kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: ВНЕДРЕНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ХИМИИ на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Настоящий профессионал должен ориентироваться и следить за постоянной модернизацией современных средств информационно-коммуникационных технологий, безупречно владеть теоретическим материалом и методикой преподавания своего предмета, и применять в педагогической деятельности современные средства обучения, в том числе компьютерно-ориентированные. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: ВНЕДРЕНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ХИМИИ на узбекском языке»

ВНЕДРЕНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ХИМИИ

Тошболтаева Хадича Абдурахмон кизи, кимё фани укитувчиси

13-средняя школа, город Термез, Сурхандарьинская область, Узбекистан

KIMYO FANINI O’QITISHDA MULTIMEDIYALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI


Umumta’lim maktablarida kimyo fani o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan predmetlar qatoriga kiradi. Shunday ekan, hozirgi paytda o’quvchilarning kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlarini nazariy jihatdan o’zlashtirishlarini osonlashtiradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash talab etiladi. Bunday zamonaviy texnologiyalardan biri hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot texnologiyalaridir. Kimyoni о’qitish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi munosabati bilan informatika, ya’ni kompyuter yordamida dars o’ta olish metodikasini egallash funksiyasi ham vujudga keldi. Buning uchun o’qituvchi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, shuningdek, pedagogik tajriba natijalarini matematik tahlil qilish masalalarini bilishi uchun matematika fanlari asoslaridan to’liq xabardor bo’lishi kerak.

Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimediya turadi. Multimediya komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kompyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biridir. Multimediya tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. U lotincha so’zdan olingan bo’lib, “ma’lumot tashuvchi vosita” degan ma’noni anglatadi. Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya(ob’ektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.

Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli – matn va statik grafika ko’p asrlik tarixga ega bo’lsa, multimediyadan foydalanish tajribasi yillar bilan o’lchanadi. Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo’lgan animatsiya elementlari va ovoz yorlig’iga taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediyali ilova o’rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchilarning bilim olishga bo’lgan faolligini oshirib, predmetlar haqidagi aniqroq va to’laroq tushunchaga aga bo’lishini ta’minlaydi. Sifatli multimediya ilovalari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan turli – tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak.

Kimyo fanini o’qitishda multimediyali metodlardan foydalanish hozirgi vaqtda keng yo’lga qo’yilmoqda. Kimyo o’qitishda davriy sistemadagi alohida guruhlar, guruhchalar va elementlar, ularning atom tuzilishi, davriy sistemadagi o’rni, olinishi, xossalari, ishlatishi haqidagi bilimlarni yangi pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalarining multimediya metodidan foydalanib o’qitish yaxshi natijalar beradi. Shuningdek, bajarish imkoni bo’lmagan, zaharli gazlar chishi bilan boradigan, havfli reaksiya tajribalarning vidioroliklari yoki multiplikatsiyalarini namoyish qilish mumkin.

Kimyo fanini o’qitishda multimediya vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzalliklari bor:

- O’quvchilarning kimyo fani bo’yicha berilayotgan materiallarini chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoni yaratiladi;

- O’quvchilarning kimyo faniga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi;

- Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;

- Ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;

- Sinf sharoitida bajarish imkoni bo’lmagan laboratoriya tajribalarini kuzatish mumkin.

- Olingan bilimlar nisbatan o’quvchilarning xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi.

Multimediyadan o’quv jarajonida foydalanishning rivojlanishi turli tuman multimediya mahsulotlarini, oxir-oqibatda electron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo’l ochdi. Shu bilan birga, multimediya vositalaridan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yetishmasligidir.

Undan tashqari, hozircha bizda kimyo fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarining yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.

Hozirgi paytda multimediya va o’quv, ilmiy-hujjatli filmlarni kompyuter va boshqa texnik qo’llanmalar yordamida namoyish qilish, real hayotga yaqinlashtirilgan turli xil o’yinlar oraqali darsni tashkil etish tobora ommalashib bormoqda. Kimyo faniga oid multimediya materiallarini internet orqali Ziyonet tarmog’i yoki ta’limga oid boshqa tarmoqlardan topish mumkin. Fanga doir multimediya materiallarini yaratish uchun esa o’qituvchidan chuqur bilim va tajriba, tirishqoqlik va izlanuvchanlikni talab qiladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Тошболтаева Хадича Абдурахмон кизи

Дата: 18.04.2020

Номер свидетельства: 547102


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства