Просмотр содержимого документа
«"Buyuk dasturchilar"»
Oddiygina Bill Geyts (ingl. Bill Gates) sifatida tanilgan Uilyam Genri Geyts III (ingl. William Henry Gates III; 28 oktyabr 1955 yil, Sietl)-amerikalik ishbilarmon bo’lib, Microsoft kompaniyasining yirik aktsioneri va asoschilaridan biri(Pol Allen bilan hamkorlikda).
— Geytsni birinchi asos solgan kompaniya nomi – Traf-O-Data edi.
— Unga omad olib kelgan firma nomi dastlab Micro Soft (probel bilan) shaklida yozilar edi.
— 13 yoshida Bill Geyts do’stlari bilan maktab kompyuterini buzishga erishishgan va mahfiy ma’lumotlarni ko’rishga muyassar bo’lishgan. Bu kichik xakerga jazo choralari ko’rilmagan, balki uni Sietl kompyuter markazi o’z dasturlarini tekshirish uchun ishga yollagan.
— Billning ota-onasi o’g’lini kompyuterga bo’lgan munosabatini o’zgartirish maqsadida, hattoki o’g’lini kompyuterga yaqinlashishni taqiqlab qo’yishgacha borishdi, bu taqiqlov vaqtinchalik holat edi. Shu vaziyatlarda u tarixiy shaxslar haqidagi kitoblarni o’qir edi.
— Maktab paytlarida Geyts o’z do’sti Pol Allen bilan kompyuter dasturlarini yaratishni boshlashgan edi. O’sha paytda u Napaleon tarjimai holi asosida “RISK” nomli o’yin yaratadi.
— Birinchi dasturini Bill maktab paytida yaratgan bo’lib, bu dastur effektiv dars jarayonini rejalashtirishni amalga oshirar edi.
— Birinchi eng katta gonarar(xizmat haqi)ini Bill 15 yoshida olishga erishadi. Shu yoshda u ko’cha harakatini boshqaruvchi dastur yoratishga erishadi. Xizmat haqi 20 ming dollarni tashkil etar edi.
— 1968 yil Leyksayd nomli kollejga birinchi kompyuter o’rnatiladi, Bill o’sha kollejda kun va tunni o’tkazib, o’qish reytingi tushib ketishiga sabab bo’ladi.
— Geyts, Pol Allen va Leyksayd kollejidagi do’stlari birgalikda ruxsat etilmagan dasturlar tuzishib, kompyuter ishlashini izdan chiqarishar edi.
— Garvarddagi o’qish uni zeriktirar edi va u asosan dasturlash yoki poker o’ynash bilan vaqtini o’tkazar edi.
— Geyts universitetda darslarni o’zlashtirolmaganligi sababli 1974 yil kassallik varaqasi ochtiradi va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu universitetni tamomlashga erishadi. To’g’rirog’i universitet administrastiyasi unga diplomni hadya qiladi.
— Garvard universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo’lishini aytar edi, qarangki u 31 yoshida milliarder bo’lishga erishdi.
— 1990 yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan ishlar edi.
— 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalari sotishga erishadi.
— 1994 yil Bill Geyts Melinde French nomli ayolga uylanadi va to’yni o’tkazish uchun Gavaya orollaridan birini arendaga oladi. Hozirda uning 3 farzandi(Djennifer Katarin Geyts (Jennifer Katharine Gates) (26 aprelya 1996 y.), Rori Djon Geyts (Rory John Gates) (23 maya 1999 y.) va Fibi Adel Geyts (Phoebe Adele Gates) (14 sentyabrya 2002 y.)) bor.
— Bill umumiy hisoblaganda 30 milliardga yaqin pullarini hayriya ishlariga sarflagan.
— Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag’ topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard.
— Agar Windows foydalanuvchilari, operastion tizimning har bir qotib qolishi(xato oynasi) uchun 1 dollardan olishsa, Geyts 3 yil ichida honavayron bo’lar edi.
— Dunyo o’rgimchak to’risi(www) rivojlanyotgan paytda Bill shunday degan edi:” Internet – bu kelajagi yo’q g’oyadir ”. Shunga qaramasdan u bir necha yildan so’ng o’zining eng yaxshi dasturchilarini shu yo’nalish rivoji uchun xizmat qilishini so’ragan edi.
— 1997 yil Geyts Chikagolik Adam Kvinn Pletcher (Adam Quinn Pletcher) tomonidan amalga oshirilgan firibgarlikning qurboni bo’lgan. Geyts sud zalida guvohlik bergan va Pletcher aybdor deb topilib, 1998 yil iyul oyida unga 6 yillik qamoq jazosi berilgan.
— 2008 yil iyun oyiga qadar Bill Microsoft ning boshlig’i bo’lgan, lavozimidan ketgandan so’ng(bu haqda u 2006 yil ma’lumot bergan) kompaniya direktorlar uyushmasining ijrochi bo’lmagan raisi lavozimida qolgan. Shuningdek Bill hayriya fondi ning raisi hisoblanadi.
— Har yili Geyts 1 million dollarga yaqin mulk solig’i to’laydi.
— Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), bobsi shtatdagi davlat banki vista prezidedti, otasi esa advokat edi
— Bill to’g’risida juda ko’plab kitoblar yozilgan, agar siz amazon.com sayti orqali Gates so’zini kalit so’z sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz mumkin.
— Bill “ Kelajakka yo’l ” nomli kitob yozganini ko’pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot texnologiyalari rivojlanish davrida, jamiyatning qarashlariga o’z munosabatini bildiradi. Kitob nashrdan chiqqandan so’ng 7 hafta davomida dunyoning asosiy bestseller (eng ko’p sotiladigan) asarlari ro’yxatining 1 o’rinidan tushmagan.
Facebook nomli ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi Mark Zuckerberg 1984 yil 14 mayda AQSh ning New-York shtatida tug’ilgan.
— Garvard universiteti talabasi Zuckerberg , dastlab Facebook ijtimoiy tarmog’ini universitet yotoqxonasi (o’z xonasi)dan ommaga taqdim etgan.
— Markning ota onasi doktor, ya’ni otasi shifokor, onasi psixologdir. Ularning oilasida Markdan boshqa ya’na 3 ta qiz farzand bor.
—GQ nomli erkaklar jurnali, Zuckerbergni Kremniev o’lkasining (Palo-Alto shahri) eng didsiz kiyinadigan insoni deb tan olgan.
— 2011 yil yanvar oyida MarkZuckerbergning Facebook dagi sahifasi, notanish xaker tomonidan buziladi.
— Facebook yaratilgandan so’ng, Mark hattoki Garvard universitetini tashlab ketadi.
— Mark o’z turmush o’rtog’ini Garvardda o’qish mobaynida 2004 yil uchratadi. Uning ismi Prisstilla Chan dir.
— Facebook filmidagi Mark Zuckerberg rolini New-Yorklik Djessi Ayzenberg o’ynaydi. U Markdan 1 yoshga kattadir, lekin tashqi ko’rinishi juda o’hshashdir.
— Yoshligida Mark o’zining shaxsiy kompyuteri bo’lishini orzu qilar edi. 10 yoshga to’lganida ota-onasi unga 486-y Quantex DX nomli kompyuter sovg’a qilishadi.
— Microsoft firmasi, Mark kollejda o’qib yurganida, unga qiziqish bildirishadi va o’z hodimi sifatida ko’rishini istashadi. Bunday qiziqishning sababi Markning Synapse nomli ishlab chiqgan dasturi edi. Bu dastur xit musiqalarni avtomat tartiblash vazifasini bajarar edi.
— Kollejni tamomlagandan so’ng Markni bir yo’la ikkita katta firma( Microsoft, AOL ) ishga taklif etadi, lekin Mark Garvard universitetini psixologiya fakultetida o’qishni davom ettirishni tanlaydi(Ehhh man Microsoft ga ishga kirvolardim).
— 2010 yil Time jurnali Markni yil insoni deb ataydi.
— Mark shu yilning 19-may kuni 28 yoshida o’z sevgilisi Prisstilla Chan ga uylanadi. Chan ham Garvard universitetida o’qigan, faqat biologiya fakultetida. U xitoylik bo’lishiga qaramay ingliz va franstuz tillarini biladi. Mark u bilan universitetdagi bir tadbirda tanishib qolishadi.
— Mark tug’ma daltonikdir (rang ajratish qobiliyati sustroq). Shuning uchun Facebook ning asosiy rangi ko’kdir. Chunki qizil va yashil u uchun unchalik farqli rang emasdir.
— Mark Amerikalik rok guruh Green Day ning fanati hisoblanadi.
— Markning xarakteri ham o’ziga yarasha ekan. Microsoft firmasining hodimlari u bilan ertalabki soat 8 da uchrashuv belgilashadi, lekin u rad javobini beradi.Chunki u odatda bu paytda uxlar emish, undan tashqari yosh milliarderga Yahoo firmasi boshliqlari yakshanba kuniga uchrashuv belgilashadi, lekin Mark yakshanbada rejalashtirib qo’ygan shaxsiy ishlari borligini aytadi, xullas katta hajmdagi kontraktlar imzolanishi kerak uchrashuvlarni ham vaqti to’g’ri kelmaganligi uchun qabul qilmas ekan.
— Zuckerberg Facebook ning 24% qismiga egalik qiladi, uning mablag’i 4 mlrd dollarni tashkil qilar ekan.(2010 yil boshi Forbes jurnali ma’lumoti).
— 2010 yil sentyabr oyida Forbes jurnali eng boy amerikalikar ro’yxatini e’lon qiladi va bunda Mark 7 mlrd dollar bilan 29 o’rinni egallaydi.
— 2011 yil Mark, Forbes ning statistikasiga ko’ra 17,5 mlrd dollar bilan 14 o’ringa ko’tarildi. Dunyo bo’yicha 40 chi o’rinlarni band etgan.
— Evgeniy Valentinovich Kasperskiy 1965 yil 4 oktyabrda Novorossiysk shahrida tug’ilgan.
— 1982 yil MGU qoshidagi A.N.Kolmogorova nomli fizika-matematikaga yo’naltirilgan maktab-internatini bitirgan.
— 1987 yil Evgeniy kriptografiya, aloqa va informatika universitetini tamomlagan.
— 1991 yilgacha Mudofaa vazirligiga qarashli ko’p profilli ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
— 1989 yili Evgeniy o’z kompyuterida “ Cascade ” nomli dastlabki virusni aniqlaydi va unga qarshi kichik dasturcha(virusni tuzatuvchi modul) tuzadi.
— 1991 yildan u “ Kami ” nomli kompaniyada faoliyatini davom ettiradi. Bu kompaniya «Antiviral Toolkit Pro» («AVP») nomli antivirus loyihasini yaratish bilan shug’ullanar edi. Bu loyiha Antivirus Kasperskiy ning prototipi (nusxasi) edi.
— 1997 yil Evgeniy Kasperskiy va uning bir necha hamkasblari alohida bo’lib chiqishadi va Evgeniy boshchiligida “ Laboratoriya Kasperskiy ” kompaniyasini ochishadi.
— 2007 yildan, Evgeniy Kasperskiy bu firmaning bosh direktori lavozimini egallaydi.
— 2007 yil Kasperskiy «Tarmoq(сеть)» nomli filmida rus xakeri rolini ijro etadi.
— 2009 yil rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasida yig’ilish tashkil qiladi va u yerda Evgeniy o’z dokladi bilan ishtrok etadi. Shundan so’ng prezident kompaniya bo’ylab ekskursiya uyushtiradi. Server xonalarni, virus labaratoriyalarni, antiviruslarni testlovchi xonalarni ko’zdan kechiradi va bu soha juda qiziqligini ta’kidlab o’tadi.
— 2009 yil 4 iyunda ilm va texnologiya sohasida Rossiya Federastiyasi davlat premiyasi ni qo’lga kiritadi. Mukofot puli 5 mln rubl edi. U mukofot pulini hammasini o’zi tahsil olgan A.N.Kolmogorova nomidagi fizika-matematika maktab-internatiga o’tkazadi.
— Kasperskiy – Kompyuter viruslari sohasining eng buyuk ekspertlarini o’zida jamlagan kompyuter viruslari tadqiqotchilari tashkiloti( SARO ) ning a’zosi.
— Evgeniy Rossiya feaderastiyasi jamoatchilik palatasi ning a’zosi.
— Evgeniy 2010 yil avgust oyidan ” Skolkovo ” innovastion markazining ilmiy maslahat kengashi tarkibiga kirdi
— Evgeniy Kasperskiy 2010 yil SC Magazine Europe jurnali tomonidan “ Yil boshlig’i ” nomiga ega bo’ldi.
— 2011 yili Fobes jurnali Kasperskiyning boyligini 800 mln dollar deb baholadi. Bu eng boy rossiya biznesmenlarining 200 taligidagi 125 o’rindir. 2012 yil uchun 139 o’rin.
— Evgeniy ikkinchi marotaba uylangan bo’lib, birinchi xotinidan 2 o’g’il farzandi( Maksim, Ivan ) bor. Birinchi xotini “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasining asoschilaridan biri va direktor maslahatchisi lavozimida ishlagan.
— Evgeniy Kasperskiy sharofati bilan hozirda Gollandiya va Braziliya qamoqxonalarida kiber jinoyatchilar yotishibdi. Bular to’g’risida Kasperskiy g’urur bilan gapiradi.
— Kasperskiyga internet-pasport g’oyasi taaluqlidir, ya’ni siz internetda o’tirasiz, agar biror xavfli harakat qilsangiz, o’z harakatingizga javob berasiz.
— Uning xobbisi baydarkada suzish va o’zining ishidir. U “ mening ishim mening xobbiyimdir, mening xobbiyim mening ishimdir ” deydi.
2011 yil 19 aprelda Evgeniy Kasperskiyni Ivan(20 yoshda edi) nomli o’g’lini Infowatch (onasi shu firma direktori edi) firmasi yonida o’g’irlab ketishadi. Ivan bu firmada programmist bo’lib ishlar edi. Jinoyatchilar bu bola evaziga 3 mln evro so’rashadi. 2011 yil 24 aprelda Ivan Kasperskiy jinoyatchilardan ozod qilinadi.
Apple firmasini asoschilari bu – Stiv Djobs, Stiv Voznyak va firmaning 10% qismiga(dolya) ega bo’lgan Ronald Ueyn, lekin Ronald o’z qismini Stiv ga sotib yuborgan.
— 1976 yil Stiv Djobs va uning maktabdagi do’sti Stiv Voznyak Apple firmasiga asos solishadi va bu firmaning vazifasi, shaxsiy konstrukstiya asosida yaratilgan kompyuterlarni ishlab chiqib sotishdan iborat edi. Ishlab chiqaruvchi sifatida asosan Voznyak shug’ullanar edi. Stiv esa marketolog sifatida ish yuritar edi.
— Stiv Djobs vegeteryan edi(go’sht mahsulotini yemaydigan inson). Balki firma nomiga ham bu sifat ta’sir qilgandir.
— Apple firmasiga 1- aprel “hazilkashlar” kunida asos solingan.
— Stiv Djobs din tomonidan buddist edi.
— Apple ning birinchi logotipi sifatida “Isaak Nyuton” tanlab olingan.
— Dunyo bo’yicha apple firmasining hodimlar soni – 35000 ta.
— Apple firmasi birinchi bo’lib sichqoncha va trekpad(notebook larning sichqonchasi) ni yaratgan.
— Apple ning dastlabki lozungi(shior) – “Olma ichidagi bayt” edi.
— Apple.com sayti dunyo bo’yicha saytlar reytingining top 50 taligiga kiradi.
— Birinchi Apple iPhone ishlab chiqilganda, Stiv Djobs barcha hodimlarga bu apparatni tekinga bergan.
— Dastlabki kompyuterlar ichidan, birinchi Apple kompyuteri uzoq vaqt ishlatilgan(taxminin sotuvda 11 yil turgan)
— Statistikaning bergan ma’lumotiga ko’ra 1 yil mobaynida foydalanuvchi 50 soat vaqtini kompyuterni xatoliklarini tuzatish uchun sarflar ekan. MAC operastion tizimida bu ko’rsatkich 5 soatni tashkil qilar ekan.
— Macintosh da dastlabki ko’rsatilgan surat – Disney qahramoni Skrudj Makdak(o’rdak) edi.
— Apple firmasining birinchi do’koni(magazini) Virdjina va Kaliforniya shtatlarida ochilgan.
— Apple Lisa kompyuteriga Stiv Djobs qizining ismini bergan.
— Macintosh so’zi olmaning bir turi ekanligini ko’pchilik bilmasa kerak. Bu nomni Apple firmasi hodimi Djef Raskin bergan.
— Birinchi rangli, raqamli fotosurat AQSh davlatida 1994 yil Apple firmasi tomonidan olingan. Bu surat Apple AuickTake 100 apparatida olingan. MAC operastion tizimiga bu apparat ketma-ket port orqali ulanar edi.
— Mac OS X Lion operastion tizimi standart rasmi(oboe) sifatida astrofotograf Roberta Gendlera olgan Andromeda M31 gallaktikasi qayd etilgan. Apple firmasi dizaynerlari bu rasmni qayta ishlab, o’z uslublariga moslashtirishgan.
— Apple firmasi dastlab iPad ustida ishlashni boshlashgan, lekin taqdir taqazosi bilan dastlab ommaga iPhone taqdim etilgan. iPad esa 3 yildan so’ng sotuvga chiqgan.
— Firmaning asoschilaridan biri Stiven Voznyak 1987 yildan beri bu firmada ishlamaydi, lekin o’sha yerda hisobda turadi, hattoki unga oylik ham chiqadi.
— 1977 yil Apple II kompyuteri chiqganda, Stiv 25 yoshda edi va u o’z tengqurlari orasida eng yosh millioner edi.
— 90% Apple firmasi ishchilari Stiv Djobs bilan ko’rishishmagan.
Telegram va Vkontakt ijtimoiy tarmoqlarining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder(rubl bo’yicha) bo‘lgan rossiyalik dasturchi Pavel Durov 1984 yil 10 oktyabrda tug‘ilgan.
11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “ заставка ” larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.
2006 yilda Pavel Sank Peterburg davlat universiteti ning filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda o‘qish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, “ zahiradagi leytenant ” unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu yili Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.
Universitetda o‘qish mobaynida u, ikkita internet proyekt yaratadi( durov.com, Spbgu.ru ),ikkalovi ham o‘zining universiteti(SPbGU) va Rossiyaning boshqa universitetlari o‘rtasida referat va ideyalarni almashish imkonini beradigan proyekt edi.
Durovning o‘rtog‘i unga facebook ijtimoiy tarmog‘ini ko‘rsatadi va undan ruhlangan Pavel, Rossiyaliklar uchun facebookga o‘xshagan ijtimoiy tarmoq yaratishga kirishadi, bu proyektni dastlab u Student.ru deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin Vkontakt nomiga o‘zgartiradi( har bir talaba baribir o‘qishni bitiradi, ya’ni talabalik maqomidan chiqadi deb o‘zgartiradi). Vkonakte yaratilgandan so‘ng(2006 yil 1 oktyabr), bu sayt faqat barcha universitet talabalarining anketalarini saqlash uchun ma’lumotlar bazasi sifatidi ish boshlagan, keyinchalik ijtimoiy tarmoq sifatida rivojlanib ketgan.
Bu proyekt ustidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lgan, sud bir necha bor ish olib borgan, buning sababi, avtorlik xuquqidir ya’ni, sayt kontenti o‘g‘irlaganlik.
Pavel Durov, dasturlashga oid xar hil chempionatlarda, rossiyalik talabalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelmoqda.
Qiziq ma’lumot, Durov 7 yoshacha «R» harfini ayta olmagan ekan.
Pavel vegeteran hisoblanadi. Undan tashqari alkogol ichimliklardan, qimmatbaho uylardan, avtomashinalardan yiroqda yurar ekan. Ishga ham metroda borar ekan, lekin sayohat qilishni kanda qilmas ekan.
O‘zining kumiri sifati Durov Apple asoschisi Stiv Djobs ni bilar ekan.
Pavel 2011 yil, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 7.9 milliard bilan 350 o‘rinni egallagan(wikipedia).
2012 yil Digital Life Design (DLD) konferensiyasida Pavel Durov Vikipediya on-layn ensiklopediyasi uchun 1 million dollar dan voz kechadi.
2012 yil 19 noyabrda “ Mann, Ivanov va Ferber ” nashryoti Nikolay Kononovaning “ Kod Durova ” deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durovga bag‘ishlangan bo‘lib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.
AR Films kompaniyasi, prodyusser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni kino ko‘rinishida namoyon qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014 yilda ommaga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
2013 yil Durov “ Digital Forest ” kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.
Sayyoramizdagi eng birinchi Linux’chi — Linus Bеnеdikt Torvalds . Axborot t е xnologiyasi olamida vaqt juda t е z o‘tadi. 22 yoshida butun jahonga eng ommaviy «erkin» — OS Linux op е ratsion tizimi yaratuvchisi, o‘sha davrda hali X е lsinki Univ е rsit е tining talabasi — Linus Torvalds, 40 yoshga to‘lmay turib, AQSH kompyut е rlar tarixi Muz е yining shuhratlar zalidagi mashhur insonlar safiga kirgan dunyodagi eng yosh kishiga aylanadi d е b kim o‘ylabdi.
Linus Torvaldsning jahon hamjamiyati oldidagi xizmatlari nimadan iborat? U yozgan Linux op е ratsion tizimi yadrosining birinchi v е rsiyasi int е ll е ktual mulk an’anaviy prinsipial tuzilishiga raqobatchilik qilgan ochiq dastlabki kodi dasturiy ta’minot rivojlanishi uchun turtki bo‘ldi. Linusning tarjimai holi ham juda qiziqarli.
Linus B е n е dikt Torvalds 1969-yil 28-d е kabr kini Xеlsinki (Finlyandiya) shahrida tug‘ildi. Torvaldsning ota-onasi, shv е d millatiga mansub, finlyandiyalik Nils va Anna Torvaldslar o‘tgan asr 60-yillarida talaba bo‘lganlar, otasi siyosat bilan shug‘ullanib, 70-yillarning o‘rtalarida Linus bilan birga, bir yil Moskvada faoliyat yuritgan. 1988-yilda Linus X е lsinki Univ е rsit е tiga o‘qishga kiradi, univ е rsit е tni 1996-yilda tugatib, kibеrnеtika magistri darajasini oladi
Bugungi kunda Linus Torvalds karate bo‘yicha olti karra Finlyandiya ch е mpioni va Linusning sobiq talabasi, rafiqasi Tuvе (fin. Tove) va uchta qizi bilan Portl е nd shahri (AQSH, Or е gon shtati)da yashaydi.
1997-yil f е vral oyidan 2003-yil iyun oyigacha Linus Torvalds «Transmeta Corporation» kompaniyasida ishlagan, shundan so‘ng «Open Source Development Labs» (hozirgi — «The Linux Foundation») kompaniyasiga ishga o‘tadi. Linux Foundation Biv е rtonda (ingl. Beaverton) joylashgan bo‘lsa ham, Torvalds ko‘pincha uyida ishlaydi.
1981-yilda Linusning buvasi mat е matik Lеo , nabirasini o‘zining mat е matik hisoblashlarda foydalanadigan «Commodore VIC-20» elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan tanishtiradi. Shundan so‘ng Linus dasturlashtirish bilan qiziqib qoldi va mashina qo‘llanmasini o‘qib chiqdi. U kompyut е r bo‘yicha jurnallarni o‘qiy boshladi va avvaliga BASIC k е yin esa ass е mbl е rda o‘zining shaxsiy dasturlarini yoza boshlaydi.
Maktab yoshidan Linus mat е matika fani bo‘yicha muvaffaqfiyatlari uchun stip е ndiyalar olgandi. Birinchi sotib olgan EHM’ning o‘sha davrda bahosi d е yarli 2000 AQSH dollaridan iborat bo‘lgan — «Sinclair QL» qurilmasi edi.
Maktabni tugatib, Linus Xеlsinki univеrsitеtining informatika kursiga o‘qishga kiradi. So‘ng bir yil harbiy xizmatda bo‘ladi
Endryu Tanеnbaumning «Opеratsion tizimlar: ishlab chiqish va amalga oshirish» ( Operating Systems: Design and Implementation ) kitobini o‘qib chiqishi Torvaldsning hayotidagi muhim hodisa bo‘ldi. Kitobda Tan е nbaum tomonidan yozilgan «Minix» OT misolida UNIX turkumi tizimlari tuzilishi taqdim etilgan. Linus o‘qiganlariga juda qiziqib qoladi. K е yinchalik u 386 prots е ssori asosidagi yangi kompyut е r sotib oladi va «Minix» op е ratsion tizimini o‘rnatadi.
Tizimdagi kamchiliklarni aniqlab, shaxsiy t е rminal emulyatorini yoza boshlaydi, unda vazifalarni o‘zgartirishni amalga oshiradi. Shundan so‘ng Linus dasturga yangi va yangi funksiyalarni qo‘shib boradi, bularning hisobiga t е zlikda dastur to‘laqonli op е ratsion tizim xususiyatlariga ega bo‘lib boradi.
1991-yil 17-s е ntabr kuni Linus umumiy foydalanish uchun dasturning dastlabki kodi (0.01 v е rsiyasi)ni taqdim etadi. Tizim darhol katta qiziqish uyg‘otadi. Yuzlab, k е yinchalik minglab dasturchilar tizimga qiziqadilar (dastur dir е ktoriyasini, boshqa variantlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, «Linux» d е b ataydilar) va uni yaxshilash hamda to‘ldirish ustida ishlay boshlaydilar. U GNU — GPL jamoatchilik lits е nziyasi shartlari bilan tarqalib k е lgan va hozirgi kungacha tarqalib k е lmoqda.
«Minix» muallifi, prof е ssor Endryu Tanеnbaum kutilmaganda tizim dizaynini qattiq tanqid qilib chiqadi: «1991-yilda monolit yadro yaratilishi — fundam е ntal xato d е b hisoblashda davom etaman. Siz m е ning talabam bo‘lmaganingizga shukur qiling: bunday dizaynga yuqori baho qo‘ymagan bo‘lardim » (Linus Torvaldsga xatdan). O‘z kuzatishlarini Tan е nbaum «Linuks eskirib qolgan» d е gan sarlavha bilan ataydi.
Monolit yadrodan tashqari, Tan е nbaum «Linux»ni ko‘chirib o‘tilishi mumkin emasligi uchun ham tanqid qiladi. Tan е nbaum 80 x 86 prots е ssorlari RISC arxit е kturasiga o‘rnini bo‘shatib, yaqin k е lajakda yo‘q bo‘lib k е tishini bashorat qiladi.
Tanqid Torvaldsga kuchli ta’sir qiladi, axir Tan е nbaum mashhur prof е ssor bo‘lgan va uning fikri ahamiyatga ega bo‘lgan. Biroq ushbu masalada u xato qilar edi, Linus Torvalds esa o‘zini haq d е b hisoblaydi.
Linus tomonidan yozilgan yadroning ochiqligi uni 1983-yilgacha mavjud bo‘lgan UNIX tizimi erkin varianti loyihasi GNU ishlanmalari bilan (GCC kompilyatorlari, OT baza utilitlari) birgalikda foydalanish imkonini b е rdi (ushbu butun tizim ko‘pincha «Linux» d е b ataladi, ammo uni «GNULinux» d е b atash to‘g‘riroq bo‘lardi). Tizimning mashhurligi oshib bordi va k е yinchalik butun jahonda jurnalistlar uni tez-tez tilga ola boshladi. «Linuks» va Linus mashhur bo‘lib k е tdi.
Torvalds «Linux» savdo b е lgisiga egalik qiladi va «Linux International» notijorat tashkiloti orqali hamda butun jahonda «Linux» foydalanuvchilari yordamida undan foydalanishni kuzatib boradi.
Dasturlash tili / Davlat
1C dasturchi
O'zbekistonda
350-800
Rossiyada
C++ dasturchi
Ukrainada
1000-4000
300-1400
PHP dasturchi
200-1000
AQSH da
700-3000
Java dasturchi
1000-5000
350-2300
Sql, Oracle dasturchi
5000-7000
500-3000
800-3500
500-1600
ATB(avtomatik tizimlar boshqaruvi) dasturchi
300-2000
4000-10000
2000-5000
300-1100
.NET dasturchi
3000-5000
4000-8000
1000-2000
1000-3000
Delphi dasturchi
350-2500
1000-1500
5000-12000
500-1000
Python dasturchi
400-750
5000-15000
500-8000
3000-5000
Object C dasturchi
350-900
1000-4000
500-1500
500-1800
JavaScript dasturchi
400-6000
500-1000
7000-13000
300-800
Flash dasturchi
800-3500
500-7000
2000-5000
1200-3500
Tizim administratori
250-700
1500-4000
4000-10000
400-1500
5000-12000
400-1200
300-1000
4000-9000
300-5000
1000-2000
4000-6000
800-2000
2000-10000
Bu savolni ko'pchilik endi dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar berishadi. Bunga asosiy sabab esa albatta eng "yog'li" dastulash tilini o'rganish va uning yordamida ko'p pul ishlashdir. Lekin bu masalada shoshib qaror qabul qilish yaramaydi. Chunki, inson avvalo o'z qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib o'zi uchun dasturlash tilini tanlasa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Dasturlash huddi biron bir asar yozishga o'xshaydi. Asar kitob qilib yozilishidan avval oddiy oq qog'ozdir. U hech qanday ma'noga ega emas, hech qanday qadr-qimmati ham yo'q. Uning narxi deyarli bepul. Lekin, yozuvchi aql-idrokini ishga solib, o'z tasavvuri va sirli qalami yordamida o'sha oddiy oq qog'ozga ma'no beradi, jon bag'ishlaydi, uning qadr-qimmatini oshiradi(ba'zida bebaho ham qiladi). Endi u bir parcha oddiy qog'oz emas, u endi qandaydir sarguzasht yoki fantastik yoki ishqiy asardir. Odamlar uni o'qib, undan ma'naviy ozuqa olishlari mumkin. Dunyo qarashlarini boyitishlari yoki qandaydir zaruriy bilimga, ilmga ega bo'lishlari mumkin. Kompyuterlar, telefonlar, planshetlar, har xil texnikalar ham huddi o'sha oddiy qog'ozga o'xshaydilar. Kerakli dasturiy ta'minotsiz u bir parcha temir-tersakdir. U hech qanday xususiyatga ega emas. Insonlar uchun hech qanday naf keltirmaydi. Lekin dasturchi o'z bilimlarini, aql-idrokini ishga solib huddi o'sha temir-tersakka jon bag'ishlaydi. Ularni insonlarga xizmat qilishi uchun kerakli amallarni qiladi. Shunday ekan to'g'ri tanlov qilish tanlov qilayotgan odamga kelajakda "buyuk, nasriy, ommabop asarlar" yozishi uchun mustahkam poydevor bo'ladi. Quyida har xil dasturlash tillarida "asarlar" yozadigan dasturchilarnining o'rtacha oyliklari keltirilgan. Odatda dasturchilarning oyliklari biron bir davlatda aniq belgilab qo'yilmagan. Biron bir davlatda har bir kompaniya o'zining iqtisodiy holatiga, loyihalariga, mijozlariga qarab, dasturchilarning bilimlari va bajarayotgan vazifalariga ko'ra, qo'l ostidagi har bir dasturchi uchun individual oylik to'lashi mumkin. Yuqoridagi jadvalda raqamlar va kantsiya taklif qiladigan resurslarni analiz qilish natijasida aniqlangan. Maoshlar shartli birlikda keltirilgan.
Internetda winocm niki bilan tanilgan 17 yoshli maktab o‘quvchisi Apple’ga ishga kirganligini ma’lum qildi. Bu haqda Cult of Mac blogi. Apple’da qanday vazifaga ishga olishganini winocm aniq bayon etmagan, ammo uning faoliyat sohasiga qaralganda, kompaniya undan xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida foydalanishi mumkin. Chunki winocm internetda 2011-yildan buyon operatsion tizimlarni buzish bilan shug‘ullanuvchi hamda iOS’ning 6.1.3–6.1.5 versiyalari proshivkasi uchun jeylbrek chiqargan xaker sifatida mashhur.
2013-yili winocm iOS va OS X operatsion tizimlarining yadro kodlarini butunlay boshqatdan ko‘chirib chiqqan va ularni Apple mahsulotlaridan boshqa qurilmalarida ham ishlaydigan holatga keltirgan. O‘zining ta’kidlashicha, winocm dasturchilar jamoasi iPhone uchun operatsion tizim yaratishda bajargan ishlarning barchasini bitta o‘zi qaytadan qilib chiqqan. Natijada esa iOS operatsion tizimini Nokia N900 smartfoniga o‘rnatib ishga tushira olgan.
Hozirda 17 yoshda bo‘lgan winocm dasturlash ishiga to‘qqiz yasharligidan qiziqqan. Boshqa xakerlar kabi, u ham o‘zi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaydi, jumladan, asl ismi-sharifini bildirmaydi.
Apple bu yigitchani ishga olar ekan, xakerlar xizmatidan foydalanish an’anasini davom ettirmoqda, deya Tjournal. 2011-yili kompaniya JailbreakMe yaratuvchisi Nikolas Allegrani yordamchi sifatida yollagan edi, o‘shandan beri u jeylbreyk yaratishda ishtirok etmayapti.