saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiyatlarini,o`zini-o`zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;-voqea va hodisalarni kompleks o`rganish,texnika,ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at orasidagi o`zaro bog`liqlikni chambarchasligini ta’minlash; -o`quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy dinamik yangilash; Hozirgi vaqtda o`qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalariga sifat jihatdan tez o`tish uchun obyektiv asos yuzaga keldi,chunki iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi innobatsion jarayonlar o`z-o`zidan ta’limda ham tubdan o`zgartirishlarni taqazo etmoqda.Hech bir o`qituvchi ertami-kechmi bu jarayonga qo`shilmasdan chetda qolishi mumkin emas. O`qituvchining an’anaviy ish usullari, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi, o`qitishni kompyuterlashtirish sifatlarini o`zlashtirish zaruryati bularni ilmiy-metodik asoslash ehtiyojini tug`lishida obyektiv omil bo`lib qolmoqda. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axbarotlar oqimini tezlashishini hisobga olib,zamonaviy ta’limning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o`z zimmasiga olmog`i lozim. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o`rni va darajasini aniqlashga yo`naltirilgan tadqiqotlarga o`qitish vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqazo etadi. Bu borada ilmiy tushunchalarni o`zlashtirishda ayniqsa, tahlil, sintez, qo`llash, baholash kabijarayonlaryordam beradi. Kasbiy ta’lim bilan bog`liq fanlarni mustaqil o`zlashtirishda tahlil va sintez muhim o`rin egallaydi.Kasb-hunar kollejlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sohasiga boradi. Shu munosabat bilan ular mehnat tarbiyasini olgan bo‘lishlari zarur. Mehnat tarbiyasi masalasini hal etishda fizika o‘qituvchisi ham ma’lum darajada ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi yoshlarni hamkasblarga, mehnat jamoalarga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun zarur va foydali ishlarni bajarishga tayyorlash, mehnat natijasiga javobgarlik hissini, jamoa qiziqishini o‘zining qiziqishlaridan ustun qo‘yishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lish hislariga erishishga yoshligidan tayyorlab borishdan iborat. Agar- o‘qitish ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borilsa, yaxshi samara beradi.