kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья:Axborot almashinuvidagi qulaylik faqat ezgulikka xizmat qilsin

Нажмите, чтобы узнать подробности

Axborot almashinuvidagi qulaylik faqat ezgulikka xizmat qilsin

                              

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bugun fanda yaratilgan biror-bir yangilik ertasiga butun dunyoga tarqalayapti, indiniga esa o‘sha ixtironing yanada takomillashgan varianti paydo bo‘lmoqda. Buni shubhasiz, axborot almashinuvidagi zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari ishtiroki bilan bog‘lashimiz mumkin. Sababi, global tarmoq yordamida bir joydan ikkinchi joyga ma’lumot jo‘natish uchun soniyalarning o‘zi kifoya qilyapti.

Albatta, zamonaviy texnologiyalar orasida kompyuterning o‘rni beqiyos. Uning faoliyati doirasida yuzaga kelgan Internet global tarmog‘i esa insoniyat hayotida, aniqrog‘i, axborot almashinuvi sohasida keskin o‘zgarishlarni paydo qildi. Ya’ni, internet barcha soha vakillari uchun tezkor, qulay vositaga aylanib ulgurdi va ish faoliyatida uning beminnat xizmatidan foydalanuvchilar soni kun sa­yin ortib bormoqda. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья:Axborot almashinuvidagi qulaylik faqat ezgulikka xizmat qilsin»

Axborot almashinuvidagi qulaylik faqat ezgulikka xizmat qilsin.

Mehmonova Nafisa Karomatovna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi



Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bugun fanda yaratilgan biror-bir yangilik ertasiga butun dunyoga tarqalayapti, indiniga esa o‘sha ixtironing yanada takomillashgan varianti paydo bo‘lmoqda. Buni shubhasiz, axborot almashinuvidagi zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari ishtiroki bilan bog‘lashimiz mumkin. Sababi, global tarmoq yordamida bir joydan ikkinchi joyga ma’lumot jo‘natish uchun soniyalarning o‘zi kifoya qilyapti.

Albatta, zamonaviy texnologiyalar orasida kompyuterning o‘rni beqiyos. Uning faoliyati doirasida yuzaga kelgan Internet global tarmog‘i esa insoniyat hayotida, aniqrog‘i, axborot almashinuvi sohasida keskin o‘zgarishlarni paydo qildi. Ya’ni, internet barcha soha vakillari uchun tezkor, qulay vositaga aylanib ulgurdi va ish faoliyatida uning beminnat xizmatidan foydalanuvchilar soni kun sa­yin ortib bormoqda. Ammo…

Oq va qora

Afsuski, axborot almashinuvi sohasidagi bu yangilikning jamiyat uchun foydasi bilan birga zarari ham ko‘payib bormoqda. Internet saytlarida ma’naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari tobora avj olmoqda. Ba’zi g‘arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinayapti. Axborot xurujlarining yolg‘on axborot tar­qatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo‘lgan begona qadriyatlarni targ‘ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va o‘zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda.

Bugungi zamon globallashuvi jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o‘sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan ibora bejiz paydo bo‘lgani yo‘q. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda yadro quroli ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 20 ga yaqin davlatda harakatlar davom etayotgan bo‘lsa, 120 dan ortiq davlatda axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda. Tasavvur qilib ko‘ring, buning uchun millionlab dollar mablag‘ sarflanib, maxsus xodimlar bosh qotirishayapti.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 2016 yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida: “…Biz odamlarning Internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Takror bo‘lsa-da, aytmoqchiman – axborot olamida qandaydir devor o‘rnatish, o‘z qobig‘iga o‘ralib, mahdudlikka yuz tutish yo‘li bizga aslo ma’qul emas. Shu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqyealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar ham Internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi”, deya bejiz ta’kidlagani yo‘q.

Darhaqiqat, global tarmoqning zararlari deb, u yaratgan qulayliklardan ham voz kecha olmaymiz. Bugun global axborot makoniga real ko‘z bilan qarasak, jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog‘lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv, milliy axborot makonimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g‘oyamizga mutlaqo zid bo‘lgan axborotlar oqimining kirib kelayotganidir. Buning oldini olish uchun esa, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma’naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo‘lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g‘arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o‘z tanlagan yo‘limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko‘zlagan ulug‘vor maqsadlarimizga albatta yetamiz.

Sir emaski, axborot sohasi liberallashayotgan hozirgi paytda, uzoq va yaqin mintaqalardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa g‘arazli kuchlar o‘zlarining chirkin manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, asosiy qurol bo‘lmish Internet axborot erkinligini suiiste’mol qilgan holda axborot tahdidlari orqali hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni chalg‘itish, ularning ongi va qalbini egallashga urinishmoqda.

Ertaga kech bo‘lmasligi uchun…

Shuni unutmaslik lozimki, bugun bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan baqamti qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar yurtdoshlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.

Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlar, barcha sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarning yuksak natijalari va samaralari jahon hamjamiyatini hayrat va havasga solmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotidagi bu tarixiy evrilishlarning boisi esa, albatta, erkin va ozod, tinch-osoyishta hayotimizning mevasidir. Tarixiy xotira ham, shu ma’noda, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning farovon kelajagini ta’minlash, boy milliy merosimiz va qadriyatlarimiz, urf-odat, an’analarimizni e’zozlash, yurtimizni taraqqiy etgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun fuqarolarimizda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa

Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog‘lom, ma’nan yetuk yoshlar zarur. Shu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shunday ekan, har birimiz zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanayotganda axborot xavfsizligi qoidalariga qattiq rioya qilishimiz darkor. Qaysi manbaa ishonchli-yu, qaysi biri ig‘vogarlik bilan shug‘ullanishini farqlay olmog‘imiz lozim. Buning uchun esa qalblarimizda doimo ogohlikka chorlovchi qo‘ng‘iroqlar bong urib turishi kerak.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья:Axborot almashinuvidagi qulaylik faqat ezgulikka xizmat qilsin

Автор: Мехмонова Нафиса Кароматовна

Дата: 26.02.2022

Номер свидетельства: 601316


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства