kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"axborot texnoogilari"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sana: 25.02.2020 yil

Sinf: 7-G 

Mavzu: MAVZU:AXBOROT   TEXNOLOGIYALARI.

Mavzu: MAVZU:AXBOROT   TEXNOLOGIYALARI

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kompyuter,proyektor.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: AXBOROT   TEXNOLOGIYALARI haqida tushuncha.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Uslub: Aqliy hujum, interfaol mashqlar va klaster va taqdimot usullari yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.

Jihoz:7 - sinf informatika darsligi, plakatlar, texnika vositasi,  (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar, tarqatma material, testlar, mashqlar.

 Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

                                    Darsning maqsadi

Maqsadlar: 

Ta’limiy: O`quvchilarga axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga axborot texnologiyalari ko`nikmalarini hosil qilish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish. 

 Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Fanga oid kompetensiya.

 Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi 

A2

Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;

axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;

kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;

turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;

Darsning texnologik xaritasi                 

 Darsning maqsadi: 

A) Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga axborot texnologiyalari ko`nikmalarini hosil qilish. 

C).Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish. 

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modell

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"axborot texnoogilari"»

Sana: 25.02.2020 yil

Sinf: 7-G

MAVZU:AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.

MAVZU: AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kompyuter,proyektor.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: AXBOROT TEXNOLOGIYALARI haqida tushuncha.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Uslub: Aqliy hujum, interfaol mashqlar va klaster va taqdimot usullari yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.

Jihoz:7 - sinf informatika darsligi, plakatlar, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar, tarqatma material, testlar, mashqlar.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Ta’limiy: O`quvchilarga axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga axborot texnologiyalari ko`nikmalarini hosil qilish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Fanga oid kompetensiya.

Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

A2

Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;

axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;

kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;

turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;

Darsning texnologik xaritasi

Darsning maqsadi:

A) Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish.

B) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga axborot texnologiyalari ko`nikmalarini hosil qilish.

C).Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Fanga oid kompetensiya.

Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

A2

Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;

axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;

kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;

turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;

Darsning jihozi: 7 - sinf informatika darsligi, plakatlar, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar, tarqatma material, testlar, mashqlar.

Darsning uslubi: Aqliy hujum, interfaol mashqlar va klaster va taqdimot usullari yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.

Darsning shiori:

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi, buning uchun maxsus tanishu vo’yini o’tkaziladi.

1.Ikkilik sanoq sistemasi haqida ma’lumot bering.

2.Yana qanday sanoq sistemalarini bilasiz?

3.Beshlik sanoq sistemasidagi sonlarni ayting.

4.Kodlash deganda nimani tushunasiz?

5.Ikkilik sanoq sistemasida sanashni bajaring, natijasini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing.

4) Quyidagi maktubni kodini ochib bering:

“Men 13 yoshimda 1-sinfga bordim. 2-sinfda o’qiganimda yoshim 20 da edi.Bir yildan so’ng? ya’ni 21 yoshimda 3-sinfga ko’chdim.22 yoshimda esa 10 sinf o’quvchisi bo’ldim.Maktabning 30-sinfigacha o’qidim va uni 101 yoshimda bitirdim.O’qishim davomida faqat 11 baho olardim…”-3 daqiqa

5) Ma’lumotlarni kodlashga doir informatik misol ko’rsatiladi-3 daqiqa

6) Ma`lumotlarni kodlash usullaridan biri har bir belgi yoki harfdan so`ng biror harf (umuman har gal turli harf bo`lishi mumkin) qo`yiladi. Masalan, “INFORMATIKA” so`zi IANBFDORSMAЦTUILKBAX kabi ifodalanishi mumkin.Xuddi shu usulda kodlangan jumlani toping:

TBAHBIIYAPTSNRIS ALSMRIATNOGB. 2 daqiqa.

7) O’quvchilarni kompyuter yoniga chorlab krossvord ishlanadi.-3 daqiqa.

8) O’quvchilarni 3 ta guruhga ajratib, nom tanlanadi.

I. Al-XORAZMIY, II. Al-FARG’ONIY, III. FOROBIY.

Har bir guruhga yangi mavzuni topshiriq qilib beriladi va ulardan kaster usulida berilgan markerlar orqali plakatlarda himoyaga tayyorlanishlari uchun vaqt beriladi.-7 daqiqa.

“Texnologiya” so`zi yunoncha (grekcha) “techne”-san`at, mohirlik, hunar va “logos” – fan so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, texnologiya aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning kema-ket bajarilishini ko`zda tutadi.

I. Al-XORAZMIY guruhi

Axborot texnologiyalari

Ixtiyoriy jarayonni to`liq o`rganishda, u to`g`risida to`plangan ma`lumotlar hajmi, ma`lumotlarning o`zaro bog`liqligi darajasi shunchalik murakkab bo`ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to`liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotni to`plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko`rsatdi. Bunda asosiy o`rinni texnik vositalar-kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avvalgi ko`rsatib o`tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

Axborot texnologiyasi ikki : ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usul va metodlar, tashqi omillarga vositalar kiradi.Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog`oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o`quvchi, o`qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o`tish jarayoni, test o`tkazish jarayoni, savol-javob o`tkazish jarayoni, dars o`tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik sanoatda, savdo –sotiqda, boshqaruvda, bank, ta`lim va sog`liqni saqlash sistemasida, meditsina va fanda, transport va aloqada, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo`llaniladi.

Axborot texnologiyasining ba`zi texnik vositalari

Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o`z ichiga oladi.Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to`ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.

II. Al-FARG’ONIY guruhi

KOMPIYUTER TARMOQLARI

Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog`liq bo`lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo`lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo`lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo`lgan barcha axborotni unga singdirib bo`lmaydi. Biror axborot zarur bo`lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan ko`chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vositalardan (disketalar, CD-disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo`ladi. Ammo bu ko`p vaqt va qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o`zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o`zaro birlashtirishga muvaffaq bo`lindi. Oradan ko`p vaqt o`tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta`minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.Bunday tarmoqlar qo`shimcha qurilmalar talab qilsada (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahalliy) tarmoqlar deb nomlanadi.

Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan hamda o`zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar. Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi

Ishchi stansiya

Ishchi Ishchi

stansiya stansiya

Ishchi stansiyalar

Lokal kompyuter tarmog`ining bir ko`rinishi

tadqiqotlar shu bilan to’xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishi, endi bitta sonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlari emas, balki uzoq masofada, xatto boshqa-boshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o`zaro bog`lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi. Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o`zaro axborot almashishini ta`minlaydi.

Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo`lga qo`yilgan. Kompyuterda ma`lumotlar raqamlar signallar ko`rinishida saqlanadi. Telefon tarmog`i orqali esa signallar o`tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkaziladi va telefon tarmog`i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchiga signalga o`tkazadi va kompyuterga uzatadi.

Signalni raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko`rinishdan raqamli ko`rinishga o`tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.

Signalni raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko`rinishdan raqamli ko`rinishga o`tkazivchi qurilma demodulyator deb ataladi.

Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan:

MOdulyator+DEModulyator= MODEM

Ma`lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagicha rasmda ko`rsatilgan:

Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko`rinishida bo`lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo`lib, o`zining qobig`iga ega alohida qurilmadir.Hozirgi modemlarning ko`pchiligi faqatgina ma`lomot uzatish qabul qilish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma`lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Ba`zilari hattoki telefon tarmog`iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o`tashi, ya`ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni xotiraga fayl ko`rinishida yozib qo`yishi mumkin.

Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun`iy yo`ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

III. FOROBIY guruhi

Informatsion sistemalar

Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o`rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o`z vaqtida ega bo`lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko`rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalardan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo`lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.

Informatsion sistemalar – bu katta hajmdagi axborotarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan sistemalardir.Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar quyidagicha: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo`qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanih darajasini oshirish, atama va tushunchalarni standartlashtirish, informatsion jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Aloqa vositalari, dasturli ta`minot hamda kompyuter texnikasining yangi pog`onalarga ko`tarilishi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakllari yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo`llanilayotgan informatsion sistemalar avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.

9) Guruhlar taqdimotini o’tkazish.-8 daqiqa

10) Mustahkamlash.i. -5 daqiqa

11) Fa’ol o’quvchilarni rag’batlash, baholash.-3 daqiqa

Uyga vazifa: 11 – Darsni o’qib kelish.- 1 daqiqa.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Samarqand xalq ta’limi boshqarmasi

Kattaqo`rg`on shahar xalq ta’limi bo’limi

16- maktabning informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi

BAXRIYEVA GULIning

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”

mavzusida tayyorlagan

2019-2020 o’quv yili

Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"axborot texnoogilari"

Автор: Baxriyeva Guli Irkovna

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545238

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства