kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Model va uning turlari.

Нажмите, чтобы узнать подробности

1.Darsning ta’limiy maqsadi

O’quvchilarga mavzu bo’yicha tushunchalar berish, o’quvchilarga obyekt, model, model qurish, tavsif va tafsif qiymati, model turlari va ularning bir-biridan farqini topish kabi ko’nikmalarni hosil qilish.

 

2. Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O’quvchilarni ma’naviy ma’rifiy ongini oshirish, o’quvchilarda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, o’z tiliga hurmat, ota-onaga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash.

 

3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

 

Har bir o’quvchidan mavzu haqidagi fikrini so’rash orqali ularda shaxsiy fikrini  erkin ayta olish, nutqiy ravonlik, chiroyli va o’z o’rnida so’zlash fazilatlarini rivojlantirish

4. Kasbga yo’naltiruvchi maqsadi:

 

O’quvchilarda kompyuterlarning asosiy va yordamchi qurilmalari bilan ishlashni shakllantirish, turli kasblarga qiziqishini oshirish

 Darsdan ko’zlangan maqsad:

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Model va uning turlari.»

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


BUXORO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI



BUXORO SHAHAR XALQ TA’LIMI BO‘LIMI



Buxoro shahar 32-umumta’lim maktabi

Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi

Qo’ldosheva Mohinur Nosirovnaning


DARS ISHLANMASI















Mavzu: Model va uning turlari.

Sinf: 9-”D” Sana:

DARSNING MAQSADLARI:


1.Darsning ta’limiy maqsadi

O’quvchilarga mavzu bo’yicha tushunchalar berish, o’quvchilarga obyekt, model, model qurish, tavsif va tafsif qiymati, model turlari va ularning bir-biridan farqini topish kabi ko’nikmalarni hosil qilish.


2. Darsning tarbiyaviy maqsadi:


O’quvchilarni ma’naviy ma’rifiy ongini oshirish, o’quvchilarda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, o’z tiliga hurmat, ota-onaga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash.


3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:


Har bir o’quvchidan mavzu haqidagi fikrini so’rash orqali ularda shaxsiy fikrini  erkin ayta olish, nutqiy ravonlik, chiroyli va o’z o’rnida so’zlash fazilatlarini rivojlantirish



4. Kasbga yo’naltiruvchi maqsadi:


O’quvchilarda kompyuterlarning asosiy va yordamchi qurilmalari bilan ishlashni shakllantirish, turli kasblarga qiziqishini oshirish


Darsdan ko’zlangan maqsad:


O’quvchilarga modeldan foydalanish, masalalarni yechishda uning modeli bilan ishlashni o’rgatish.


Dars turi: nazariy va amaliy


Dars tipi: bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish

Dars usuli: noan’anaviy dars


Dars jihozi: kompyuter, proektor va ekran, fanga oid plakatlar

Dars rejasi:






1

Tashkiliy qism

5 min.

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

10 min.

3

Yangi mavzu bayoni

15 min.

4

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10 min.

5

Baholash va uyga vazifa

5 min.

Darsning borishi


O’qituvchi: Assalomu aleykum o’quvchilar! Bugungi darsga tayyorsizlarmi? Birinchi navbatda o’quvchilar davomatini va sog’liklarini tekshirib olamiz. Xammamiz sog’-salomat ekanmiz bugungi darsimizni boshlaymiz.Bugungi darsimizni noan’anaviy usulda tashkil etish maqsad qilib qo’ydik.buning uchun sinf o’quvchilarimizni ikki guruhga bo’lib olganmiz. Demak dars jarayonimizni bellashuv sifatida olib boramiz. Har bir shart bo’yicha guruhlar rag’batlantirilib boriladi.Guruhlar o’z sardorlarini saylab olishgan


1–shart. Tanishtirish (guruhlar nomlari haqida sardorlar qisqacha tushunchalar beradilar)

Obyekt” guruhi.

1–o’quvchi: Assalomu ey davramizning eng aziz mеhmonlari!

Assalom, ey ilmu – fanning sohibi – davronlari!

Assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar,

Bеllashuvga xush kеlibsiz, barcha tеngdosh o’rtoqlar!


2–o’quvchi: Ruxsat bеring, boshlamoqqa infarmatika bahsini,

Turli – tuman savol bilan o’ylatamiz barchani!


3–o’quvchi: Infarmatika fani yuksalmoqda kun sayin,

Bo’limlari xilma – xil, qay birini aytayin,

Qancha – qancha muammo hal etilgan ushbu on,

Kompyutеr savodi quloch yoymoqda chunon!


4–o’quvchi: Opеrator – dasturlarni o’rganamiz tеz, oson,

Lеkin xelks – tеstlari bizni o’ylatadi har qachon!

Satrlar kеtma – kеtligin yodimizda saqlaymiz!

A'lo o’qib, ustozlar ishonchini oqlaymiz!


Navbat “Model” guruhiga:

1–o’quvchi: Har bir chiqishimizning ma'nosi kеng bir jahon!

Sovg’a salomlar olgaysiz, masalani еchgan on!


2–o’quvchi: Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchingizni

Sofizim, bilan aldaymiz boplab sizni!


3–o’quvchi: Oddiy yеrning yuzidan to kosmik fazogacha

Kundalik turmush, hayot, quyosh, suv, havogacha

Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hеch qachon,

Qudratli bu fanga bosh elеmеnt “Kompyutеr”


4–o’quvchi: Asrlar ortidan kеlar asrlar,

Unitilar o’tmish, zamon, ko’p sirlar

Ammo yaratilgan fan asoslarin,

Asrdan asrga eltar nasllar.

2-shart. O’tilgan mavzular bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish

Sizlar bu belgini bilasizlarmi va uning vazifasinichi.






Birinchi tashabbus-Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teat va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodni yuzaga chqarishga xizmat qiladi.


I kkinchi tashabbus-Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan


U chinchi tashabbus-Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan


T o’rtinchi tashabbus-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan


B eshinchi tashabbus-Xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi

1 2 3

1 .Chrome brauzeri

2.Firefox brauzeri

3.Opera brauzeri




Google qidiruv tizimidagi elektron pochtaning vazifasini bajaradi.

Axborot ta’lim tarmog’i

Axborotlar qidiruv tizimi

1 2 3



Ming yil avval ham mashhur

Bo’lgan bizning bobolar

Har bir ilmda tеngsiz

Nom qozongan daholar.


Xalqimizning faxridir

Nеcha buyuk siymolar

Al – Xorazmiy, Farobiy

Bеruniy, Ibn – Sinolar.


O’quvchilar davom ettiring:



1-O’quvchi : Hisoblash tеxnikasin

O’rganib asta – sеkin

Dastur tuzish yo’llari

O’rganamiz qunt bilan


2-o’quvchi: Masala еchish uchun

Algoritm tuzamiz

Algoritmdan sеkin

Dasturlashga o’tamiz


3-shart. “Mening Maktabim” mavzusida videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish uy vazifasini tekshirish




(Ikkita guruhning ham videoroliklari namoyon etiladi)

4 – shart. SARDORLARGA SAVOLLAR.

1)

M

E

T

E

A

R

L

G


2)

B

O

U

Y

T

U

E


JAVOB: 1) TELEGRAM

2) YOUTUBE


Telegram va Youtube tushunchalari haqida ma'lumot bеring.


6- shart «BЕGONA SO’ZNI TOP»


1. bit, bayt, sm, kbayt, mbayt, gbayt

(bеgona so’z “sm”, chunki axbarot o’lchov birliklari ichida uzunlik birligi kirib qolgan).


2. 71, 802, XV, 65, 85

(bеgona “XV” – rim raqamli)


3. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 A, B, C, D, E, F

(bеgona raqam “11”)


4. Axborot, algoritm, dastur, EHM (bеgona so’z “dastur”)


5. Blеz Paskal, Nyuton, V. Shikkard, Lеbеd, Lеonardo do Vinchе (bеgona so’z “Nyuton”)


6. Ishonchli, qimmatli, mantiqiy, to`liq, (bеgona so’z “Mantiqiy”)


7-Shatr .“So’zlarni davom ettir”o’yini.


Axborot ⇒ texnika ⇒ algoritm ⇒ monitor ⇒ rеgistr ⇒ raqamli ⇒ internet ⇒trigеr ⇒ rost–to’rtlik kibеrnеtika ⇒ abak ⇒


Yangi mavzuning bayoni

Yangi mavzu: Model va uning turlari


Bizni qiziqtirayotgan va o'rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo'ladi. Bir turdagi o'rganilayotgan obyektlar o'zining xususiyatlari - tavsifiga ega bo'ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o'rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezUgi (CPU), vinchester sig'imi, tezkor xotira (RAM) sig'imi, videoxotira sig'imi bo'lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium ГѴ, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig'imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig'imi 1 Gbayt, videoxotira sig'imi 512 Mbayt.

Agar o'rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo'lsa:


Sayyoralar tavsifi

shakli

og'irligi

radiusi

aylanish tezligi

Yer uchun tavsif qiymat

sharsimon

5976-1021 kg

6378 km

30 km/sek


Koptok nomli obyekt uchun:


Koptoklar tavsifi

shakli

og'irligi

radiusi

materiali

Oddiy koptok tavsif
qiymati

sferasimon

2,2 kg

15 sm

rezina


Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o'rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaq-moqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to'g'ridan-to'g'ri o'rganishning iloji bo'lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to'liq javob berishi kerak bo'ladi.

Model - haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob beradigan nusxasidir.

Model so'zi (lotincha modulus - o'lchov, me'yor) sizga samolyot-sozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to'garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, yetning modellari bo'lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo'lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo'lib siz bilgan o'yinchoqlar; chaqmoqning modeli bo'Ub yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandjash elektrodining yonishi; insonning modeli bo'lib uning hujayrasi yoki qo'g'irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo'lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi.

Haqiqiy obyekt va uning modeli o'tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo'lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo'ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o'rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar — samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko'riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo'lib xizmat qiladi.

Hayotda shunday jarayonlar bo'ladiki, ularning modeli sifatida matematik munosabatlar va formulalar qaraladi. Bu holda tanlangan model haqiqiy obyektning xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi zarur, ya'ni o'rganilayotgan obyekt va tanlangan model xususiyatlari bir xil munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim.

O'rganilayotgan obyekt tavsiflarining matematik munosabatlar, belgilar va bog'lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi.

O'rganilayotgan obyektning matematik munosabatlar va belgilar orqali ifodalanish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.

Awalgi darsda ko'rib o'tilgan kitob saliifasidagi satrlar sonini topish masalasi kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalash jarayoni matematik model­lashtirish, mos tenglama esa masalaning matematik modeli bo'lar ekan. Shuningdek, Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik model bo'ladi.

Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va fizika fanlarida qo'llanib kelingan. Misol sifatida Neptun say-yorasining kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran sayyorasining g'ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o'sha paytgacha noma'lum bo'lgan sayyorasi sababchi ekanligini matematik isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko'rsat-malariga asoslanib nemis astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan.

Kimyoviy reaksiyalarning matematik modeliga misollar:

  1. xlor bilan natriyning birikish reaksiyasi: 2Na + Cl2 = 2NaCl;

  2. tabiiy gazdan oltingugurt ajratib olish reaksiyasi: 2H2S + 02= =2H20 + 2S.

Fizik hodisalarning matematik modeliga quyidagilar misol bo'ladi:

  1. Nyutonning ikkinchi qonuni, ya'ni jismga ta'sir etayotgan kuchning formulasi: F = ma, bunda m — jism massasi, a — tezlanish;

  2. Nyutonning butun olam tortishish qonuni: , bunda

mv m2bir-biriga ta'sir etayotgan jismlar massalari, R — ular orasidagi masofa, G — gravitatsiya doimiysi.

Hozirgi kunda ham modellashtirishni kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisod kabi fan yo'nalishlarida keng qo'llanib, juda qiziqarli natijalar olinmoqda.

Umuman olganda, modellar obyektlarning ifodalash vositalarini tanlashga qarab quyidagi sxemada tasvirlanganidek, uch asosiy turga bo'linadi:












  1. Abstrakt modellar o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi:

matematik va iqtisodiy matematik modellar.


Matematik modellar obyektning tuzilishi va o'zaro bog'lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga awalgi darslarda misollar ko'rib o'tildi.



Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo'llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakllanishini ko'rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste'mol, ish bilan bandlik, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining o'zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldfndan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo'llaniladi. Mustaqil O'zbekistonning 5 tamoyil asosida bozor iqtisodiyotiga o'tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi (bu tamoyillarni yodga oling!).

  1. Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo'ladi, lekin undan miqdor (o'lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin.



  1. Biologik model esa turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Masalan, zararli virusni halok etadigan dorini tekshirish uchun insonning o'zida emas, balki uning oz miqdordagi qonidan olib, shu qonida sinab ko'rilishi yetarli bo'ladi.

Quyida fizik va biologik jarayonlarning matematik modellariga misol ko'rib chiqiladi.

1- masala. Bosimi p, egallagan hajmi V va harorati T bo Igan ideal gazning holatini ifodalovchi matematik model tuzing.

Bu masalaning yechimini Klayperon formulasi beradi, ya'ni ideal gaz­ning bosimi, hajmi va harorati o'zaro quyidagicha bog'langan:

Bu formula ideal gazning haroratining o'zgarishi bosim yoki hajmning o'zgarishiga sabab bo'lishini yaqqol ifoda etadi.

2- masala. Gulning o'sish jarayoni modelini tuzing.

O'simliklarning yashashi va o'sishi uchun havo, yorug'lik, suv hamda ozuqa kerak bo'lishini botanika kursidan bilasiz. Ularning miqdori har xil o'simliklar uchun turlichadir. Masalan, ba'zi gullar qorong'iroq va quruqroq sharoitda yaxshi o'ssa, boshqalari yorug'lik va namlikni ko'proq talab etadi. Shuning uchun masalaning modeli quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi:

bunda t - vaqt; T - havo harorati; I - yorug'lik miqdori; H - gul tanasidagi namlik miqdori; a, p, у - harorat, yorug'lik, namlikka mos doimiy kattaliklar.

Ko'rib o'tilgan masalalarning modellariga e'tibor berib, shuni aytish mumkinki, qaysi sohada bo'lmasin, matematik modellashtirish uchun faqat-gina matematikadan emas, balki shu sohalardan ham yetarli bilimga ega bo'lish zarur ekan.






Uyga vazifa: Berilgan savollarga javob berish va 25-betdagi mashqlarni bajarish.


Dars jarayonini yakunlash va o’quvchilarni baholash.



11



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс

Скачать
Model va uning turlari.

Автор: Qo'ldosheva Mohinur Nosirovna

Дата: 04.03.2023

Номер свидетельства: 626965

Похожие файлы

object(ArrayObject)#871 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(22) "Model va uning turlari"
    ["seo_title"] => string(24) "model_va_uning_turlari_1"
    ["file_id"] => string(6) "631147"
    ["category_seo"] => string(11) "informatika"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1683718725"
  }
}
object(ArrayObject)#893 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(22) "Model va uning turlari"
    ["seo_title"] => string(24) "model_va_uning_turlari_2"
    ["file_id"] => string(6) "639893"
    ["category_seo"] => string(11) "informatika"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1700029196"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства