kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Касбий фаолиятда амалий дастурлардан фойдаланиш

Нажмите, чтобы узнать подробности

Word, Excel va Ispring dasturlarida mustaqil ishlashni xohovchiar uchun

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kasbiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish (2)»


O`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

BUXORO VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI

KOGON SHAHAR XALQ TA'LIMI BO'LIMI



KOGON SHAHAR 9-UMUMTA'LIM MAKTABI


M.M.Mardonova, F.O.Xamrayeva, S.H.Saidova







KASBIY FAOLIYATDA AMALIY DASTURLARDAN FOYDALANISH

(EXCEL, POWER POINT, ISPRING)
































































O`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

BUXORO VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI

KOGON SHAHAR XALQ TA'LIMI BO'LIMI



KOGON SHAHAR 9-UMUMTA'LIM MAKTABI


M.M.Mardonova, F.O.Xamrayeva, S.H.Saidova







KASBIY FAOLIYATDA AMALIY DASTURLARDAN FOYDALANISH

(EXCEL, POWER POINT, ISPRING)

































































EXCEL - ELEKTRON JADVAL PROTSESSORI



E LEKTRON JADVALNING VAZIFALARI VA

IMKONIYATLARI


Monitoring – atrof-muhit hamda jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borish tizimi.



Monitoring olib borishda elektron jadvallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Elektron jadval deganda, asosi jadvaldan iborat dasturiy ta’minot tushuniladi. Elektron jadvallarga matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish, formulalar yordamida esa ushbu ma’lumotlar ustida hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, elektron jadvaldan grafik va diagrammalar yaratishda ham foydalaniladi.

1982-yilda Microsoft kompaniyasi “Multiplan” deb nomlangan birinchi jadval protsessorini ishlab chiqdi. “Multiplan” CP/M operatsion tizimida qo‘llash bo‘yicha mashhur bo‘lsa-da, MS-DOS operatsion tizimida foydalaniladigan “Lotus 1-2-3” dasturidan sezilarli darajada ortda qolardi. Excelning birinchi ko‘rinishi Mac operatsion tizimi uchun 1985-yilda, Windows operatsion tizimi uchun esa 1987-yilning noyabr oyida ishlab chiqildi. 1993-yildan boshlab Excel dasturiga Visual Basicning qo‘shilishi Excel vazifalarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi.

Elektron jadval deganda, asosi jadvaldan

iborat dasturiy ta’minot tushuniladi.

Elektron jadvallarga matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish,

formulalar yordamida esa ushbu ma’lumotlar ustida hisob-

kitoblarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvaldan grafik

va diagrammalar yaratishda ham foydalaniladi.

MS Excel dastur interfeysi MS Office paketining boshqa dastur interfeyslariga o‘xshaydi.Dastur interfeysi quyidagi elementlardan tashkil topgan:


1. Sarlavhalar satri tezkor tugmalar paneli (1) + fayl va dastur nomi + oynani boshqaruvchi tugmachalardan (2) iborat.

2. Menyular satri (3) “Файл”, “Главная”, “Вставка”, “Разметка страницы”, “Формулы”, “Данные”, “Рецензирование”, “Вид”, “Справка” kabi bo‘limlardan iborat.

3. Uskunalar lentasi (4) yordamida menyular satridan kerakli menyu bo‘limi tanlangach, ushbu lentada tanlangan menyuga tegishli uskunalar hosil qilinadi.

4. Formulalar satrida (5) Excel katakchasiga kiritilgan axborot formula ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Katakda esa formulaning natijasi hosil qilinadi.

5. Ishchi maydon (6) – ustun va satrdan iborat ma’lumotlar kiritish uchun ajratilgan qism.

6. Ishchi kitob varaqlarida (7) ishchi varaqlarni qo‘shish hamda ularni tahrirlash mumkin.

7. Holatlar satrida (8) belgilangan kataklar diapazonidagi kataklar soni, undagi ma’lumotlarning o‘rtacha qiymati va ular yig‘indisini ko‘rish imkoniyati mavjud.


ISHCHI VARAQ KO‘RINISHLARINI O‘ZGARTIRISH

Elektron jadvalni yaratishda turli rejimlardan birini tanlash mumkin. Bir rejimdan boshqa rejimga o‘tish uchun holatlar satrida joylashgan tugmachalaridan yoki “Вид” menyusining quyidagi buyruqlaridan foydalaniladi:



MS Excel dasturida arifmetik amallardan foydalanish



ELEKTRON JADVALNING ELEMENTLARI

Ustun – elektron jadvalning harf bilan nomlangan vertikal ustuni.

Satr – elektron jadvalning son bilan nomlangan gorizontal qatori.

Dastur interfeysining katta qismini egallagan ishchi maydon ustun va satrlardan iborat (qarang: dastur interfeysi rasmi). Ustunlar ingliz alifbosining bosh harflarida A, B, C, D, E, F, …, AA, AB, AC, …, ZZ … kabi, satrlar esa sonlarda 1, 2, 3, 4, …, 100, 101, … kabi nomlanadi.

MS Excel 2019 dasturida satrlar soni 1 048 576 tadan, ustunlar soni esa 16 384 tadan ziyod. Ustun va satrning kesishgan qismiga katakdeyiladi. Har bir katak o‘z manziliga ega. Katak manzilida dastlab ustun nomi, so‘ngra satr raqami ko‘rsatiladi. Masalan: D5, H59, AA123, … .

MS Excel dasturining kataklariga uch turdagi ma’lumotlarni kiritish va ularni tahrirlash mumkin:




MS Excel dasturi jadval kataklariga kiritilgan ma’lumotlar turini avtomatik ravishda aniqlashga harakat qiladi. Formulalarni kiritish “=” belgisi bilan boshlanadi hamda dastur kiritilayotgan ma’lumotni formula sifatida qabul qiladi. Dastur kiritilgan ma’lumotlarni raqam sifatida qabul qilgan bo‘lsa, katakdagi raqamlar katakning o‘ng tomoniga (1) joylashadi. Formula va raqam bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni dastur matn sifatida qabul qiladi hamda ular katakning chap tomonida (2) joylashadi:



Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra katakdagi ma’lumotlar joylashuvini o‘zgartirishi mumkin. Ushbu vazifalarni bajarish “Главная” (3) – “Выравнивание” (4) buyruqlari yordamida amalga oshiriladi:



Katakka formula joylashtirilgach, “Enter” tugmachasi tanlanadi. Tugmacha bosilganda, katakda formulaning o‘zi emas, balki shu formula asosidagi hisob-kitoblar natijasi bo‘lmish ma’lumot (5) hosil bo‘ladi. Ushbu katakdagi formulani formulalar satrida (6) ko‘rish va tahrirlash mumkin.



Katak formatini o‘zgartirish uchun “Формат ячеек” dialoglar oynasi ishga tushiriladi. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:1) kerakli katak faollashtiriladi hamda kontekst menyudan “Формат ячеек” buyrug‘i tanlanadi;2) “Главная” – “Ячейки” – “Формат” – “Формат ячеек” buyruqlari ketma-ketlikda tanlanadi.


Murojaat – formula kiritishda kerak bo‘ladigan obyekt (katak, satr, ustun, katak diapazoni) manzili. Formulalarni kiritishda uch xil murojaatdan foydalanish mumkin.

Nisbiy murojaat.Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarsa, bunday murojaatga nisbiy murojaatdeyiladi. Quyida D22 katakda joylashgan formuladan D24 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan:



Лист1!F15 – “Лист1” nomli ishchi varaqning F15 katagiga nisbiy murojaatni anglatadi.Absolyut murojaat.Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarmasligi uchun absolyut murojaatdan foydalaniladi. Undan foydalanish uchun, formulani kiritish jarayonida ustun hamda satr nomini kiritishdan avval dollar belgisi ($) yoziladi. Quyida D41 katakda joylashgan formuladan D44 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan:



Bunda formuladagi $ belgisi satr va ustun nomlari mustahkamligini hamda nusxa ko‘chirishda formulaning o‘zgarishsiz qolishini ta’minlaydi.Aralash murojaatdeyilganda, yuqorida so‘z yuritilgan murojaat ikkala turining kombinatsiyasidan iborat manzil tushuniladi. Bunda ustun absolyut murojaat ko‘rinishida, satr esa nisbiy murojaat shaklida yoki aksincha ko‘rinishda bo‘ladi. Qaysi qismda absolyut murojaatdan foydalanilsa, aynan o‘sha qismdan oldin $ belgisi qo‘yiladi.Masalan:$D$4 – ustun ham, satr ham o‘zgarmaydi;D$4 – satr o‘zgarmaydi;$D2 – ustun o‘zgarmaydi;Quyida D30 katakda joylashgan formuladan E31 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan



Nusxalash – ma’lumotning aslini saqlagan holda uning nusxasini hosil qilish jarayoni.

Tahrirlash– ma’lumotning keraksiz qismlarini o‘chirish, ko‘chirish yoki belgi qo‘shish jarayoni.

Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir muncha osonlashtirish imkoniyati mavjud.

Murojaat qilinayotgan kataklardagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, MS Excel dasturi formulalarni avtomatik ravishda qayta hisoblab chiqadi.

Formula – hisob-kitoblar amalga oshiriladigan ifodaning ko‘rinishi. Formulalar bilan ishlaganda bilish muhim bo‘lgan tushunchalardan biri bu – “xatoliklar”dir.

Bo‘sh yoki o‘chirilgan katakka murojaat qilinganda, argument yoki funksiyalar noto‘gri kiritilganda, katakda xatoliklar yuz berishi mumkin.

Funksiya – ayrim hisoblash amallari avtomatik ravishda bajarilishi uchun oldindan yaratib qo‘yilgan formulalar.Argument– funksiya tarkibidagi qiymat, katak manzili, kataklar diapazoni.

Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.

Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan.



Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z ichiga olgan.



Formula kiritish

Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring:

Bir katakni belgilang--Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.

Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.



Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang.

4. A1 katakning qiymatini 3 ga o’zgartiring.



Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri!


Formulani tahrirlash

Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar qatorida ko’rsatadi.



1. Formulani tahrirlash uchun, formulalar qatoriga bosing va formulani o’zgartiring.


2. Enter tugmasini bosing.


Amallar tartibi

Excel odatdagi standart tartib bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar formulaning biror qismi qavs ichida bo’lsa, o’sha qism avval hisoblanadi. Keyin ko’paytirish va bo’lish amallarini bajaradi. Ular tugagandan so’ng, formuladagi qo’shish va ayirishni bajaradi. Quyidagi misolga qarang.



Dastlab, Excel ko’paytirishni bajaradi (A1 * A2). Keyin, A3 ning qiymatini chiqqan natijaga qo’shadi.

Boshqa bir misol:


Excel avval, qavs ichidagilarni hisoblaydi. Keyin, chiqqan natijani A1 katakning qiymatiga ko’paytiradi.


Formuladan Nusxa olish/Qo’yish

Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa ko’chirilgan katakka mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib chiqadi. Buni tushunish uchun quyidagilarni bajaring.

1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting.


2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki CTRL + c)ni bosing…



…so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’ (Параметры вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing.



2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning pastki o’ng burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan bir xil natijani beradi!



Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi.


Funksiya kiritish

Har bir funksiya bir xil tuzilishga ega. Misol uchun, SUM(A1:A4). Bu funksiyaning nomi SUM (yig’indi). Qavs ichidagi qism (argument) shuni anglatadiki, biz Excelga qiymat kiritiladigan A1:A4 sohani beramiz. Bu funksiya A1, A2, A3 va A4 kataklardagi qiymatlarni qo’shadi. Har bir ish uchun qaysi funksiya va qaysi argumentlarni ishlatishni eslab qolish oson emas. Hayriyatki, Exceldagi Formula kiritish funksiyasi bu borada sizga yordam beradi.

Funksiya kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

Bir katakni tanlang.

Funksiya Kiritish tugmasini bosing.



“Funksiya Kiritish” muloqot oynasi ko’rinadi.

3. Biror bir funksiyani qidiring yoki mavjud kategoriyalardan biror funksiyani tanlang. Masalan, “Statistical” kategoriyasidan COUNTIF ni tanlang.



4. OK tugmasini bosing.

Function Arguments’ (Funksiya Argumentlari) muloqot oynasi ko’rinadi.

5. Range (Soha) katakchasi ichiga bosing va A1:C2 sohani tanlang.

6. “Criteria” katakchasi ichiga bosing va 5 ni kiriting.

7. OK tugmasini bosing.



Natija. Excel qiymati 5 dan kattaroq bo’lgan kataklar sonini sanaydi.



Eslatma: Funksiya Kiritish imkoniyatidan foydalanish  o’rniga, oddiygina =COUNTIF(A1:C2,”5″)ni yozing. Qachonki =COUNTIF( ga yetib kelganingizda A1:C2 ni yozish o’rniga A1:C2 sohani tanlang.

Matematik funksiyalar.Aksariyat Excel foydalanuvchilari matematik funksiyalarga murojaat etishadi. Ularda algebraik hamda arifmetik amallarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular o‘quvchi, talaba, muhandis, olim va iqtisodchilar uchun juda qulay. Mazkur sinfga 80 ga yaqin matematik funksiyalar kiradi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.СУММ” funksiyasidan bir necha katakdagi ma’lumotlar yig‘indisini topishda foydalaniladi. Funksiya sintaksisi:=СУММ (1 argument; 2 argument;…)Argument sifatida sonli ma’lumotni yoki katak diapazoniga murojaatni kiritish lozim. Kiritilgan jami ma’lumotlarning yig‘indisi belgilangan katakning natijasi hisoblanadi.

СТЕПЕНЬfunksiyasiberilgan sonning kerakli darajasini hisoblash uchun foydalaniladi.Funksiya sintaksisi: = СТЕПЕНЬ (“son”; “daraja ko‘rsatkichi”)Bu funksiyada ikkita argument mavjud: “Son” hamda “Daraja ko‘rsatkichi”. Son argumenti o‘rniga sonning o‘zini yoki son joylashgan katak manzilini kiritish mumkin:

Matnli funksiyalar.MS Excel dasturi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi turli funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ham ega. Matnli funksiyalar faqat matnli ma’lumotlarni qayta ishlash bilan chegaralanib qolmay, ularda sonli ma’lumotga ega kataklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud.



“ПСТР” funksiyasidan katakdagi matnli satrning belgilangan qismidan ma’lum miqdordagi belgilarni ajratib olib, ularni yangi katakka yozish uchun foydalaniladi. Bunda so‘zlar orasidagi bo‘sh joy (probel) ham bitta belgi hisoblanadi.Funksiya sintaksisi:= ПСТР (“Katak manzili”, “Son1”, “Son2”)Bu yerda: “Katak manzili” – qayta ishlanishi kerak bo‘lgan matnli satr joylashgan katak manzili;“Son1” – kesib olinadigan birinchi belgining joylashgan o‘rni;“Son2” – kesib olinadigan matnning uzunligi.


“СЦЕПИТЬ” funksiyasi. MS Excel katakdagi tarkibni birlashtirish uchun biriktirish operatori bilan bir satrda “СЦЕПИТЬ” matn funksiyasi yordamga keladi. U belgilangan kataklar qiymatlarini bitta katakka ketma-ketlikda joylashtiradi.Funksiya sintaksisi:= СЦЕПИТЬ (Matn1; Matn2;...)



Yuqoridagi misoldan, kataklardagi matnli ma’lumotlar birlashtirilganda, so‘zlar orasida bo‘sh joy qolmasligini ko‘rish mumkin. Bo‘sh joy qoldirish uchun formulaning ko‘rinishini biroz o‘zgartirishning o‘zi kifoya. Buning uchun (“”) belgisidan foydalaniladi, formulaga ixtiyoriy matn, tinish belgisi qo‘shilganda esa ular qo‘shtirnoqqa olinadi.



Statistik funksiyalar– o‘rganilayotgan hodisa tendensiyasi va prognozini aniqlash uchun ma’lumot to‘plash, tartibga solish, umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida foydalaniladigan operatorlar.

МАКС funksiyasibelgilangan argumentlarning eng kattasini topish imkonini beradi. Funksiya sintaksisi:= МАКС (1 argument; 2 argument;…)

СРЗНАЧЕСЛИ funksiyasioldingi funksiyaga o‘xshash, undan faqat ma’lum shartga javob beradigan katakdagi ma’lumotlarninggina o‘rta arifmetik qiymatini hisoblashi bilan farq qiladi. Shart sifatida katta, kichik, ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan katak qiymatlari kabilardan foydalanish mumkin. Funksiya sintaksisi:=СРЗНАЧЕСЛИ (1 argument; 2 argument;…;shart;[kataklar_diapazoni])

Mantiqiy funksiyalarformulalardagi shartlarning bajarilish natijasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bunda shartlar o‘ta xilma-xil bo‘lishi mumkin, ammo mantiqiy funksiyalar natijasi faqat ikkita: shart bajariladi (TRUE) yoki shart bajarilmaydi (FALSE) qiymatlarini qabul qiladi.

И” funksiyasibir nechta shartlar orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Funksiya bilan bog‘liq barcha shartlar bajarilgandagina, u rost (“True”) qiymatni qabul qiladi. Agar kamida bitta argument yolg‘on (“False”) qiymatni qabul qilsa, “И” funksiyasi ham yolg‘on qiymatni qabul qiladi. Funksiya 1 dan 255 gacha argumentni o‘z ichiga olishi mumkin.

Funksiya sintaksisi:= И (1-mantiqiy ifoda; 2-mantiqiy ifoda;...)ЕСЛИ” funksiyasidan murakkab konstruksiyali ifodalarni kiritishda foydalaniladi. Funksiya qaysi qiymat rost yoki yolg‘on ekanligini aniqlaydi.Funksiya sintaksisi: =ЕСЛИ (mantiqiy ifoda; rost bo‘lgandagi_ifoda; yolg‘on bo‘lgandagi_ifoda)

Elektron jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil etishda samarali ko‘rinishlardan biri ularni diagramma ko‘rinishida ifodalashdir. Dastur jadvaldagi sonli ma’lumotlarni bir necha ko‘rinishdagi diagrammalar orqali ifodalash imkoniyatini beradi.

Diagramma– sonli ma’lumotlarning o‘zaro taqqoslangan holda grafik ko‘rinishda tasvirlanishi.MS Excel dasturida bir necha xil diagramma turlaridan foydalanish mumkin. Ularning foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan turlari bilan tanishamiz.1.Gistogramma – elektron jadval ma’lumotlarini taqdim etishning ma’lumotlar qiymatlarini taqqoslash uchun gorizontal yoki vertikal ustunlardan iborat eng oddiy usullaridan biri.Elektron jadvaldagi qandaydir ma’lumotlar asosida gistogramma yaratish kerak bo‘lsa, ular belgilanadi va gistogrammaning ma’qul topilgan turi tanlanadi.



2. Doiraviy diagramma yoki “pirog diagramma” deb nomlanuvchi bu grafik tasvir berilgan miqdor umumiy miqdorning qancha qismi yoki foizini tashkil etishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bunday diagrammalarda butun doira 100 % ni, alohida sektorlar esa butunning muayyan qismini tashkil qiladi.



3. Grafiklar diagrammaning gistogramma ko‘rinishiga o‘xshash turi. Ularning uch turi mavjud:oddiy grafik ("Простой");to‘ldirilgan grafik ("График с накоплением");normal to‘ldirilgan grafik ("Нормированный график с накоплением").Bunda markerlarga ega yoki markersiz grafiklarni qurish mumkin.





DIAGRAMMANI JOYLASHTIRISH TARTIBI

1) elektron jadvaldagi kerakli ma’lumot joylashgan oraliq belgilanadi;2) “Вставка” – “Диаграммы” buyruqlari orqali mazmunga mos diagramma turi tanlanadi;


3) har bir tanlangan turga tegishli bir necha ko‘rinishlar ro‘yxatidan keraklisi belgilanadi.Bunda Excel diagrammasi bir necha obyektlardan tashkil topadi



Diagramma quyidagi elementlardan tashkil topadi:• o‘qlar (gorizontal va vertikal);•o‘qlar nomi;•diagramma nomi;•ma’lumotlar ko‘rsatkichi;•ma’lumotlar jadvali;• to‘r (“Сетка”);•legenda.



4)diagramma joylashtirilgach, menyular satrida qo‘shimcha ravishda “Работа с диаграммами” – “Конструктор” va “Работа с диаграммами” – “Формат” menyulari hosil bo‘ladi. Ular yordamida diagrammani tahrirlash va formatlash ishlari amalga oshiriladi



Jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida ularni qandaydir shartlar asosida ajratib olish yoki qandaydir ketma-ketlik asosida tartiblashga to‘g‘ri keladi. Bunday vazifalarni bajarishda “Сортировка и фильтр” buyrug‘i imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.Elektron jadvalda saralash va tartiblash ishlarini amalga oshirish uchun jadvaldagi ustun ma’lumotlarini kiritishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:*jadvalning har bir ustuni nomlangan, ya’ni sarlavha qo‘yilgan bo‘lishi;*barcha ustunlargi ma’lumotlar bitta turda bo‘lishi;*bitta satrdagi barcha ma’lumotlar bitta obyektning turli xossalarini ifodalashi.Tartiblash– ma’lumotlarni qiymatlari bo‘yicha o‘sish yoki kamayish tartibida joylashtirishdir.Tartiblash uchun qandaydir ustundagi ma’lumotlar o‘sish yoki kamayish tartibida joylashtirilganda, ular to‘liq satr bo‘yicha qayta joylashadi. Sonli va vaqtga doir ma’lumotlarni o‘sish va kamayish tartibida, matnli ma’lumotlarni esa alifbo tartibida yoki teskari alifbo tartibida joylashtirish mumkin.Ma’lumotlarni tartiblashni “Главная”, “Данные” menyulari hamda katakning kontekst menyusi orqali amalga oshirish mumkin: 1) tartiblash uchun kerakli ustunning ixtiyoriy katagi belgilab olinadi;2) “Главная” – “Сортировка и фильтр” – “Сортировка по возрастанию” yoki “Сортировка по убыванию” buyruqlari tanlanadi; 3) satrlar tanlangan mezon asosida avtomatik ravishda qayta tartiblanadi.Bundan tashqari, “Настраиваемая сортировка…” buyrug‘i yordamida tartiblash parametrlarini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Unda bitta ustundagi ma’lumotlarni bir necha mezonlar asosida tartiblash mumkin. MA’LUMOTLARNI SARALASH - Berilgan jadvaldagi ma’lumotlarni qandaydir shartlar asosida saralab, yangi jadval yaratish “Главная” – “Фильтр” buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi.Filtr– berilgan shartga javob beruvchi ma’lumotlardan tashkil topgan jadvalni ifodalash imkoniyatini beruvchi buyruq. Filtrni joylashtirish “Данные” – “Фильтр” buyruqlari yordamida ham amalga oshiriladi. Filtr buyrug‘i tanlangach, Excel jadvalining har bir ustuni sarlavhasi o‘ng qismida belgisi hosil bo‘ladi. Saralash amali bajarilganda, tartiblash amali kabi satrlarning joylashuvi o‘zgarmaydi, faqat saralash shartlarini qanoatlantirmagan satrlar vaqtinchalik ko‘rinmay qoladi. Saralashdan keyin hosil qilingan jadvalni formatlash, tahrirlash va chop etish mumkin. Matnli va sonli ma’lumotlarn saralash uchun bir necha shartlar mavjud: aniq qiymat asosida filtrlash; aniq qiymatga ega ma’lumotlarni ajratib olish. Deylik, sinf o‘quvchilari bir necha turdagi sport to‘garaklariga qatnashadi. Ular orasidan futbol to‘garagiga qatnashuvchi o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish lozim.Bajarish tartibi:1) filtlash buyrug‘ini “Sport to‘garagi” deb nomlangan katakka joylashtiring. Filtr buyrug‘ini tanlang. Katakning o‘ng qismida belgisi paydo bo‘ladi; 2) ochilgan ro‘yxatdan “Выделить все” katakchasidagi belgini olib tashlang;3) “Futbol” katakchasini belgilang.



Filtrlashda murakkab shartlarni amalga oshirish uchun “Пользовательский автофильтр” oynasidan foydalaniladi. Oyna “начинается с..., заканчивается на..., содержит..., не содержит...” matnli filtrlardan, shuningdek, “первые 10…” va “выше (ниже) среднего”dan boshqa deyarli barcha sonli filtrlardan foydalanilganda hosil bo‘ladi.




KOMPYUTERDA TAQDIMOTLAR YARATISH DASTURLARI IMKONIYATLARI VA INTERFEYSI

Taqdimotni samarali tashkil etishning uchta asosiy bosqichi mavjud:

- taqdimot mavzusiga oid ma’lumotlarni to‘plash;

- bejirim infografik dizaynga ega taqdimot tayyorlash;

- tayyorlangan taqdimotni mahorat bilan namoyish etish.



Taqdimot lotincha praesentatioso‘zidan olingan bo‘lib, “taqdim etish” degan ma’noni bildiradi.Jadvalda taqdimot yaratish uchun foydalanilib kelinayotgan mashhur dasturlardan namunalar keltirilgan:



MS PowerPoint dasturidan foydalanuvchilar soni boshqa dasturlar foydalanuvchilari sonidan ancha ko‘p. MS PowerPoint dasturi 1987-yilda Apple Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, Robert Gaskins va Dennis Ostin dasturning mualliflari hisoblanadi. Ishlab chiqilgan dastlabki vaqtda dastur faqat oq-qora formatda taqdimot yaratish imkoniyatigagina ega bo‘lgan hamda “Prezenter” nomi bilan atalgan. Dastur ishlab chiqilgan yilning o‘zidayoq Microsoft kompaniyasi tomonidan sotib olingan va 1990-yilda Microsoft Office paketi tarkibiga kiritilgan.




Dastur ishga tushirilganda, ishchi sohada birinchi slayd (titul) joylashgan bo‘ladi. Slayd maketi avtomatik ravishda “Титулный слайд” ko‘rinishida ochiladi. Taqdimotga yangi slayd qo‘shish uchun quyidagi amallardan birini tanlash mumkin: – “ГлавнаяСоздать слайд” va kerakli maket;– “ВставкаСоздать слайд” va kerakli maket;– “Ctrl + M” tugmachalar kombinatsiyasi;– kontekst menyudan “Создать слайд” ko‘rsatmasi.“Конструктор” menyusining “Темы” (1) bandi orqali taqdimotga dizayn mavzusini tanlash mumkin. Dizayn mavzusida matn turi, uning o‘lchamlari avvaldan o‘rnatilgan, fon uchun rang, fondagi mavjud grafikalar qo‘shilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra ularni o‘zgartirish imkoniyatiga ega



Конструктор” menyusining “Варианты” (2)bandi orqali tanlangan dizayn mavzusi uchun fon rangi o‘zgartiriladi. “Конструктор” menyusining “Настроить” (3)bandi orqali slayd o‘lchamini o‘zgartirish hamda uni turli ko‘rinishdagi rangga bo‘yash mumkin.



Taqdimotdagi slaydlar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, tanlangan dizayn mavzusini barcha slaydlar uchun qo‘llash mumkin. Agar uni faqat tanlangan bitta slayd uchun qo‘llash kerak bo‘lsa, u holda kerakli dizayn mavzusining kontekst menyusidan “Применить к выделенным слайдам” buyrug‘i tanlanadi.


Internetdan olingan shablonlar bilan ishlashMS PowerPoint dasturining “Конструктор” menyusidagi mavjud shablonlar juda ko‘p marta foydalanilganligi sababli, ular orqali taqdimotga qiziqish uyg‘otish ancha qiyin kechadi. Xo‘sh, u holda omma e’tiboriga ko‘p tushmagan, qiziqarli ko‘rinishga ega shablonlarni qayerdan olish mumkin? Albatta, Internetdan. Yangi shablonlarni Internet sahifalaridan bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan bir necha sayt mavjud. MS PowerPoint taqdimotlariga shablon yuklab olish uchun www.powerpointbase.com saytidan foydalanish mumkin. Saytda ro‘yxatdan o‘tilgach, kerakli shablon tanlanadi (1 2)hamda shablon kompyuterga yuklab olinadi (3)

Yuklab olingan shablonni “Конструктор” menyusidagi “Темы” tarkibidagi ro‘yxatga qo‘shish uchun unda joylashgan “Сохранить текущую тему ...” buyrug‘idan foydalaniladi.



Taqdimotlarda ma’lumotni matn ko‘rinishida emas, balki shakl, rasm, jadval va diagramma shaklida tasvirlash ma’lumot inson uchun tushunarli va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Matnlar yordamida ifoda etilgan ma’lumot turli shaxslarda turlicha tushuncha paydo qilishi mumkin. Taqdimot slaydiga obyektlar, asosan, “Вставка” menyusi bandlari yordamida qo‘shiladi.Quyidagi tasvirda obyektlarni taqdimotga menyuning qaysi bandi orqali qo‘shish mumkinligi izohlangan:







Slaydga qo‘yiladigan ob`yektlar


Slaydga rasm joylashtirish bo‘yicha namunaEkran tasvirini joylashtirish uchun “Вставка” →“Снимок” buyruqlari tanlanadi va tasvir slaydga qo‘shiladi. “Работа с рисунками” menyusi yordamida esa tasvirni tahrirlash amallari bajariladi.






Slaydga jadval qo‘yish




Taqdimot slaydiga musiqa yoki video joylashtirish uchun quyidagi amallar ketma- ketligi tanlanadi:



– “Вставка” →“Мультимедиа” →“Видео” (1)– “Вставка” →“Мультимедиа” →“Звук” (2)– “Вставка” →“Мультимедиа” →“Запись экрана” (3)



“Мультимедиа” (1) – “Видео” buyrug‘i yordamida Internet sahifalarida (2) yoki kompyuterda (3) joylashgan videofayllarni slaydga joylashtirish mumkin. Kerakli videofayl slaydga joylashtirilganidan keyin, uni tahrirlash uchun menyular qatorida hosil bo‘lgan “Работа с видео” (4) menyu buyruqlaridan foydalaniladi.“Закладки” →“Добавить закладку” (5) buyrug‘idan foydalanib, videoning kerakli minutlarini belgilab qo‘yish (7), ushbu minutlardan boshlab videoni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Работа с видео” →“Редактирование” (6) buyrug‘idan foydalanib, taqdimotga joylashgan videoning kerakli qismini kesib olish mumkin.Kerakli musiqa slaydga joylashtirilganidan keyin slaydda musiqani ijro etish uchun tugmacha hosil bo‘ladi. Musiqani tahrirlash uchun menyular qatorida hosil bo‘lgan “Работа со звуком” (4) menyu buyruqlaridan foydalaniladi.Taqdimot slaydiga musiqa joylashtirish. “Мультимедиа” →“Звук” buyruqlari (1)yordamida kompyuterda joylashgan audio fayllarni (2)yoki mikrofon qurilmasi orqali yozib olingan ovozli ma’lumotni (3)slaydga joylashtirish mumkin. 1 23



“Закладки” →“Добавить закладку” (5) buyrug‘idan foydalanib, videoning kerakli minutlarini belgilab qo‘yish (7), ushbu minutlardan boshlab videoni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Работа с видео” →“Редактирование” (6) buyrug‘idan foydalanib, taqdimotga joylashgan videoning kerakli qismini kesib olish mumkin


Taqdimot slaydiga musiqa joylashtirish.

“Мультимедиа” →“Звук” buyruqlari (1)yordamida kompyuterda joylashgan audio fayllarni (2)yoki mikrofon qurilmasi orqali yozib olingan ovozli ma’lumotni (3)slaydga joylashtirish mumkin. Kerakli musiqa slaydga joylashtirilganidan keyin slaydda musiqani ijro etish uchun tugmacha hosil bo‘ladi. Musiqani tahrirlash uchun menyular qatorida hosil bo‘lgan “Работа со звуком” (4) menyu buyruqlaridan foydalaniladi.





Taqdimotga animatsiya va o‘tish effektlarini o‘rnatish



Ma’lumki, taqdimot namoyishi jarayonida tinglovchilar diqqatini tortish talab etiladi. Diqqatni tortish jarayonida asosiy o‘rinni egallaydigan elementlardan biri harakatli obyektlardir. Taqdimotni tayyorlash davomida, asosan, ikki turdagi harakatli effektlardan foydalaniladi. Bular:1) Slaydlar almashinuviga qo‘yiladigan turli ko‘rinishdagi o‘tish effektlari;2) Slaydlarda joylashgan obyektlar (matn, rasm, shakl, diagramma va boshqalar)ga o‘rnatiladigan animatsiyalar.



O‘tish effektlarini sozlashda “Переходы” menyusining “Время показа слайдов” bandidan foydalaniladi. Bunda quyidagi imkoniyatlar mavjud:



1 – slaydlar almashinishiga turli ovozni joylash;2 – o‘tish effektining davomiyligini o‘rnatish;3 – tanlangan o‘tish effektini barcha slaydlarga qo‘llash;4 – slaydlar almashinuvini tugmachani bosish orqali amalga oshirish;5 – slaydlar almashinishiga vaqt belgilash.123

Slaydlarda animatsiya


Matn, rasmlar, shakllar, jadvallar, SmartArt grafiklari va boshqa PowerPoint taqdimot obyektlarini jonlantirishingiz mumkin.

Effektlar sizga ob'ektlarning ko'rinishini, ekran sathidan yashirinishi va harakatini tartibga solish imkonini beradi. Effektlar yordamida siz ularning hajmi va rangini o'zgartirishingiz mumkin.

MS PowerPoint dasturida animatsiya effektlarining to‘rt turi mavjud: 1) kirish effektlari;2) chiqish effektlari;3) ajratib ko‘rsatish effektlari;4) harakat trayektoriyasini qo‘shish effektlari.

Animatsiyani joylash tartibi:slayddagi obyekt belgilab olinadi;Анимация” (1)menyusidan “Добавить анимацию” (2)bandi tanlanadi va obyektga qo‘shishi kerak bo‘lgan animatsiya turi (3)tanlanadi.


Obyektga animatsiya joylanganidan keyin uning ayrim parametrlarini sozlash imkoniyati mavjud:1) tanlangan animatsiya parametrini o‘zgartirish uchun “Анимация” →“Параметры эффектов” ko‘rsatmasi tanlanadi yoki ixtiyoriy ko‘rinishni tanlash mumkin (4);2) animatsiyaning harakatga kelishini boshqarish (vaqt yoki tugmachani tanlash orqali), bir necha animatsiyani harakatlantirish tartibini o‘zgartirish kabi amallarni “Область анимации” (1, 2) buyrug‘ining kontekst menyusi (3) orqali amalga oshirish mumkin.



Taqdimotning bir slaydidan undan avvalgi yoki keyingi slaydga, birinchi yoki ixtiyoriy slaydga gipermurojaat yordamida o‘tishni tayyor shakllar yordamida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun quyidagi amallar bajariladi:1) “Вставка” (1) →“Фигуры” (2)buyrug‘i tanlanadi;2) “Фигуры” oynasining eng quyi qismida “Управляющие кнопки” (3) bo‘limi mavjud bo‘lib, kerakli boshqaruv tugmachasining shakli sichqoncha yordamida belgilanib olinadi;3) so‘ngra sichqonchaning chap tugmachasini bosib turgan holda slaydga tanlangan boshqaruv tugmachasining shakli joylanadi (4);Asosiy foydalaniladigan boshqaruv tugmachalari va ularning vazifalari:“Назад” yoki “Предыдущий” nomli boshqaruv tugmachasi – avvalgi slaydga qaytish uchun;“Вперед” yoki “Следующий” nomli boshqaruv tugmachasi – keyingi slaydga o‘tish uchun;“На главную” boshqaruv tugmachasi esa asosiy, birinchi slaydga o‘tish uchun foydalaniladi



Yuqorida keltirilgan ixtiyoriy tugmacha tanlanib, slaydga qo‘yilganda, ushbu tugmachani bog‘lash lozim bo‘lgan slayd gipermurojaati paydo bo‘ladi. Oynada keltirilgan gipermurojaat orqali o‘tish (1) tugmachasi yordamida slayd manzilini o‘zgartirish mumkin.















ISPRING DASTURIDA NAZORAT TESTLARI VA ANKETA SOʻROVLARI YARATISH

 

iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring insturimental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi.

ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

- dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;

- juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;

- maxsus bilimlar talab etilmaydi;

- testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;

- test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;

- test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;

- dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.

Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.


Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli.

Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.

Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.

iSpring QuizMaker asosiy oynasi quyidagi qisimlardan iborat:

1.      iSpring QuizMaker lentasi

2.      Savollar ro`yxati

3.      Savollarni taxrirlash paneli

4.      Mediya resurslarni boshqarish paneli

5.      Javoblarni taxrirlash paneli

6.      Savol hususiyatlari paneli


 


Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:

1. Bitta javobli test:   bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.



2. Ko‘p javobli test:   bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.



3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test:   bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;



4. Yopiq test:   bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;


5. O‘zaro moslik o‘rnatish:   bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;


6. Javoblarni tartiblash:   savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;


7. Sonni kiriting:   savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;


8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring:   matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;



9. Javoblari keltirilgan savol:   savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.



10. So‘zlar banki:   Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.



11. Faol hududni aniqlovchi savol:   Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.


Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.

Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.

1.      iSpring QuizMaker dagi Добавить вопрос blogi lentasidagi savollardan biriga cherting.


 


2.      Mos maydonga savol matnini kiriting. 

3.      Matn redaktori yordamida matnni taxrirlang va unga mediaresurslar qo`shing. 


 


4.      Javoblar maydoniga kerakli ma`lumotlarni kiriting (savol tipidaan kelib chiqib). Siz kata o`lchamdagi rasmlar bilan ishlash vaqtida taxrirlash maydonini kattalashtirib olishingiz mumkin, buning uchun Развернуть tugmasiga cherting. Oldingi o`lchamiga qaytarish uchun taxrirlash maydonidagi Восстановить tugmasiga cherting. 


 


5.      Kerak bo`lganida tinch xolatdagi sozlashlarni o`chiring va shu savol uchun xos bo’lgan kattaliklarni sozlang. 


 

6.      Bundan tashqari xar bir savol uchun javobni to`g`riligi xaqidagi eslatmani taxrirlash mumkin.

Savolni o`chirish.

1.      iSpring QuizMaker oynasinig chap qismidagi savollar ro`yxatdan savolni belgilang.


2.      Удалить выбранное  tugmasi orqali savolni o`chiring yoki klaviaturadagi «Delete» tugmasini bosing.

Yoki kerakli savol ustida sichqonchani o`ng tugmasini chertin va xosil bo`lgan konteksli menyudan Удалить выбранное bo`limini tanlang.

 

3.      Xosil bo`lgan dialog oynasidan amalni tasdiqlash uchun Yes ni tanlang.

Bidaniga bir necha savollarni o`chirish xam mumkin. Buning uchun savollarni «Ctrl» yoki «Shift» tugmalsini bosgan xolda belgilang va 2 punktdai amallarni bajaring  Savollarni ko`paytirish (nusxalash)

iSpring QuizMaker bir yoki bir necha savolarni ko`paytirish (nusxalash) imkonini beradi.


Savollarni ko`paytirish uchun:

1.      iSpring QuizMaker oynasini chap qismida joylashgaan savollar ro`yxatidan savolni tanlang  (yoki bir nech savollarni).

2.      iSpring QuizMaker lentasidagi Дублировать tugmasiga cherting.


 

yoki anlangan savol ustida sichqonchani o`ng tugmasiga cherting va xosil bo`lgan konteksli menyudan Дублировать bo`limini tanlang. 


 

Savollarni nusxalari savollar ro`yxatidagi mavjud savollardan so`ngida paydo bo`ladi. Savollarni nusxalanganda uning barcha xossalari (urinishlar soni, tarmoqlanishi va b.r.) saqlanib qoladi. Nusxalangan savollarni taxrirlashda ular olingan original savollarga bog`liq emas yani nusxalar taxrirlanganda asilida xech qanday o`zgarish bo`lmaydi.

Savollarga javob berishda paydo bo`ladigan eslatmalar

Savollarga javob berishda xosil bo`ladigan eslatmalar testlarni sozlash bo`limida beriladi. Lekin xar bir savol uchun aloxida eslatmalar (yani testni javobi to`gri yoki noto`g`riligini takidlovchi) yaratish mumnik.

Ma`lum bir test savolini javobi to`g`ri/noto`g`riligi xaqidagi ma`lumotni sozlash uchun: 

1.      Savollar ro`yxatidan kerakli savolni tanlang.

2.      Lentadagi Уведомление bo`limidan Уведомление: dagi По вопросу ni tanlang. 


 


3.      Savol izoxini tagida joylashgan Уведомление и ветвление bo`limini tanlang. 


 


4.      Kerakli maydondagi matni taxrirlang. Yoki, Maydonning o`ngida joylashgan tugmaga cherting va xosil bo`lgan dialog oynasidagi matnni taxrirlang: bu usul orqali ko`p qatorli  ma`lumotlarni taxrirlash qulay. Ma`lumotlar oynasida shriftlarni o`zgartitish (o`lchami, turi, stilini) imkoni bor, bundan tashqari ssilkalar qo`shish, matnlar oralig`i va belgili ro`yxatlar xam hosil qilish mumkin. 

 


Shoxlanish (tarmoqlanish)

Shoxlanish yordamida test topshiruvchini javoblariga bog`liq bo`lmagan xoldagi test savollarini ko`rinish ketma-ketligini tartiblash mumkin. 

Savollarga shoxlanishni yo`qish uchun:

1.      Ekrannning chap qismidagi savolar ro`yxatidan kerakli savolni tanlang. 

2.      iSpring QuizMaker lentasinig  Уведомление  guruxidagi  Ветвление  bo`limini «Включено» xolatiga o`tkazing. 

3.      Savolni sozlashda Уведомление va ветвление da shoxlanish yoqilgandan so`ng to`gri va noto`g`ri javoblarga o`tish maydoni paydo bo`ladi. 


 


4.      Xar bir variant uchun Для каждого варианта («To`g`ri», «Noto`g`ri», «Qisman to`g`ri») o`tish yo`nalishini tanlang. 



- Следующий вопрос — testning keying savoliga o`tish.

- Завершить тест — test tugatiladi, test topshiruvchi test natijalari saxifasiga o`tadi. 

- Вопрос N — ko`rsatilgan savolga o`tish.

Agar testni sozlash bo`limida shoxlanish yoqilmagan bo`lsa, ularda sozlash bo`limidan shoxlanishni yoqib olish eslatmasi paydo bo`ladi. 

Savollar ro`yxatida shoxlanishli savol yonida quyidagi belgi paydo bo`ladi. 


 


Shoxlanishni yoqilishi testning quyidagi parametrlarini avtomatik o`chiradi:

•       Savolarni aralashtirish;

•       Testning ko`p savollilarini ko`rsatmaydi;

•       Javob berilmagan savollar bo`lsa xam testni tugatish;            

Test tugatilgach barcha savollarni qayta ko`rib chiqish.

Savoldan shoxlanishni o`chirish uchun:

1.      Ekranning chap qismidagi savollar ro`yxatidan kerakli savolni tanlang. 

2.      iSpring QuizMaker lentasining Уведомление guruxidan Ветвление  parametrini tanlang va unda «Отключено» kattaligini o`rnating. 


Ma`lumotlar slaydi

Ma`lumotlar slaydi testga qo`shimcha ma`lumotlar qo’shish imkonini beradi misol uchun:

- tushunchalar berish uchun kirish slaydi, noto`g`ri javoblarga izox berish va b.sh..


Ma`lumotlar slaydini qo`shish:

1.      iSpring QuizMaker lentasidagi Инструменты guruxidan Пустой слайд tugmasiga cherting. Yangi savol tipi Ma`lumotlar salaydi savolar ro`yxatida paydo bo`ladi.

2.      Salaydni sarlavxasi va tavsifini kiriting.

3.      Kerak bo`lsa savolga media obektlar qo`shing.


Testga savolarni import qilish

Agar ikkita testni qo`shish yoki mavjud test asosida yangi test yaratishni eng sodda yo`li bu – import funktsiyasidan foydalanishdir.

Testga boshqa test faylidan savollarni import qilish uchun:

1.      iSpring QuizMaker lentasidagi Импортировать tugmasiga cherting. 


 


2.      Xosil bo`lgan dialog oynasida *.quiz formatdagi test faylini tanlang. 

3.      Открыть tugmasiga cherting. 

Tanlangan fayldagi savollar mavjud faylning savollar ro`yxatini oxiriga qo`shiladi. Agar import qilinayotgan faylda shoxlanish sozlangan bo`lsa uni parametrlari saqlanib qolmaydi.


Media resurslarni boshqarish

iSpring QuizMaker savolar va javoblarga ovoz fayllari, video fayllar , rasm fayllari va formulalar qo`shish imkonini beradi.

•       Savollarga media resurslar qo`shish

•       Javob variantlariga media resurslar qo`shish


Savollarga media resurslar qo`shish

Savollar ovoz fayllari, video fayllar , rasm fayllari va formulalar yoki flash-fayllar qo`shish mumkin.


 


Savolarga media resurslar qo`shish uchun 

1.      Kerakli savolni tanlang. 

2.      Kerakli bo`limga o`ting — Rasm «Изображение», Ovoz «Звук», Video «Видео». 

3.      Resursni joylashtirish tugmasiga cherting va kerakli faylni tanlang. 

 


Savolga rasm, formula, video, ovoz, flash-fayl qo`shish mumkin. Lekin birdaniga quyidagilarni birga joylash mumkin emas 

•       Rasm va formula, 

•       Video va flash-fayllar. 


Formula qo`shish 

1.      Kerakli savolni tanlang. 

2.      Изображение bo`limiga o`ting. 

3.      Formula qo`yish tugmasiga cherting. Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Equation Editor ishga tushadi.


 


4.      Formulani kiriting. 

5.      Equation Editor yoping. Formula savolga qo`shiladi.


 

Nashr qilingan testda formula rasm ko`rinishida qo`yilgan bo`ladi

Equation Editor kompanenti o`rnatilgan bolmasa formula qo`yish imkoni bo`lmaydi. Bu funktsiyani to`g`ri ishlashi uchun Bu imkoniyatdan foydalanish uchun Microsoft Equation Editor (Microsoft Office tarkibiga kiruvchi) o`rnatilgan bo`lishi kerak.


Media resurslarni o`chirish

1.      Kerakli savolni tanlang. 

2.      Kerakli bo`limga o`ting — Rasm «Изображение», Ovoz «Звук», Video «Видео». 

3.      Удалить tugmasiga cherting. 


Javob variantlariga media resurslar qo`shish

Bir qator savollarda javob variantlariga rasm, formulalar qo`shish imkoni mavjud: 

•       To`g`ri/Noto`g`ri

•       Yagona tanlash

•       Bir necha tanlash

•       Moslarini birlashtirish

•       Tartiblash

•       Xa/Yo`q (anketa savol)

•       Yagona tanlash (anketa savol)

•       Bir necha tanlash (anketa savol)

•       Moslarini birlashtirish (anketa savol)

•       Tartiblash (anketa savol)

Bu turdagi savollar javob variantlarida Добавить изображение va Добавить формулу tugmalari mavjud.  Formula yoki Rasm to`ldirishi yoki matni o`rnini egallashi mumkin. 

 

Rasmlar qo`shish 

1.      Mos javob varianti ustida Добавить изображение tugmasiga cherting.

2.      Rasm faylini tanlang va OK tugmasiga cherting.

3.      Rasm javob variantini matnini chap tomonida paydo bo`ladi. Agar matn kerak bo`lmasa uni o`chirib tashlash mumkin, unda javob variantida faqat rasm qoladi.


Formula qo`shish

Formula qo`yish uchun Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Equation Editor talab qilinadi.


 


1.      Mos javob variant ustida Добавить формулу tugmasiga cherting. 

2.      Ochilgan formula taxrirlagichiga formula kiriting.

3.      Taxrirlagichni yoping. 

Formula javob variantini matnini chap tomonida paydo bo`ladi. Agar matn kerak bo`lmasa uni o`chirib tashlash mumkin unda javob variantida faqat formula qoladi. Agar javob variantiga formula yoki rasm qo`yilgan bo`lsa, u yangi formulaga almashadi.


Formula va rasmlarni o`chirish

Javoblar variantidan rasm yoki formulani o`chrish uchun rasm/formulani o`ng yuqori burchagida joylashgan krest O`chirish (Удалить) belgili tugmaga cherting.

Savollarni oldindan ko`rib olish

Siz savollarni nashr qilishdan oldin ko`rib olishingiz mumkin. Bunda butun testni yoki anketani ko`rish, yana aloxida savolni ko`rib olish imkoni mavjud. 

Aloxida savollarni oldindan ko`rib olish uchun iSpring QuizMaker lentasidagi Просмотр  tugmasiga cherting. Xosil bo`lgan ro`yxatdan Просмотр вопроса variantini tanlang.


 


Yoki savollar ro`yxatidagi (Вопросы) kerakli savol ustida sichqonchani o`ng tugmasini cherting va xosil bo`lgan konteksli menyudan Просмотр вопроса tanlang. 


 


Yangi oynada to`la funktsiyaga ega bo`lgan savolni nashr qilishdan oldin ko`rib, tekshirib olishingiz mumkin.


 

Testni oldindan ko`rish

Siz testlarni nashr qilishdan oldin ko`rib olishingiz mumkin. Bunda butun testni yoki anketani ko`rish, yana aloxida savolni ko`rib olish imkoni mavjud 

Aloxida savolni oldindan ko`rib olish uchun iSpring QuizMaker lentasidagi Просмотр  tugmasiga cherting. Xosil bo`lgan ro`yxatdan Просмотр теста variantini tanlang 


 


Xosil bo`lgan yangi oynada to`la funksiyaga ega bo`lgan testni nashr qilishdan oldin ko`rib, tekshirib olishingiz mumkin.

 

Testlarni sozlash

Test xossalarini o`zgartirish uchun iSpring QuizMaker lentasidagi Тест guruxidan Настройки tugmasiga cherting.

 

Hamma sozlashlar 6 bo`limga ajratilgan:

•       Testni tipini o`zgartirirsh

•       Asosiy sozlashlar

•       Boshqarish

•       Tinch xolatdagi (dastlabki-default) sozlashlar

•       Natijalar

•       Playerni sozlash

•       Yozuvlar


Testni tipini o`zgartirish

Test savoli tipini quyidagilarga o`zgartirish minkin: baxoli testni anketa testiga aylantirirsh, agar birorta xam baxolanuvchi savol qo`shilmagan bo`lsa, anketa tipidagini esa istalgan paytda baxolanuvchi test savoliga aylantirish minkin. 

Test tipini o’zgartirish uchun:

1.      iSpring QuizMaker dasuri lentasida Настройки tugmasiga cherting. 


.


2.      Sozlash oynasini eng yuqori qismida joylashgan Изменить тип теста bo`limidan foydalaning. Agar testni tipini o`zgartirish mumkin bo`lmasa ekranda xatolik oynasi paydo bo`ladi. 

3.      O`zgarishni saqlash uchun OK tugmasiga cherting. 


Asosiy sozlashlar

Bu bo`limda testning sarlavxasida taxrirlanadi, o`tish ballari va vaqt bo`yicha cheklashlar o`rnatiladi.


 

 

Boshqarish

Bu bo`limda testni boshqarishni sozlash parametrlari sozlanadi.


 


Tinch xolatdagi (dastlabki-default) sozlashlar

Yangi savollarga tinch xolatda qabul qilinadigan sozlash parametrlar.

Tinch xolatdagi sozlashlar aniq savolar uchun qayta tayinlanishi mumkin (savolar xossalri panelidagi tinch xolatdgi sozlashlar (настройки по умолчан) bo`limi orqali.

 

Quyidagi parametrlarni javob berishda chiqadigan ma`lumotlar matnini sozlash uchun ishlatiladi.


Natijalar

Topshirirlgan test natijalar ekranini sozlash (Настройки-Результаты) bo`limida berilgan. 


 


Natijalarni sozlash ikki bo`limga ajratilgan: test topshiruvchi testdan muffaqiyatli o`tsa yoki testdan o`ta olmasa. Parametrlarni taxrirlashda siz ikkala xolat uchun xam natijalar ekranini sozlanganligiga etibor bering.

 

Test natijalari xisobotini sozlash

Test yaratuvchi test topshiruvchi xar safar test topshirganda test natijalari xaqidagi to`la xisobotlarni olishi mumkin. Buning uchun natijalarni e-mailga jo`natish (Отправлять результаты на e – mail) yoki natijalarni serverga jo`natish (Отправлять результаты на сервер) sozlamalarini yo`qish kerak. 

Jo`natishning asosiy sozlamalarini va xisobotda qanday ma`lumot ko`rsatilishi kerakligini o`zgartirish uchun 

Настройки-Результаты bo`limidan Изменить tugmasiga cherting.  

 


Xisobotni sozlash yangi oynada ochiladi. 


 

  Siz xisobotga yangi axborotlarni qo`lda kiritishingiz yoki tayyor kattaliklar (готовые значения) test tipi va savoliga bog`liq xolda ani` kattaliklarga almashadigan elementlarini joylashtirishingiz mumkin. Misol uchun, 'QuizTitle' kattaligi foydalanuvchiga kelgan xatda o’sha testning sarlavxasiga almashtirilgan bo`ladi. 

Tayyor kattaliklar ('Готовые значения') savol tipiga qarab va xar bir maydon uchun xar xil bo`lishi mumkin. 

Xisobot yanada to`laroq ma`lumotlarga ega bo`lishu uchun siz unga quyigailarni qo`shishingiz yoki o`gartirishingiz mumkin:

•       E-mail ni sozlash: Ismi, Kimdan, Temasi.

•       Anketa va baxolanuvchi testlar uchun umumiy qismlar.

•       Xar bir maydon uchun maxsus sozlashlar 

Xisobotni taxrirlangandan so`ng oynaning pastki qismida xatning dastlabki nusxasi paydo bo`ladi. Jo`natiligandan so`ng xat quyidagi ko`rinshga ega bo`ladi. 


 


Berilgan savol uchun oldingi sozlashlani orqaga qaytarish uchun Tinch xolatdagi shablonni tiklash (Восстановить шаблон по умолчанию) bo`limidan foydalaning. Xamma tipdagi savollardan o`zgarishlarni bekor qilish uchun oynaning pastki qismidagi Xamma shablonlarni tinch xolatga tiklash (Восстановить все шаблоны по умолчан) bo`limiga cherting. 

Bundan tashqari siz oynaning chap past burchagida joylashgan Import (Импорт) va Eksport (Экспорт) tugmalari yordamida *.qrt (Quiz Report Template) formatidagi xisobot formatlaridan eksport yoki import qilish mumkin. Bu bilan siz o`zingizni individual sozlashingizni eksport qilish va xamkasblaringizga berishingiz mumkin. 


Pleerni sozlash

Playerni ranglar sxemalari va shablonlarini tanlash.


 



Yozuvlar

Testlar pleerda matnli belgilarni taxrirlash.


 


Testlarni nashr qilish

Nashr qilish dialogini ochish uchun iSpring QuizMaker lentasidan Nashr qilish (Опубликовать) tugmasiga cherting.


 


Testni Flash formatiga aylantirish (Преобразовать тест в формат Flash) dialogi, tashqi ko`rinishni sozlash va siqish parametrlarini sozlangan testlarni nashr qilish imkonini beradi.  Nashr qilish variantlari iSpring QuizMaker da testlarni nashr qilishni quyidagicha usullari mavjud: 

•       Web – testlarni kompyuter papkasiga nashr qilish, FTP-serverga yoki elektron pochta orqali jo`natish uchun email-klientni ishga tushirish. 

•       iSpring Online – testlarni MO`T iSpring Online ga nashr qilish. Bu opsiya, testlani internet tarmog`iga nashr qilish va ularni test topshiruvchilarni elektron o`qish jarayonida baxolash imkonini beradi. 

•       LMS – SCORM/AICC standartlariga mos keluvchi masofadan o`qitish tizimlariga (LMS) yuklash uchun nashr qilish. 

•       Word – testni Word-versiyasini yaratish. 


Nashr qilishni sozlash

•       Asosiy (Главная) – asosiy sozlashlar: yo`nalish (faylga bo`lgan yo`l), faylni chiqish formati, flash-rolikni xossalari. 

•       Siqish (Сжатие) – tasvirlar uchun, ovoz va videoni siqishni sozlash. 


Testlarni Wordga eksport qilish.

iSpring QuizMaker yaratilgan testlarni Word formatiga eksport qilish imkonini beradi. Olingan faylni chop qilish orqali auditoriya darslari jarayonida testlar o`tkazishda qo`llash mumkin bo`ladi. 


 


Testni Word ga eksportirovat qilish uchun: 

1.      iSpring QuizMaker lentasidagi Опубликовать tugmasiga cherting.

2.      Word bo`limini tanlang.

3.      Eksport qilinadigan fayl saqlanadigan papkani tanlang.

4.      Fayl nomini kiriting.

5.      Nashr qilish (Опубликовать) tugmasiga cherting.


Test Word xujjat formatiga eksport qilingan bo`ladi.

To`g`ri javoblar va to`la malumotlarni ko`rsatish (Параметр Показывать правильные ответы и детальную информацию о тесте) bo`limi faylga quyidagi ma`lumotlarni qo`shadi:

•       Xujjat boshidagi testning parametrlari

•       To`g`ri javoblar

•       To`g`ri/noto`g`ri javoblardagi eslatma ma`lumotlari

Bu funktsiya bilan to`g`ri ishlash uchun Microsoft Word va Office ning asosiy kompanenti o`rnatilgan bo`lishi kerak. Aks xolda eksport to`gri ishlasiga kafolat berilmaydi.


Nashr qilishni sozlash

Bu bo`limda iSpring QuizMaker da nashr qilishni parametrlari keltirilgan: 

•       Asosiy sozlashlar

•       Siqishni sozlash


Asosiy sozlashlar

Главная bo`limida testning asosiy parametrlarini sozlash mumkin bular: sarlavxasi, fayl nomi, chiqish formati, rolikni xossasi. 


 

Siqishni sozlash

Сжатие bo`limida rasmlar, video va ovozlarni siqish darajasi sozlanadi. Sifat darajasi qancha past bo`lsa xosil bo`ladigan fayl xajmi shuncha kichik bo`ladi. 


 

 

             

 































76




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Касбий фаолиятда амалий дастурлардан фойдаланиш

Автор: Мардонова Мухаббат Музаффаровна

Дата: 13.01.2023

Номер свидетельства: 622965


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства