kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: "Значение воды в природе и жизни человека" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Природа и человек взаимосвязаны. Вода - это основа жизни, что природы, что человека. Человек на 80% состоит из воды, причем чем меньше мы пьем, тем хуже для организма. Это сразу заметно: кожа на лице менее эластична, отечность появляется, волосы сухие, начинает накапливаться лишний вес. Посмотрим на природу через призму воды. Все живое погибает, сохнет, одним словом, жизнь заканчивается тогда, когда вода становится дефицитом в природе, отсюда болезни, и всевозможные нежелательные метаморфозы.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: "Значение воды в природе и жизни человека" на узбекском языке»

Значение воды в природе и жизни человека

Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati

Камолова Мадина Уткир кизи

12-средняя школа Ш.Рашидовского района Джизакской области, Узбекистан


Suv tаbiаtning eng nоyob, nоdir hаmdа bеbаhо bоyliklаridаn biri hisоblаnаdi. U butun tirik jоnzоt, insоn, o’simlik vа hаyvоnоt dunyosi uchun hаyot, yashаsh mаnbаidir. Suv tаbiiy аtrоf-muhit muvоzаnаtini sаqlаb, uni mo’tаdil hоlаtdа ushlаb turuvchi аsоsiy оmil rоlini o’ynаydi. Shuningdеk, suv хаlq хo’jаligi, sаnоаt, qishlоq хo’jаligi, ishlаb chiqаrishdа аsоsiy vоsitаlаrdаn biridir. Mаmlаkаtimiz sug’оrilаdigаn dеhqоnchilikkа egа bo’lib, bundа suv muhim rоl o’ynаydi.

Suv hаyotimizning mаzmuni, umrimizning bir bo’lаgidir. Sаyyorаmizdа suv pаydо bo’lgаnidаn kеyinginа hаyot pаydо bo’lgаn. Shu sаbаbdаn оtа-bоbоlаrimiz suvni tоzа sаqlаshgа, undаn оqilоnа fоydаlаnishgа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr.

Dаrvоqе, suv insоnning nаfаqаt nаfsini, chаnqоg’ini qоndirishgа, bаlki uni pоklаsh uchun, iymоnini, e’tiqоdini mustаhkаm sаqlаsh uchun hаm zаrur tаbiiy vоsitаlаrdаn biridir. Suv bеhаd kаttа qudrаtgа egа. U eng mitti giyohdаn tоrtib, jаmiki jоnzоtgа hаyot bахsh etаdi. Bizgа quvоnch, yaхshi kаyfiyat bаg’ishlаydigаn turfа gullаrdаn tоrtib, bоg’-rоg’lаr, pоliz ekinlаri suv bilаn tirik.

Suv barcha tirik organizmlarning hayot birligi hisoblanadi. Tabiatda bo’ladigan barcha metobolitik jarayonlarlar suv ishtirokida boradi. Shuning uchun ham suv yer yuzasini ¾ qismini tashkil etadi.. Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Suvning xususiyatlari: fizikaviy, kimyoviy, organoleptik (hissiy), biokimyoviy, Suvning fizikaviy xususiyatlari.Bug’simon ko’rinishdagi suv asosan H2O ifodasiga ega bo’lgan oddiy molekulalardan iborat bo’ladi. Oddiy, boshqa molekulalar bilan birlashmagan H2O molekula gidrol deb ataladi. Ikki oddiy molekulalar birlashgan birikma (H2O)2­digidrol deb, uch molekulalisi (H2O)3 esa trigidrol deyiladi. Suyuq holatdagi suv gidrol, digidrol va trigidrol­larning aralashmasidan iborat bo’ladi. Masalan, muz asosan trigidrol molekulalaridan iborat bo’ladi

Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati quyidagilardan iborat:

1.Suv insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr ko‘ra olmaydi.
2. Dunyoda eng ko‘p foydali moddalarni o‘zida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson o‘z qo‘li bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
3. Dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelosda sotiladi. Bu suvning 1 litri 90 dollar turadi. Suvni kristallar bilan bezatilgan maxsus idishlarda sotishadi. Yoshlar bu suvni asosan idishiga qiziqib sotib oladi.
4. Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.
5. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina borarkan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi sanaladi.
6. Yugoslaviyada Sirkniskoe degan ko‘l bor. Ko‘l suvi yozdan qishga qadar g‘oyib bo‘ladi. Bahorda esa ichida balig‘i bilan yana paydo bo‘laveradi.
7. Suv tabiatda uch xil ko‘rinishga ega. Ya’ni, qattiq ko‘rinish (muz), Suyuq va gaz ko‘rinishi. Er yuzida ekologik toza suv atigi uch foizni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida bo‘ladi.
8. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93 foiz qismi suvdan iborat bo‘ladi.
9. Yer yuzining taxminan 70 foiz qismi suv bilan qoplangan. Ammo bu suvning 1 foizigina ichish uchun yaroqli.
10. Tabiatda suvning 1330 turi mavjud.
11. Ozish uchun Amerika mutaxassislari suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2, 5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Qanday qilib? Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat eyishga tutinamiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani bo‘g‘adi va shuning natijasida ortiqcha vazn yo‘qola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
12. Jazoirda bir ko‘l bor. Shu ko‘lning suviga ruchka yoki qalamni botirib bemalol qog‘ozga yozsa ham bo‘ladi. Bu yozuvni esa keyin hech qachon o‘chirib bo‘lmaydi.
13. Antarktidada ko‘l bor, uning suvi dengiz suviga nisbatan 11 marotaba sho‘rroq. Bu suv 50 daraja sovuqdagina muzlashi mumkin.
14. Odam tanasidagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
15. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qo‘llar shishib ketsa, ularni yo‘q qilish uchun iloji boricha ko‘proq suv ichish kerak ekan.
16. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, depressiyadan xalos bo‘lish, asabni tinchlantirish uchun bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.
17. Yunesko tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng toza suv Finlandiyada ekanini ta’kidlashgan.
18. Dunyo bo‘yicha 1 milliard 100 million odam suv ichish baxtidan mahrum. Shunday ekan, siz-u biz dunyodagi eng baxtli odamlarmiz.



Hozirgi kunda suvdan foydalanishdagi muammolar:

I. Aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash jarayonida gi muammolar.

1. Hududlardagi ichimlik suvining qattiqligini bartaraf etish muammosi.

--Suvning qattiqligi yuqori bo`lgan joylardagi suv inshoatlarda qattiqlikni yumshatuvchi kationitlar va anionitlarni qo`llash

2.Yer osti suvlari zahirasining kamayib borishi.

--Oqava suvlarni qayta ishlash texnologiyasini joriy etish.

II. Suv issiqqa nihoyatda chidamli modda. Suv bugi 2000 °C gacha qizdirilganida l,8%i parchalanadi. 2700 °C da suvning faqat 11 %i parchalanib, vodorod va kislorod hosil qiladi, 89%i esa parchalanmay qoladi.

Hozirgi kunda suvning parchalanish reaksiyasi uchun juda katta energiya sarflanmoqda, reaksiya unumi esa kichik.

----Shu sababli odatdagi sharoitda suvni osonlik bilan parchalovchi katalizator ishlab chiqilsa suvning parchalanishidan sof ekologik yoq`ilg`iga ega bo`lamiz

III. Bitmas tuganmas energiya manbaiga ega bo`lish

---Suvning parchalanishidan ajralib chiqadigan vodoroddan foydalanib quyosh qarida sodir bo`ladigan termoyadro reaksiyasini sun`iy ravishda amalga oshirish va bu jarayonda ajraladigan energiyani tutib qoluvchi polimer modda yoki qotishmalarni o`ylab topish

IV.Tabiatda suv haroratidan foydalanib energiya ishlab chiqish muammosi

--Ma`lumotlarga qaraganda okean va dengiz suvlari haroratini 1˚ C ga tushirish natijasida dunyo aholisini 50 yil energiya bilan ta`minlash mumkin

--Okean va dengiz mavjud hududlarda havo parraklarini ixtiro qilish kerak

Tаriхshunоs оlim S.А.Sеmеnоvning хulоsаsigа ko’rа qаdimgi sivilizаsiya o’chоqlаridа (Misr, Mеsоpоtаmiya, Хitоy, Hindistоn, Mаrkаziy Оsiyo) birоn bir qаbilа, millаt, yoki dаvlаtni bоsib оlish uchun аvvаlаmbоr ulаrni suvsiz qоldirgаnlаr. Buning uchun dushmаnlаr dаryo, kаnаl yoki аriqlаrdа o’rnаtilgаn suv inshооtlаridаn fоydаlаngаnlаr, ya’ni ulаr оrqаli suvni to’хtаtib qo’ygаnlаr, аhоli punktigа оqаyotgаn suvni bоshqа jоylаrgа burib qishlоq yoki shаhаrlаrni suvgа bоstirib yubоrgаnlаr. Hоzirgi kundа hаm, аyniqsа issiq vа sug’оrmа dеhqоnchilik tаrqаlgаn o’lkаlаrdа, suv inshооtlаri millаt vа dаvlаt хаvfsizligini tа’minlаb turuvchi оmil sifаtidа qаrаlаdi. “Suv uchun kurаsh hаyot uchun kurаsh” dеb bеjiz аytishmаgаn.

Zеrо, insоniyat hаyoti dаvоm etishi uchun оdаmlаr suvni, yеrdаgi suv mаnbаlаrini, аvvаlо tоzа suvni ehtiyot qilishlаri lоzim.




ILOVA:

JIZZAX VILOYATI HUDUDLARIDAGI ICHIMLIK SUVI TARKIBI

Tahlillarning nomlanishi

O`l-chov birligi

Jizzax shahri

Sh.Rashidov tumani

Paxtakor tumani

Do`stlik tumani

Baxmal tumani

Mirzacho`l tumani

Fo-rish

G`allaol tumani

Harorati

grad









Hidi

grad

0

0

0

0

0

0

0

0

Ta`mi

ball

0

0

0

0

0

0

0

0

Rangdorligi

ball

0

0

0

0

0

0

0

0

pH

mg/l

7

7.05

7.1

7.1

7.1

6.9

7.1

7

Qoldiq xlor

mg/l

0.5

0

0.3

0.3

0.3

0.3

0.3

0.3

umumiy qattiqligi

mg/l

4.5-4.7

10.8-11.6

10.5-10.6

10.5-10.7

11-11.3

4.5-4.7

8-9.2

5.2-5.5

qruq qoldiq

mg/l

920

1100

1000

1000

1000

450

980

600

Xloridlar

mg/l

35-45

60-65

50-65

50-65

40

5-7.5

55-110

10-15

Sulfatlar

mg/l

180

200

200

200

200

120

220

120

Ftor

mg/l

0.3

0.33

0.3

0.33

0

0

0.35

0

Ishqoriylik

mg/l

5.5

7.6

7

7.2

8

3

1.8


4

Kalsiy

mg/l

4.5

5.2

4.5

4.5

4.8

1.2

4.2

2.6

Magniy

mg/l

5.5

6

6.1

6.2

6.7

2.1

4.5

2.7



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Научная статья на тему: "Значение воды в природе и жизни человека" на узбекском языке

Автор: Камолова Мадина Уткир кизи

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546799


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства