kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Dasturlash tillarida satrli malumotlar bilan ishlash imkoniyatlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

DASTURLASH TILLARIDA SATRLI MALUMOTLAR

BILAN ISHLASH IMKONIYATLARI

 

Buxoro viloyati G`ijduvon tumani

17-umumiy o`rta ta`lim maktabi.

 

         Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo`yicha sinflash mumkin. Dasturlash tilining EHMga bog`liqlik darajasi bo`yicha sinflash eng umumiy hisoblanadi. Yuqoridagi aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog`liq bo`lmagan tillarga bo`linadi. Mashinaga bog`liq tillar, o`z navbatida, mashina tillari va mashinaga mo`ljallangan tillarga ajratiladi.

Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qo`llaniladi. Mashina tili 0 daraja deb qilingan bo`lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.

Mashinaga bog`liq bo`lmagan tillar ham ikkita turga bo`linadi: birinchisi protseduraga mo`ljallangan tillar, ikkinchisi – muommoga muljallangan tillar kiradi. Protseduraga mo`ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo`ljallangan, shuning uchun ular ko`pincha oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi.

Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to`la hisobga oladi va EHMning turiga deyarli bog`liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo`lib, FORslator – formulalar translyatori degan ma’noni anglatadi va ilmiy va muhandis – texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. PASCAL tili 1969 yilda yaratilgan bo`lib turli xildagi masalalar yechimini olishda tartiblangan(strukturaviy) dasturlar tuzishda ishlatiladi.

         Dasturlash jarayonida dasturlovchilar turli muammolarga duch kelishi mumkin va bu muammolarni hal qilish uchun esa dasturlash tillarini yuqori darajada bilish talab etiladi. Shunday masalalarga satrli va belgili ma’lumotlar bilan ishlash masalalarini keltirib o`tish lozim.

         Belgili malumotlar bilan ishlash uchun esa unda ishlatiladigan operator va proseduralarni vazifalarini va ularni qayerda qo`llashni yaxshi bilish talab etiladi. Masalan, satr va belgili o`zgaruvchilar qiymati =(tenglik) belgisidan keyin apostrof (‘ ’) belgisi ichida yoziladi va ular ustida matnarni qo`shish(ya`ni birlashtirish), matnni kerakli belgisidan boshlab malum bir qismini qirqib olish, matnning kerakli belgisidan boshlab malum bir qismini o`chirish va h.k. amallar mavjud.

         Pascal tilida mantli va belgili ma’lumotlar bilan ishlash uchun quyidagi proceduralardan foydalanamiz.

Concat(s1,s2…: string): string- kiritilgan s1 va s2 o`zgaruvchilardagi matnlarni birlashtiradi.

Copy(s:string; i, c: integer): string; - berilgan s matinning  i- belgisidan  c tasini qirqib olish.

Delete(var s: string; i,c: integer); -berilgan s matnning i-belgisidan c tasini o`chirish.

Insert(var s1: string; s2: string; i: integer); -s1 matnni s2 matnga  i-belgidan boshlab qo`shish.

Length(s: string): integer; -s kiritilgan matndagi belgilar sonni aniqlash.

Pos(s1,s2: string): byte; -s2 matn ichidagi s1 matnning joylashgan o`rnini aniqlash.

Str(x[:width[:decimals]]: var s: string); -sonli ma’lumotni matnli ma’lumot ko`rinishiga o`zgartirish. 

Val (s:string; var v,code:integer);-s matnl ma’lumotni  v sonliga  o`tkazadi, code- butun turdir.        

Misol:  Berilgan butun sonning raqamlari yig’indisini hisoblovchi dastur tuzing.

         Program  raqam(input,output);

         Var  x, d: string;  i, k, cod, s: integer;

         Begin

                   Read(x); (butun son kiriting)   

                    s:=0; (dastlabki element nol deb olinsin)

                   For i:=1 to length(x) do

                   Begin

                            D:=copy(x, i, 1); (x matnni i-dan boshlab bittalab qirqadi)

                            Val(d, k, cod); (d matnni k songa o’tkazadi)

                            s:=s+k;

                   End;

                   Writeln(s); (sonning raqamlar yig`indisi natijaga chiqariladi)

         End. 

         Umumiy holda yuqorida keltirilgan misol berilishiga qaraganda oddiygina qilib yechish mumkindek ko`rinadi. Matematik jihatdan shunday ham bo`ladi, lekin shu misolni dasturlash va umumiy holdagi ko`p xonali sonlarning raqamlari yig`indisini topish uchun matnli ma’lumotlar bilan ishlash protseduralaridan foydalanish ancha yaxshi imkoniyat yaratadi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Dasturlash tillarida satrli malumotlar bilan ishlash imkoniyatlari»

DASTURLASH TILLARIDA SATRLI MALUMOTLAR

BILAN ISHLASH IMKONIYATLARI


Buxoro viloyati G`ijduvon tumani

17-umumiy o`rta ta`lim maktabi.


Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo`yicha sinflash mumkin. Dasturlash tilining EHMga bog`liqlik darajasi bo`yicha sinflash eng umumiy hisoblanadi. Yuqoridagi aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog`liq bo`lmagan tillarga bo`linadi. Mashinaga bog`liq tillar, o`z navbatida, mashina tillari va mashinaga mo`ljallangan tillarga ajratiladi.

Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qo`llaniladi. Mashina tili 0 daraja deb qilingan bo`lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.

Mashinaga bog`liq bo`lmagan tillar ham ikkita turga bo`linadi: birinchisi protseduraga mo`ljallangan tillar, ikkinchisi – muommoga muljallangan tillar kiradi. Protseduraga mo`ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo`ljallangan, shuning uchun ular ko`pincha oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi.

Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to`la hisobga oladi va EHMning turiga deyarli bog`liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo`lib, FORslator – formulalar translyatori degan ma’noni anglatadi va ilmiy va muhandis – texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. PASCAL tili 1969 yilda yaratilgan bo`lib turli xildagi masalalar yechimini olishda tartiblangan(strukturaviy) dasturlar tuzishda ishlatiladi.

Dasturlash jarayonida dasturlovchilar turli muammolarga duch kelishi mumkin va bu muammolarni hal qilish uchun esa dasturlash tillarini yuqori darajada bilish talab etiladi. Shunday masalalarga satrli va belgili ma’lumotlar bilan ishlash masalalarini keltirib o`tish lozim.

Belgili malumotlar bilan ishlash uchun esa unda ishlatiladigan operator va proseduralarni vazifalarini va ularni qayerda qo`llashni yaxshi bilish talab etiladi. Masalan, satr va belgili o`zgaruvchilar qiymati =(tenglik) belgisidan keyin apostrof (‘ ’) belgisi ichida yoziladi va ular ustida matnarni qo`shish(ya`ni birlashtirish), matnni kerakli belgisidan boshlab malum bir qismini qirqib olish, matnning kerakli belgisidan boshlab malum bir qismini o`chirish va h.k. amallar mavjud.

Pascal tilida mantli va belgili ma’lumotlar bilan ishlash uchun quyidagi proceduralardan foydalanamiz.

Concat(s1,s2…: string): string- kiritilgan s1 va s2 o`zgaruvchilardagi matnlarni birlashtiradi.

Copy(s:string; i, c: integer): string; - berilgan s matinning i- belgisidan c tasini qirqib olish.

Delete(var s: string; i,c: integer); -berilgan s matnning i-belgisidan c tasini o`chirish.

Insert(var s1: string; s2: string; i: integer); -s1 matnni s2 matnga i-belgidan boshlab qo`shish.

Length(s: string): integer; -s kiritilgan matndagi belgilar sonni aniqlash.

Pos(s1,s2: string): byte; -s2 matn ichidagi s1 matnning joylashgan o`rnini aniqlash.

Str(x[:width[:decimals]]: var s: string); -sonli ma’lumotni matnli ma’lumot ko`rinishiga o`zgartirish.

Val (s:string; var v,code:integer);-s matnl ma’lumotni v sonliga o`tkazadi, code- butun turdir.

Misol: Berilgan butun sonning raqamlari yig’indisini hisoblovchi dastur tuzing.

Program raqam(input,output);

Var x, d: string; i, k, cod, s: integer;

Begin

Read(x); (butun son kiriting)

s:=0; (dastlabki element nol deb olinsin)

For i:=1 to length(x) do

Begin

D:=copy(x, i, 1); (x matnni i-dan boshlab bittalab qirqadi)

Val(d, k, cod); (d matnni k songa o’tkazadi)

s:=s+k;

End;

Writeln(s); (sonning raqamlar yig`indisi natijaga chiqariladi)

End.

Umumiy holda yuqorida keltirilgan misol berilishiga qaraganda oddiygina qilib yechish mumkindek ko`rinadi. Matematik jihatdan shunday ham bo`ladi, lekin shu misolni dasturlash va umumiy holdagi ko`p xonali sonlarning raqamlari yig`indisini topish uchun matnli ma’lumotlar bilan ishlash protseduralaridan foydalanish ancha yaxshi imkoniyat yaratadi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Dasturlash tillarida satrli malumotlar bilan ishlash imkoniyatlari

Автор: Зарипов Шерзод Шариф ўғли

Дата: 03.07.2019

Номер свидетельства: 516395


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства