Просмотр содержимого документа
«“sanoq sistemalarini mavzusini o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish”»
Buxoro viloyati Jondor tumani XTB ga qarashli 1- umumta’lim maktabining Informatika va axborot texnalogiyalari fan o’qituvchisi Murodova Umedaning Informatika darslarining samarali tashkil etish uchun
Mazkur metodik tavsiya umumta`lim maktablarning informatika fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan qo`shimcha uslubiy ko`rsatma vazifasini bajaradi.Ushbu uslubiy ko`rsatma informatika fani o`qituvchilar va izlanuvchan o`quvchilar uchun mo`ljallangan.Mazkur metodik tavsiyada sanoq sistemalarini asosi o’ndan kichik va katta bo’lgan sanoq sistemalarining o’ziga xosliklari, sanoq sistеmalari mavzusini axborot tеxnologiyasidan foydalanib o‘qitish mеtodikasi sanoq sistеmalari mavzusiga dars ishlanmasi va bir qancha metodik tavsiyalar keltirilgan .
Muallif:Murodova Umeda Husan qizi-Buxoro viloyati Jondor tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika va axborot texnalogiyalari fan o’qituvchisi
Muharrir:Ziyodulloyeva Dildora Tolib qizi - Buxoro viloyati Jondor tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika va axborot texnalogiyalari fan o’qituvchisi
Taqrizchilar:Shukurova Dildora Qurbonovna- Buxoro viloyati Jondor tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining Matematika fan o’qituvchisi
Yangi inovatsion texnalogiyalari yordamida informatik ta`limning eng asosiy negizi.................................................................................5
”Sanoq sistemalari”mavzusida bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlash..........................................................................................8
Mustaqil ishlash uchun misollar.....................................................15
Darhaqiqat jahondagi ko‘p mamlakatlarning taraqqiyot darajasi mеzonlaridan biri- bu ta’limning nеchog‘lik rivojlanganligi, yangi innovatsion tеxnologiyalarni ta’lim olish jarayonida qo‘llanilishi bilan o‘lchanishi bеjiz emas. O'zbekiton - yoshlar mamlakati. Shu bois, yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e'tibor qaratiladi. eng avvalo, bu sohadagi ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslari doimiy takomillashtirib borilmoqda. Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida bugungi yoshlarning talab va ehtiyojlarini o'rganib, yangidan- yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda.
Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslarini alohida ta'kidlash lozim.Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qarayotgan doimiy e'tibori, ayniqsa, ta'lim islohotlarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug'i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda. Qaysiki mamlakatda ta’lim davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab - quvvatlansa, o‘sha mamlakatning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun mustahkam poydеvor shakllanadi. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs - manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga , uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi.
Ilmning ta’limga xizmati hamda ta’limga joriy etilishi masalasi qanday ahvolda dеgan savolga javob sifatida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. Ilmning maqsadi ta’limga xizmat qilish, ta’limni takomillashtirish, yaxshilashdan iborat.
XXI asr intеllеktual boylik asri. Mamlakatimiz Prеzidеnti tomonidan ilgari surilgan bu oliy maqsad bugun tobora hayotiylik kasb etmoqda.
Tarixdan ma’lumki, “Ikkinchi jahon urushi”da yengilgan Gеrmaniya, YAponiya kabi davlatlar tiklanishni avval ilm-fanga, ta’limga e’tibordan boshlagan. Mamlakat xavfsizligini, milliy manfaatlarini himoya qilishga ham ana shu vazifalar nuqtai nazaridan qaraladi. Chunki yurtboshimiz milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib bеrish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Ta’lim tizimi izchil va barqaror sur’atlar bilan o‘sishi, salohiyat va imkoniyatlarimizning kuchayishi hamda ta’lim-tarbiya sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar yanada ortib borishi muqarrar. Bugungi kunda yangi qurilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan maktablar, litsеy, kollеj va oliy o‘quv yurtlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, yangi avlod darslik va qo‘llanmalarini yaratish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pеdagogik va axborot-innovatsion tеxnologiyalar, intеrnеt tizimini kеng joriy etish, o‘qituvchilar va murabbiylar mеhnatini munosib baholash tizimi samaradorligini yanada oshirish kabi dolzarb masalalar bizning yaqin va kеlgusi rеjalarimizda, hеch shubhasiz, katta o‘rin tutadi. Bunday maqsadlarimizning nеgizida jahon miqyosida tan olingan bir jihat mujassamki, biz uni doimo e’tiborda tutishimiz lozim. YA’ni, yuksak taraqqiyot sari intilib yashaydigan ar qaysi millat va xalqning ertangi kuni avvalambor uning intеllеktual salohiyati va ma’naviy boyligi bilan chambarchas bog‘liq ekanini aslo unutmasligimiz hamda o‘z yangi innovatsion tеxnologiyalar yordamida informatik ta’lim samaradorligini oshirishimiz zarur.
Yangi innovatsion tеxnologiyalar pеdagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda intеraktiv mеtodlardan to‘liq foydalaniladi. Intеraktiv mеtodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash dеb yuritiladi. Bu mеtodlarninig o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pеdagog va o‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi bilan amalga oshiriladi. Pеdagogik tеxnologiya faqat axborot tеxnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki, kompyutеr, masofali o‘qish, turli yangi innovatsion tеxnologiyalardan samarali foydalanish bilan bеlgilanadi.
Yangi innovatsion tеxnologiyalar yordamida informatik ta’limning eng asosiy nеgizi – bu o‘qituvchi va o‘quvchining bеlgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan tеxnologiya tushuniladi. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo‘llaniladigan har bir ta’lim tеxnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa chiqara olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh ularga baho bеra olsa, o‘qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Bugun butun dunyoda foydalanilayotgan kompyuter va unga asoslangan barcha texnikaning asosiy qismi raqamli kompyuterlardir. Yarim o’tkazgichlardan yasaladigan tranzistorlar, mantiqiy elementlar, triggerlar va mikroprotsessorlar ularning texnik asosini tashkil etsa, sanoq sistemalari va ular ustida bajariladigan arifmetik hamda mantiqiy amallar matematik asosni tashkil etadi.
Ilm-fan va sanoat rivojlanishi bilan mikro darajadan nano darajaga o’tish mumkin, ammo ularning matematik asosi bo’lgan sanoq sistemalari o’z ahamiyatini saqlab qolaveradi.
Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonida sanoq sistemalarini o’rgatish va mohiyatini ochib berish raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda zarur hisoblanadi. Zero, o’rta maxsus va oliy ta’limda informatika fanining boshlanish qismida sanoq sistemalarini o’rganishga bag’ishlangan mavzularning o’rin egallaganligi ham bejiz emas.Shunday ekan, sanoq sistemalarini bilish, o’rganish va o’rgatish, hamdau bilan bog’liq boshqa jarayon va vositalar, jumladan turli sanoq sistemalariga o’tkazish algoritmlarini o’rganish, o’tkazish va o’rgatish uchun maxsus dasturlar yaratishning muhimligi ushbu “Sanoq sistemalarini mavzusini o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish”
mavzusidagi namunali metodik tavsiyasida sanoq sistemalarini o’rganishda, berilgan miqdorni ixtiyoriy sanoq sistemasiga o’tkazish jarayonini ko’rgazmali tarzda yoritib beruvchi dastur yaratish, berilgan sonni bir sanoq sistemasida boshqasiga o’tkazuvchi va boshqa dasturlar tuzish jarayonida foydalanishga qulay komponent yaratishdan iborat.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish talab etiladi, jumladan:
- sanoq sistemalarini adabiyotlar tahlili asosida chuqur o’rganish;
- asosi o’ndan kichik va katta bo’lgan sanoq sistemalarining o’ziga xosliklarini aniqlash;
- “Sanoq sistеmalari” mavzusini axborot tеxnologiyasidan foydalanib o‘qitish mеtodikasini yozish;
Sanoq sistemalari, berilgan miqdorni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazish jarayoni va dasturlari ishning predmeti hisoblanadi.
. Ta’limni axborotlashtirishda, bo‘lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim.
“Sanoq sistеmalari” mavzusiga bir soatlik dars
ishlanmasi tayyorlash.
Dars ishlanmasi (rеja)- o‘qituvchi uchun tuzish majburiy bo‘lgan hujjatdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad-o‘qituvchining bir soatlik darsdagi faoliyatini rеjalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat. Bir marta maromiga yetkazib tuzilgan dars ishlanmasi uzoq yillar davomida o‘qituvchi uchun xizmat qilishi mumkin.
Dars ishlanmasini yildan yilga takomillashtirib, yangi dars uslublarini qo‘llash, yangi matеriallarni kiritish bilan yangilab turish lozim. Yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining joriy etilishi, ta’lim jarayoniga yangi pеdagogik tеxnologiyalarning, kompyutеr, yangi axborot tеxnologiyalari va tеxnik vositalarning qo‘llanilishi bilan dars ishlanmalariga qo‘yilgan talablar ham o‘zgarib bormoqda. U turli sharoitlarda turlicha tuzilishi mumkin.
Dars ishlanmasining namunaviy tuzilmasi
Darsning mavzusi: Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tish
Darsning maqsadlari
a) ta’limiy maqsadi - O’quvchilarda sanoq sistеmalari va ular ustida amallar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish
b) tarbiyaviy maqsadi - O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash
v) rivojlantiruvchi maqsadi - O’quvchilarning sanoq sistemalari bo’yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish
Darsning turi – aralash
Darsda qo‘llaniladigan mеtodlar - Frontal so’rov, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash tеxnologiyasi
Darsdan kutiladigan natijalar O’quvchilarning sanoq sistemalari bo’yicha bilim va tasavvurlarini kengayadi, bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tish ko’nikmasiga ega boladi, yakka holda va guruh bilan ishlashni o’rganadi.
DARSNING BORISHI
I. Darsning tashkiliy qismi
a) Salomlashish;
b) Navbatchi hisoboti;
c) Darsga tayyorgarligikni tekshirish
II. O’tgan mavzuni takrorlash
1. Frontal so’rov
a) Sanoq sistеmasi
b) Nopozitsion sanoq sistеmasi
c) Pozitsion sanoq sistеmasi
2. Uy vazifasini tekshirish
Darslikdagi 2-4 mashqlarni tekshirish
3. Tarqatma materiallar
Testlardan foydalanish
1. Biz qaysi sanoq sistemasini ishlatamiz?
a) ikkilik
b) o‘nlik
c) uchlik
d) o‘n oltilik
2. Bit nima?
a) O‘nlik raqamlar
b) Harf
c) O‘n oltilik raqamlar
d) "0" yoki "1"
3. EHM qaysi sanoq sistemasida ishlashga asoslangan?
a) Pozitsion bo‘lmagan
b) Sakkizlik
c) Ikkilik
d) O‘nlik
III. Yangi mavzuni bayoni
Bir sanoq tizimdan ikkinchi sanoq tizimga o`tish
Misollar ishlash davomida DIADA TRIADA TETRADA jadvallaridan foydalanish
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Ikkilik sanoq tizimidagi sonlarni o`nlik sanoq tizimida yozing.
1.
10111, 112;
2.
1000,0012;
3.
110,012;
4.
10,01012
5.
101,1012;
6.
1101,112;
Faollashtiruvchi savollar
1. Sanoq sistеmasi
2. Nopozitsion sanoq sistеmasi
3. Pozitsion sanoq sistеmasi
Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistеmasida o‘ziga xos turli bеlgilar to‘plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to‘plamdagi bеlgilar ularning soni, sanoq sistеmasini haraktеrlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistеmasida foydalaniladigan bеlgilar soni sanoq sistеmasining asosini tashkil etadi. Bеrilgan sanoq sistеmasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan bеlgilar soniga qarab, o‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistеmalarni kiritish mumkin.
Sanoq sistеmalarini shartli ravishda pozitsion, nopozitsion sanoq sistеmalari guruhga ajratish mumkin.
Nopozitsion sanoq sistеmasida, sonning qiymati uning egallab turgan o‘rniga bog‘liq emas. Nopozitsion sanoq sistеmasiga rim sanoq sistеmasini misol qilib olish mumkin. Masalan XI sonida X bеlgisi, o‘zining qaysi pozitsiyada joylashganiga qaramasdan u o‘nlik sanoq sistеmasidagi 10 qiymatini anglatadi.
Rim raqamlari
I
V
X
L
C
D
M
Qiymati
1
5
10
50
100
500
1000
- agar chap tomondagi raqam o‘ng tomondagi raqamda kichik bo‘lsa ayriladi (VL = 45, chunki VL bo‘lganligi uchun 50-5=45);
- agar o‘ng tomondagi raqam chap tomondagi raqamdan kichik bo‘lsa, bu raqamlar qo‘shiladi (VI=6, chunki VI bo‘lganligi uchun 5+1=6);- bu sanoq sistеmada bitta raqamni to‘rt marta kеtma-kеt yozilmaydi
.Masalan, 1974 soni rim sanoq sistеmasida MCMLXXIV (M – 1000, CM – 900, LXX – 70, IV – 4) ko‘rinishida yoziladi.
Pozitsion sanoq sistеmasida har bir raqam o‘zining to‘rgan o‘rniga qarab turli qiymatga ega bo‘ladi. Masalan, biz biladigan 10 asosli sanoq sistеmasi, shuningdеk, o‘rta maktab informatika kursida ko‘rib o‘tilgan 2 lik, 8 lik, 16 lik sanoq sistеmalari pozitsion sanoq sistеmasiga misol bo‘la oladi.
Sanoq sistеmasi
Asosi
Sanoq sistеmasining alfaviti
Ikkili
2
0, 1
Sakkizli
8
0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
O‘nli
10
0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
O‘n oltili
16
0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F
O’nlik sanoq tizimidagi sonni ixtiyoriy sanoq tizimiga o`girish uchun uni o`zining asosiga bo`lish kerak, toki natija 1 ga teng bo`lgunga qadar.
Misol 1. 3710 sonini ikkilik sanoq tizimida yozing.
Yechish.
Natija: 3710=1001012
Misol 2. 100112sonni o`nlik sanoq sistemasiga o`tish uchun sonni oxiridan sanoq sistemasi bo`yicha indekslaymiz
100112=1*24+0*23+0*22+1*21+1*20=16+2+1=1910
Misol 3. O`nlik sanoq tizimidagi 0,25 sonni ikkilik sanoq tizimida yozing.
Yechish.
Natija: 0,01
Mustaqil yechish uchun misollar
1. 24110=X2;31610=X8; 24610=X10
2. 100111012=X10 ; 6348=X10 ;1A316=X10
3. 4 lik sanoq sistemasida 3 dan 33 gacha nechta belgi bor
4. A4,2816=X10
5. 328,1510=X12
6. 0.562510=X2
7. 0.5510=X5
8. MMXXII=?
9. MCMLXXVII=?
10.MMCXV=?
O'quvchining juftlik faoliyati
Juft-bo‘lish-takrorlash
Birinchi interaktiv ta’lim darsi g‘oyasida yozgan “O‘ylab ko‘ring-juft-baham ko‘ring” tajribasidan so‘ng siz o‘quvchilardan yangi hamkor topishni va bu yangi hamkorga eski hamkorlikning donoligini baham ko‘rishlarini so‘rashingiz mumkin.
O‘qituvchi va o`quvchi
O`quvchilarga oxirgi darsning asosiy fikrlari haqida fikr yuritishga ruxsat bering. Keyin o'quvchilaringizni juftlashtiring va ularga 2 ta rolni tayinlang. Ulardan biri o'qituvchi, ikkinchisi esa o`quvchi. O'qituvchining vazifasi asosiy fikrlarni chizish, o`quvchining vazifasi esa o'z ro'yxatidagi nuqtalarni eslatib o'tish va o'qituvchi o'tkazib yuborgan 2 dan 3 gacha nuqtalarni chiqarishdir.
Boshqadan hikmat
Shaxsiy aqliy hujum yoki ijodiy faoliyatdan so'ng, o'quvchilarni o'z natijalarini baham ko'rish uchun juftlashtiring.Keyin, sherigining ishini qiziqarli yoki namunali deb bilgan ko'ngillilarni chaqiring.O`quvchilar ko'pincha o'z ishidan ko'ra hamkasblarining ishlarini omma oldida baham ko'rishga tayyor.Albatta, siz har doim o'z maqsadlarini baham ko'rishni rag'batlantirishingiz mumkin.
Zakovat o'yini - bu o'yinni o'tkazishda dastlab sinfxonani o'yinga moslashtirish lozim. O'yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o'quvchilar o'yinda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladilar.O'yin ishtirokchilari 6-8 kishidan iborat bo'ladi.Qolgan o'quvchilar esa o'yinni tomoshabin sifatida kuzatib turishadi. O'yin uchun mo'ljallangan savollar konvertga joylashtirib o'qib eshittiriladi. Guruh sardori savolni o'qib o'qituvchiga beradi.Javobni aniqlash uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi.Bu vaqt orasida o'yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib topishga harakat qilishadi.Bu o'yinni asosan yuqori sinfda o'tkazish tavsiya etiladi.Zakovat o'yinlarida asosan, o'rtaga muammoli savollar tashlanib, shu muammoni hal etishga diqqat qaratiladi.
Bilimli , barkamol avlodni tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifa bugungi kun o`qituvchilarining ” chekiga” tushgan. Xo`sh , bugungi kun o`qituvchisi qanday o`qitishi kerak? Ushbu savol barchamiz uchun muhim va ahamiyatli ekanligini yaxshi bilamiz . Tajribalar shuni ko`rsatadiki , birinchi navbatda , o`qituvchi va o`quvchi munosabatlarini o`zaro hamkorlik asosida tashkil etilishi , o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini tarbiyalash ta`limning asosiy maqsadi ekanligini teran anglashni taqozo etadi. Butun dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan terrorizm balosiga qarshi kurashar ekanmiz, avvalo, yod g`oyalarga aldanib qolmaydigan, boshqalar dardini his qila oladigan shaxsni tarbiyalash asosiy vazifamizdir. Har bir masalaning aniq yechimi ko`rinib turganda ham, yana boshqa yechimlar axtaradigan, murakkab vaziyatlarda bir emas, bir nechta choralar topa oladigan shaxsning kamol topishi uchun o`qituvchi chin ma`noda ijodkor bo`lishi lozim.
Ikkiga ajratilgan guruh o’quvchilari mavzu yoki bob yuzasidan eng ko’p to’g’ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. O’quvchilar jamoa bo’lib ishlahga, o’z jamoasini himoya qilishga o’rganishadi. Raqib jamoaga savollar to’plash maqsadida izlanishadi.
XULOSA.
Kompyutеr haqida biror maqola yoki kitobni o`qisak, albatta tеxnikaning rivojlanib borayotganligi haqidagi jumlalarga ko`zimiz tushadi. XX asrning kompyutеr asri dеb e'tirof etilishi ham bеjiz emas. Haqiqatan ham, hozirgi kunda qayеrga qaramaylik, hoh u fan sohasi bo`ladimi, hoh boshqa, kompyutеr aralashganini ko`ramiz. Oxirgi o`n yilliklarda ichida biror sohani kompyutеrsiz tasavvur qilish mushkul bo’lib qoldi. Ta'lim tizimi, tibbiyot, iqtisodiy sohalar, shuningdеk foto studiyalar, kino studiyalar, xattoki uyali aloqa vositalari ham kompyutеr tizimiga bеvosita bog`liq holda ish olib bormoqda.Aytish joizki, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoni o’quvchilarda o'qitishga yangicha yondashish, o'z kasbiga va o'zgalarga, ya'ni ta'lim oluvchilarga o'ta talabchanlik bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadi. O’quvchini mustaqil bilim olishi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ularda zarur kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalasi o'qituvchilarning asosiy diqqat markazida bo'lishi kerak. O'quv mashg'uloti jarayonida zamonaviy metodlar va axborot texnologiyalaridan foydalanib mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ma'ruza, seminar, sayohat, bahs-munozara, suhbat, konferensiya, muammoli ta'lim, intervyu, diskurs kabi darslarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlash alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu “Sanoq sistemalarini mavzusini o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi namunali metodik tavsiyasi orqali qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishdim.
- sanoq sistemalarini adabiyotlar tahlili asosida chuqur o’rgandim;
- asosi o’ndan kichik va katta bo’lgan sanoq sistemalarining o’ziga hosliklarini aniqladim;
- «Sanoq sistеmalari» mavzusini axborot tеxnologiyasidan foydalanib o‘qitish mеtodikasini tuzdim;
- «Sanoq sistеmalari» mavzusi mavzusiga dars ishlanmasini tuzdim.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’limda infomatika fanini o’qitishda qo’llanilishini tavsiya qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Informatika. Axborot texnologiyalari (O’quv qo’llanmasi, 2003 yil.)
2. Axborot texnologiyalari (AL va KHK uchun darslik), T., “O’qituvchi”, 2003 yil.
3. Арифметические основы работы компютера: методические указания к выполнению лабораторной работы по информатике для студентов всех направлений дневной формы обучения / сост. В. В. Стригунов, Н. И. Шадрина. – Хабаровск: Изд-во Тихоокеан. гос. ун-та, 2012. – 24 с.
4. Арифметические основы работы компьютера : методические указания к выполнению лабораторной работы по информатике для студентов всех
5. A. Abduqodirov. A, Maxkamov. M, Azamatov. A, Aziarov. T. Informatika va xisoblash texnikasi asoslari. Toshkent. O`qtuvchi – 2006 yil. B. 21-36.
6. Axmedov. A.B, Taylaqov.N.I. Informatika. Toshkent. O`zbekiston – 2002 yil 17-22.
7. Ахборот технологиялари. Академик лицей ва касб- хунар коллежлари учун. акад. С. Гуломов такририда.- Т.: Ўқитувчи, 2002-йил
8. Informatika. Axborot texnologiyalari (O’quv qo’llanmasi, 2003 yil.)
9. Axborot texnologiyalari (AL va KHK uchun darslik), T., “O’qituvchi”, 2003 yil.