kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Internet tarmog’ining bugungi kundagi ahamiyati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo'lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo'layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog'liq.

Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Internet tarmog’ining bugungi kundagi ahamiyati»

INTERNET TARMOG’INING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI


Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).


Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

2019 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining asosiy ko‘rsatqichlari Iqtisodiy raqamlarga nazar tashlanadigan bo‘lsak, o‘tgan yildagi natijalarni ijobiy deb baholasa bo‘ladi. AKT sohasida ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmi 10,6 trillion so‘mgacha yetib, 104% o‘sishini ko‘rsatdi. 


Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo'lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo'layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog'liq.

Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.

Bularning bari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun o'z fikrlari, qarashlari va tuyg'ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o'ziga «maftun» qilib turadi.

Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Yoki o'zlarining yozgan «asarlari» yo »maqola», «xabar», «she'r»larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko'klarga ko'tarib maqtashadi.

Qizig'i shundaki, ba'zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo'qmi, degan ishtibohga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g'aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o'sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog'iga ham etib bo'lmaydi.

Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo'lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko'kka ko'tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. G'iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba'zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o'zlariga yoqmagan odamlarning obro'sini to'kish, erga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo'qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o'ylashadi. erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo'llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo'llar bilan oshkor qilishadi. Shu sabab ko'pchilik bu tarmoqlarni yoqtirishmaydi. Lekin shunga qaramay, statistik ma'lumotlarga nazar solsak, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o'zaro muloqotga kirishishmoqda.

Xo'sh, ijtimoiy tarmoq nima o'zi, uning qanday turlarini bilamiz?

Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan – «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda.

Kishining ta'bini xira qiladigan jihati, ijtimoiy tarmoqlar orqali «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga buzuq g'oyalar, axloqsizlik, g'ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o'tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, «ommaviy madaniyat»ni targ'ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Zero, ijtimoiy tarmoqlar tubanlik girdobiga giriftor etuvchi mafkurachilarining asosiy dastaklaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Binobarin, bu holat har birimizdan tahdidlarga nisbatan muntazam ogohlikni talab etmoqda.

Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o'tkazishga harakat qilayotgan g'arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan milliy ma'naviyatimizga yot g'oyalar va axborot xurujlarining yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari kishini tashvishga solmoqda.

Qayd etish joizki, «ommaviy madaniyat» namoyon bo'lish xususiyatlariga ko'ra, til, din, e'tiqod, irq, makon, xalq va millat tanlamaydi. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga raxna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik haqida, G'arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz va buni yoshlarga o'rgatishimiz lozim.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, dizinformatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g'oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo'layotgan yovuz va buzg'unchi g'oyalar ta'sirini o'z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo'lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab etishlari lozim bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo'hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o'z qarmog'iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o'z xalqiga, yurtiga bo'lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Internet tarmog’ining bugungi kundagi ahamiyati

Автор: Mehmonova Nafisa Karomatovna

Дата: 31.05.2023

Номер свидетельства: 632889


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства