Научная статья : Использование инновационных технологий в обучении темы «Азот и его соединения» на узбекском языке
Научная статья : Использование инновационных технологий в обучении темы «Азот и его соединения» на узбекском языке
Урок позволит обобщить полученные знания и умения по теме «Азот и его соединения», закрепить умения устанавливать состав соединений азота в зависимости от его степени окисления, создать условия для совершенствования умений устанавливать генетическую связь между соединениями.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Урок позволит обобщить полученные знания и умения по теме «Азот и его соединения», закрепить умения устанавливать состав соединений азота в зависимости от его степени окисления, создать условия для совершенствования умений устанавливать генетическую связь между соединениями.
Hozirgi vaqtda “Innovatsiya tushunchasi” juda keng qo’llanilmoqda . Innovatsiya so’zi ingilizcha so’z bo’lib –“innovatsion” yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.ya’ni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish deb ta’riflanadi. “Innovatsion ta’lim” deganda o’quv jarayoniga yangi (foydali) talim jarayonining elementlarini olib kiritish tushuniladi.
Ta’lim jarayonini yaxshilash ayniqsa o’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlarni ko’rsatib o’tadigan bo’lsak ularga quyidagilar kiradi: yuqori saviyada, o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalardan foydalangan holda yuksak pedagogik mahorat darajada dars berish, dars jarayonida motivatsiyalarni shakllantirgan holda pedagogik kompetentlik asosida, ijodiy yondashib, ta’lim texnologiyalarini qo’llab muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, mul’timediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, fikrlaydigan yangi g’oyalarni yaratadigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, o’quvchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish zarur.
Zamonaviy dars — ma’lum yoshdagi bilim va malaka darajalari yaqin bo’lgan o’quvchilar guruxining o’quv-bilish faoliyatlarini faol va rejali bo’lishini ta’minlovchi tashkiliy jarayon hisoblanadi.
Dars: darsning sifatli, maqsadli, mazmunli, o’tkazish metodikasi, o’qituvchi va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi kabi ko’plab jihatlarga bog’liq bo’ladi.
O’qituvchining dars jarayonidagi faoliyati sinfning aniq sharoitidan kelib chiqqan holatdagi ijodiy xarakterda bo’ladi.
Kimyo darslari va uning strukturasi faqat o’qituvchi va o’quvchining dars jarayonida birgalikdagi faoliyatini, tashqi ko’rinishini aks ettirib qolmaydi, balki o’quvchilarni samarali bo’lgan bilish faoliyatlari bilan bog’liq ichki jarayonlar mohiyati bilan ham bog’langan bo’ladi.
O’qituvchi va o’quvchilar orasida ijodiy hamkorlik shakllanadi. O’quvchi mustaqil bilim olishga intiladi va u o’z faoliyatini oliy shakli sifatida ro’yobga chiqara boshlaydi. O’quvchilarning ijodiy mexnatga tayyorlash, malaka va ko’nikmalarni egallash imkoniyatlarini beruvchi bilish va amaliy faoliyatlarga yo’llash uchun turli tuman yangi pedagogik texnologiyalarga tayangan holda ta’lim berishga tizimli yondoshish, o’quv vaqtini tejash, darsni qiziqarli qilib, O’quvchini charchatmaslik natijasida yuqori samaraga erishish ijodiy dars natijasini ko’rsatadi.
Darsni tashkil etganda o’quvchini ta’sir etuvchi ob’ekt sifatida emas, balki ijodiy jarayonda ishtirok etuvchi hamkor deb qarash kerak.
Mustaqil o’quv faoliyat—chetdan har qanday ta’sirni talab etmaydigan, ijodiy yondoshuvni talab etadigan faoliyatdir. Bu sohadagi har qanday ko’nikma insonning faqatgana faoliyati jarayonida shakllanib, rivojlanadi Kimyo o’qitishni amalga oshirishda ushbu hol muhim hisoblanadi. Chunki kimyo tajriba faktlari asosida o’rganiladi, undan nazariy xulosalar chiqariladi, amalda foydalanish mumkin bo’lgan jihatlar qarab chiqiladi.
O’quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning aqliy qobiliyatini o’stirish kimyo o’qitishdagi eng muhim psixologik va pedagogik muammo. Buning uchun o’qitishning faol metodlaridan, ta’lim va tarbiyaning noan’anaviy shakl va usullaridan keng miqyosda foydalanish, predmet va hodisalarni ularning o’zaro aloqadorligi, harakati va rivojlanib borishi asosida o’rganish taqozo etiladi.
Bunda, ayniqsa, o’quvchilarning o’yin faoliyati yangi bilimlarni o’zlashtirish, ularda o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, umuman, kimyoni o’rganish jarayonining samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlar davomida o’quvchilarda hosil bo’ladigan ijobiy his-hayajon tuyg’usi ularni charchashdan asraydi, ularning kommunikativ va intellektual qobiliyatini oshiradi.
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI
Metodning mohiyati. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, yoki yilida tugagan) predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi. o‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholayo olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
o‘quvchilar guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
o‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
o‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
o‘quvchilar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;
har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Izoh: «Tushunchalar tahlili» metodini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blis-zanjir» shaklidaham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Tezkor-so’rov savollari:
1.Azotning davriy sistemadagi o’rni haqida ma’lumot bering?
2.Azot oksidlari haqida ma’lumot bering?
3.Azot qanday sohalarda ishlatiladi?
«T- chizmalar» usuli
T-chizma munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha/yo’q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash, zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Masalan, ta`limning an`anaviy va noan`anaviy shakli haqidagi matn o’qilganidan so’ng, birinchi guruh T- chizmani chizib, uning chap tomoniga an`anaviy ta`limning afzalliklarini berilgan vaqt davomida ko’rsatib berishadi. So’ngra shuncha vaqt ichida bu fikrga qarshi bo’lgan fikrlarni, ya`ni an`anaviy ta`limning kamchiliklarini ko’rsatib o’tishadi. Ikkinchi guruh xuddi shunday chizmada noan`anaviy ta`limning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilishadi. Guruhlarning chizmalari taqqoslanib, so’ngra butun sinf bilan T- chizma tuziladi va muhokama etiladi.
Interaktiv metodlar asosida mashg’ulot jarayoni tashkil etilganda:
Yoshlarning o’zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi.
O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.Eng muhimi o’quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya‘ni O’quvchining ehtiyoji, xohish-istagi qondiriladi. Bu faoliyat o’quvchini o’quv maqsadlariga erishiga yuqori bosqichga ko’taradi.
T- chizma
Azot(I)-oksidi
Azot(II)-oksidi
“Assesment” metodi.
Test.
Blits-so’rov
Mantiqiy
savol.
1. Azotni kim kashf
Azotning havodagi massa
U ―kuldiruvchi gaz‖ ham
etgan?
ulushi –
deyiladi, chunki
u bilan
A)Rezerford
75,6 %– xa, yo‘q
nafas olinsa mats qiladi va
B)Lomonosov
Azot suyuq havodan
kishi xursand bo‘lib kula
C)Lavuaze
olinadi –xa, yo‘q,
boshlaydi.
Kattaroq
2.Hayot uchun yaroqsiz
N2O – kuldiruvchi gaz xa,
dozada
ishlatilsa
kishi
deb ataluvchi element…
yo‘q
og‘riqni
sezmaydi. Ana
A)Kislorod
KNO3 - Chili selitrasi –
shu
tufayli
jarroxlik
B)Vodorod
xa, yo‘q.
amaliyotida
narkoz
C)Azot
Zar suvining formulasi –
sifatida
kislorod
bilan
HNO3 – xa, yo‘q
aralashtirib
qo‘llaniladi.
Uning
eng
yaxshi
tarafi
organizm
uchun
bezararligidir.Bu
qaysi
oksid.
Amaliy ko’nikma
Ortiqchasini toping.
Simptom.
Azotning vodorodli
A. H2N-NH2
Azot ….. gaz, …. Degan
birikmalarini toping
B. [N2H4] H2SO4
ma‘noni bildiradi.
1. N2O3
C. H2O
2. HN3
D. N2O3
3. NH2OH
G. N2H5Cl
4. H2N-NH2
E. NO2
5. [N2H4] H2SO4
Kimyo darsini samaradorligi — uning serqirraligi, keng qamrovli mazmun va shakliga ko’ra turli xilda namoyon bo’lib, mohiyatiga ko’ra darsning asosiy mazmunini o’zlashtirishni o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishga yo’naltirilganligiga botliq.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan kimyo darslarining ko’rinishlari xar xil bo’ladi. Darslarga xos umumiy jixat — o’qituvchining ijodiy yondoshuvidir.Bunday darslar o’quvchilarda o’qish, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarni uyg’otadi, mustaqil ijodiy izlanishlarini rivojlantiradi, mustaqil ravishda erkin fikrlashlarini kuchaytiradi. Eng muximi dars bu o’quvchiga rivojlantiruvchi ta’lim berishdan iborat. Bunday darsni zamonaviy dars deb hisoblash mumkin.