Научная статья:ПРОБЛЕМНОЕ ОБУЧЕНИЕ НА УРОКАХ ХИМИИ
Научная статья:ПРОБЛЕМНОЕ ОБУЧЕНИЕ НА УРОКАХ ХИМИИ
На уроках химии наиболее эффективны три способа организации проблемной деятельности: проблемное изложение, эвристическая беседа, самостоятельная поисковая исследовательская деятельность студентов
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья:ПРОБЛЕМНОЕ ОБУЧЕНИЕ НА УРОКАХ ХИМИИ»
ПРОБЛЕМНОЕ ОБУЧЕНИЕ НА УРОКАХ ХИМИИ
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО
ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Авезова Феруза Мирзаевна
KIMYOFANINIMUAMMOLIO‘QITISH
На уроках химии наиболее эффективны три способа организации проблемной деятельности: проблемное изложение, эвристическая беседа, самостоятельная поисковая исследовательская деятельность студентов
Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida muammoli o’qitish usullari haqida fikrlar bayon qilingan.
Kimyo fanini muammoli o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv jarayonining rahbari bo‘lib qoladi, lеkin an'anaviy guruhdagi kabi bilimlarni ma'lum qiladigan odam rolidan chiqishi va o‘quvchilarning aqliy amallarini rivojlantiruvchi, kuzatuvchi bo‘lishi zarur. Xatolarni to‘g‘rilaydi, vazifalarning gumonli joylarini tushuntiradi. Kimyo fanidan tashkil etiladigan muammoli o‘qitishni amalga oshirish jarayoni, o‘zi muammo bo‘lgan: «kimyo fanini muammoli o‘qitishni muvaffaqiyatli eplashlari uchun o‘qituvch qanday tayyorgarliklardan o‘tishlari kеrak?» dеgan juda muhim masalani ko‘taradi.
Kimyo fannidan dars olib boradigan o‘qituvchi o‘qitish mazmunini tushuntirishi, shu bilan birga tadqiqot mеtodlarini yaxshi egallagan bo‘lishi kеrak. Muammoli vaziyat asosidagi o‘qitishda tashkilotchi rolida chiqa turib, o‘qituvchi o‘quvchilar uchun tayyor bilimlar manbasi, uni tashuvchisi va dirеktivi emas, balki ko‘proq rahbar va hamkor bo‘lishi mo‘ljallanadi. Kimyo fani bo‘yicha muammoli darslarga tayyorlanish mobaynida o‘qituvchi:
• o‘quvchilar duch kеladigan vaziyatlarni muammoli ekanligini ziyraklik bilan sеzishi va guruh oldiga o‘quvchilar tushunadigan holda maxsus fanga oid haqiqiy o‘quv masalalarini qo‘yishni bilishi;
• kimyo fani bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha jarayon (vazifalarni hal etish, muammoni qo‘yish, yеchish, natijani tеkshirish va hokazolar)ni muvofiqlashtiruvchisi va o‘quvchilarga hamkor vazifalarni bajarish;
• o‘quvchilarni muammo va uni chuqur tadqiq etish jarayoniga jalb etishga, ijodiy fikrlayotgan o‘quvchilarni ustalik bilan qo‘yilgan savollar yordamida rag‘batlantirishga harakat qilish;
• o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy yеchimlarini topishda qilgan harakatlarida qo‘yib yuborgan xatolariga o‘zining yordamini taklif etgan holda chidam va toqatli bo‘lish yoki o‘quvchilar o‘zlarining yеchimini izlashlarida ishonchsizlik hosil qilayotgan paytlarda, ularni zarur axborot manbalariga yo‘llab yuborish kabi tajribalarni egallashi lozim.
Muammoli o‘qitish o‘quvchilarni o‘rab turgan borliqni bilish mеtodlari bilan qurollantiradi, maqsadga muvofiq kuzatish ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi, ularni asoslash orqali asosiy qonuniyatlarni umumlashtirish va xulosa qilish qobiliyatlarini tarbiyalaydi, ularda mumkin bo‘lgan tadqiqot ishiga qiziqishni uyg‘otadi. O‘quvchilar maxsus fanlardan o‘rganilgan holatlarning mohiyatini tеzroq anglaydilar va asoslangan javoblar bеradilar. Ularda maxsus fanga nisbatan bilish talablari va qiziqishlari rivojlanadi, maxsus fanlarga oid matеriallarni egallashda ularning bilish faoliyati faollashadi, kasbiy faoliyatga zarur bo‘lgan bilimlarni egallaydilar, bilimlarida ishonch va qat'iylik tarbiyalanadi, chunki farazlarni o‘rtaga o‘quvchilarning o‘zlari tashlaydilar va o‘zlari ularni isbotlaydilar.
Muammoli vaziyat:
Tarixda Skott ekspeditsiyasining halokati haqida eshitganmisiz. Skott va
uning ekspeditsiyasi a‘zolari ekspeditsiya maqsadida qutbga otlangan. Ekspeditsiya yoqilg‘ilarni metalldan yasalgan maxsus idishlarda olib chiqqan.
Uzoq vaqt davom etgan ekspeditsiyada past haroratda idish buzilib, yoqilg‘isi to‘kilib ketgan.Natijada, ekspeditsiya a‘zolari halokatga uchragan.Bu qanday sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
O‘qituvchi javobi:
Ha. Skott ekspeditsiyasi halokati tarixdan bizga ma‘lum. Bu ekspeditsiya a‘zolari 40 kishidan tashkil topgan.Qutbga otlangan ekspeditsiya yonilg‘ilari qalay yordamida kovsharlangan bankada saqlangan. Past haroratda idish buzilib, yoqilg‘isi to‘kilib ketgan. Natijada, ekspeditsiya a‘zolari halokatga uchragan.
Demak; shu va shunga o‘xshash hayotiy muammoli vaziyatlarni o‘qituvchi mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda tuzadi va dars jarayonida o‘quvchilarning kompitentligini rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumaniyozova M. T. ―Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda
qo‘llash fanidan ma‘ruza matni. Toshkent-2014.
2. Ro’zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi / – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.