kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Python dlya nachinayushix

Нажмите, чтобы узнать подробности

O programme Python        

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Python dlya nachinayushix»














Kogon shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli

9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Informatika va AT fani o’qituvchisi

Saidova Sarvinozning

9-sinflar uchun Python dasturi mavzusidagi



.








Informatika va axborot texnologiyalari.

Sinf: 9-sinf 40-dars

Mavzu: Pythonda sodda va mantiqiy masalalarni dasturlash.

  1. Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsad:

Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni Python bilan ishlashni

tanishtirish.


Tarbiyaviy maqsad: Ekran orqali o`quvchilarni nozik did, farosat,

vatanparvarlik odob –axloq ruhida tarbiyalash ,ijodiy

fazilatlarini rivojlantirish .


Rivojlantiruvchi maqsad: Dasturlar hosil qilishni o`rgatish ,o`quvchilarni

mustaqil fikrlash , hozirjavoblik malakasini hosil qilish .


Darsga kerakli bo’lgan jihozlar:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga oid tarqatma materiallar, ko’rgazmalar, test savollari, slaydlar tayyorlab qo‘yiladi O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarga Python dasturi ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Dars uchun taqdimot tayyorlanadi.

Dars uslubi:

Savol-javob va munozara

II.Dars turi: Noan`anaviy


III.Dars usuli: Interfaol (aqliy hujum ,eng dono o`quvchi ,eng zukko


o`quvchi ,eng bilimdon o`quvchi ,psixologik o`yin )


IV.Darsning jihozi: kompyuter , marker, oq qog`oz, ko`rgazmalar .


V.Darsning shiori: Eshitsam –unutaman ,

Ko`rsam –eslab qolaman,

Bajarsam anglab yetaman .

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi.O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. 9-sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.

Dars uslubi: Savol-javob va munozara

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

a)salomlashish, davomatni tekshirish, kompyuter texnikasini yoki zarur texnik vositalarni, ko‘rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash, uy vazifani so’rash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, sinfga jonli muhit yaratish;

O’quvchilar tamonidan Informatika fanining kelajak avlod uchun katta ahamiyatga egaligi va xar sohada ahamiyatliligini sheriy ifodalash.

2. Xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Savol-javob va munozara” orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarga javob beradilar.

Uyga berilganPythonda operator va ifodalarmavzusiga oid bilimlarni tekshirish. O‘qituvchi tomonidan “munozara” metodidan foydalanib o’tilgan bilimlarni qanday egallaganliklari va bu mavzudan nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. (mazkur mashg’ulotni o’tkazishdan avval o’quvchilarni guruhlarga ajratiladi va ularga beriladigan materialni qanday bajarishlari haqida tanishtiriladi. So‘ng tarqatma materiallar guruhlarga beriladi. Guruh a’zolari birgalikda fikrlashib tarqatma materialda berilgan topshiriqni yozma ifodalaydilar. Mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi)

1-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

input()


2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

print()


3-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

split operatori


Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi.

O’qituvchi guruhlar javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, rag‘bat doirachalarini tarqatib, o’quvchilarni baxolaydi.

4. Yangi mavzu bayoni:

Pythonda sodda va mantiqiy masalalarni dasturlash


O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi. 1 soatlik ochiq dars uchun tayyorlagan taqdimoti bo’yicha yangi darsni boshlaydi.


Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lganoz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagima'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlashuslublarini taqdim etadi.

Python tili sintaksisi, asosiy operatorlari.Python tili sintaksisi o`zi kabi sodda• Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas)• Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilganamallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joyistalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy birxil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishimumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rnigato`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.

Operatorlar va ularning qo'llanilishi

Operator

Nomlanishi

Ta'rifi

Misol

+

Qo'shish

Ikkita ob'yektning yig'indisini hisoblaydi

3 + 5 ifoda 8 ni beradi;

'a' + 'b' ifoda 'ab' ni beradi.

Ayirish

Ikkata sonning farqini beradi. Agar birinchi operand mavjud bo'lmasa, uning qiymati 0 ga teng deb olib ketiladi.

-5.2 manfiy qiymat beradi,

50 – 24 ning qiymati esa 26 ga teng.

*

Ko'paytirish

Ikkita son ko'paytmasini beradi yoki satrni ko'rsatilgan miqdorda takrorlangan yangi satrni qaytaradi.

2 * 3 ifoda 6 beradi.

'xa' * 3 ifoda 'xaxaxa' ni qaytaradi.

**

Darajaga ko'tarish

x sonini y darajaga ko'tarilganda hosil bo'lgan qiymatni qaytaradi.

3**4 ifoda 81 ni qaytaradi (ya'ni 3*3*3*3)

/

Bo'lish

'x' ni 'y' ga bo'lganda hosil bo'lgan bo'linmani qaytaradi.

4 / 3 ifoda 1.3333333333333333 ni beradi.









//

Qoldiqsiz bo'lish

Bo'lishdan hosil bo'lgan bo'linmaning qoldiqsiz butun qismini qaytaradi.

4 // 3 ifoda 1 ni qaytaradi.

%

Qoldiqlik bo'lish

Bo'lishdan hosil bo'lgan qoldiqni qaytaradi.

8 % 3 ifoda 2 ni beradi.

-25.5 % 2.25 ifoda 1.5 ni beradi.

Chapga surish

Bit sonni chapga ko'rsatilgan miqdorda suradi.

2

O'ngga surish

Bit sonni o'ngga ko'rsatilgan miqdorda suradi.

11 1 ifoda 5 ni beradi. Ikkilik sanoq sistemasida 11 soni 1011 ko'rinishida bo'ladi uni 1 bit o'ngga sursak 101 hosil bo'ladi va bu onlik sanoq tizimida 5 ni beradi.

&

'Va' bit operatori

(Побитовое И)

Sonlar ustida 'va' bit operatsiyasini bajaradi.

5 & 3 ifoda 1 ni beradi

|

'Yoki' bit operatori (Побитовое ИЛИ)

Sonlar ustida 'yoki' bit operatsiyasini bajaradi.

5 | 3 ifoda 7 ni beradi

^

'shartlik yoki' bit operatori

(Побитовое ИСКЛЮЧИТЕЛЬНО

ИЛИ)

Sonlar ustida 'shartlik yoki' bit operatsiyasini bajaradi.

5 ^ 3 ifoda 6 ni beradi

~

'Emas' bit operatori Побитовое НЕ

'Emas' bit operatsiyasi x soni uchun -(x+1) ga to'g'ri keladi.

~5 ifoda 6 ni beradi.

Kichik

x qiymat y qiymatdan kichikligini aniqlaydi. Hamma qiyoslash operatorlari True yoki False qaytaradi. Bu so'zlardagi katta xarflarga e'tibor bering.

5

3

3

Katta

x qiymat y qiymatdan katta ekanligini aniqlaydi.

5 3 ifoda True ni qaytaradi.

Kichik yoki teng

x qiymat y qiymatdan kichik yoki teng ekanligini aniqlaydi.

x = 3; y = 6; x

=

Katta yoki teng

x qiymat y qiymatdan katta yoki teng ekanligini anqlaydi.

x = 4; y = 3; x = 3 ifoda True qaytaradi.

==

Teng

Ob'yektlarning tengligini tekshiradi

x = 2; y = 2; x == y ifoda True qaytaradi.

x = 'str'; y = 'stR';

x == y ifoda False qaytaradi.

x = 'str'; y = 'str';

x == y ifoda True qaytaradi.

!=

Teng emas

Ob'yektlar teng emasligi to'g'riligini tekshiradi.

x = 2; y = 3; x != y ifoda True qaytaradi.

not

Mantiqiy 'emas'

(Логическое НЕ)

Agar x True bo'lsa, operator False qaytaradi. Agar x False bo'lsa operator True qaytaradi.

x = True; not x ifoda False qaytaradi.

and

Mantiqiy 'va' (Логическое И)

x and y ifoda False qaytaradi agar x False bo'lsa. Aks holda y ning qiymatini qaytaradi.

x = False; y = True;

x and y ifoda False qaytaradi, sababi

x равно False. Bu holda Python y ning qiymatini tekshirib o'tirmaydi sababi 'and' operatoridan chapdagi ifoda qismi False ga teng va butun ifoda qiymati boshqa oparatorlar qiymatlariga bog'liqsiz ham False bo'ladi.

or

Mantiqiy 'yoki'

x or y agar x True ga teng bo'lsa True qaytaradi aks xolda y ning qiymatini qaytaradi.

x = True; y = False;

x or y ifoda True qaytaradi.

Ifodalar

Misol (expression.py fayl ko'rinishida saqlang):

length = 5

breadth = 2

area = length * breadth

print('Yuza', area)

print('Perimetr', 2 * (length + breadth))

Kiritish:

$ python expression.py

Yuza 10

Perimetr 14

Bu qanday ishlaydi:

To'g'ri to'rtburchakning bo'yi va eni length va breadth o'zgaruvchilarida saqlanadi. Biz ulardan ifodalarda to'g'ri to'rturchakning yuzi va perimetrini (tomonlari uzunliklarining yig'indisini) hisoblashda foydalanamiz.

length * breadth ifodaning natijaviy qiymatini area o'zgaruvchida saqlanadi va print funksiyasi yordamida ekranga chiqariladi.

Ikkinchi holda to'g'ridan-to'g'ri 2 * (length + breadth) ifodaning qiymatini print funksiyasiga beramiz.

Yana shunga e'tibor beringki, Python natijani "chiroyli" shaklda ekranga chiqaradi. Biz "Yuza" bilan area o'zgaruvchisi orasiga "probel" (bo'sh joy) qo'ymagan bo'lsak ham, Python biz uchun uni o'zi hisobga olib ketadi va "probel" qo'yadi. Bu Pythonning dasturchilar uchun yengilliklar berishiga misol bo'la oladi.


VII.Darsning yakunlash :

Darsda yaxshi qatnashgan “Eng zukko”,”Eng dono ”,”Eng bilimdon ” o`quvchilar aniqlanib ,ularga “Imtiyozli kartochkalar” beriladi .

Dars oxirida o`quvchilarni to`plagan ballariga qarab baholanadi .


Uyga vazifa: Python dasturida mustaqil ishlashni o'rganish.



12



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Python dlya nachinayushix

Автор: Саидова Сарвиноз Хасановна

Дата: 07.01.2023

Номер свидетельства: 622444


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства