Просмотр содержимого документа
«"Dasturlash tillari haqida"»
Dasturlash tillari haqida
Tabiiytil
Inson muloqati, fikrlashi uchun xizmat qiladigan tovushlar, lug`at va grammatik vositalar tizimi
Qoidalari aniq ifodalanmasada zamonaviy so`z ishlatishga asoslangan til.
FORTRAN tili
Eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo`ljallangan dasturlash tili. “Formulalarni o`girish” tili FORTRAN (FORmula TRANslator), 1956 yili John Backus tomonidan IBM(International Business Machines – Xalqaro biznes mashinalari) korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan. Tilda arifmetik amallar, tarqalgan mantiqiy masalalar, ro`yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. Fortran tili hozirgacha mustahkam o`rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan ma’lumotlarga matematik ishlov berish uchun mo`ljallangan. Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval qanday bo`lsa, shundayligicha qolganligidadir. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan rusumlaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77 bo`ladi. 1992 yili uchinchi rusum FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko`pgina yangi elementlar paydo bo`ldi, turli maslaklar bilan uyg`unlik ta’minlandi, matritsalar ustida amallar qo`shildi.
COBOL tili
COBOL (Common Business Oriented Language), “ biznesga yo`naltirilgan hammabop til” . U 1950 yillar oxiri 1960 yillar boshida ishlab chiqilgan, FORTRAN tilidan so`ng eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Bu til, katta kompyuterlarda bajariladigan biznes qo`llanmalarni ishlab chiqishda alohida tarqalib ketdi. Ingliz tiliga yaqinlashtirilgan, fayllar va yozuv shakllari bilan ishlashning rivojlangan vositalari bilan ajralib turadi. COBOL tilida ish hujjatlari uchun namunaviy bo`lgan tuzilmaga ega ma’lumotlar yaxshi tavsiflanadi. Unda masalalar dastlabki tayyorgarliksiz bayon qilinishi mumkin.
Basic tili
BASIC (Beginner's All-purpose Symbolic Instruction Code), “boshlovchilarga barcha maqsadlar uchun buyruq kodlari” deb atalgan til. 1960 yil o`rtalarida Dartmut kollejida talabalar uchun John Kemeney va Thomas Kurtz tomonidan ishlab chiqilgan. Til sodda va qulay bo`lib chiqdi va foydalanuvchilarning uncha katta bo`lmagan tizimlar bilan muloqot maromida ishlashida katta shuhrat qozondi. O`zining soddaligiga qaramay BASIC ko`pgina qo`llanmalarni ishlab chiqishda qo`llaniladi. BASIC tili tavsifining ANSI standarti mavjud bo`lsa ham, BASICning ko`pchilik rusumlari kengaytmalarni o`z ichiga oladi. Masalan, Microsoft kompaniyasining Visual Basic mahsuloti, BASIC tilining standartiga qo`shimcha ravishda, obektga - yo`naltirilgan funksiyalar to`plamini o`z ichiga olgan. Hozirgi kunda, BASIC tilining turli xillari qo`llanmalarning makrotillari sifatida qo`shilmoqda. Masalan, Microsoft Word va Excel foydalanuvchiga shu qo`llanmalarni sozlash va avtomatlashtirish uchun dasturlar yozish imkonini beradigan BASIC tilining rusumini qo`shadilar.
Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog`ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug`i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o`girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o`zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
Assemblertili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. 1960 yil oxirlarida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Bu til, 17 asrda yashab o`tgan fransuz matematigi Blaise Pascal sharafiga atalgan. Blaise Pascal sonlarni qo`shish uchun yaratilgan dastlabki mexanik mashinalardan birining ixtirochisi bo`lgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Dastlab Pascal dasturlashga o`qitish uchun foydalanilgan. Hozir xilma xil dasturlarni tuzishda keng qo`llanmoqda. Oddiy til, xilma xil turdagi ma’lumotlarga ishlov berish imkonini beradi va turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi.
Pascal tili
Ci tili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Bell Labs kompaniyasida Dennis Ritchie tomonidan 1970 yil o`rtalarida ishlab chiqilgan. Si tilidagi birinchi ahamiyatli dastur UNIX operatsion tizimi bo`ldi, bundan keyin bir necha yil davomida Si tili UNIX bilan chambarchas bog`landi. Ammo, hozirga kelib, Si tili UNIX dan mustaqildir. Soddalik, samaradorlik va boshqa operatsion tizimlarga yengil ko`chirish imkoni bu tilni keng tarqalgan tillardan biriga aylantirdi. Si tilida zamonaviy yuqori pog`onadagi tillarning alomatlari va Assembler tili bilan uyushadigan kompyuterni texnika vositalarini manzillash imkoni muvaffaqiyatli qo`shilib ketgan. Si tili kasbiy dasturchilarni jalb qiladigan qulay sintaksisga ega. Si tili ISO tomonidan standart sifatida tasdiqlangan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmadan foydalanilishi kengaytirilgan C++ tili paydo bo`lishiga olib keldi.
C# tili
Ingliz tilida “see-sharp” deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili. Ci va C++ tillarining chatishmasi bo`ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o`zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# veb-qo`llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan. Til qat’iyan statatik namunalashgan bo`lib, qat’iy obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari ma’lumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko`p oqimli hisoblar, vakil - funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig`adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so`nggi rusumi bo`lib C# 2.0 hisoblanadi.
PERL tili
Ixtisoslashgan PERL (Practical Extraction and Report Language bosh harflaridan olingan) til. Matn fayllarini ko`rib chiqishga, ulardan axborot chiqarib olishga va choplashga mo`ljallangan. PERL tili 1987 yili paydo bo`lib, avval tizimli dasturlashga mo`ljallangan edi. So`ngra uning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Til o`rganish uchun oson, hajmi katta emas, foydalanishda yengil va yuqori samaradorlik bilan tavsiflanadi. PERL tilining sintaksisi Si tilining sintaksisi bilan to`la mos keladi. PERL tili ishlaydigan ma’lumotlar hajmi cheklanmagan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmani quvvatlaydi. Turli maslaklarda ishlay oladi. Bepul tarqatiladi. PERL tili CGI skriptlarni yozishda keng tarqalgan tillardan biri bo`lib qoldi. PERL da yozilgan dasturlar server tomonidan ishga tushirib yuboriladi. Asosan, UNIX-yo`naltirilgan veb-serverlarda qo`llaniladi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, dinamik sahifachalarni yaratish uchun foydalaniladi.
PHP tili
Ixtisoslashgan (Hypertext Preprocessordan olingan) til. Veb-sahifalar mazmunini dinamik tarzda shakllantirib skriptlarni veb-server tomonda yaratish uchun mo`ljallangan. PHP tili1994 yili Rasmus Lerdorf tomonidan ishlab chiqilgan. So`ngra, tilni ishlab chiqish ishlari boshqa mutaxassislar tomonidan davom ettirilgan. PHP skript (sintaksisi Perl va Ci tillarinikiga o`xshash) HTML hujjatda maxsus PHP teglar ichida joylashgan bo`ladi. Chunki, PHP serverda bajariladi, mijoz esa PHP kodning mazmunini ko`ra olmaydi. PHP, CGI dasturning ixtiyoriy vazifasini bajarishi mumkin, ammo, uning bosh afzalligi ko`pgina ma’lumotlar bazalari bilan uyg`unlashganligidir. PHP, IMAP, SNMP, NNTP, POP3, HTTP bayonnomalarini quvvatlaydi.
Ada tili
Yuqori pog`ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida AQSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo`llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo`lib, jiddiy to`ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Til ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini quvvatlaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan.