kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Mavzu: Dastur va dasturlash tillari

Нажмите, чтобы узнать подробности

        Dasturlash tillari tarixidan.  Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi.

        Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog‘liq murak­kab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sishi uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi tuzilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Mavzu: Dastur va dasturlash tillari»

Mavzu: Dastur va dasturlash tillari

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Dasturlash va dasturlash tillari haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish..

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.

Darsnin rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.O`quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, fanga bo‘lgan qiziqishini ortirish, zamonaviy texnika o‘zgartirishlariga ko‘nikma va malaka hosil qilish;

Pedagogik vazifalar: O’quv faoliyatini natijalari.

O’qitish usuli: ma’ruza, namoish, klaster, BBB, aqliy hujm

Darsda kerakli bo`lgan jixozlar: ma’ruza matni, doska, kompyuter tehnologiyasi, multimediya proektori

DTS: dasturlash va dasturlash tillaridan foydalanishni bilish.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

Maniotoring va baholash: og’zaki so’rov, tezkor so’rov, nazorat so’rovlari.

Kommunikativ kompetensiya:

-O’z fikrini og’zaki va yozma ravishda tushunarli bayon qila olish,dars davomida adabiy tilda so’zlashishga erishish;

-Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavzuga doir turli xil adabiyotlar,jumladan,kitob,jurnal,televizor,telefon,kompyuterdan foydalana olish;

-O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: dars davomida o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,mustaqil o’qib-o’rganish,bilimini muntazam oshirib borish;

Darsning shiori: Intilganga tolе' yor.





Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy.(33- daqiqa)

Dastur va dasturlash tillar mavzusi (33 daqiqa)

Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.

3-bosqich. Yakuniy.(4- daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.


  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.



I. Darsning tashkil etilishi:

1.Salomlashaman.

2.Navbatchi o`quvchining axboroti tinglanadi.

3. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish

4.O`quvchilar bilan quyidagi savol-javobni o`tkazaman.

O`qituvchi: Assalomu-alaykum, o`quvchilar.

O`quvchilar: Assalomu-alaykum.

O`qituvchi: Hozir qanday dars?

O`quvchilar:Hozir informatika darsi.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

O`quvchi: Bugun men navbatchiman.

O`qituvchi: Bugun qanday kun?

O`quvchi: Bugun juma kuni.

O`qituvchi: Asrimiz qanday nomlanadi?

O`quvchi: “Zamonaviy texnologiya va Intellektual yoshlar yili” deb nomlanadi.

O`qituvchi: Uyga vazifa nima?

O`quvchi: O’qib kelish

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

O’tilgan mavzuni takrorlashda o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. Tezkor savol-javob o’tkaziladi. Bunda har bir guruhga alohida savollar beriladi.

I – guruhga savollar.

Savollar

Javoblar

Algoritm turlari nechta?

3 xil turi mavjud.

Chiziqli algoritm deb nima aytiladi ?


Barcha korsatmalar ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar.

Takrorlanish boshlanishini bildiradigan blok-sxemasi qanday?



Qanday dasturlash tillari mavjud

Basic, Pascal, Vba, Delphi, C, C++.

Model deb nimaga aytiladi?

Haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nushasidir.

Algoritm deganda nimani tushunasiz?

Biror bir maqsadga erishishga yonaltirilgan, ijrochi bajarishi uchun mo’ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi.





II – guruhga savollar.



Savollar

Javoblar

Algoritmning asosiy xossalari nechta?

Algoritmning asosiy xossalai 5 ta

Model so’zi qaysi tildan olingan va qanday manoni anglatadi?

Lotinchadan olingan bo’lib modulus-o’lchov,me’yor degan ma’noni anglatadi.


Informatika nimani o’rganadi?

Kompyuter texnikasining qo‘llanishiga asoslangan fan bo‘lib, u axborotni izlash, to‘plash, saqlash va inson faoliyatining turli sohalarida ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganuvchi sohadir.

Axborot qanday turlarga ajratiladi?

Uzluksiz (analog) va uzlukli (diskret, raqamli) turlarga ajratiladi

Kompyuterda masalalarni yechishda 3 bosqich qanday bosqich?

3 bosqich algoritm tuzish yani masalaning modelidan foydalanib ,hal etishning ko’rsatmalar ketma ketligi tuziladi.

Abstrakt modelning necha guruhga bo’linadi?

2 guruhga bo’linadiMatematik, iqtisodiy matematik.


Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchirag’batlantiriladi.



III. Yangi mavzuni tushuntirish

Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qismning – texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o‘yinchoq» bo‘lib qolaveradi.

Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo‘ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko‘rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.

Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.

Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

Dasturlash tillari







Quyi darajadagi

dasturlash tillari;



O`rta darajadagi dasturlash tillari;



Yuqori darajadagi dasturlash tillari






Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalariga («ENIAC», «MESM» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.

O‘rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatildi. Masalan, ST 5, BSUM ifoda 5 raqamini BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-store—joylashtirish) degan buyruqni beradi.

Yuqori darajali dasturlash tilla­ridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi.

Keyingi yillarda juda ko‘p yuqori darajadagi dastur­lash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular qatoriga Paskal, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic Application kabi tillarni qo‘shish mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi.

Dasturlash tillari tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi.

Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog‘liq murak­kab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy hosili yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sishi uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi tuzilgan.

XIX asrda fransuz Jozef Mari Jakkard 1804 - yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida to‘quv dastgohlari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.

1836 - yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita ajdodi bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob nati­jalarini «eslab» qolishida edi.

1843 yilda ingliz mate­matigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayron­ning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi lozimligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dastur­lash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan til yaratilishini talab etdi.

Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida in­son tiliga yaqin bo‘lgan buyruqlar tizimini qo‘llash masalasi qo‘yildi va hal etildi.





Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.

Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yil

Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yili

Plankalkyul

1946

PL/1,Beysik

1964

Qisqa kod

1949

Algol W

1965

Assembler «Edsak» , AO

1950

Logo

1967

Avtokod «Madlen»

1953

Algol 68

1968

Tezkor kodlash

1955

APL

1969

A-2, Flou-metik

1956

Paskal

1970

IPL-1, Mat-metik

1957

Fort

1971

Fortran

1958

Prolog, Si

1972

Algol 58

1959

Ada

1972

APT, LISP, Kobol, Algol-60

1960

Smoltok

1980



Paskal tilining umumiy tasnifi

XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan frantso’z olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan PASKAL tili Shvetsariyaning Tsyurix shahridagi Oliy texnika maktabining professori Niklaus Virt tomonidan 70-yillarda yaratilgan bo’lib, 1979 yilda standart Paskal deb tasdiqlangan. O’zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraliligi tufayli bu til butun dunyoga tezda tarqaldi.

Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikroEHM lar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to’griligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma'nosi yaqqol tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.Paskal ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisob ishlarini bajarishga muljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tuzishga imkon beradi. Yana bir afzalligi shundan iboratki, foydalanuvchi xatolikka yo’l kuymasligi uchun yoki xato yezib kuygan bo’lsa, tez tuzatib olishi uchun dasturda ishlatilgan o’zgaruvchilar oldin-dan qaysi turga (toifaga) mansub ekanligi belgilab quyilgan bo’ladi. Shu bilan birga dasturning barcha elementlari haqida ma'lumot tavsiflash bo’limida mujas-samlashgan bo’ladi Operatorlar soni esa imkon darajasida kamaytirilgandir.

C++ dasturlash tilining umumiy tasnifi

C++ dasturlash tili C taiga asoslangant.tt C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan yana operation sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL wing ko'p hossalarini Kerrigan van B da UNIX operationsistemasining birinchi versiyalarini yozgan.  

BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.

C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi.

  1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi.

Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi.

 Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi.

  C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.

Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.

C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir.

Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.

Delphi dasturlash tilining umumiy tasnifi

Delphi dasturlash tiliWindows uchun mo’ljallangan bo’lib, uning barch versiyasiWindows 3.1 operatsion sistema qobig’ida ishlagan Windows95 operatsion sistemayaratilgandan so’ng, 16-razryadliadi Delphi 2, keyinroq 32-razryadli Delphi 3 versiyasi yaratildi. Windows 98 operatsion sistemasi uchun Delphi ning to’rtinchi versiyasi vaxozirgi kunda Delphi 5 ва Delphi 6-7 paydo bo’ldi. Delphi – bu tezkor dasturlash muhiti bo’lib, uning dasturlash tili sifatida Delphi tili qo’llaniladi. Delphi tili – qat’iy tiplashtirilgan ob’ektli til bo’lib, uning asosida object Pascal yotadi.

Ayni vaqtlarda dastruchilar Delphi paketining navbatdagi versiyasi – Borland Delphi 7 Studio dan foydalnishlari mumkin. Avvalgi versiyasi singari Borland Delphi 7 Studio turli dasturlarni yaratish imkonini beradi: oddiy bir oynali dasturlardan tortib toki ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturlargacha. Ushbu paket tarkibiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlovchi, XML-hujjatlar bilan ishlovchi, ma’lumotlar sistemasini yaratuvchi va boshqa masalalarni yecha oluvchi utilitlar mujassamlashgan. Yetinchi versiyaning asosiy yutug’i .NET texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi.

Borland Delphi 7 Studio Windows 98 dan toki Windows XP operatsion sistemalardi ishlay oladi. Kompyuterlarga qo’yiladigan talablar: 166 MGs taktli chastotadan kam bo’lmagan Pentium yoki Celeron tipidagi protsessor (Pentium II 400 MGs tavsiya etiladi), tezkor xotira – 128 Mbayt (256 MBayt tavsiya etiladi), diskdan yetarlicha bo’sh joy (Enterprise ning to’liq o’rnatilishi taxminan 457 MBayt ni egallaydi).

O`quvchilar endi ko`zlarimizga bir oz dam beramiz .

Dam olish daqiqasi .Ko`z uchun .Mashqlar o`tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi .1-4 hisobda ko`z mushaklarini tarang tortib ko`zni yumamiz.1-6 hisobda ko`z mushaklarini bo`sh qo`yamiz va ko`zni ochamiz.(4-5 marta takrorlanadi ).

Mavzu yoritilib bo’lgach o’quvchilar darsni qanchali o’zlashtira olganligini aniqlash uchun BBB jadvali metodini qollaymiz.











BBB jadvali

Mavzu savollari

Bilaman

Bilib oldim

Bilmoqchiman

1.

Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering.




2.

Dasturlash tillari necha guruhga bolinadi ?




3.

Dastur deb nimaga aytiladi ?




4.

Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?





5.

Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?





6.

Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi?





Mustahkamlsh uchun testlar


1.Dasturlash tillari shartli ravishda necha guruhga ajratiladi?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

2. O`rta darajadagi dasturlash tillari boshqacha qanday ataladi?

A) tarnslyatorlar B) operatorlar

C) mnemokodlar D) assemblerlar

3. Dasturlash tili deb nimaga aytiladi?

A) kompyuter buyruqlari B) algoritm turi

C) IKS D) kompyuter tushunadigan til

4.Tuzilgan dasturni kompyuter xotirasiga kiritish masalani kompyuterda yechishning nechanchi bosqichida amalga oshiriladi ?

A) 3-bosqich; B) 4-bosqich;

C) 5-bosqich D) 2-bosqich ;



V. Uyga vazifa

II bob,12-mazuni o`rganish.29-31-betlar

Foydalanilgan asosiy manbalar

1.B.Boltabayev, M.Xakimov, A.Azamatov.Pascal tilida dasturlash.Metodik qo’llanma-T:2007

2.SH.Xidirov, B.Xurramov, G.Ishanxodjayeva.Algoritm va Pascal dasturlash tili bo’yicha berilgan misol va masalalar yechish usullari.O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma-T:2012 c”NIHOL “nashriyoti.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 10 класс

Скачать
Mavzu: Dastur va dasturlash tillari

Автор: Айшева Эльмаз

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545925

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(29) "Dastur va dasturlash tillari."
    ["seo_title"] => string(28) "dastur_va_dasturlash_tillari"
    ["file_id"] => string(6) "546485"
    ["category_seo"] => string(11) "informatika"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1586793987"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства