kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Murakkab efirlar olinishi va xossalari" mavzusida dars ishlanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Murakkab efirlar tabiatda tarqalishi ahamiyati

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Murakkab efirlar olinishi va xossalari" mavzusida dars ishlanma»

Tasdiqlayman

Chilonzor tumani

202-maktab rahbari

______ S.B.Shodiyeva





Toshkent shahar Chilonzor tuman

202-maktab kimyo fani o’qituvchisi

Saparniyazova Mashxuraning

Murakkab efirlarlar olinishi va xossalari

mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi


2019-2020 o’quv yili

Mavzu: Murakkab efirlarlar olinishi va xossalari

Dars shiori: “Bilganim daryo, bilmaganim dengiz”

Darsni maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga Murakkab efirlarlar olinishi va xossalari mavzusi yuzasidan ilmiy asoslangan bilimlar berib,ularda kommunikativ, o’zini o’zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish;

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish,Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kimyoviy va ekologik madaniyatni shakllantirish, ularda o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilmni texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar:

Tayanch: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

Fanga oid: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.

Dars uslubi:Noan’anaviy dars

Dars metodi:Interfaol metodlar ( “Muammoli vaziyat” metodi, “Juftliklarda ishlash ”metodi “klaster” metodi,ko’rgazmali-amaliy).

Darsning jihozlari:AKT , proyektor,ekran, didaktik vositalar, kimyoviy jihozlar, tarqatma materiallar

Darsning borishi :I. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, o’quvchilar davomatini aniqlash, o’quv qurollari, darsga tayyorgarlik ko’rish, ma’naviy va ekologik daqiqa,guruhlarga bo’lish

Eng katta boylik-bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”

Ta’lim dunyoni o’zgartirish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan eng kuchli quroldir”.

O’quvchilar bilan ekologik daqiqa o’tkaziladi. II . O’tgan mavzuni takrorlash


Bu qaysi kislota ?

Suv o’tlarida, zambrug’larda, lishayniklarda saqlanadi. Uning tuzlari va murakkab efirlari suktsinatlar deb nomlanadi.(Yantar kislota )

Chumolilar bezlaridan ajralgan suyuqlikda, yel daraxti ignalarida, Kuydiruvchi krapiva barglarida va hayvonlar terlashi tomchilarida uchraydi (Chumoli kislota )

Bu kislota matolarni oqartirishda, metallar zangini yo’qotishda ishlatiladi.(Oksalat kislota )Kislotalarning spirtlar bilan reaksiyaga kirishib suv ajralishi natijasida hosil bo’lgan moddalarga aytiladi.

Yangi mavzu bayoni

Murakkab efirning formulasi umumiy holda quyidagicha ifodalanadi R–COOR'

Organik kislotalarning spirt bilan ta’sirlashib murakkab efir hosil qilish reaksiyasi eterifikatsiya (lot. ether – efir) reaksiyasi deyiladi

Karbon kislotalarning spirtlar bilan o’zaro reaksiyalari

CH3COOH+HO-CH2-CH3→ CH3-COOCH2-CH3+H2O Etilatsetat

HCOOH+HO-CH2-CH3 →HCOOCH2-CH3+H2O etilformiat

Murakkab efirlarning suv bilan reaksiyaga kirishib , spirt va kislota hosil qilish reaksiyasi sovunlanish yoki gidrolizlanish reaksiyasi deyiladi . Fizik xossalari murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo‘y hidli, uchuvchan suyuqliklardir.

Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo‘ladi.

Tabiatda uchrashi Murakkab efirlar gullar va mevalarda uchraydi. Ular gullar va mevalarga o’ziga xos hid beradi. Asalari mumi – murakkab efirdir.

Ko’pchilik murakkab efirlardan xushbo’y meva hidi keladi .Murakkab efirlar suvdan yengil suyuqliklar,uchuvchan va ko’p hollarda xushbo’y hidli moddalar. Ko’pchilik murakkab efirlardan xushbo’y meva hidi keladi.

Asalari mumi ,spermatset Yuqori bir atom spirtlarning ,tabiiy yog’lar glitserinning yuqori yog’ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efirlariga mumlar deyiladi

Masalan , asalari mumi palmitin kislotaning miritsil spirti bilan hosil qilgan efiri

Murakkab efirlar xushbo‘y hidga ega bo‘lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi. Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.

IV.Mavzuni mustahkamlash

Quyidagi moddalar formulasini yozing va qanday efir olinishini ko’rsating?

1 variant:

butan kislota va metil spirti

2 variant: metan kisslota va propil spirti

Qadim zamonlardagi dengiz qaroqchilari yashirgan xazinalarni topishni kim ham orzu qilmagan deysiz?! Agarda boshqotirmani to’g’ri yechsangiz, haqiqiy boylik topish yo’lini bilib olasiz!

Si – qi,   Ar – xa,   Ne – st,   Fe – dir,

Mg - ha,   F – do’,   Cr – na,   Cl –qiy,

Li – yax,   Sc – zi,   N – shi,   Na – - bu.Dars hikmati:

Yaxshi do’st bu haqiqiy xazinadir.

V. O'quvchilarni rag batlantirish va baholash:

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar va faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi

VI. UYGA VAZIFA : Takrorlash

Mavzuga doir qo’shimcha ma’lumot to’plash , mavzuni takrorlash




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 10 класс

Скачать
"Murakkab efirlar olinishi va xossalari" mavzusida dars ishlanma

Автор: Saparniyozova Mashxura Yusupboyevna

Дата: 20.04.2020

Номер свидетельства: 547233


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства