kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Интернетдан фойдаланиш маданияти. Илмий мақола

Нажмите, чтобы узнать подробности

Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan  tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu  miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki  kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.

Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas.  Oxirgi paytlarda Internetda  ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda.

Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Интернетдан фойдаланиш маданияти. Илмий мақола»

Mavzu: Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid.


Reja:

  1. Internetdan foydalanish madaniyati

  2. internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati

  3. Intetnet orqali tarqatilayotgan ommaviy madaniyat.

  4. Bolalarni internetdan xavfsiz foydalanishini ta`minlash

  5. xulosa



Kirish..........................................................

Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.

Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda.

Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir.





Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo`lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o`n yil ichida global tarmoqqa aylanib, nainki axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo`ldi.

I nternet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda.

Lekin masalaning ikkinchi, g`oyat e`tibortalab jihati ham bor. Ba`zi mamlakatlarda virtual olamga g`arq bo`lish oqibatida o`zining yoxud o`zgalarning joniga qasd qilish odatiy holga aylanayotgani ham sir emas. Yoki qator davlatlarda real hayotni virtual hayotga almashtirgan, ruhiy nosog`lom bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etilayotganini ham hech kim inkor etolmaydi.

K ompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, alaloqibat salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Bolg`a bilan uy qurish ham, boshni yorish ham mumkin. Bugun yoshlarimizning, ayniqsa, bolalar va o`smirlarning internetdan foydalanishini shu ikki holatning qay biriga qiyoslash to`g`ri bo`ladi?

Taassufki, so`nggi paytlarda ko`ngilni g`ash qiladigan bunday holatlar ko`p kuzatilmoqda

– Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma`lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo`lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko`ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki onlayn o`yinlari bilan kun o`tkazish kayfiyatida bo`lganlardir.

Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o`ziga bo`ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o`smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, onlayn o`yinlarini o`ynovchilar ham asosan o`smirlardir. O`smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o`g`il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o`yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

V irtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o`tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta`siri ma`naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog`onasi va ko`z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.

Bundan besh-o`n yil oldin uylar atrofidagi o`yin maydonchalari bolalar bilan gavjum bo`lar edi. Hozir esa bolalarni ko`proq har qadamda uchraydigan internet-kafelarda uchratasiz. Bolalar harakatli o`yinlardan ko`ra kompyuter o`yinlariga qiziqmoqda. Albatta, farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga doir bilim va ko`nikmalari erta shakllanib borayotgani quvonarli. Ammo bu ma`lum bir yo`qotishlarga sabab bo`layotganidan ham ko`z yumib bo`lmaydi.

Biz talabalik chog`imizda kutubxonalarda kitob izlash bilan vaqtimiz o`tar edi. Bugungi talaba esa istagan adabiyotining elektron nusxasini internetdan topa oladi, ortiqcha vaqt va mehnat sarflamaydi. Bu tahsinga loyiq.

Internetdan foydalanuvchilarni kuzatib, shunday xulosaga kelish mumkinki, internet shaxsda fikriy rivojlanishni, mushohada, tahlil qilish qobiliyatini, izlanuvchanlikni va xotirani susaytiradi. Biz va bizdan oldingi avlod vakillari Navoiyning, Fuzuliyning yuzlab satrlarini yod bilgan. Hozir esa to`rt qator satrni xotirasida saqlab qololmaydigan va shaxsiy kompyuterining xotirasiga suyanib qolgan, usiz umuman fikrlay olmaydigan yoshlar oz emas. Kompyuter, xususan, internet farzandlarimizni o`ylamay, fikrlamay yashashga o`rgatmayaptimikan, deya xavotirga tushasan kishi.

Aksariyat yoshlarimizning internetga axborot manbai sifatida emas, ko`proq dam olish vositasi sifatida qarayotganidan dalolatdir. Yulduzlar hayoti, kino olami, tanishuv, pornografiyaga oid saytlar, mohiyati zo`ravonlikka, tajovuzkorlikka asoslangan o`yinlar hali shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan bolalarimizni, yoshlarimizni virtual olam domiga tortib ketayotganiga qo`l qovushtirib qarab turmasligimiz lozim.

Shu o`rinda internet jodusidan qanday himoyalanmoq kerak, degan savol tug`iladi.

– Ilmiy saytga kirib, kerakli manbani o`qib turgan paytingizda asosan tanishuv yoki pornografik saytlar reklamasi ekranda paydo bo`ladi. Ruhiy boshqarish quvvatiga ega bu reklamalarga e`tibor qaratish, ortiqcha informatsiyalar ortidan quvish inson resurslarini behuda sarflash demakdir. Ayrim kompyuter o`yinlari inson ruhiyatida sadizmga moyillikni uyg`otadi. Bularning oldini olish uchun bolalarni, yoshlarni internetdan chetlashtirib qo`ya olmaymiz, albatta. Bu davr talabi, zamondan orqada qolib bo`lmaydi. Eng to`g`ri yo`l, nazarimda, o`quvchilarimizga virtual olamda nima yaxshi-yu, nima yomonligini o`rgatishimiz, ularda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishimiz kerak. Bunda asosiy mas`uliyat ota-ona, o`qituvchi-pedagoglar zimmasiga tushadi.


Bugungi kunda yoshlar masalalari mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi bilan bevosita bog`liq ekan, ushbu muhim vazifalarni hal etishda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish ularning turli xil ma`naviy-mavkuraviy tahdidlardan asrash o`ta dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.

Internet tarmog`i orqali "Ommaviy madaniyat” kabi engil-elpi hayotga targ`ib etuvchi, shaxs egaizmini targ`ib etuvchi filmlar, musiqa va kliplar yoshlarimiz ongiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

“Bugungi kunda axborot olamida Intеrnеt davri kеlgani, intеrnеt-tеlеvidеniе, intеrnеt-radio, elеktron pochta, onlayn-vidеo kabi ko`plab yangi














axborot tarqatish tеxnologiyalari qanday tеz suratlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta`sir doirasi tobora kеngayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo`q, dеb o`ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan kеng foydalanishini hisobga oladigan bo`lsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.

Global axborot makoniga rеal ko`z bilan qaraydigan bo`lsak, hozirda kеng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kеlayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta`siridagi agrеssiv axborotlarning (o`z joniga qasd qilishning oson yo`llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyutеr o`yinlari zo`ravonlik va yovuzlik, o`ta jangari ruhdagi bеshafqat urushlar, o`ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo Intеrnеt saytlar mavjudligi, va ularning milliy axborot makonimizga kirib kеlishidir. Axborotlar tеzkor Intеrnеt orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning juda ko`p nafari ijtimoiy tarmoqlar ya`ni (Odnoklassniki.ru, Fasebook, Moy Mir, Vkontaktе.ru) saytlarining doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Tan olish kеrakki, O`zbеkistondagi Doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi jami saytlarda ro`yxatdan o`tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga еtmaydi. Ushbu raqamlar milliy s aytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o`ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e`tibor qilishga undaydi. Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chеt el saytlardagi kabi “o`ziga jalb qilish” doirasini kеngaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo`lib murojaat qilishi mumkin bo`ladi.

Kеltirilgan vеb-saytlar tahlil qilinsa quyidigi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:

  • Foydalanuvchilarning ayrimlari o`z nomlari bilan ro`yxatdan o`tishmaydilar;

  • Nomaqbul foto sur`atlar qo`yishadilar;

  • O`zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadilar

  • Bеma`ni gaplar yozadilar

  • Sahifalar ijtimoiy bo`lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o`rnatadilar va hokoza

Dеmak, ijtimoiy tarmoqlarda ma`lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma`lumotlardan foydalanish madaniyati dеganda, yuqorida kеltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik tushuniladi.

Unutmaslik kеrakki, ma`lum bir shaxs tomonidan Intеrnеt tizimiga qo`yiladigan ma'lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. Shu jumladan ma'naviyat va ma'rifatga zid ham bo`lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmo?lardan foydalanilganda u еrdagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga, sizni aldashmayotganligiga iqror bo`lib, so`ngra ma'lum bir qarorga kеlish kеrak.

Axborot sohasi libеrallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiistе`mol qilib, o`sib kеlayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko`rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mеxanizmlar yaratilgan.

Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mеxanizmlari mavjud. Xususan, “O`zbеkiston Rеspublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi qonunda “O`zbеkiston Rеspublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo`ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi”, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo`ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini taqqirlovchi, bolalarga zararli ta`sir ko`rsatuvchi va huquq buzarliklar sodir etilishiga sabab bo`luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi” bеlgilab bеrilgan.

Biz hayoyimizda internetdan juda ko`p foydalanamiz, hayotimizni u siz tassavvur eta olmaymiz. Bugungi kunda internetda hohlagan mavzuda referatlar, turli xil ma`lumotlar chiroyli rasmlarni ko`rishimiz, ulardan nusxa olib chiqarib olishimiz mumkin. Lekin bugungi kunda o`quvchilar tayyor referatlarni, o`zlariga kerakli ma`lumotlarni internedan olishadi bu ularni izlanishdan to`xtatib qo`ymadimi? Agar biz o`zimizga keraki ma`lumotlarni tuli kitob va jurnallardan, ensiklopediyalardan qidirsak o`zimizga kerakli ma`lumotlardan ortig`ini olishimiz mumkin-ku, biz ma`lumotlarni qidirayotganimizda boshqa ma`lumotlarga ko`zimiz tushib uni o`qiymiz va u yodimizda saqlanib qoladi. Biz ma`lumotlarni bittagina kitobdan qidirib cheklanib qolmaymiz, balki bir necha kitoblarni kutubxonalardan qidiramiz, kitobni topgach uni ko`zdan kechiramz agar u kitobdagi ma`lumot ozroq bo`lsa boshqa kitoblarni ham ko`zdan kechirib chiqamiz. Shu tariqa bizning kitobga bo`lgan mehrimiz so`z boyligimiz oshadi eng asosiysi o`z ustimizda izlanamiz.

I nternetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo`lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog`iga ulangan. 2016-yilgi statistikaga ko`ra, O`zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig`i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o`sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma`lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o`zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam.

Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?

Ko`pchilik internetdan yangiliklar o`qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kabi, asosan, ko`ngilochar maqsadlarda foydalanadi. Ammo internet insonlarga taqdim etadigan qulaylik va foydalar faqat bulardan iborat emas.

Oddiy elektron pochta (email) xizmatini olib ko`raylik. Bir necha soniya ichida maktub yozib, uni komputer yoki telefoningizdagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo`natishingiz mumkin. Internetdan oldin bu mumkinmidi? Albatta, yo`q. Buning uchun ilgari an`anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish lozim bo`lgan. Hozir esa bunga hojat yo`q. Yoki internet orqali savdo qilishni olib ko`ring. Hozir uyingizda o`tirib, internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz va uyingizgacha olib kelib berishlarini buyurtma qilishingiz mumkin. O`zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo`lda boshlangan dastlabki qadamlar deb aytish mumkin.

Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo`llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar o`z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to`liq internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko`rsatadi. Internet hukumatlar ishlarini ham osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko`p davlatlarda hozir elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog`ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko`rishishi, navbat kutib uzoq o`tirishi kabi noqulayliklarni kamaytiradi. O`zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz loyihasining boshlanganini ijobiy va quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin.

 Internetning salbiy jihatlari?

Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo`lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o`tishi oqibatida ko`plab ish o`rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo`lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog`ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo`li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo`qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma`lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo`lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko`proq e`tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo`ldi.  

Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma`lumotlari boshqalarning qo`liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.

Biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko`plab shaxsiy ma`lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma`lumotlari, sog`liqqa oid ma`lumotlar, do`stlarimiz bilan o`zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo`lishi mumkin. Odatda, bu ma`lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta`minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo`ladiki, bu ma`lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo`liga o`tib qolishi va ular bu ma`lumotlardan g`arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Demak, faqat o`zimizgagina tegishli bo`lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma`lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz.

Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi o`z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo`lishi mumkin. Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi sizga moddiy va ma`naviy zarar keltirishi mumkin.

B itta misol keltiramiz. Masalan, siz ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmasdan, faqat do`stimga yuboryapman, degan ishonch bilan ayrim shaxsiy surat yoki ma`lumotlarni hamma ko`radigan joyga joyladingiz. Yoki hech kimga ko`rinmaydi, deb o`ylab, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim saytlarga qo`yilgan shubhali havolalar ustiga bosdingiz; bilmasdan uni o`z sahifangizda baham ko`rdingiz yoki ehtiyotsizlik bilan shubhali saytni ochganingiz uchun sizning roziligingizsiz bu sayt haqidagi ma`lumotlar hammaga ko`rinadigan sahifangizda paydo bo`lib qoldi. Shaxsiy hayotingizga taalluqli bo`lgan bunday ma`lumotlarning boshqalarga oshkor bo`lishi sizning obro`ingizga putur yetkazishi yoki siz haqingizda boshqalarda salbiy tasavvur hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin. Bu ma`naviy zarar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi ehtiyotsizlik natijasida sizning nomingiz bilan turli taqiqlangan saytlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Moddiy zararga bir misol. Agar elektron pochtangizga kelgan shubhali maktubdagi havolani bosib, uni ochsangiz va natijada shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan zararli dastur kompyuteringizga o`rnashib olsa, u kompyuteringiz va elektron pochtangizdagi barcha shaxsiy ma`lumotlarni ko`chirib, ushbu dastur ortida turgan shaxslarga jo`natishi mumkin. O`g`irlangan ma`lumotlar orasida bank va kredit karta ma`lumotlari bo`lishi mumkin va ulardan foydalangan holda kiberjinoyatchilar pulingizni o`marishi turgan gap.

Oddiy odamlarni nishonga oluvchi internet xurujlari ortida, asosan, moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron pochtalari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma`lumotlarni o`girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma`lumotlarini topib, ulardan pul o`marishadi. Shaxsiy ma`lumotlar, surat va videolarni o`g`irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi bilan odamlarni shantaj qilib, pul talab qilishlari ham mumkin.

Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarni topish uchun internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo`llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e`tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 Internet xavfsizligi nima uchun kerak?

Yuqorida tilga olingan noxush holatlarning oldini olish uchun internetdan xavfsiz foydalanish yo`l-yo`riqlarini bilish kerak.

Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya`ni, internetdan to`g`ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo`lishingiz ehtimoli juda kam.

 

Emaildan xavfsiz foydalanish yo`llari

Elektron pochta – internetning eng qulay, eng kerakli va barcha internet foydalanuvchilari ishlatadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Internetning boshqa har qanday xizmatidan foydalanish uchun, masalan, ijtimoiy tarmoqqa a`zo bo`lish, onlayn savdoni amalga oshirish kabi faoliyatlar uchun, avvalo, elektron pochta manziliga ega bo`lishingiz kerak.  Email orqali keladigan tahdidlarni bir necha turga bo`lish mumkin:

Spam – Elektron pochtangizga kelgan va siz olishni istamagan har qanday maktubni “spam” deyish mumkin. Odatda, turli yo`llar bilan odamlarning elektron pochta manzillarini yig`gan guruhlar ulkan emaillar jamlanmasiga ommaviy maktublar yuborishadi. Spam shaklida kelgan maktublar zararsiz bo`lishi va ulardagi ma`lumotlar faqat qaysidir mahsulotning oddiy reklamasi bo`lishi ham mumkin. Ammo siz bu kompaniya mahsuloti haqida reklama olishni istamagansiz va sizning roziligingizsiz email manzilingizni qayerdandir olishib, sizga bu ma`lumotlarni yuborishayotganlari bois, bunday maktublar “spam” hisoblanadi.

Masalan, sizga qanaqadir farmatsevtika kompaniyasidan dorilar ro`yxati va ularning narxi ko`rsatilgan maktub keldi. Sizning bu kompaniyaga hech qanday aloqangiz yo`q yoki ularning mijozi emassiz. Demak, email mangizlingizni qayerdandir qo`lga kiritishgan va sizga reklama sifatida o`z mahsulotlarini reklama qilib xat jo`natishgan. Aslida bu xatda hech qanday zararsiz ma`lumot yo`q, lekin istalmagan axborot sifatida bunday xat ham “spam” hisoblanadi.

K o`plab davlatlarda hatto odamlarning roziligisiz bunday maktublarni yuborish taqiqlangan. Lekin internetdek chegarasiz olamda odamlardan bunday qoidalarga rioya qilishini kutmaganingiz ma`qul.

Unutmang, “spam” maktublarda shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan dasturlar joylangan bo`lishi ham mumkin.

Phishing – Bunday tahdid turi email orqali keladigan eng katta xavflardan biri bo`lib, odamlarning shaxsiy ma`lumotini o`g`irlashga qaratilgan bo`ladi. “Phishing” maktublar sizga tanish bo`lgan tashkilot yoki muassasa nomidan yuborilgandek tasavvur uyg`otadi. Masalan, siz biror bank yoki moliyaviy tashkilot bilan ishlayotgan bo`lsangiz, sizga shu bank nomidan maktub yozib, shaxsiy bank ma`lumotlaringizni so`rashlari yoki havola orqali saytlariga kirib qo`shimcha ma`lumot berish yoki olishni iltimos qilishlari mumkin. Agar maktubdagi havolaga bossangiz, kompyuteringizga ma`lumot o`g`irlovchi zararli dastur o`rnatilishi hech gap emas. Bunday maktublarning professional tarzda yozilishi, ularda haqiqiy tashkilotlarnning logo rasmlari va jismoniy manzillari qo`yilgani sizni aldab qo`ymasligi kerak.

   Spoofing – Siz taniydigan kimdandir kelgan, lekin aslida u odam jo`natmagan maktublar “spoofing” deyiladi. Xakerlar yoki zararli dasturlar tanishingizning elektron manzili ustidan nazorat o`rnatib, uning nomidan sizga zararli maktublar jo`natayotgan bo`lishi mumkin. Yoki aksincha, sizning elektron manzilingiz zararli dasturlar ixtiyoriga o`tib, sizning nomingizdan boshqalarga shunday maktublar ketishi ham mumkin. Bu nafaqat elektron pochta orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi maktub yuborish yoki xabar chop etish xizmatlari orqali ham yuz berishi mumkin.


Elektron pochta xavfsizligi bo`yicha qo`shimcha tavsiyalar

Email manzilingizga kuchli parol o`rnating. Parol uchun sodda so`z yoki raqamlardan foydalanmang. Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz. Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog`ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang. Jamoat komputerlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo`lgandan so`ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Jamoat komputerlari deganda kutubxona, internet kafelaridagi yoki birovga tegishli bo`lgan komputerlarni tushunish mumkin.

 

Brauzer bu internetga kirish va veb-sahifalarni ko`rish uchun ishlatiladigan dasturdir. Eng mashhur brauzerlar qatorida Internet Explorer, Firefox, Google Chrome, Opera, Safari kabi dasturlarni sanash mumkin. Bu brauzerlarning hammasi bir xil vazifani bajarsa-da, ular bir-biridan internetga ulanish tartibi, qo`shimcha xizmatlari va ko`rinishi bilan farq qiladi. Quyida internet brauzerlari bilan ishlaganda xavfsizlik yuzasidan e`tibor berish lozim bo`lgan ayrim jihatlarni eslatib o`tamiz.

Har bir brauzer u yerda amalga oshirgan ishlaringiz tarixini, tashrif buyurilgan sahifalar va qidirlgan kalit so`zlarni o`zida saqlab qoladi. Siz ochgan har bir sahifa internet provayderi va brauzer provayderiga ma`lum bo`ladi va ular serverlarda doimiy saqlanib qolishi mumkin. Demak, saytlarga qilayotgan tashriflaringiz hech qachon shaxsiy va maxfiy bo`lmaydi. Shuning uchun qanday saytlarga kirayotganingiz haqida mas`uliyat bilan ish tutishingiz kerak.

E-maildan xavfsiz foydalanish bo`limida aytganimizdek, brauzerlar orqali ham viruslar, shaxsiy ma`lumotingizni o`g`irlashga qaratilgan “phishing” va zararli dasturlar joylashgan saytlar kabi tahdidlar bilan yuzlashasiz. Ularga qarshi himoyalanishda quyidagi maslahatlarga amal qiling.

  • Avvalo, saytning xavfsiz yoki xavfli ekanini aniqlashda oddiy aql bilan yondashib ish tuting.  Shubhali saytlarda, odatda, yolg`on ma`lumotlar yoki to`g`ri bo`lishi ehtimoli juda kam bo`lgan gaplar (masalan, lotereya yutib olganingiz haqidagi xabar) bo`ladi. Bunday saytlarga tasodifan kirib qolsangiz, undagi hech bir havolani bosmasdan, saytni darhol yopishingiz kerak.

  • Agar vebsayt biror tashkilot yoki kompaniyaga tegishli ekani da`vo qilingan bo`lsa, uning nomi to`g`ri yozilganmi, farqli yoki imloviy xatolar bilan yozilmaganmi, shuni tekshiring. Qaysidir haqiqiy bir tashkilot nomini o`g`irlab, ular nomidan yaratilgan qalbaki saytlarda, odatda, haqiqiy kompaniya sayti nomidagi ayrim harflar o`zgartirilgan shaklda bo`ladi.

  • Agar sayt http:// belgisi bilan boshlangan bo`lsa, saytning shubhali ekani ehtimoli yanada oshadi. Ishonchli va katta saytlarning deyarli barchasi hozir https:// protokoli bilan ochiladi. https belgisi saytning xavfsizlik sertifikatiga ega ekanini bildiradi.

  • Biror saytga kirish uchun uning sizga ma`lum manzilini brauzerga yozib kiritganingizda, ENTER tugmasini bosishdan oldin, manzilni to`g`ri yozganingizga yana bir bor ishonch hosil qiling. Agar bir dona so`zni xato yozgan bo`lsangiz, haqiqiy saytga o`xshagan, lekin qalbaki bo`lgan boshqa bir saytga kirib qolishingiz mumkin.

  • P ul o`tkazish xizmatlari orqali pul yuborishni talab qiladigan saytlar, odatda, soxta bo`ladi. Masalan, sizga xorijdan ish topib berishni va`da qilgan va xizmat haqi uchun Moneygramdan pul yuborishingizni so`ragan saytdan ehtiyot bo`ling.

  • Brauzeringizni muntazam yangilab turing. Uning yangi versiyasi chiqsa, uni saqlab olib, shu yangisini o`rnating.

Brauzer orqali internetdan kirib kelgan zararli dasturlar, odatda, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmangizga o`rnashib olib, uning xotirasidagi shaxsiy ma`lumotlarni qidirib topishga va ularni jinoiy egalariga jo`natishga urinadi. Buning oldini olish uchun qurilmalarni qanday himoyalash lozimligi haqida ham ayrim maslahatlarni beramiz.





Komputer va noutbuklarni himoyalash yo`llari:

  • Kompyuter yoki noutbukingizdagi “Firewall” himoya dasturi doim yoniq tursin. U internet va boshqa tarmoqlardan keladigan hujumlarni qaytarishda eng samarali qurol hisoblanadi. Odatda, Windows va Mac operatsion tizimlarida “Firewall” dasturi oldindan o`rnatilgan bo`ladi.

  • Komputer/noutbukingizga antivirus dasturini o`rnating. Windows 7 va undan yuqori versiyadagi operatsion tizimlarga antivirus dasturi (Windows Defender) o`rnatilgan bo`ladi va ular, odatda, deyarli barcha internet tahdidlarini qaytarishga kifoya qiladi (Albatta, internetdan mas`uliyat bilan foydalanganingizda). Mac operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlar ham internet tahdidlariga bardoshli ekani bilan taniqli va odatda, ularga ham qo`shimcha antivirus dasturini o`rnatishga hojat bo`lmaydi. Windowsning boshqa, eskiroq versiyalarini ishlatuvchi foydalanuvchilarga ayrim bepul antivirus dasturlarini tavsiya qilamiz:

1.      Avast! Free Antivirus: https://www.avast.com/

2.      AVG Antivirus: http://www.avg.com/affiliate/ww-en/free-antivirus-download

  • Internetdan bo`ladigan yangi tahdidlarga qarshi muhim himoya vositalariga ega bo`lish uchun operatsion tizimdagi yangilanishlarni (update) o`z vaqtida ko`chirib olib, tizimni yangilab boring.

  • Shubhali narsalarni, dasturlarni aslo komputer/noutbukingizga ko`chirib olmang va ularni o`rnatmang. Ular ma`lumot o`g`irlovchi yoki komputeringizni buzuvchi zararli dasturlar yoki viruslar bo`lishi mumkin. Antivirus dasturlari o`rnatilgan taqdirda ham, ayrim viruslar o`tib ketishi mumkin.

  • Ishlatmayotgan paytingiz komputer yoki noutbukingizni o`chirib qo`yishga odatlaning.

  • Birovlarning diski yoki USB-drive xotira fleshkalarini komputer/noutbukingizga ulashda ehtiyot bo`ling. Ular virus bilan zararlangan bo`lishi mumkin.

  • Agar bitta komputerni birdan ortiq odam ishlatsa, har bir foydalanuvchi uchun alohida profil (account) oching.

  • Komputerdagi ma`lumotlarni har doim saqlab (backup) qo`ying. Ularni alohida xotira disklarida yoki onlayn axborot saqlash saytlariga ko`chirib qo`yishingiz mumkin. Google Drive va Dropbox kabi ma`lumot saqlash xizmatini taqdim etuvchi saytlarda bepul 15-20 Gigabaytgacha joy olishingiz mumkin.

M obil qurilmalarni himoyalash yo`llari:

Yangi avlod vakillari borgan sari internetga, asosan, mobil qurilmalar orqali kirishga odatlanmoqda. Kompyuterlar orqali bajariladigan barcha ishlarni, masalan, savdo qilish, bank xizmatlaridan foydalanish, ijtimoy tarmoqlarga kirish kabi faoliyatlarning barchasini hozir maxsus dastur-ilovalar yordamida telefon yoki planshet orqali amalga oshirish mumkin. Sunday ekan, ularni ham himoyalashga ehtiyoj borgan sari oshib bormoqda. Quyida mobil qurilmalarni qanday himoya qilish bo`yicha ayrim maslahatlarni beramiz.

  • Telefon yoki planshetingiz ekranini doim parol bilan qulflashga odatlaning. Parolingiz murakkab bo`lishiga diqqat qarating. Ishlatmayotgan paytingiz, qurilma ekrani avtomatik qulflanadigan bo`lsin.

  • Telefoningizni boshqalarga bermang.

  • Undagi ma`lumotlarni kompyuterga yoki onlayn axborot saqlash saytlariga ko`chirib boring. Masalan, Apple mobil qurilmalarida iCloud xizmati orqali ma`lumotlaringizni onlayn serverlarga ko`chirib o`tkazish va ularni maxsus kodlar yordamida shifrlab qo`yish (encryption) mumkin.  Andoid tizimidagi telefon egalari esa Google Drive yoki boshqa axborot saqlovchi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

  • Nozik va shaxsiy ma`lumotlar mavjud sms-xatlari yoki elektron maktublarni telefoningizda saqlamang. Ularni o`chirib tashlang. Bunday xat yuborganlarni bloklab qo`yishingiz ham mumkin.

  • Shubhali bo`lgan dastur-ilovalarni ko`chirib olmang. Shubhali saytlarga kirmang.

  • Maxsus dastur yordamida telefoningizdan o`chib ketgan rasmlar, maktublar, telefon raqamlari kabi ma`lumotlarni maxsus dastur yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

  • Telegram, Whatsapp kabi dasturlardan yoki Facebook, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlardan ro`yxatdan o`tishda faqat o`z telefon raqamingizdan foydalaning. Chunki boshqa birovning raqamidan foydalansangiz, ular shu raqam orqali sizning parolingizni qo`lga kiritishi yoki siz bexabar bu dastur va tarmoqlardagi sizning profilingizga kirib, faoliyatingizni kuzatishi mumkin.

 
















Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati


Ijtimoiy tarmoqlar bugun ko`pchilik uchun internetning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Ya`ni ko`plab foydalanuvchilar bugun internetga, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o`tkazish uchun kiradi: yangiliklarni ham, video va boshqa ko`ngilochar ma`lumotlarni ham shu tarmoqlardan oladi; do`stlari bilan gaplashadi, suhbat quradi va hokazo.

O mmaviy ijtimoiy tarmoqlarga misol sifatida Facebook, Twitter, Odnoklassniki, Vkontakte va Muloqot kabi saytlarni keltirish mumkin. Internet foydalanuvchilarining shaxsiy daxlsizligiga eng katta tahdid hozir ana shu tarmoqlardan kelishi mumkin. Chunki eng ko`p shaxsiy ma`lumotlaringiz, suratlaringiz va hatto kredit karta va bank ma`lumotlaringizni shu saytlarga kiritgan bo`lishingiz mumkin. Demak, bu ma`lumotlar pand bermasligi uchun ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Bu borada sizga bir necha maslahatlarimiz bor:

  • Ijtimoiy tarmoqlarga, imkoni boricha, shaxsiy ma`lumotlaringizni kamroq joylashtiring. Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizlik choralarini qanchalik kuchaytirmasin, u yerga joylashtirilgan ma`lumotlaringiz hech qachon to`la xavfsiz bo`la olmaydi. Eng yomon holatda sayt xakerlar hujumiga uchrab, undagi yashirin suratlaringiz, yashirin yozishmalaringiz bir kunda butun dunyoga oshkor bo`lib ketishi hech gap emas.

  • Bu yerning ommaviy maydon ekanini unutmang. U yerga biror surat yoki gap yozib qoldirdingizmi, u endi internet serverlariga muhrlanib qoladi va bu gap-ma`lumotlarni sahifangizdan o`chirib yuborgan taqdiringizda ham, u server xotiralaridan o`chmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday gap-so`zni yozishdan oldin yetti o`lchab bir kesing.

  • Saytda ro`yxatdan o`tishdan oldin tarmoqdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Uzundan uzoq bu qoidalarni ko`pchilik o`qimaydi, ammo bunday saytlar, odatda, mas`uliyatni zimmalaridan soqit qilish uchun ko`p masalalarda to`liq mas`uliyatni foydalanuvchi zimmasiga yuklaydi. Masalan, tarmoqqa qo`yilgan har bir surat saytning mulkiga aylanadi, degan shart bo`lishi mumkin. Agar bu kabi shartlarga rozi bo`lmasangiz, saytga a`zo bo`lmang.

  • Saytning sozlamalar panelidan (Settings) xavfsizlik bo`yicha mavjud imkoniyatlarni o`rganib chiqing. Yozayotganlaringiz yoki sahifangiz kimlarga ko`rinadi, kimlar sizga xat yoza oladi kabi masalalarda shu paneldan o`zingizga mos holatni tanlab olishingiz mumkin.

  • Shubhali havolalarni ochmang. Ular tarmoqdagi profilingizga kirishni ko`zlovchi zararli dasturlar bo`lishi mumkin. Bu esa sizning nomingizdan do`stlaringizga istalmagan xat va havolalar ketishiga sabab bo`lishi mumkin.

  • Do`slaringiz bilan qiladigan maxfiy chatlaringiz ham, aslida, kuzatuvdan xoli emas. Sayt ma`muriyati yoki hukumat idoralari, xohlasa, bu ma`lumotlarni ochib ko`ra olishlari mumkin.







Barchamizga ma`lumki hozirgi davrda hayotimizni intеrnеtsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Dunyo bo`ylab intеrnеtning shiddat bilan rivojlanishi natijasida undan faqatgina ma`lumotlarni qabul qilish hamda tarqatish bilan chеklanib qolmasdan, balki bundanda katta ishlarni bajarish imkoniyatlari tug`ildi.

Intеrnеt orqali insonlar uzoqdagi do`stlari, yaqinlari bilan bеmalol ko`rib gaplashadigan, bir-biriga xabarlar yuboradigan bo`ldi.

Tasavvur qilish uchun birgina misol kеltirishning o`zi kifoya qiladi dеb o`ylayman. Oddiygina talaba o`yga bеrilgan vazifani qilish uchun kutubxonaga borishi, u еrdan kеrakli kitoblarni qidirib topishi, hamda u еrda o`tirib ikki uch soat o`qib daftarga yozishi kеrak bo`ladi. Huddi shu ishni uyida intеrnеt orqali bajarsa juda ko`p foydali tomonlari bo`ladi. O`sha talaba kutubxonaga bormaydi, u еrda vaqtini kеtkazmaydi, kеrakli ma`lumotlarni intеrnеt orqali yaxshilab o`qib o`ziga ma`lumot sifatida olib qolishi ham mumkin bo`ladi. Yana bir misol avvallari bir inson o`zining yaqiniga hat yozmoqchi bo`lsa, u xat yozish uchun qog`oz qalam olishi, unga gaplarni yozishi, uni esa po`chtaga olib borishi kеrak bo`lardi. Xat tashuvchi uni olib kеrakli joyga elitib bеrgunicha oradan bir nеcha kun vaqt o`tardi. Hozirda esa bunday ishlar oddiygina bir xol bo`lib qoldi. O`sha ishlarni intеrnеt orqali inson uzog`i bilan bеsh daqiqada bajarishi mumkin. Bunga o`xshash misollarni ko`plab kеltirish mumkin. Shuning uchun xozirgi kunda intеrnеtdan foydalanuvchilarning soni kundan kunga ko`payib, intеrnеtdan foydalanish borasida ko`pgina xalqlar ilgarilab kеtmoqda.

H ar bir narsani yaxshi tomoni bo`lgani kabi yomon jihatlari ham bor. Intеrnеtda foydali ma`lumotlar bilan bir qatorda, zararli bеhayo, buzuq ma`lumotlar ham kеng tarqalgandir. Inson ma`naviyatiga ta`sir qiladigan foxishabozlik, bеhayolikni, axloqsizlikni targ`ib qiluvchi saytlar juda ham ko`payib bormoqda. Ba`zi odamlar intеrnеt orqali bir-birlarini aldamoqda, bir-biriga tuxmat qilmoqda, u tufayli ko`pgina yosh oilalar ajrashib kеtish qolatlari kuzatilmoqda va xokazo. Intеrnеt orqakli nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa ko`pgina soxalarda ham ko`plab jinoyatlar sodir etilmoqda.

Yuqorida kеltirib o`tilgan gaplar shuni ko`rsatib turibtiki intеrnеtni biz ham yaxshilikka, ham yomonlikka ishlatishimiz mumkin ekan. Bizni vazifamiz undan faqatgina yaxshilik yo`lida foydalanishimiz kеrak. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta`limotlari asosida intеrnеtdan foydalanish odoblarini yo`lga qo`yishimiz kеrak bo`ladi.

Avvalo intеrnеtdan foydalanmoqchi bo`lgan odam niyatini to`g`ri qilishi kеrak. Ana shunda bu ishdan foyda topadi. Intеrnеtdan foydalanishdan oldin vaqtni zoya kеtkazmaslikni, uning xar lahzasi hisobli ekanini  o`ylash kеrak. Intеrnеtda uzoq vaqt o`tirish ham zararli bo`lib, u sababli inson o`ziga xos xastaliklarga chalinishi mumkin. Ammo ming afsuslar bo`lsinki, ko`pgina insonlar saytda o`zlariga ravo ko`rmaydigan narsalarni sayt orqali bеmalol ko`rishadi. Bunday odamlarning axloqida kamchiligi bor.

B alog`at yoshidagi o`smirlarning intеrnеtdan foydalanishini to`g`ri tartibga qo`yib, ularni doimiy ravishda kuzatib borish kеrak.  Bunday holatlarda bolalarni e`tibordan chеtda qoldirmaslik kеrak. Ular foydalanadigan kompyutеr, tеlеfon jihozlari doimiy ravishda kuzatib borilishi kеrak. Chunki bola ko`cha-kuyda o`rtoqlaridan yoki biron tanishlaridan ham turli bеhayo saytlarni o`rganib, shularga kirib foydalanishi mumkin. Bolaning intеrnеt yoki kompyutеrda o`ynaydigan o`yinlari zеhnni charhlaydigan, odob axloqqa targ`ib qiladigan bo`lishi kеrak. Ularning vaqtlari bеhudaga kеtmasligi uchun ota-ona doimiy ravishda harakat qilishi lozim bo`ladi. Agar ota-ona farzandiga intеrnеtdan foydalanish odoblarini doimiy ravishda o`rgatib, uni nazorat qilib borsa, unday farzandning hayosi, odobi o`z joyida bo`ladi. Bеgona yot g`oyalarga ergashib kеtmaydi. Fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanadi.

Bugungi axborot asrida dunyoda tеkin narsa yoki xolis xizmatning o`zi yo`q. Shunday ekan, chеtdan kirib kеlayotgan har xil g`oyalar ta`siriga tushmasdan, o`z kuch-qudratimizga, salohiyatimizga, milliy qadriyatlarimizga, imon-irodamizga tayanib ish ko`rishimiz lozim. Chunki turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, odamlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir va bog`liqlik tobora kuchayib borayotgan murakkab davrda yashamoqdamiz.

Hozir intеrnеt butun dunyoni egallab olgan. Uning yordamida bir daqiqada dunyoning narigi chеtidagi kishi bilan suhbatlashish, o`zaro fikr almashish mumkin. Lеkin turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, forum va chatlardagi tanish-bilishlar haqida xolis ma`lumotga ega bo`lish mutlaqo imkonsiz. Ularning kimligini, niyati qandayligini bilmasdan turib, kibеr do`stlarga ko`nglini ochayotgan - shaxsiy hayoti, o`y-kеchinmalari, tuyg`ularini ishonib aytayotgan yoshlar ko`p. Natijada, ularning daldasi, shirin aldovlari, soxta mulozamatlariga uchgan yoshlar oxiri intеrnеtsiz yashay olmay qoladi. Bu esa kompyutеrni odam emas, kompyutеr odamni boshqarish imkoniyatini yuzaga kеltiradi.

Aynan globallashuv bahonasida qaysidir davlatlar yoki qandaydir markazlar dunyoning boshqa chеtidagi odamlar mafkurasini o`zgartirishga, ularni o`z qarazli g`oyalariga ishontirishga, binobarin, ularni o`z ortidan ergashtirishga urinmoqda. Bunga “nishon bo`lgan” insonlarning na milliy qadriyatlari, na urf-odatlari va na o`sha yurtda yashaydigan insonlarning dinu diyonati, imon-e`tiqodi, xohish-irodasi e`tiborga olinadi.

Endilikda intеrnеt shu darajada ommalashdiki, unga murojaat qiluvchilar safi ham, e`lon qilinadigan mavzular ko`lami ham kundan-kunga kеngayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarning 7 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan aholisi hozirgi kunda intеrnеtdan foydalanadi. Chunki yangiliklar, ob-havo, davolanishning yangi turlarini bilish uchun bеmalol ushbu global tarmoqqa murojaat qilish mumkin.













XX asrda insoniyatga yadro quroli katta xavf solgan bo`lsa, bugungi kunga kеlib turli maqsadlarni ko`zlab uyushtirilayotgan axborot xurujlari xalqlar, davlatlar, mintaqalar hayotini, kеlajak taqdirini taxlikaga qo`ymoqda. Buning uchun millionlab mablag` sarflanayotgani ham sir emas. Eng yomoni, hozirgi kunda yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida intеrnеtga murojaat qilmoqda. Tarmoqda o`z joniga qasd qilishning oson yo`llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, shahvoniy mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar mavjud bo`lsa, 49 foiz kompyutеr o`yinlari zo`ravonlik va yovuzlikni targ`ib qilayotir. Ayni vaqtda bolalar va o`smirlar on-layn tarzida tarqatiladigan pornografiya ta`siriga butunlay tobе bo`lib qolgan. Xalqaro ekspеrtlar dunyo miqyosida 38 foiz bola zo`ravonlik ruxidagi saytlarga, 26 foizi millatchilik xaraktеridagi vеb-sahifalarga muntazam kirishini tasdiqlamoqda.

Axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish, himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish har bir davlatning stratеgik manfaatlari bilan hamohang bo`lgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Axborot-kommuniktsiya tеxnologiyalari rivojlanish sur`atining yanada oshirilishi esa axborot almashuvi sohasida chеksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Bu, o`z navbatida, dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylanib borayotir.

Binobarin, o`sib kеlayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kеrakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat o`zi uchun zarur va foydali narsani olsin, intеrnеtdan foydalanish madaniyatini o`rgansin.

Bugungi globallashuv davrida intеrnеt tizimi orqali mеntalitеtimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarlidir. Zеro, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashga qaratilgan bo`lib, “ommaviy madaniyat” dеb atalayotgan illat xalqimizning ma`naviy boyligi bo`lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko`p mingyillik milliy qadriyatlarimizga putur еtkazayotir.

Ko`p narsa intеrnеtning boy axborot rеsurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog`liq. Shu o`rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta`siridan butun millat, ayniqsa, o`sib kеlayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta`kidlash lozim.

Internetdagi xavf va undan xavfsiz foydalanish qoidalari

B olalar internetdan foydalana turib yovuz niyatli odamlarga duch kelib qolmoqdalar. Internetdagi noma’lum kishi bilan muloqot ishonchli va do’stona munosabat o’rnatishga imkon yaratadi. Jinoyatchi ushbu afzallikdan foydalangan holda tajribasiz yoshlarni o’ziga bog’lab olmoqda. Siz farzandingizni interetdagi xavfdan asray olasiz, qaysiki uni tarmoqdan qanday foydalanayotganligini nazorat qila olsangiz.

Jinoyatchilar bolalar bilan chatda lahzali axborotlar almashtirishda, elektron pochta yoki forumlardan foydalanib aloqa o’rnatish ustunligiga erishmoqda. Ko’pgina o’smirlar o’zlarini muammolarini hal etish uchun konferensiyaga murojaat etadilar. Yovuz niyatli kishilar esak bundan foydalangan holda, ularga mehribonlik, g’amxo’rlik ko’rsatish va sovg’alar berish orqali o’smirlarni e’tiborini o’ziga qaratib olmoqda. Shuningdek, ular yoshlar yoqtiradigan va qiziqadigan yangi hamda zamonaviy musiqalarni yaxshi o’zlashtirib olganlar. Ular o’smirlar muammosini tinglaydi va ularga hamdard bo’ladi. Yovuz niyatli kishilar sekin-astalik bilan suhbat mavzusiga shahvoniy (seksual) tus berib boradi yoki erotik mazmundagi materiallarni ochiqdan ochiq namoyish etib boradilar. Bu orqali o’smirlarning axloqiy taqiblarini susaytirib boradi. Ayrim jinoyatichlar esa suhbat mavzusini birdaniga shahvoniy mavzuga bag’ishlaydilar va o’smirlarni kechinmalarini o’zlariga bog’lab olishga erishadilar. SHuningdek, jinoyatchilar o’smirlar bilan real kundalik turmushda uchrashish imkoniyatini ham baholashga erishadidar.

Ko’p vaqtini Tarmoqda, xususan, chatda o’tkakzayotgan, Ular xonalari eshigini bekitib olib nima bilan mashg’ul ekanliklarini yashiradigan ko’pgina bolalar Internet jinoyatchiligi tuzog’iga tushib qolmoqda.

Yovuz niyatli odam shahvoniy mavzuni muhokama qilish vajida bolalarga saytlarga suratlar taqdim etmoqda. Bolaga bolalar bilan kattalar o’rtasidagi jinsiy munosabatlarning tabiiyligi haqidagi fikrlarni singdirish uchun bolalarga xos pornografik tasvirlardan foydalanmoqda. Bolangiz oiladagilar foydalanayotgan kompyuterdagi pornografik faylarni disklarda yashirayotgan bo’lishi mumkin.

Internet jinoyatchi zo’r berib bolalar va ularning oilalariga suqilib kirib keladi. Bolaning oila a’zolari bilan noxushliklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari bolalar jinsiy taqibga duchor bo’lganda, tund va mayus bo’lib qoladi.

Kompyuternidagi oshkoro xarakterdagi yoki shahvoniy tusdagi munosabatlardan ogohlantiruvchi materiallarni muttasil tekshirib boring. Farzandingizni muloqotga kirishiga imkon beruvchi, aniq vaqt rejimidagi chat aloqalari, lahzali ma’lumotlar va elektron pochtalarni nazorat qilib boring. Internet jinoyatchi o’zining qurboni bilan birinchi navbatda chatda uchrashuv tashkil etadi. So’ngra ular bilan elektron pochta yoki lahzali ma’lumotlar orqali muloqot o’rnatadi.

Zarar keltiruvchi dasturlarga chuvalchang va “troyan otlari” kabi viruslardan iborat kompyuter dasturlari kiradi. Ular oilaviy kompyuterlar va ularda saqlanayotgan ma’lukmotlarga zarar etkazadi. SHuningdek, Internetdagi ma’lumotlar almashish jarayonini ham susaytiradi. Agar bunday zarar keltiruvchilarning oldini olish choralarini ko’rish, zararli tomonlarini tushuntirish va ularga qarshi kurashish uchun sog’lom fikrni shakllantirish orqali farzandlaringiz va oilangizga keladigan zararni kamaytirgan bo’lasiz.

Ko’pgina bolalar Internetdan ko’ngilochar saytlarni (masalan, o’yinlar) izlaydilar. Ular yangi o’yin saytini izlab turib, kartochli serverlarga tushib qolishi mumkin. Ko’pgina o’yinlar va ko’ngilochar saytlar voyaga etmaganlar uchun mo’ljallanmagan. Ular pulda qimor o’ynashi mumkin emas.

O’yin saytlari bilan qimor o’yinlari saytlari stolli va so’zli o’yinlar, ochko to’plashga asoslangan arkadiy va boshqotirmalar o’yinlari tipiga ajratiladi. Bu erda o’yinli, na haqiqiy pul sarflanmaydi. Qimorli o’yin saytlari o’yin pullarini yutub olishga asoslangan. Pulli o’yinlarga asoslangan saytlarda esa haqiqiy pul yutuqlari o’ynaladi.


Ko’pchilik ota-onalar farzandlarining ineternetda vaqtlarini o’tkazishlaridan aziyat chekmoqdalar. Dastlab katta yoshdagilar Tarmoqni yangi bilimlarning cheksiz manbai sifatida ijobiy qabul qilgan edilar. Ko’p o’tmay Internetdan o’smirlar uy vaziflarini bajarish yoki foydali manbalarni izlash uchun emas, balki chatda so’zlashish va onlayn o’yinlarini o’ynash bilan cheklanayotganligi aniq bo’ldi.

Bolalarni o’yin bilan boshqa mashg’ulotlari orasida muvozanatini saqlash ota-onalar uchun doimiy yumush bo’lib kelgan. Internetning paydo bo’lishi bu vazifani yanada murakkablashtirib yubordi. Internetdagi muloqot va interaktiv o’yinlar bolalarni vaqtni sezish idrokini susayishiga olib kelmoqda. Quyida keltiriladigan bir necha maslahatlar farzandingizni Internet-tobeligidan xalos bo’lishiga yordam beradi.

Internet ishtirokchilar, xususan, bolalar va o’smirlar o’rtasidagi sevimli muloqot shakllari sifatida chatlar, lahzali axborotlar almashinish tizimi, bloglar yoki Internet-kundaliklarni taqdim etadi.

Kundalik turmushdagi singari Internetda ham foydalanuvchilarning hayotini murakkablashtiruvchi o’zining bezorilari mavjud.

Internet o’rganish uchun hatdan ortiq ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. Ammo taqdim etiladigan axborotlar orasidan anchagina qismini na foydali, na ishonchli deyish mumkin.Tarmoqdan foydalanuvchilar esa axborotlarni aniqligini baholash uchun tanqidiy munosabat bildirishlari lozim. Internetda har qanday kishi axborotlar e’lon qilishi mumkin.

Bu ko’proq “Internet –haqqoniy ma’lumotlarga ega” deb o’ylashga moyil bolalarga taalluqli. Gazeta va jurnallarni muharrir va tahrirchilar to’g’rilab boradilar. Internet esa joylashtiriladigan axborotlarni qanchalik haqqoniy ekanligini tekshira olmaydi.

Bolalarga Internet qanday ishlashini so’zlab bering. Har bir kishi sayt tashkil etishi mumkin. Bu haqida unga hech kim savollar bera olmaydi. Bolalarni keng ko’lamdagi manbalardan foydalanishga va Tarmoqda ko’rayotgan narsalarini tekshirishga o’rgating.


Odatda ko’pchilik ota-onalar farzandlarini ponografik, nafratlantiruvchi mazmunli, sutsidal yo’nalishdagi materiallar, guruhbozik (sektant) materiallari, me’yorga solinmagan leksikalar bilan tanishishlari xohlamaydilar. Bu toifa axborotlar nmaqbul xarakterli materiallarga taalluqlidir.

Pornografik materiallar yoki me’yorga solinmagan leksikali materiallarni oson muvofiqlashtirish mumkin va filtrtsiya vositalari yordamida uzib qo’yish mumkin. Nomaqbul mazmunli materiallarning boshqa turlaridan bolalarni himoya qilish ancha qiyin.

Masalan, bolalar saytlarida irqchilikni yoqlovchilikdan tortib qo’pol masxara qiluvchi ko’rinishdagi nafratlantiruvchi har xil ifodalarni uchratish mumkin. Qaraganda ushbu saytlar ranjitmaydigandek tuyulsa-da, ammo ular boshqalarga qo’pol munosabat onlayn madaniyatini shakllanishida xizmat qiladi.

Irqchilar va nafratlantiruvchi guruhlar Internetni yoshlarni o’z saflariga tortish uchun foylanmoqdalar. Oxirgi vaqtlarda chat va elektron pochtadan foydalanib, zehnli, ta’sirchan yoshlarni izlamoqdalar, so’ngra ularni o’zlarining jamoalariga jalb etmoqdalar.





Xulosa

Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo`q.

Barcha kerakli avtiviris va boshqa axborot xavfsizligini ta`minlovchi dasturlarga ega bo`lsangiz ham, sizning internetdagi faoliyatingiz hech qachon 100 foiz xavfsiz bo`lmaydi. Parolni kuchli tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik orqali sizga bo`ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam. Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi.

Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kеlayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to`g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kеrak bo`ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pеdagoglarning ma`naviy-ruhiy ko`magiga muhtoj. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma`naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zеro, yoshlar ma`naviyatiga daxldor yumushlarda bеparvolikka yo`l qo`yib bo`lmaydi

Ha, bugun internet imkoniyatlarini, uning foydali jihatlarini hech kim inkor etolmaydi. Faqat undan foydalanish madaniyatini shakllantirmoq, o`quvchilarni unga o`rgatmoq zarur. Binobarin, yoshlarimizning ruhiy-ma`naviy olamini zararli unsurlardan himoya qilish orqali taraqqiyot poydevori yaratiladi.

Ma`naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.


Foydalanilgan manbalar:


1. A.Abduqodirov “Axborot texnologiyalari” Toshkent 2003 yil

2. “Ziyonet” axborot ta`lim portal.

3 . Multimediya.uz sayti


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Интернетдан фойдаланиш маданияти. Илмий мақола

Автор: Жўраев Қобулжон Баходирович

Дата: 01.04.2020

Номер свидетельства: 544908


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства