kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: "Междисциплинарные связи в процессе обучения химии" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Химия — одна из важнейших и обширных областей естествознания, наука о веществах, их свойствах, строении и превращениях, происходящих в результате химических реакций, а также фундаментальных законах, которым эти превращения подчиняются. Предмет химии — химические элементы и их соединения, а также закономерности, которым подчиняются различные химические реакции.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: "Междисциплинарные связи в процессе обучения химии" на узбекском языке»

Междисциплинарные связи в процессе обучения химии

Средняя школа № 10 Хазораспского района Харезмской области, Узбекистан

Тангрибердиева Мухайё Улугбековна

KIMYOVIY ELEMENTLAR MAVZULARINI O’QITISHDA FANLARARO BOG’LANISHDAN FOYDALANISH



Kimyo fani o’quvchilarning boshqa fanlardan ya’ni geografiya, biologiya, fizika, matematika fanlaridan olgan bilimlari asosida o’qitiladi. Kimyo tabiiy fanlar jumlasiga kirgani uchun uni o’rganishga kirishishdan oldin va kimyoni o’rganish jarayonida o’quvchilarning boshqa fanlardan egallagan bilimlariga tayanish juda muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligini o’quvchilar ongiga singdirish, ularga o’zlarini ko’proq qiziqtirgan ma’lumotlarni berish orqali o’qitish samaradorligini yanada oshirish mumkin. Shuningdek, geokimyo, biokimyo, fizik kimyo fanlari va ularning vazifalari haqida o’quvchilarga ma’lumot berish, xususan, geokimyo fani yer atmosferasi, gidrosferasi, litosferasi, tog’ jinslari, rudalari, minerallari, kimyoviy elementlar va ular izotoplarining yerda tarqalishi, birga uchrashi va migratsiyasi haqidagi fan ekanligini o’quvchilarga tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

Kimyoviy elementlarning yerning turli zonalarida tarqalishi va taqsimlanishi turlichadir. Ular yerning radiaktiv yemirilish bilan bog’liq bo’lgan ichki issiqligi hamda suv va sayyoradagi tirik moddalarda to’plangan quyosh energiyasi ta’sirida sayyoradagi moddalar evolyutsiyasi davomida elementlarning siljishi bilan bog’liq. Tipik endogen jarayonlar – magnitizm, vulkanizm, gidrotermal rudali yoriqlarning hosil bo’lishidir. Ekzogen jarayonlarga tog’ jinslarining nurashi, dengiz va okeanlarning tubida cho’kmalar hosil bo’lishi kiradi. Barcha kimyoviy elementlar va ular izotoplarining tabiatdagi o’ziga xos qonuniyatlarini o’rganish, ularning to’planishi va tarqalish jarayonlarini modellashtirish bilan nazariy va eksperimental geokimyo shig’ullanadi. tirik organizmlarning geologik va geokimyoviy rolini biokimyo tekshiradi.

Yer markazi bizga yaqin bo’lishiga qaramay, insoniyat boshqa planetalarni yer yadrosidan oldinroq o’rganish imkoniyatiga ega degan keng doiradagi fikrlar mavjud. Bunga sabab yer markazidagi noqulay sharoitdir, u yerdagi yuqori bosim va temperatura( 3,6·10 Pa, 6000 0C) bu yo’nalishga sayohatni qiyinlashtiradi. Yer shari yadrosini uzoqdan turib bajariladigan tajribaviy kuzatishlar orqali bevosita yo’llar bilan tadqiq qilish mumkin. Asosiy goya Arximedning tojning toza oltindan yasalganmi yoki yo’qligini aniqlash uchun qo’llagan usuliga o’xshab ketadi. Bunda tojning bir bo’lagini ham ajratish mumkin emas edi. Bu muammoning yechimini Arximed xuddi afsonalardagidek oson va oddiy yechdi. U toj og’irligini o’lchab, hajmini aniqlash uchun uni suvga tushiradi va ortgan suv hajmini aniqlaydi. Olingan natijalar unga materialning zichligini aniqlashga va tojning nimadan yasalganligini aniqlashga yordan berdi. Aniqlangan natijalarni toza oltinning xossalari bilan taqqoslab, tojning oltindan emas balki oltin suvi yugurtirilgan qo’rg’oshindan yasalganligini isbotlaydi. Yerga tegishli shunga o’xshash tadqiqotlarni o’tkazish uchun uning avval massasi va yuzasini o’lchash kerak, bu ishlar hozirda bajarilgan. Yer sharining massasi 5676-1023 kgr, hajmi 1,083·1012km3. Bu ko’rsatkichlarga ko’ra yer shar emas, balki geometrik aniq parametrlarga ega ellipsoid ekanligini hisobga olib, yer sharining zishligini aniqlash mumkin. Uning zichligi 5, 52 g/sm3.

Yer qatlamidagi minerallarning zichligi unchalik ham yuqori emas, o’rtacha 2,8 g/sm3 ya’ni, alyuminiyning zichligidan (2,7) ozgina yuqori. Demak, olingan natijalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, yer shari yadrosi zichligi nisbatan katta bo’lgan metallardan tarkib topganligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Yerning ustki qatlamini sekinlashgan va kislorod va kremniy hosil bo’lishi bilan to’xtagan yadro sintezi hosilasi deb qarash mumkin. Yer yadrosida bu jarayon nisbatan kengroq davom etgan, asosiy qismini temir va nikel tashkil qiladi. Yer markazida, ya’ni suyuq temir va nikel aralashmasi orasida diametrik 6 km3 bo’lgan uran va plutoniy aralashmasi bor.

Amerikalik tadqiqotchi B Meysonning ko’rsaticha yer yadrosi uning vulkanik faolligini saqlab turadigan tabiiy yadro reaktoridir. Uning hisoblashlariga ko’ra yer shari tarkibida eng ko’p tarqalgan elementlar quyidagilar: temir 38, 8%, kislorod 27,17%, kremniy 13,84%, magniy 11,25%, oltingugurt 2,74%, nikel 2,7% alyuminiy 1,07%, kalsiy 1,07%, natriy 0,51%, Co 0,20%. Tabiiyki temir bunda tarqalishi jihatdan birinchi o’rinda turadi, davriy sistemada unga yaqin turgan nikel va kobalt esa eng ko’p tarqalgan o’ntalik elementlar qatorida turadi.

Kimyo o’qitish jarayonida tabiatda eng ko’p tarqalgan element kislorod, kremniy, alyuminiy, temir, kalsiy, kaliy va magniy (99%) deb aytiladi. Bu ma’lumotlar yer sharining faqat ustki qatlami, ya’ni yer po’stlog’i tarkibi bo’yicha olingan. Ammo butun yer shari qatlamlari, xususan, yer yadrosi tarkibini hisobga olgan holda elementlarning yerda tarqalishini yuqoridagidek talqin qilish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kimyoviy elementlar mavzularini o’qitishda elementlarning yer sharida tarqalishi haqidagi tushunchalarni shakllantirish, o’quvchilar ongiga singdirish o’qitish samaradorligini yanada oshiradi. Kimyo o’qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bir vaqtda fan yangiliklaridan doim xabardor bo’lish va dars davomida o’quvchilar bilan fan yangiliklar bo’yicha fikr almashish o’quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Тангрибердиева Мухайё Улугбековна

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546812


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства