kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Masofaviy ta’limning afzalliklari va qulayliklar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ma’lumotlarga qaraganda, masofaviy ta’lim tizimi 1969 –yili  Angilya bosh prime –minister G.Vilson tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan. Aslida, bu o’qitish texnologiyasi o’tish muntazam pochta aloqalari shakillanishigato’g’ri keladi. Masofaviy ta’lim tizimining qanchalik samarali va ommabop ekanligini, o’tgan asrning 90-yillarida  Angilyada  40-ga  yaqin  masofaviy ta’lim  tizimi  shakillanganligi  va  ularga  har  yil  kesimida  65  ming  kishi tomonidan o’qish uchun ariza topshirilganligi ko’rsatishi mumkin. Hozirgi kunda Yevropaning har bir mamlakatida masofaviy ta’lim tizimi joriy etgan ta’lim muassasalari  soni kunda kunga jadal sur’atda ko’payib bormoqda

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Masofaviy ta’limning afzalliklari va qulayliklar»

“MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLAR”

Mehmonova Nafisa Karomatovna


Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi


Ma’lumotlarga qaraganda , masofaviy ta’lim tizimi 1969 –yili Angilya bosh prime –minister G.Vilson tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan . Aslida , bu o’qitish texnologiyasi o’tish muntazam pochta aloqalari shakillanishigato’g’ri keladi . Masofaviy ta’lim tizimining qanchalik samarali va ommabop ekanligini , o’tgan asrning 90-yillarida Angilyada 40-ga yaqin masofaviy ta’lim tizimi shakillanganligi va ularga har yil kesimida 65 ming kishi tomonidan o’qish uchun ariza topshirilganligi ko’rsatishi mumkin . Hozirgi kunda Yevropaning har bir mamlakatida masofaviy ta’lim tizimi joriy etgan ta’lim muassasalari soni kunda kunga jadal sur’atda ko’payib bormoqda . Chunki masofaviy o’qitish tizimi ta’lim oluvchilarga qulay vaqtda o’qitishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi .Jahon hamjamiyatining tajribasini o’rgangan holda ona diyorimizda ham masofaviy ta’lim tizimini shakillantirishga bosqichma –bosqich ishlar amalga oshirilmoqda . Misol uchun , 2022 –2023 o’quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalari tomonidan masofaviy ta’lim shakli uchun kvotalar e’lon qilindi .Yurtimizda ma’lum bir sohadagi mutahassislarning yetishmasligi sababli , masofaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kun talabiga aylanmoqda . Qolaversa ,2019 –yildagi karantin sharoitida masofaviy ta’limga nisbatan talab juda ham kuchayganligini takidlab o’tishimiz joizdir . Karantin cheklovlari sababli Respublika bo’ylab barcha Oliy va O’rta ta’lim muassasalari faoliyatlarini vaqtinchalik cheklab qo’yildi . Ana shunday bir vaqtda barcha talabalar va o’quvchilarni ta’lim olish jarayonini uzluksiz davom ettirish maqsadida masofaviy ta’lim tizimi birdan bir yechim sifatida jamoatchilik nazariga tushdi va har bir sinf kesimida dars jadvallari tuzilib , ular asosida video darslilar tayyorlanib , oynayi jahon orqali ma’lum bir vaqtda namoyish etildi . Har bir o’rganuvchilarning o’zlashtirish qobilyati bir xil emasligi hisobga olinib , video darsliklar ijtimoiy tarmoqlarga ham yuklanib borildi . Masofaviy ta’lim orqali ko’plab ta’lim oluvchilar bir vaqtning o’zida , yurtimizning 12 viloyatidan , o’zlariga qulay bo’lgan paytda ma’lum bir ko’nikmalarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar . Shu bilan birga , bu sohada ma’lum bir qiyinchiliklar yuzaga kela boshladi . Ulardan biri aholi qatlamining yetarli darajada axborot kommunikatsion texnalogiya vositalari bilan taminlanmaganliklari va internet tarmog’ining yurtimizdagi barcha hududlarda bir xil tarzda muntazam ish yurita olmasligi edi .Axborot kommunikatsion texnologiya vositalari –bu kundalik hayotimizda axborot almashinuv jarayonida ishlatiladigan qurilmalari


yig’indisidir . Ularga kompyuter , mobil aloqa vositalari , televizor , noutbuk , planshet , elektron doska va boshqa bir qator texnologik vositalar kiradi . Barchamizga ma’lumki , masofaviy ta’lim tizimini axborot kommunikatsion texnologiyalarsiz tashkil etishning imkoni yo’qdir . Yuqoridagi kabi texnologik vositalar masofaviy ta’limning asosiy negizi hisoblanadi . 2005 –yil 6-mayda RossiyaFederatsiyasi Ta’lim va fan vazirligining buyrug’I e’lon qilindi , bu buyruqda quyidagi so’zlar ba’yon etilgan edi: “ Masofaviy ta’lim texnologiyalari deganda , asosan , bilvosita yoki to’liq bo’lmagan vositachilik negizida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarardan foydalangan holda amalga oshiriladigan ta’lim texnologiyalari tushiniladi .Hozirgi kunda masofaiy ta’lim tizimini internet tarmoqlaridan foydalangan holda amalga oshirish keng tarqalgan bo’lib, po’chta tizimidan foydalanish insonlarning e’tibor markazida qolmoqda. Chunki, internet orqali tayyor video darslarni xabarilovalariga joylash yoki video chaqiruv yoki zoom ilovasi orqali osongina amalga oshirishlari mumkin.Masofaviy ta’lim tizimini axborot kommunikatsion texnologiyalari vositasida tashkil etishning bir qator afzallik jihatlari bordir:-O’quv jarayonining samaradorligini ta’minlagan holda , o’quvchiga o’z ustida ko’proq ishlash va mustaqil izlanish imkonini beradi ;-O’quvchilarning ijtimoiy faolligini va ma’lum bir ma’lumotni mustaqil tahlil qila olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi ;-Har bir o’quvchiga individual ta’lim shaklini yaratishga imkon beradi ;-Hozirgi zamon talabidan kelib chiqgan holda , o’quvchilarga zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalana olish ko’nikmalarini shakillantirishga yordam beradi ..Ko‘pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, axborot qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi hech birimizga sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Bunga misol qilib: masofadan o‘qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va masofaviy ta’lim usullarini sohalarni aytishimiz mumkin.

Masofaviy ta’lim uslubi o‘qitishning yangicha zamonaviy shakli bo‘lib, u tinglovchi (o‘quvchi)ning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o‘rgatadi.

Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.

Masofaviy ta’lim – o‘quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o‘qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o‘qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyoda ko‘pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag‘larini tejamoqda.

Shuningdek,  masofaviy ta’limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo‘lib, masalan, o‘qitish uchun sinflar, doskalar, stollar va boshqa o‘quv qurollari zarur emas. Moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki bu tizim samarasida xarajatlar kamayadi. O‘quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik o‘quvchiga foydali bo‘ladi.

Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta’lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, multimedia elektron darsliklar va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo‘ladi.

Bunday ta’limda o‘quvchi har kuni ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar, hatto mahkumlar bilan birga bo‘lib turgan bolalar ham ta’lim olishi mumkin.

Kattalarga esa masofaviy ta’limda o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda ta’lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, masofadan turib o‘qiganda  bir necha kurslarda bir vaqtning o‘zida ta’lim olish imkoniyati  mavjud.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan aslo qolishmaydi. Balki samarasiga ko‘ra ustunlik jihatlari ham bor. Negaki, o‘quv materialining asosiy qismini o‘quvchi o‘zi mustaqil o‘qib-o‘rganadi. Bu o‘tilgan mavzularni puxta o‘zlashtirish va eslab qolishga yordam beradi. Buning ustiga darslarni yangi texnologiyalar vositasida o‘qish tinglovchii  uchun qiziqarli va mazmunli bo‘ladi.

Bunday ta’lim tizimida darsliklar, qo‘llanmalar yetishmasligi kabi muammolar bo‘lmaydi. O‘quvchi o‘quv materialini elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoq orqali qabul qilib oladi. Shu bilan birga ma’lum saytlarga obuna bo‘lishi, ma’lumotlar bazasiga kirib, o‘ziga kerakli axborotlarni olishi mumkin.

Masofaviy ta’limning yana bir afzalligi uning arzonligidir. Jumladan o‘qishga borish-kelishga, tarnsportga pul sarflanmaydi. Chet elda o‘qish uchun esa viza va xorijiy pasport ham talab qilinmaydi.

Masofadan o‘qitishda o‘quvchilarni baholash onlayn-testlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli o‘quvchilarda imtihon paytidagi havotir va hayajon kuzatilmaydi.

Bunday o‘qitish jarayonining o‘qituvchi uchun foydali jihati shuki, masofadan turib pedagogik faoliyat olib borish vositasida nisbatan ko‘p o‘quvchilarga e’tibor qaratishi mumkin. O‘qituvchi dam olish yoki dekret ta’tilida bo‘lganida ham bemalol faoliyatini davom ettira oladi.


Xulosa Masofaviy ta’lim tizimi bugungi kun talabi hisoblanib , unda o’qitish saviyasining yanada yuqori bo’lishiga erishiladi . Bunday ta’lim tizizmini yaratishda esa har bir mamlakat , davlat , shahar , Oliy ta’lim va O’rta ta’lim muassasalari , pedagoglar axborot kommunikatsion texnologiya vositalari ko’magidan foydalanishadi .


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1 . I.M.Ibragimov ; Axborot texnologiyalari va masofaviy ta’lim vositalari , M: Akademiya, 2007-yil.2 . https://fayllar.org.3 . https://arxiv.uz.4 . U.Nazarov , A.Karimov , “ Ta’limda axborot texnologiyalari “ fanidan ma’ruzlar matni , Samarqand –2014


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Masofaviy ta’limning afzalliklari va qulayliklar

Автор: Mehmonova Nafisa Karomatovana Olimov Behruz Alisherovich

Дата: 24.06.2024

Номер свидетельства: 653577


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства