Просмотр содержимого документа
«7 savolga 7 javob 7 ball bellashuv tadbiri»
E`lon
Assalom aleykun hurmatli va aziz o`qituvchilari bugun 7”A”,7”D” va 7”F” sinflar o`rtasida bo`lib o`tadigan 7 savolga 7 javob 7 ball bellashuv tadbiriga sizlarni lutfan taklif qilaman hurmat bilan informatika va axborot texnalogiyalari fani o`qituvchisi Murodova Umida
Soat : 12:00
Manzil Informatika Kabinet N2
Bellashuv shartlari
1-shart . Tanishtiruv
2-shart .Kim tez , aniq va to`g`ri hisoblaydi
3-shart . Sardorlar bellashuvi
4-shart . Qoidani to`g`ri yoz
5-shart . Erkin mavzu
6-shart . Krasword
7-shart . Kompyuterda tez yoz
1-shart . Tanishtiruv
Bu shartda sinf nomi guruh nomi shior maqsad va sardor e`lon qilinishi kerak
2-shart .Kim tez , aniq va to`g`ri hisoblaydi
1. 1234 5 =x 16
2. ABC 16 =X 5
3 . -37 10 =X 2
4. -19 10 =X 3
5. Guruh nomingiz necha bayt necha bit
6. INFORMATIKA so`zi necha bit
7. 704 BIT=???BAYT
3-shart . Sardorlar bellashuvi
7A84CA616+34AA32B16=????????16
4-shart . Qoidani to`g`ri yoz
Informatika fani axborotlar ustida (izlash , to`plash ,saqlash)amallarni bajaruvchi fan. Axborot bu insoniyatning barcha sezgi organlari orqali borliqni olamni ongidagi ta`siri yoki tasvirlanishi
5-shart . Erkin mavzu
6-shart . Krasword
Informatika fani nimani o'rganadi
"Informatsiya" so'zi turli tillarda ishlatilib, ma'nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma'lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma'noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so'zi axborot deb tushuniladi.
Informatika fan sifatida
XX asrning 50-yilIarida yangi fan - informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique ) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo'lgan. Uning tarjimasi "axborotli avtomatika" degan ma'noni bildiradi.
Bu terminning inglizcha varianti ham bor bo'lib, u "Computer science" , ya'ni "kompyuter ilmi" deb ataladi.
Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.Axborot tushunchasi
Axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot - ertangi ob-havo, yerning ozuqa bilan to'yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi; tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar; muhandislar uchun - texnika va texnologiyalar; o'quvchi uchun - fanlardan olayotgan ma'lumotlari. Boshqa sohalarda ham o'z sohalari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko'rib kelgan.
Axborot nazariyasi asoschilaridan bin amerikalik Klod Shennon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e'tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash deb qaraydi