kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРЕСНЫХ ОПЫТОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ ТЕМЫ "МЕТАЛЛЫ" ПО ХИМИИ на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Чем больше внимания любой специалист уделяет методике своей
работы, тем больших результатов он достигает. Основой работы
учителя служит методика преподавания — методика обучения и
воспитания учащихся. Основой работы учителя химии служит мето-
дика преподавания химии.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРЕСНЫХ ОПЫТОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ ТЕМЫ "МЕТАЛЛЫ" ПО ХИМИИ на узбекском языке»

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРЕСНЫХ ОПЫТОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ ТЕМЫ "МЕТАЛЛЫ" ПО ХИМИИ

Гапурова Зилола Кабулжоновна

26-средняя школа Хазораспского района Хорезмской области, Узбекистан

Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 26 son maktabning kimyo fani oqituvchisi Gapurova Zilola Qabuljonovna

KIMYO DARSLARIDA “METALLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA QIZIQARLI TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Bizga ma’lumki insonlar kimyoviy moddalar va hodisalar bilan tanish bo’lganliklari tarixdan ma’lum. O’zbekiston hududida yashagan xalqlar amaliy faoliyatida kon qazish, temir eritish, cho’yan ishlab chiqarish, shisha tayyorlash, sopol buyumlar yasash kabi ishlar, kimyoviy moddalardan foydalanib tayyorlangan bezaklar, qog’ozlar, yozuvlar, attorlik buyumlari uchun zarur bo’lgan simob va uning birikmalari, o’simliklardan tayyorlangan dori– darmonlar keng qo’llangani haqida ma’lumotlar mavjud.

Hozirgi kunda fan va texnikaning taraqqiyoti sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni ilmiy asoslanishiga zamin yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda kimyo darslarida tabiatda sodir bo’ladigan hodisalarni o’quvchilar uchun tushunarli, qiziqarli tarzda yetkazish o’qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi.

Quyida umumta’lim maktablarining 9-sinf kimyo darslarida metallar va ularning namunalari, xossalarini qiyosiy tahlil qilishda ba’zi qiziqarli kimyoviy tajribalardan foydalanish xususida fikr yuritamiz.

Metallarga xos bo’lgan umumiy ma’lumotlar: Metallar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo‘yicha metallar oldingi o‘rinlarda turadi. Ishlatilish sohasiga qarab, metallar shartli ravishda qora va rangli metallarga bo‘lingan.

  • Qora metallar- temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho‘yan va po‘latlardir.

  • Rangli metallar- temirdan boshqa metallar va ularni qayta ishlash mahsulotlaridir.

Rangli metallar temir zichligiga (7874 kgm3) nisbatan zichligining katta va kichikligiga qarab:

  • Yengil metallar (litiy, natriy, kaliy, kalsiy, alyuminiy, magniy, titan, rux, surma va b.q.)

  • Og‘ir metallar (texnetsiy, kadmiy, nikel, simob, qalay, qo‘rg‘oshin, mis, kobalt va b.q.)

Tashqi ta’sirlarga chidamli va zargarlik, ziynat buyumlari tayyorlash uchun ishlatilishiga qarab:

  • Nodir metallar (kumush, oltin, platina, radiy, palladiy va b.q.)

Tabiatda kam tarqalgani (siyrak- yer elementlari), boshqa metallardan keskin farqlanuvchi ayrim xossalariga (yarim o‘tkazgichligi, radioaktivligi, yuqori haroratda suyuqlanishiga) qarab:

  • Noyob metallar (aktinoidlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vanadiy, niobiy, tantal, radiy, toriy va b.q.) kabi tiplarga bo‘linadi.

Indiy va kumush nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Qadimgi vaqtlarda asl metallar: oltin va kumush hamda misdan to‘lov vositalari bo‘lgan pul birliklari tayyorlanib, kundalik turmushda ishlatilgan.

  • O‘zbekistonda hozirgi kunda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan

  • Oltinning zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinda turadi

  • Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov, Aristontov, Тo‘rboy va boshqa yerlarda joylashgan

  • Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan

  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo‘lib, Qolmaqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi

  • Shuningdek O‘zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko‘plab metallar konlari mavjud

Fizik xossalari. Barcha metallar:

  1. Metall yaltiroqlikka ega.

  2. Elektr tokini va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.

Hg, Pb, Te, Jn, Mg, Al, Au, Cu, Ag

  1. Elastik va bolg‘alanuvchan.

  2. Metallarning zichligi, qattiqligi, suyuqlanish temperaturasi har xil.

  • Eng zichligi kichik metallar- ishqoriy metallar, zichligi eng kattasi- osmiy.

  • Zichligi 5 gsmz gacha bo‘lsa- yengil metallar.

  • Zichligi 5 gsmz dan katta bo‘lsa- og‘ir metallar.

  • Eng yumshoq metallar-ishqoriy metallar bo‘lsa, eng qattig‘i esa-xrom.

  • Eng quyi temperaturada suyuqlanadigan metall- simob, eng yuqori temperaturada suyuqlanadigan metall- volfram.

  • Davriy sistemadagi 109 elementning 87 tasi metalldir

  • I, II, III gruppaning barcha elementlari (H va B dan tashqari) metallar

  • IV gruppa bosh gruppachasida C va Si dan boshqa elementlar metallar

  • V gruppa bosh gruppachasida ikkita metall Sb va Bi bor

  • VI gruppa bosh gruppachasida bitta metall Po bor

  • IV, V, VI, VII, VIII gruppalar yonaki gruppachalari barcha elementlari metallar

Metallar mavzusini tushuntirishda foydalanish mumkin bo’lgan qiziqarli kimyoviy tajribalar namunalari:

SUV BILAN QOGOZNI YONDIRISH (kaliyning yonishi)

Bir o’quvchi chiqib “hurmatli tomoshabinlar men hozir shu stakandagi toza suv bilan mana shu qog’ozni yoqib ko’rsataman. Ishonmasangizlar suvni ichib ko’rishingiz mumkin. Men suvga qog’ozni tashlayman, u suv yuzida yugura boshlaydi, endi qog’ozning jahli chiqib, u hozir yonib ketadi. Ana ko’ring qog’oz yonib ketdi. Qog’ozning yonishini qanday izohlash mumkin?”-, deb o’rtaga muammoli savol tashlaydi.

Ushbu reaksiyani bajarish uchun kimyo o’qituvchisi tajriba boshlanmasidan biroz oldin kaliy bo’lakchasini olib, fil’tr qog’oz bilan tozalab oq qog’ozga o’rab tayyorlab beradi. Reaksiyani bajaruvchi ishtirokchi uni suvga tashlaydi. Qog’ozning yonishi metallning faolligi tufayli juda tez ta’sirlashishdan kelib chiqadi.

PASTGA QARAB O’SADIGAN DARAXT (qo’rg’oshin kristallarining hosil bo’lishi)

Stol ustiga qo’yilgan silindrdagi suyuqlik ichida pastga qarab butoqlar chiqarib o’sib turgan kumushsimon "daraxtcha* bor. Bu ajoyib daraxtchaga Quyosh nuri yoki elektr nuri tushirsangiz, uh xil tovlanib yanada chiroyli bo’lib ketadi.Bu "daraxtchaga" alximiklar "Saturn daraxti" deb nom berganlar. (Kimyo tarixida o’rta asrlarda yashagan kimyogarlarni alximiklar deb ataydilar.) Qadimgi yunon alximiklari har qaysi metallni afsonaviy xudolarning nomi bilan ataganlar. Masalan, Qo’rg’oshinga - saturn"(vaqt xudosi hamma xudolarning otasi), simobga - merkuriy (o’g’riliklar xudosi) va hokazo deb nom berganlar.

Qiziq, silindr ichidagi “daraxtcha" qanday daraxt bo’ldi ekan? Odatda daraxtlar yuqoriga qarab o’sardi- ku, bu esa pastga qarab o’sayapti. Bu "daraxtcha"ni o’stirish qiyin emas. Uni o’zingiz ham o’stira olasiz. Buning uchun distillangan suvda qo’rg’oshin asetatning 10 foizli eritmasini tayyorlang, uni filtr qog’ozdan o’tkazing. Filtratni siliidrga yoki uzunroq stakanga quying. So’ngra toza yaltiroq rux metali bo’lakchasini ipga bog’lab, ipning ikkinchi uchini shisha tayoqchaga o’rab qo’ying. Shundan keyin ruxni silindr ichidagi eritmaga tushirib olib qo’ying. Bordi-yu, rux metalining sirti oksidlangan yoki unga moysimon moddalar tekkan bo’lsa, bunday holda rux sirtini avval jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalab, keyin efir yoki spirt bilan yuving. Shundan keyin rux eritmaga tushirilsa, bir necha minutdan keyin rux metalidan pastga karab yaltiroq butoqchalar o’sib chiqa boshlaydi. Silindrni shu holda biror sutka tinch qoldirsangiz, butoqlar cho’zilib ketib, silindr tubigacha borib yetadi. Bu tajriba o’rin olish reaksiyasiga asoslangandir. Rux metali qo’rg’oshin asetat eritmasidan qo’rg’oshin atomlarini siqib chiqaradi:

Pb (CH3COO)2 + Zn= Zn(CH3COO)2 + Pb

Ajralayotgan qo’rg’oshin atomlari o’zaro birikib chiroyli, yaltiroq kristallar-shox, butoqlar hosil qiladi. Butoqlarning pastga qarab o’sishiga sabab qo’rg’oshin kristallariniig og’ir bo’lishidir.

XAT YOZUVCHI PURKAGICH (metall sulfidlarining o’ziga xos rangi)

Mana ko’rib turibsizki, bir taxta oq qog’oz, unga hech narsa yozilmagan. Ana shu qog’ozning betiga purkagich bilan "atir" purkayman. Ko’rayapsizmi, qanday hodisa yuz berayotir? -Taajjub! Qog’oz betida qora rangda "qo’rg’oshin”, qizg’ish rangda "marganes”, to’q sariq rangda "surma”, och sariq rangda "kadmiy” tuzlari paydo bo’ldi.

- Buni purkagich yozdi, deb o’ylaysizmi? Yo’q, purkagich xat yoza olmaydi. U faqat suyuqlikni sochib yuboradi, xolos.

- Qani o’ylab ko’ring-chi, bu yozuvlar qanday paydo bo’ldi ekan?

Siz ko’rgan oq qog’ozga oldindan qo’rg’oshin asetat—Рb(СН3СОО)2 - tuzining eritmasi bilan "qo’rg’oshin”, marganes (II)-xlorid MnCl2 tuzining eritmasi bilan "marganes”, surma (III)-xlorid SbCl3 tuzining eritmasi bilan "surma” va kadmiy xlorid CdCl2 tuzining eritmasi bilan "kadmiy” so’zlari yozib qo’yilgan edi. Bu tuzlarning hammasining ham rangi oq bo’lgani uchun ular bilan yozilgan xat oq qog’ozda ko’rinmaydi (marganes (II)-xlorid och pushti rangda bo’lsa-da, uning eritmasi bilan yozilgan xat ham oq qog’ozda sezilmaydi). Purkalgan suyuqlik atir emas, balki vodorod sulfidli suv edi. Vodorod sulfid og’ir metallarning suvda eriydigan tuzlari bilan almashinish reaksiyasiga kirishib, turli rangdagi, suvda erimaydigan sulfid tuzlarning molekulalarini hosil qiladi.

Рb(СН3СОО)2 + Н2S = ↓РbS + 2СН3СOOH

qora cho’kma

МnС12 + Н2S → ↓МnS + 2НС1

Qizg’ish cho’kma

2SbCl3 + 3Н2S →↓Sb2S3 + 6НС1

To’q sariq cho’kma

CdCl2 + Н2S→ ↓CdS +2НС1

Och sariq cho’kma

Bu ranglar oq qog’ozda xat bo’lib ko’rinadi. Vodorod sulfidning bu xossalaridan analitik kimyoda og’ir metallarni aniqlashda foydalaniladi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Гапурова Зилола Кабулжоновна

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546522


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства