kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

Нажмите, чтобы узнать подробности

Berilayotgan yordamlaringiz uchun rahmat.Bundan keyin ham birgalikda hamkorlikkda ishlaymiz degan umiddaman

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Internetda ishlash asoslari va elektron pochta»

 

 

 

 

         Buxoro viloyati Shofirkon tumani 

5 - maktabning informatika fani o'qituvchisi  

Karimova Azizaning   

  6- sinflar uchun 

" Internetda ishlash asoslari va elektron pochta "    

Bo’limi asosida tayyorlagan 

Namunaviy dars ishlanmasi

 

                                

     

 

 

 

 

 



 Mavzu: Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar 

Darsning maqsadi.  

Ta'limiy:  Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar haqida bilim va ko'nikmalarni berish,  

Tarbiyaviy: 

Rivojlantiruvchi: Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar haqida bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash. 

Dars turi: Yangi bilim berish 

Dars jihozlari: slaydlar, kompyuterlar, darslik,tarqatmalar 

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bahs-munozara», “T-sxemasi” interfaol metodlari. 

Darsning texnologik xaritasi 

№ 

Ishning nomi 

Bajariladigan ish mazmuni 

Metod 

Vaqt 

1 

1-bosqich  Tashkiliy qism 

O'‘quvchilarni davomatini aniqlanadi, darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

Suhbat metodi 

3 daq. 

2 

2-bosqich 

O’tgan mavzuni takrorlash 

O‘'tgan darsni so‘rab baholash, o'‘qish malakalarini tekshirish. O‘'quvchilar javobini umumlashtiradi.       O'’tgan mavzu haqida qisqacha ma'lumot beriladi.  

Savol-javob. 

Didaktik o‘yin 

  

10 daq. 

3 

3-bosqich:  

Yangi mavzu 

Yangi mavzuni o‘qituvchi tushuntiradi. O'‘quvchilar kuzatib boradi. Topshiriq bilan ishlash 

Savol-javob. Suhbat.  

Didaktik o‘yin   

20 daq.    

 

4 

4-bosqich: 

Mustahkam-lash 

Olgan bilimlari qaytarish orqali mustahkamlaydilar 

Muammoli ishlash. 

Svetafor,Impuls palakat,atamalar janggi,BBB,Insert 

7 daq. 

5 

5-bosqich 

Baholash  

O‘quvchilarni darsga ishtirokini hisobga olib, ularni baholash 

Darsni yakunlash. 

Xulosa 

3 daq 

6 

6-bosqich 

Uyga vazifa berish.  

Tushuntirish  

2daq 

 

 

 Darsning borishi 

1.Tashkiliy qism:  

O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi. 

2. Otilgan mavzu bayoni:  

O'tilgan mavzu "Qora quti "usuli yordamida so'raladi. 

 

Bu usul 2 bosqichda amalga oshiriladi.1- bosqichda O''qituvchi darsni boshlashdan oldin o'tilgan mavzular yuzasidan turli Atamalar yozilgan kartochkalarni qutiga joylashtiradi.O'quvchilar galma- gal chiqib qutidagi atamalardan tanlab uni izohlashi kerak.Javob bera olmagan guruhga jarima,to'g'ri javob bergan o'quvchiga rag'bat kartochkalari beriladi. 

Atamalar:Internet,Arpanet,web-sayt,web-sahifa,lakal tarmoq


3. Yangi mavzuning bayoni. 

Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘i deb ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – Internetdir. 1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini ishga tushirdi. Internet – dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui. Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari va boshqa qurilmalar orqali foydalanish mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab millionlab kompyuterlarni birlashtiradi.

ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) – 1969-yilda yaratilgan, ma’lum bir masofada joylashgan to‘rtta kompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi kompyuter tarmog‘i.

Internet (Interconnected Networks) – “birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining qisqartmasi. Provayder (ingl. yetkazib beruvchi) – Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot.

WWW (World Wide Web – butun jahon o‘rgimchak to‘ri) – Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.

Modem – telefon tarmog‘i, kabelli televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va qabul qilish uchun kompyuterga ulangan qurilma.

Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun provayder deb nomlangan kompaniyalardan foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar Internetga uyali telefonlar orqali ulanish imkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanali va modem kerak bо‘ladi.

1989-yilda britaniyalik olim Tim BernersLi tomonidan birinchi Internet sayti ishga tushirilgan. Natijada, zamonaviy Internetning ajdodi – gipermatnga asoslangan loyiha taqdim etilgan.

WWW xizmati

WWW Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Internet manbalari, о‘z navbatida, veb-sahifalardan tashkil topgan. Veb-sahifa Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib, tarkibida matn, rasm, video, gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Veb-sahifadagi gipermurojaat joriy hujjatning boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga о‘tishni ta’minlaydi. Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida jamlagan hamda bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui veb-sayt deb ataladi. Har bir veb-saytning о‘ziga xos manzili mavjud.

Veb-sahifa yoki veb-sayt manzillari Internetdagi har bir veb-sahifa yoki veb-saytning uni qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili yoki URLi mavjud. URL uch qismdan iborat:

1) URL, odatda, “http” yoki “https” bilan boshlanadi. Bu qism protokol deb ataladi, u veb-sayt uchun ma’lumotlarning qanday uzatilishini boshqaradigan qoidalar tо‘plami hisoblanadi;

2) undan keyin veb-saytni aniqlaydigan qism davom etadi. Masalan: www.google. Bu qism domen nomi deb ataladi;

3) URL veb-sayt turi hamda qaysi davlatga mansubligiga ko‘ra, turlicha tugashi mumkin. Ular domen kengaytmalari deb nomlanadi. Eng kо‘p tarqalgan domen kengaytmalari:



Veb-brauzer dasturlari

Butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun maxsus dasturlar – vebbrauzerlardan foydalaniladi. Veb-brauzer Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni kо‘rsatadigan dastur bо‘lib, uning yordamida vebsahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Veb-sahifalar gipermatnli belgilash tili (HTML)da yozilgan bo‘lib Internet orqali kompyuter tilida yaratiladi. Veb-brauzer esa buni foydalanuvchi о‘qiy oladigan tilga o‘giradi. Odatda, Windows operatsion tizimi tarkibida Internet Explorer brauzeri tizim bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Qolgan brauzerlar esa foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.

Eng mashhur brauzerlar:





Webb-brauzer dasturini ishga tushirish usullari bilan tanishamiz.

1-usul: 1) ish stolidagi “Пуск” tugmachasi tanlanadi; 2) sichqoncha “Все программы” ko‘rsatmasi ustida bosiladi; 3) kompyuterga о‘rnatilgan dasturlar rо‘yxatidan brauzer dasturi (masalan, Google Chrome) tanlanadi.

2-usul: Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida joylashgan veb-brauzer dasturi ustida ikki marta tez-tez yoki masalalar panelida joylashgan vebbrauzer dasturi belgisi ustida bir marta bosiladi. Turiga ko‘ra, veb-brauzerlarning umumiy ko‘rinishi turlicha bo‘ladi. Veb-brauzer ishga tushirilgan vaqtda, odatda, bosh sahifa yoki biror saytning asosiy sahifasi ishga tushadi. Veb-brauzerning umumiy ko‘rinishi Har bir veb-brauzer quyidagi asosiy uskunalar panelidan iborat: 1) avvalgi sahifaga qaytish. “back” tugmachasi orqali avval yuklangan sahifalarga о‘tiladi (1); 2) keyingi sahifaga о‘tish. “forward” tugmachasidan avvalgi sahifaga qaytish amalga oshirilganidan keyin, hozir tashrif buyurgan veb-sahifaga о‘tishda foydalaniladi 3) sahifani yangilash. “refresh” (3) tugmachasi veb-sahifani qayta yuklash imkonini beradi. Bu tugmachadan veb-sahifa tо‘g‘ri yuklanmaganda yoki veb-sahifadagi yangilangan ma’lumotlarni kо‘rishda foydalaniladi; 4) brauzerlarning turi ko‘p bo‘lsa-da, ularda sahifalar bir xil usulda ko‘riladi. Veb-sayt yoki vebsahifani ochish uchun brauzerning manzil qatoriga (4) sayt yoki sahifaning manzilini kiritish va “Enter” tugmachasini bosish lozim (masalan, raqamli ta’lim resurslari manzili – dr.rtm.uz); 5) brauzerlarning zamonaviy versiyalarida asosiy amallar sozlamalar menyusi orqali bajariladi (5)







Google Chrome brauzerining sozlamalar menyusi orqali: • yangi veb-sahifa ochish (“New tab” buyrug‘i); • yuklangan veb-sahifalar tarixini kо‘rish (“History” buyrug‘i); • yuklab olingan sahifa yoki fayllarni kо‘rish (“Downloads” buyrug‘i); • sahifa masshtabini o‘zgartirish (“Zoom” buyrug‘i); • veb-sahifani chop etish (“Print” buyrug‘i); • veb-sahifadan kerakli matnni qidirish (“Find” buyrug‘i); • matnli hujjatga qo‘yish uchun sahifaning tanlangan qismini nusxalash (“Copy” buyrug‘i) kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Sichqonchaning o‘ng tugmachasini brauzerning ixtiyoriy bo‘sh qismida bosish orqali bir necha buyruqdan iborat kontekst menyusiga o‘tish hamda veb-sahifa bilan bog‘liq kerakli buyruqlarni bajarish mumkin: • avvalgi sahifaga qaytish (“Back” buyrug‘i); • keyingi sahifaga o‘tish (“Forward” buyrug‘i); • sahifani qayta yuklash (“Reload” buyrug‘i); • sahifani saqlash (“Save as…” buyrug‘i); • veb-sahifani chop etish (“Print…” buyrug‘i); • veb-sahifadagi matnlarni tarjima qilish (“Translate to o‘zbek” (yoki boshqa til) buyrug‘i) Tarjima tilini almashtirish Kontekst menyuda “Translate to o‘zbek” emas, boshqa til, masalan, “Translate to russian” turgan bo‘lsa, u holda tilni almashtirish uchun brauzer manzil qatorining o‘ng tomonida maxsus tilni almashtirish ikonkasi (1) bosiladi. “russian”ni “o‘zbek”ga almashtirish uchun sozlash qismi (2) ga kirib, “Choose another language” (3) bosiladi va tillar ro‘yxatidan o‘zbek tili tanlanadi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 

«INSERT» metodini olib borish bosqichlari 

О‘qituvchi darsga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan matnni tarqatma 

yoki taqdimot kо‘rinishida tayyorlaydi. 

Yangi mavzu mohiyati yoritilgan matn о‘quvchilarga tarqatiladi va taqdimot kо‘rinishida 

namoyish etiladi. 

О‘quvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, о‘z shaxsiy qarashlarini maxsus 

belgilar orqali ifodalaydi. Matn bilan ishlashda maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi. 

Belgilangan vaqt yakunlangach, о‘quvchilar uchun notanish va tushunarsiz bо‘lgan ma’lumotlar 

о‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati tо‘liq yoritiladi. Savollarga javob 

beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi. 

 

Tushunchalar 

mazmuni 

 

(bilgan edim) 

 

– 

(oldingi 

bilganlarimga 

to‘g‘ri 

kelmaydi) 

 

(qiziqarli, men 

uchun yangi 

bilim) 

 

(tushunarsiz, 

savollarim bor) 

 

(ko‘proq 

bilishni 

xohlardim; 

meni lol 

qoldirgan 

axborot 

 

1-tushuncha 

mazmuni 

 

 

 

 

 

 

 

2-tushuncha 

mazmuni 

 

 

 

 

 

 

3-tushuncha 

mazmuni 

 

 

 

 

 

 

1-tushuncha:Birinchi Web-brauzer 1990-yilda Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan.

2-tushuncha:Google Chrome,Opera mini,Firefox,Explorer bular Web-brauzerlar deb nomlanadi

3-tushuncha: WWW butun jahon o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatishini bilasizmi

V. Uyga vazifa.

1. Brauzerni oching, manzil qatoriga quyida berilgan sayt manzillaridan birini yozing: https://eduportal.uz/ - Axborot-ta’lim portali https://www.natlib.uz/ - O‘zbekiston milliy kutubxonasi https://dr.rtm.uz/ - Raqamli ta’lim resurslari portali http://ziyonet.uz/ - Jamoat axborot ta’lim portali

2. Sayt sahifasidagi matnni o‘zingiz xohlagan tilga tarjima qiling






















Mavzu: Qidiruv tizimlari va internetda ma’lumot izlash


Darsning maqsadi.  

Ta'limiy:  Qidiruv tizimlari va internetda ma’lumot izlash haqida bilim va ko'nikmalarni berish,  

Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga mehr murivat va fanga hurmar ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Qidiruv tizimlari va internetda ma’lumot izlash haqida bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash. 

Dars turi: Yangi bilim berish 

Dars jihozlari: slaydlar, kompyuterlar, darslik,tarqatmalar 

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Kichik guruhlarda ishlash», “Svetafor” interfaol metodlari. 

Darsning texnologik xaritasi 

№ 

Ishning nomi 

Bajariladigan ish mazmuni 

Metod 

Vaqt 

1 

1-bosqich  Tashkiliy qism 

O'‘quvchilarni davomatini aniqlanadi, darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

Suhbat metodi 

3 daq. 

2 

2-bosqich 

O’tgan mavzuni takrorlash 

O‘'tgan darsni so‘rab baholash, o'‘qish malakalarini tekshirish. O‘'quvchilar javobini umumlashtiradi.       O'’tgan mavzu haqida qisqacha ma'lumot beriladi.  

Savol-javob. 

Didaktik o‘yin 

  

10 daq. 

3 

3-bosqich:  

Yangi mavzu 

Yangi mavzuni o‘qituvchi tushuntiradi. O'‘quvchilar kuzatib boradi. Topshiriq bilan ishlash 

Savol-javob. Suhbat.  

Didaktik o‘yin   

20 daq.    

 

4 

4-bosqich: 

Mustahkam-lash 

Olgan bilimlari qaytarish orqali mustahkamlaydilar 

Muammoli ishlash. 

Svetafor,Impuls palakat,atamalar janggi,BBB,Insert 

7 daq. 

5 

5-bosqich 

Baholash  

O‘quvchilarni darsga ishtirokini hisobga olib, ularni baholash 

Darsni yakunlash. 

Xulosa 

3 daq 

6 

6-bosqich 

Uyga vazifa berish.  

Tushuntirish  

2daq 

Darsning borishi 

1.Tashkiliy qism:  

O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi. 

2. O’tilgan mavzu bayoni:

1

Kichik guruhlarda ishlash” metodini olib borish bosqichlari

1. Faoliyat yо‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bо‘yicha bir-biriga bog‘liq bо‘lgan masalalar belgilanadi.


2

Kichik guruhlar belgilanadi. О‘quvchilar guruhlarga 3–6 nafardan bо‘linishlari mumkin


3

Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadi

4

О‘qituvchi tomonidan aniq kо‘rsatmalar beriladi va yо‘naltirib turiladi.

5

Kichik guruhlar taqdimot qiladi.

6

Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi

7

Kichik guruhlar baholanadi.


Sinf o’quvchilari 2 guruhga ajratiladi va har bir guruhga nom beriladi. Har bir guruh (avvaldan tayyorlab qo’yilgan) kartochkadagi savollardan ikkitadan tortadi. Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchiga qizil rangli kartochka, to’ldiruvchi o’quvchiga yashil rangli kartochka, agar o’tirgan o’rnida luqma tashlasa ko’k rangli kartochka beriladi.

O’tilgan mavzular yuzasidan blits – sorab bilish o’tkazish uchun savollar

1. Internet tarmog‘i foydalanuvchilarga qanday xizmat turlarini taqdim etadi?

2. Internet WWW xizmati nima?

3. Veb-sayt veb-sahifadan nimasi bilan farq qiladi?

4. Sayt manzili qanday qismlardan iborat?

5. Gipermurojaat nima uchun kerak?

6. Veb-sayt manzili qanday saqlab olinadi

3. Yangi mavzuning bayoni. 

Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning uchta asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular: 1) veb-sahifa manzili orqali. Bu usul qidiruvning eng tezkor usuli bo‘lib, undan faqat sahifa yoki faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin; 2) gipermurojaatlar orqali. Agar qidirilayotgan hujjat yoki ma’lumot ma’no jihatidan joriy sahifaga yaqin bo‘lsa, bu ham nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi; 3) veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Qidiruv tizimidan samarali foydalanish, kerakli ma’lumotni xavfsiz va samarali usulda qidirish hamda eng yaxshi qidiruv natijalarini tanlay bilish muhim ahamiyatga ega. Butunjahon о‘rgimchak tarmog‘ida kо‘plab qiziqarli, kо‘ngilochar veb-sahifalar mavjud. Biroq bu maydonda turli xavflargа duch kelish ham mumkin. Internetdan foydalanishda mana

shu xavflar haqida bilish va undan о‘zini himoya qila olish xavfsizlikni ta’minlash deb ataladi


Qidiruv tizimlari

Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon tarmog‘idan qidirish imkonini beradi. Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali topish uchun qidiruv tizimidan foydalanish mumkin. Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan sanaladi:

1) Google(https://www.google.co.uz/);

2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);

3) Yahoo(https://www.yahoo.com/);

4) Baidu (https://www.baidu.com/);

5) Yandex (https://www.yandex.ru/);

6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);

7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).

Qidiruv tizimi – butunjahon Internet tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni qidirish uchun ishlatiladigan dastur.

Qidiruv natijalari – qidiruv tizimi tomonidan berilgan veb-sahifalarga gipermurojaatlar ro‘yxati.

Ma’lumotlar bazasi – qidirish va foydalanish mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar to‘plami.

Index – barcha kalit so‘zlar yoki qidiruv tizimi orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar ro‘yxati.

Algoritm – muammoni hal qilish uchun dastur bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketma

 Qidiruv qanday amalga oshiriladi? 1. Qidiruv tizimidan foydalanish uchun brauzerning manzil qatoriga qidiruv tizimi manzili kiritiladi. 2. Qidiruv tizimi ishga tushganidan keyin, qidiruv maydoniga klaviatura orqali kalit so‘z yoki jumlalar kiritiladi. Yoki mikrofon rasmini bosgan holda kalit so‘z ovoz chiqarib aytiladi (1). Kalit so‘z yozilganidan keyin, “Enter” yoki “Google Search” tugmachasi bosiladi (3). 3. Har bir qidiruv tizimida indeks (2) mavjud bо‘lib, u avval tashrif buyurilganda kiritilgan kalit sо‘zlarga mos barcha kalit sо‘zlar va veb-sahifalar rо‘yxatini qamrab oladi. Qidiruv tizimi indeksini qidirish va qidiruv satri (yoki manzil satri)ga kiritilgan sо‘zlarga mos barcha veb-sahifalarni topish uchun murakkab algoritmdan foydalaniladi. So‘ngra natija tanlangan vebsahifalar rо‘yxatida kо‘rsatiladi. 4. Rо‘yxatning yuqoridan pastga qarab joylashuvi ham yana bir murakkab algoritm yordamida amalga oshiriladi. Demak, turli qidiruv tizimlarida (Google, Yahoo, Yandex, Bing va h. k.) turlicha natijalar aks etishi mumkin. Qidiruv natijalari asosida qidirilayotgan kalit so‘zga mos ma’lumotning URL manzili (4), sarlavhasi (5) va qisqacha matni (6) keltiriladi

Qidiruv tizimida axborotni izlash Qidiruv tizimidan foydalanishning asosiy qoidalari: 1) faqat bitta kalit so‘zdan iborat so‘rovni yozmaslik kerak, chunki kalit so‘z bitta bo‘lsa, so‘rov natijasida olingan millionlab Internet sahifalari ro‘yxati ichidan keraklisini ajratib olishning o‘zi yana bir muammo bo‘lishi mumkin; 2) kalit so‘zlarni bosh harflar bilan yozmaslik lozim, chunki bunday hollarda kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar qoldirib ketilishi mumkin; 3) agar qidiruv nihoyasida birorta ham natija olinmasa, kalit so‘zlarni orfografik xatolarga tekshiring. Qidiruv tizimidagi so‘rovlar tili – bu ma’lumotni samarali qidirishda ishlatiladigan maxsus qoidadir. Ko‘plab qidiruv tizimlarida axborot izlashning kengaytirilgan usullari mavjud. Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni tashkil etishda maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi

Kalit so‘z – qidirilayotgan ma’lumotning umumlashgan kо‘rinishdagi sо‘z yoki sо‘zlar birikmasidan iborat shakli.

Filtr – istalmagan ma’lumotni olib tashlash yoki kerakli ma’lumotlarni topish uchun qо‘llaniluvchi dastur qismi

Axborotning ishonchliligi.

Har bir о‘quvchi maktab loyihasini bajarishi yoki qiziqarli ma’lumotlarni olishi uchun Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanishda eng qiyin jarayonlardan biri – bu olingan ma’lumotningInternetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?

ishonchliligini aniqlashdir. Ishonchli ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardangina olish mumkin. Ishonchli manba, odatda, nufuzli kompaniya, tashkilot yoki rasmiy manbalar bо‘lishi mumkin. Bu kabi manbalarga joylashtiriladigan ma’lumotlar kо‘plab dalillar asosida tekshiriladi. Kо‘pchilik foydalanuvchilar “Wikipediya” veb-saytini ishonchli manba deb о‘ylashadi. Ammo ma’lumot topish uchun undan foydalanishda ehtiyot bо‘lish zarur. “Wikipediya” veb-saytidagi ma’lumotlarni xohlagan foydalanuvchi о‘zgartirishi mumkin. Demak, “Wikipediya”da ma’lumotlar kо‘p bо‘lsa-da, manba sifatida ularga ishonmaslik kerak 

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

1-topshiriq 1. Veb-brauzer orqali Google qidiruv tizimiga kiring.

2. Qidiruv maydoniga “qadimiy” jumlasini yozing.

3. Qidiruv maydoniga “qadimiy + obidalar” jumlasini yozing. Qidiruv natijalari sahifasida paydo bо‘lgan qidiruv natijalariga qarang.

4. Endi “samarqand + qadimiy + obidalar”ni kiriting. Qidiruv natijalari sahifasida paydo bо‘lgan qidiruv natijalariga qarang. Natijalarda farq bormi? Qо‘shimcha sо‘zlarni qо‘shish natijasida ma’lumotlar miqdori o‘zgardimi?

5. Qidiruv natijalari bo‘yicha 5 ta natijani yozib oling.

6. Endi “Bing” qidiruv tizimini oching va xuddi shu jumlani kiriting.

7. So‘ngra “Kiddle”ni oching va xuddi shu bosqichlarni bajaring.

8. Har biridagi beshta qidiruv natijalariga qarang. Ularning qanchasi bir xil? Ularning qanchasi bir-biridan farqli? Ularning barchasi bir xil tartibdаmi? Topilgan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun bir nechta manbadan foydalaning. Ikki yoki undan ortiq manba bо‘yicha bir xil ma’lumot qidirilganda, ularning barchasi bir xil ma’lumot berishi yoki farqlar mavjudligini bilib olasiz. Agar bir xil ma’lumot bir nechta manbada berilgan bо‘lsa, ehtimol bu ma’lumot ishonchli bо‘lishi mumkin.

2-topshiriq

Svetofor usuli

Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.

1.Internetdan kerakli axborotni topish uchun qidiruv tizimining manziliva va kalit so’z aniq yozilishi kerak.

2.Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin.

3. Qidiruv tizimi – Internetning WWW xizmatidan foydalanuvchi dastur.

4. Dunyo bo’yicha eng ko’p foydalanuvchiga ega qidiruv tizimi bu-Internet Explorer dasturidir.

V. Uyga vazifa.

Navro‘z bayrami

1. Kompyuteringizda Navruz.docx nomli fayl yarating.

2. Navro‘z bayrami va uning tarixi haqida ma’lumot qidiring.

3. Topgan ma’lumotingiz orasidagi eng yaxshi ikkitasidan matnni nusxalab oling va yaratgan faylingizga ko‘chiring.

4. Har bir veb-sahifa manzili (URL)ni nusxalab, fayldagi mos matnlar oxiriga qo‘ying.

5. Navro‘z bayramiga mos rasmni yuklab olib, faylga joylashtiri









MAVZU: ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH


Dars maqsadi:


  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarda elektron pochta qutisini yaratish mavzusi bo'yicha elektron pochta ochish uchun pochta xizmati saytiga kirish, saytning ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kirish, ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish, o'quvchiga aniq va tushunarli pochta qutisi nomi va parolni tanlash bo'yicha bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.

  2. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni sog’lom raqobat muxitida puxta muomala madaniyatini shakllantirish.

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda elektron pochta qutisini yaratish mavzusi bo'yicha elektron pochta ochish uchun pochta xizmati saytiga kirish, saytning ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kirish, ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish, o'quvchiga aniq va tushunarli pochta qutisi nomi va parolni tanlash mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlarini rivojlantirish.


Dars turi: Nazariy,amaliy mashg’ulot

`

Dars uslubi: Savol-javob va aqliy hujum,T-jadval sxema


Dars jihozi: 6-sinf informatika darslik, kompyuter, proyektor va ekran, mavzuga mos slayd va tarqatma savollar.


Darsning borishi

I.Darsni tashkil qilish(4 daqiqa)


O’quvchilar bilan salomlashish. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar berish. Sinf o’quvchilari davomatini olamash va sinf jurnaliga qayd qilish. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rash va qo’shimchalar kirish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rash.


II.Oldingi mavzuni savol-javob uslubidan foydalanib tarqatma savol shaklida quyidagi savollar orqali so’rab olaman(8 daqiqa).


O’tilgan mavzu: Grafik, audio va video ma'lumotlarni izlash.

1. Tasvirlarni qidirib topish, ularni kompyuterga yuklab olish uchun qanday amallar bajariladi?

2. Audioma’lumotlarni qidirish va yuklab olish qanday amalga oshiriladi?

3. Videoma’lumotlarni qidirish uchun qaysi amallar ketma-ketligi bajariladi?

4. Videoma’lumotlarni, asosan, qaysi tizimdan topish mumkin?


Yangi mavzu bayoni:

Elektron pochta – elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun mo‘ljallangan Internet xizmati.Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:• xabarlarni tezkor almashish (bir necha minut);• xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova qilish;• xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini joylashtirish.Elektron xatlarni qabul qilish va jo‘natish uchun qabul qiluvchi va jo‘natuvchi o‘z shaxsiy elektron pochta manziliga ega bo‘lishi lozim.Har bir elektron pochta manzili unikaldir. Agar ikki foydalanuvchining elektron pochta manzillari bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-birlarining elektron pochta manzillariga kelgan xabarlarni o‘qiy olar edi. Shu sababli, dunyoda ikkita bir xil elektron pochta manzili bo‘lishi mumkin emas.Elektron pochta manzili quyidagilardan tarkib topgan: – login – elektron pochta egasining shartli nomi;– elektron pochta joylashgan tarmoq kompyuteri (sayt) yoki pochta xizmati saytining nomi.Elektron pochta (ing. Electronic Mail, E-mail) – elektron xabarlarni qabul qilish va yuborish bo‘yicha xizmat turi.Elektron pochta manzili (qutisi) – xabar yuborish uchun foydalaniladigan unikal manzil. U inson istiqomat qiladigan uyning to‘liq manziliga o‘xshash bo‘lib, foydalanuvchi xabarni ushbu manzil orqali yuboradi.Unikal – yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q. Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin emas, shu boisdan pochta manzillariga nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi.Foydalanuvchi nomi – elektron pochta manzili egasining nomi. U lotin harflari, raqam va belgilardan iborat bo‘ladi.Parol – elektron pochta manzilini himoyalash uchun manzil egasi tomonidan kiritilgan kalit so‘z.Akkaunt (ing. account – hisob) – kompyuter tizimida foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar to‘plamini saqlaydigan hisob. U foydalanuvchiga tizimga kirish imkonini beradi.TAYANCH [email protected] – elektron pochta egasi (foydalanuvchi) nomi bo‘lib, ushbu manzil kimga tegishli ekanligi yoki xabar kimga yuborilishi kerakligini anglatadi.

Elektron pochta (ing. Electronic Mail, E-mail) – elektron xabarlarni qabul qilish va yuborish bo‘yicha xizmat turi.

Elektron pochta manzili (qutisi) – xabar yuborish uchun foydalaniladigan unikal manzil. U inson istiqomat qiladigan uyning to‘liq manziliga o‘xshash bo‘lib, foydalanuvchi xabarni ushbu manzil orqali yuboradi.

Unikal – yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q. Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin emas, shu boisdan pochta manzillariga nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi.

Foydalanuvchi nomi – elektron pochta manzili egasining nomi. U lotin harflari, raqam va belgilardan iborat bo‘ladi.

Parol – elektron pochta manzilini himoyalash uchun manzil egasi tomonidan kiritilgan kalit so‘z.Akkaunt (ing. account – hisob) – kompyuter tizimida foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar to‘plamini saqlaydigan hisob. U foydalanuvchiga tizimga kirish imkonini

Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: [email protected]); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.

Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazo.





Topshiriqlar:

Darslikning 72-betidagi 1-mashq.

T-chizma” metodi. Quyidagi so’zlarni mos ustunga joylashtiring:

Google, Umail.uz, Yandex, Safari, Gmail.com, Mail.ru, Inbox.uz, Internet Explorer, Yahoo, Aport, Outlook Express, Netscape Messenger, Rambler, www.uz, Opera, Apple Mail;



Qidiruv tizimlari


Elektron pochta















Uyga vazifa:

1. Quyidagilardan qaysi biri elektron pochta manzili hisoblanadi? Elektron pochta manzillarini daftaringizga yozing:

aqlvoy xamidov@mail.

ruaqlvoy@mail

[email protected]

aqlvoy&gmail.uz

aqlvoy#gmail.uz

[email protected]


2. Daftaringizga quyidagi jadvalni chizing. Jadvalni keltirilgan an’anaviy va elektron pochta haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirin


An'anaviy pochta

Elektron pochta

Xabar uni qabul qiluvchiga qancha vaqtda yetib boradi?



Xabarni qaysi vaqtda jo‘natish mumkin



Xabar qanday yuboriladi
















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

Автор: Karimova Aziza

Дата: 02.06.2022

Номер свидетельства: 608625


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства