Просмотр содержимого документа
«Открытый урок на тему "кабоновые кислоты" на узбекском языке»
Buxoro Olimpiya zaxiralari
kolleji
Kimyo fani o’qituvchisi Sharipova Amina Fayzullayevnaning “Bir va ko’p atomli
karbon kislotalar” mavzusida
ochiq dars ishlanmasi.
Buxoro – 2017
Mavzu: Bir va ko’p atomli karbon kislotalar
Guruh: S/F-39-16 Talabalar soni: 33 nafar
Darsning maqsadi: Talabalarga karbon kislotalar va ularning turlari, izomeriyasi, nomenklaturasi, olinish usullari, xossalari haqida ma’lumotlar berish; yangi pedagogik texnologiyalar yordamida ularda mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, fan asoslarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlarini hamda bilishga intilish faolliklarini oshirish, aqliy mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash.
Darsning jihozi: Organik moddalardan tarkib topgan jismlardan namunalar va ko’rgazmalar, laboratoriya jihozlari.
Darsda foydalaniladigan tеxnologiya: Seminar dars, muammoli vaziyatlar, kimyogarning o’zi qiziq.
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Organik modda, izomeriya, tuzilish nazariyasi, zanjir, Jeneva, trivial, gomolitik, geterolitik, radikal, nukleofil, elektrofil, siklik, asiklik..
Darsning turi: Nazariy.
Dars jihozlari: Kompyuter, videoproyektor, kodoskop.
Darsning borishi:
Talabalar bilan salomlashish, navbatchi axboroti.
I.Tashkiliy qism:
a) Talabalar bilan salomlashish;
b) navbatchi bildirgisini tinglash;
v) Talabalar davomatini tekshirish;
s) bugungi kun yangiliklari bilan fikr almashinish.
Dars shiori:
Dunyo sirlarini o’rganib bir-bir,
Kashfiyotlar sari, olg’a boramiz.
Ajdodlar o’gitin etib dilga jo,
Mustaqil Vatanga sodiq bo’lamiz.
O’qituvchi so’zi: Bugungi darsimizda oltin qoidalarga rioya qilamiz:
Oltin qoidalar:
1. Intizom ;
2. Qo‘l ko‘tarish ;
3. Tinglash ;
4. Faollik ;
5. O‘zaro hurmat ;
6. Mas’uliyat ;
7. Reglament ;
8. Jadallik ;
9. Lirik chekinish ;
10. Erkin fikr ;
11. Mening fikrim yagona emas, o’zgalarniki ham qadrli ;
12. Hazil mutoyiba hamrohimiz.
Mana mening qo’limda sirli sandiqcha. Uning ichida bugun darsimizda tanishadigan kimyoviy modda joylashgan. Sizlar bu moddani ko’rgansiz. Bu oʻtkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota bo’lib, insoniyatga qadimdan maʼlum va bizning tasavvurimizda konservalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Xo’sh, bu qanday modda ekan?
Talabalar: SIRKA KISLOTA.
O’qituvchi: Ha, haqiqatdan ham bugun sizlar bilan tabiat mo’jizasi bo’lmish kislotalar, ularning xossalari, ishlatilishi bilan tanishamiz. Bugungi darsimizni matbuot konferensiyasi tarzida otkazamiz. Konferensiyamizga quyidagi mehmonlar tashrif buyurishgan:
1
Biolog
6
Shifokor
2
Bioximik
7
Dorishunos
3
Kimyogar
8
Texnolog
4
Fizik
9
Ekolog
5
Kosmetolog
10
Tarixchi
Marhamat, mehmonlar, o’z joylarini egallasinlar.
Xonimlar va janoblar! ,,Karbon kislotalar – tabiat mo’jizasi” nomli konferensiyamizga xush kelibsiz. Bugungu uchrashuvimizga telekanallar, gazeta va jurnallar muxbirlari, chet ellik mehmonlar kelishgan.
Marhamat, ularga o'z savollaringizni berishingiz mumkin.
,,Maktabda kimyo” jurnali muxbiri savoli: — Organik va anorganik kislotalar qanday farq qiladi?
Kimyogar: — T
uzilishida - karboksil guruhi bo’lgan organik birikmalarga karbon kislotalar deyiladi.
Karboksil guruhining soniga qarab ular bir va ko’p asosli kislotalarga bo’linadilar. Karboksil guruhi to’yingan uglevodorod qoldig’i bilan bog’langan bo’lsa to’yingan kislotalar, agar karboksil guruhi to’yinmagan uglevodorod qoldig’i bilan bog’langan bo’lsa to’yinmagan kislotalar deyiladi.
Karbon kislotalar kimyoviy xossalari jihatidan anorganik kislotalarga o’xhsyadi.Suvli eritmalari dissotsilanadi, indikatorlar rangi o’zgaradi. Metallar kuchlanish qatorida vodorodgacha bo’lgan metallar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi.
Asosli oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
Spirtlar bilan reaksiyaga kirishib murakkab efirlar hosil qiladi.
Biokimyogar: —Karbon kislotalarning gomologik qatori chumoli kislota H-COOH dan boshlanadi. Ularning dastlabki 3 vakilini izomerlari yo’q. To’rtinchi vakilidan boshlab izomeriya hodisasi kuzatiladi.
Kislotalarni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga kislota so’zi qo’shib o’qiladi
Fizik: — Tuzilishida uchtagacha uglerod bo’lgan kislotalar rangsiz suyuqlik bo’lib, o’ziga xos o’tkir xidga ega; suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Tuzilishida to’rttadan to’qqiztagacha uglerod bo’lgan kislotalar moysimon suyuqlik bo’lib, yoqimsiz hidga ega, suvda yomon eriydi. Yuqori kislotalar qattiq moddalar bo’lib, suvda erimaydilar. Chumoli va sirka kislotalarining zichligi birdan katta, qolganlariniki esa birdan kichikdir.
Kimyogar: — Karbon kislotalar metallar, metall oksidlari va gidroksidlari bilan o’zaro ta’sir etib, tuz hosil qiladilar:
Karbon kislotalarning tuzlarini o’yuvchi ishqorlar ishtirokida qizdirish yoki elektroliz qilish natijasida uglevodorodlar hosil bo’ladi.
,,Ma’rifat” gazetasi muxbiri Sharipovaning savoli:
Sirka kislota tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Geokimyogar:— Insonlar eng birinchi ajratib olib ishlatishga muvaffaq bo’lgan kislota bu albatta sirkadir. “Uksus” termini (lotinchada “ucid”) lotin tilidan olingan “acetum” – sirka. Qadimda vinopazlar tomonidan musallas tayyorlash jarayonida texnologiya buzilishi oqibatida massa achishi yuz bergan va sirka hosil bo’lishiga sabab bo’lgan. Avvalida ushbu suyuqlikni to’kib yuborar edila, ammo keyinchalik uni qayla, dori va erituvchi sifatida foydalana boshladilar.
Dorishunos:— Sirka kislota dori-darmonlar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Masalan: Aspirin – tarkibida atsesalitil kislotasi mavjud. U salisil kislotaning suvsiz sirka kislota (sulfat kislota – katalizator sifatida) yordamida olinadi.
U shamollashda, temperaturani tushirishda, bosh og’rig’ida va nevralgiyada ishlatiladi.
Texnolog: Zamonaviy konservalash tarixi 18 asrning o’rtalag’ri keladi, o’shanda sabzavotlarni uzoq saqlashning ehg yaxshi yo’llari deb nomlangan tanlov e’lon qilinadi.Fransiyalik oshpaz Nikolya Fransua Amper bu tanlovda g’olib chiqadi. U sharbat mahsulotlarini uzoq vaqt qaynatish ularni ko’proq saqlash muddatini oshirishini isbotlab beradi.Bu yangilik tezlikda Napoleon armiyasi uchun qo’l keladi….. Konservalash mahsulotlarining zamonaviy ko’rinishini Angliyalik
Piter Dyuran ixtiro qilgan. 1810 yilda shi qilgan yangiligi uchun patent oladi. Rossiyada esa konserva zavodi birinchi marta 1870 yilda ochilgan. Rossiyada ham eng asosiy buyurtmachi armiya bo’lgan. Birinchi konserva oziq-ovqat turlari: no'xat va no'xot sho'rva ,qovurilgan mol go'shti (yoki qo'zichoq), bo'tqa go'shtli.
Shifokor: Sizlarga shifokor sifatida maslahatim konservalardan ehtiyot bo’ling? Biz shifokorlar konserva mahsulotlarini "O'lik" oziq-ovqat deb ataymiz.
Birinchidan, shakar va tuz miqdorining meyordan ortiqligi. Ikkinchidan, har qanday uzoq muddat saqlangan mahsulot organizmga foydali emas. Bundan tashqari ular hozirgi kunda botulizm kasalligini keltirib chiqarayapti. Shuning uchun yozda qishga tayyorgarlik uchun qilinadigan konservalash mahsulotlari oxirigacha termik ishlov olmaganligi tufayli ommaviy-axborot vositalarida konserva zavodlarida ishlangan mahsulotlarni iste’mol qilishga da’vat eilmoqda.
Tarixchi:Sirka kislotasini chakana sotish va iste`mol qilishda yangi talablar joriy qilindi. Mazkur talablar aholi xavfsizlik talablarini ta`minlash, fuqarolarning sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida qaror qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi 306-sonli qaroriga muvofiq chakana savdo qoidalari o`zgartirildi. Xususan, Qoidalarga mazmundagi 471-band qo`shilgan. Ya`ni endi oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shiladigan 10 foizdan ortiq konsentrasiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yo`l qo`yilmaydi. Davlat soliq qo`mitasiga “O`zstandart” agentligi va Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chakana savdo tarmog`idagi oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shiladigan 10 foizdan ortiq konsentrasiyali sirka kislotasi sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotni olib qo`yish bo`yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko`rish topshirildi.
Редакторгазеты ,,Химиявжизни”:Расскажите пожалуйста, о реакции серебряного зеркала
Химик-технолог: Реакция серебряного зеркала является качественной реакцией на альдегиды, это реакция восстановления серебра из раствора аммиачного комплекса серебра [Ag(NH3)2]OH. Альдегиды лекго окисляются под действием мягких оксилителей, в том числе и под действием данного комплекса. К тому же реакция может быть очень интересна и для обычных показательных опытов. В результате опыта в колбе (пробирке) образуется тонки красивый зеркальный налет серебра.
,,N’yu-yorktayms” gazetasimuxbiri (ingliztilida) — I came from England to your country to get to know your education system. I was told about the innovations at the expense of the English language and about the fact that you are learning English from the first grade in schools. And today I liked your lesson-seminar and I want to check your knowledge of chemistry in English. Translate the words into Uzbek from English. Thank you.
Tarjimon tarjima qiladi: Men sizning o'quv tizimi bilan yaqindan tanishish uchun mamlakatingizga Angliyadan kelgan. Men davlatingizda ingliz tiliga bo’lgan e’tibor, birinchi sinfdan boshlab maktablarda ingliz tilining o’qitilishi yangiliklarni o’z ko’zim bilan ko’rib rosa quvondim. Bugungi konferensiyada ishtirok etayotganimdan ham mamnunman. Endi sizlarni ingliz tilidagi bilimlaringizni bir sinab ko’rmoqchiman.
Ingliz tilida yozilgan kimyoga oid so'zlarni tarjima qiling. E’tiboringiz uchun oldindan rahmat.
Kimyo
Karbon kislotalar
Sirka kislota
Olma kislotasi
Limon kislotasi
Kimyoviy xossalari
Ishlatilishi
Konservalashda
Dori
Polimerlar
Sintetik moddalar
химия
карбоновыекислоты
уксуснаякислота
яблочнаякислота
лимоннаякислота
химическиесвойства
применение
консервирование
лекаства
полимеры
синтетическиеволокна
chemistry
Carboxylic acids acetic acid Apple acid lemon acid Chemical properties Application of Canning Remedies Polymers Synthetic fibers
Men Buxoro Olimpiya zaxiralari sport kolleji ,,Tabiiy fanlar” kafedrasining Olimpiya kimyogarlari ro’znomasi muxbiri Usmonova. Savolim quyidagicha: — olma kislotasi haqida ma’lumot bersangiz?
Kimyogar: Olma kislota, oksiqahrabo kislota, rangsiz, ignasimon kristall modda. Mol. m. 134,09. Shved kimyogari Karl Sheyele 1785 yilda xom olmadan ajratib olgan. Olma kislota juda muhim 2 asosli oksikarbon kislotadir. 2 ta optik faol izomer hosil qiladi; Suv va spirtda yaxshi eriydi, qaynash temperaturasi 100°. Tabiatda L - olma kislota uchraydi. U ravoch, vino, xom olma, uzum, zirk va tamakida boʻladi. Olma kislota tibbiyotda surgilar va boʻgʻilishga qarshi preparatlar tayyorlashda ishlatiladi
Biolog:
Abu Ali ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" asarida olma mevasi xususida bir qancha ma’lumotlar qoldirib ketgan. Ibn Sino bemorning mijozi issiq yoki sovuqligini inobatga olib, olmani har xil kasalliklarda qo‘llagan. U pishmagan olma ko‘p iste’mol qilinganda buyrakda tosh hosil bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgan.
Ingliz tilida shunday maqol bor: “an apple a day keeps the doctor away”, ushbu maqol so`zma-so`z tarjima qilinganda qo`yidagi ko`rinishga ega bo`ladi: “kuniga bitta olma shifokorlardan uzoqroqda saqlaydi”. Ushbu maqol sog`liqni yanada kuchaytirish uchun insonlarni yanada ko`proq mevalarni ist`emol qilishga chaqiradi. Michigan Universitining tadqiqotchilar ushbu maqolni tekshirib chiqdilar.Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, olmalar nafaqat tanadagi ortiqcha yog` bilan kurashadi, balki yana mushaklar vaznini ham tiklar ekan.
Shifokor: Barchamiz qizil yoki sap-sariq bo‘lib, g‘arq pishgan olmani hush ko‘ramiz, nordon olmani esa unchalik ham hushlamaymiz. Buni qarangki. Biz unchalik hushlamaydigan ana shu nordon olma shifobaxshligi bilan qizil hamda sariq olmalardan oldinda turar ekan. Olma tarkibida 15 foizgacha limon kislotasi, temir, kaliy, mis, vitaminlardan V1, V2, RR va folat kislotasi mavjud. Uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (vitamin S) va pektin moddalarining mavjudligidir. Iste’mol qilingan olma xali oshkozon-ichak tizimida turgan damlardayok petin moddasi yordamida xolestirin miqdorini 10-15 foizgacha kamaytirishi aniqlangan.
Stomatolog:Tishlarni uy sharoitida oqartirishning usuli - Olma sirkasiTishingizni ushbu suyuqlik bilan ishqalang va og‘izni yaxshilab chayqab tashlang. Ushbu jarayonni bir necha kun davomida takrorlasangiz, tishlaringiz yaraqlab ketishi turgan gap!
“Maktabda biologiya” jurnali muxbiri: Limon kislotasini faqat limonning o’zidan emas, zamburug’li qo’ziqorindan ham tayyorlanar ekan. Shu haqida ma’lumot bersangiz?
Kimyogar: Limon shifobaxshligi bilan qadrlanadi . Limon mevasining yumshoq qismida 5-8 % atrofida organik kislotalar (limon , olma kislotasi) , fitonsidlar, vitaminlar C,B1,B2,P karotin , flavonoidlar , efir moylari , qand , pektin moddalar ,shuningdek unda natriy ,kaliy , kalsiy , fosfor , magniy , temir kabi elementlar mavjud . Meva po'stida 0,6 % ga yaqin efir moylari (limonen, sitral), urug'larida esa moy hamda achchiq modda - limonin bo'ladi. Limonning shox va barglarida 0,24 % gacha efir moylari bor .
Shifokor: Xalq tabobatida limon lavsha, sariq , istisqo , tosh , bavosil , o'pka sili , bod kasalliklarini davolashda shuningdek podagra, ateroskleroz , qon bosimi , vitaminlar yetishmasligida tavsiya etiladi . Limon sharbati bezgak bilan og'rigan bemorning isitmasini tushirish , chanqog'ini qondirishda yordam beradi . Limondan teri kasalliklarini davolashda ham foydalaniladi . Limondan tayyorlangan lasyon (xushbo'y suv) bilan yuzdagi husnbuzarlar hamda dog'larni ketkazish mumkin .
Limon mevalari , shuningdek undan olinadigan limon kislotasi organizmda kislota yetishmasligi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarni davolashda yordam beradi . Limon o'simligining novdalari , barglari , meva qobig'idan efir moyi olinib , undan oziq-ovqat , parfyumera hamda farmatsevtika sanoatida foydalaniladi . Farmatsevtikada limonning efir moyi ayrim dori-darmonlar ta`mini yaxshilashda ishlatiladi .
Kosmetolog: Kechqurun 1 litr suvga yarimta limonni solib yotsangiz, ertalabgacha tinib turadi. Bunday aralashmaga yuzini yuvgan ayollarga oftob nuri ta'sir qilmaydi.
Shifokor: Bir kosa qaynoq suvga 1 dona limonni to’g’rab, 1 osh qoshiq asal soling. 4-5 soat tindirib ichish qon bosimini tushiradi.
Man az gazetai ,,Xabarnomai Tojikiston”— Кислотаи чумоли дар бораи номи мӯрча вобаста аст?
Kimyogar:Chumoli kislota - bir asosli oddiy karbon kislota, NSOON; oʻtkir hidli rangsiz suyuklik; suyuqlanish temperaturasi 8,4°, qaynash temperaturasi 100,7°, zichligi 1,2126 g/sm3 (20°da). Suv, spirt va efir bilan yaxshi aralashadi. Alifatik uglevodorodlarda erimaydi, benzol, toluolda eriydi, suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Badanga tegsa kuydiradi. Yogʻ kislotalarining ichida eng oʻtkiri. Qoraqaragʻay bargida, baʼzi mevalarda, asalari va chumolida boʻladi (17asrda dastlab chumolidan topilganligidan Chumoli kislota nomi berilgan). Toʻqimachilik sanoatida, teri oshlashda, katalizator tayyorlashda, murakkab efirlar sintezida, sharbatlarni konservalashda ishlatiladi.
Tarixchi: Chumoli o‘lganidan 2 kundan keyin, uning jasadi olein kislota hidini chiqara boshlaydi. Bungacha qolgan chumolilar murdani pisand ham qilmaydilar, lekin hid chiqarishni boshlagandan keyin, uni darxol ko‘tarib “qabristonga” chumoli uyasidan ancha uzoq masofaga olib borishadi. Ko‘rinib turibdiki, chumolilar shuni biladilarki, murda har xil zararlarni tarqatadi va o‘zlarining inini yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mikroblardan himoya qilishadi. Chumolilar faqat hidni sezishadi: bir kun biologlar eksperiment uchun tirik chumoli ustiga olein kislotasini tomizib qo‘ydilar va uni o‘zining chumoli inidagi aka – ukalari kuch bilan uning hatti harakatlariga qaramay chumoli inidan tashqariga sudrab ketishdi.
Ekolog: CHumoli mehnatkash hasharot. Bundan tashqari unda chumoli kislotasi va oqsil mavjud. Mahalliy aholi qadimdan Atta laevigata turidagi chumolilarni iste’mol qilib, ularni qovurish va tuzlashdan tashqari, chumolidan turli xil souslar ham tayyorlashgan. Mahalliy hukumat chumoli fermalarini ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. CHunki u yaxshigina daromad manbaidir. Kolumbiyaning Santander provinsiyasida mazkur chumolilarni ko‘plab etishtirib, birgina o‘tgan yilda dunyoning turli mamlakatlariga 400 kilogramm cho‘moli eksport qilingan. Hozirda ushbu mahsulotini turli ko‘rinishda Londonning Harrods va Fortnum & Mason supermarketlarida xarid qilish mumkin. Buyuk Britaniyaning Edible kompaniyasi esa iste’molchilarga shokoladga qo‘shilgan chumolilarni taklif etadi.
O’qituvchi: Shu bilan darsimizning konferensiya qismini yakunlaymiz. Tashrif buyurgan mehmonlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.Endi sizlar bilan qiziqarli tajribalarni ko’ramiz:
Uyga vazifa: Test topshiriqlarini bajarib kelish.
Dars oxirida talabalar o’zlarini darsda qanday holatda ekanliklarini belgilaydilar.