kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kimyo sanoati

Нажмите, чтобы узнать подробности

Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yili Sho'rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi. Uning mahsuloti ko'proq mashinasozlik (plastmassa, oyna), to'qimachilik sanoati (tola, bo'yoqlar), qishloq xo'jaligi (o'g'itlar, zaharli ximikatlar), transport (motor yoqilg'isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) kabilarda ishlatiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kimyo sanoati»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ

TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI UCHO`RG`ON TUMANI 17-SONLI UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI FIZIKA FANI O`QITUVCHISI

NAZAROVA RAYXONOY MAMATKARIMOVNA NING

BIR SOATLIK









NAMANGAN

Ushbu dars ishlanma geografiya fani o`qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ilg'or pedagogik mahoratga ega bo'lgan Nazarova Rayxonoyning ish tajribasi yoritilgan. No'ananaviy usulda tayyorlangan dars ishlanmadan yosh va kam tajribali o'qituvchilar ijodiy foydalanishlari mumkin.



Tuzuvchi: Nazarova Rayxonoy Mamatkarimovna Ucho`rg`on tumani 17-umumta`lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi.


Taqrizchilar: Qirg’izov Baxtiyor- Ucho`rg`on tumani 17-umumta`lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi


Ushbu dars ishlanma maktabning ______ yil ______ umumiy yig'ilishida muhokama qilinib _____ ilmiy kengashiga tasdiqlandi.

DARSNING MAVZUSI: KIMYO SANOATI 9-SINF

DARSNING MAQSADI: O`quvchilar ongida mamlakatning hayotida kimyo sanoatining salmog'i, roli, kimyo sanoatini boshqa sohalar bilan aloqasi, kimyo sanoatining turlari haqida tushuncha hosil qilish, bilim va konikmalarini rivojlantirish.

Dars usuli:

Og`zaki, savol-javob, interfaolusuldan foydalanish.

Ko`rgazmali qurollar:

Savol-javob kartochkalari, geografiya darsligi, xarita, test va tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar

O`qituvchi doskaga mavzuga oid ko`rgazmali qurollarni iladi.

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Geografiya dasrligi va plakat tayyorlab qo`yiladi, topshiriqlar yozilgan tarqatmalar ishga hozirlab qo`yiladi.


Tashkiliy qism

5-minut

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10-minut

Yangi darsga tayyorgarlik

3-minut

Yangi mavzu bayoni

15-minut

Yangi mavzuni mustahkamlash

5-minut

Uyga vazifa

2-minut

Dars izchilligi

5-minut


Darsning borishi:

O`qituvchi oquvchilar bilan salomlashib davomatni aniqlaydi. Bu mavzu materiali tanishtirish xarakteriga ega. Uning bayonini darslik matniga muvofiq olib borish tavsiya etiladi.

Yangi mavzuni yoritish:

KIMYO SANOATI

Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yili Sho'rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi. Uning mahsuloti ko'proq mashinasozlik (plastmassa, oyna), to'qimachilik sanoati (tola, bo'yoqlar), qishloq xo'jaligi (o'g'itlar, zaharli ximikatlar), transport (motor yoqilg'isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) kabilarda ishlatiladi.

Kimyo sanoati tarkibida mineral o'g'itlar ishlab chiqarish salmoqli o'rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi.

U ko'plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta'minlar ekan, o'z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi. Kimyo sanoati gaz hamda paxta sanoati xomashyosini va rangli metallurgiya chiqindilarini qayta ishlaydi. Demak, kimyo sanoati tarmoqlararo ikki tomonlama aloqadorlikda bo'lib, ko'plab tarmoqlarning rivojlanishi va hududiy joylashishiga ta'sir ko'rsatadi (28-rasm).





Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan ustun turuvchi sun'iy materiallar yaratadi. Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham, qishloq xo'jaligi xomashyosi ham tejaladi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek, kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish istiqbollari yaraldi. Chunonchi, ko'mir, neft, gaz singari yoqilg'i xomashyolaridan energiya hosil qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi.

Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan, yog'och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil

xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko'p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo'lavermaydi.

Kimyo sanoatining yirik korxonasi — Chirchiq elektr-kimyo kombinati 1940-yilda ishga tushgan. Chirchiq elektr-kimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o'g'it ishlab chiqargan. Buxoro viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach, kombinat gazdan xomashyo o'rnida foydalana-digan bo'ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning keskin ko'payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kom-binatda azotli o'g'itdan tashqari, magniy xlorit (g'o'za bargini to'kishda qo'llaniladigan kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Tabiiy gazdan azotli o'g'it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar Farg'ona va Navoiy shaharlarida ham barpo etildi. 1946-yilda Qo'qonda, 1957-yilda Samar-qandda superfosfat zavodi ishga tushdi. 1998-yilda Qizilqum fosforit kombinati ishga tushirildi. Unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi.

Mamlakatimiz osh tuzi konlariga ham boy. Xo'jaykon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal'a kabi konlarda 90 milliard tonna xomashyo bor. Olmaliqda yuqori sifatli ammofos ishlab chiqaruvchi zavod barpo etildi. Toshkentda Sovplastital, Angrenda rezina ishlab chiqaradigan kimyo korxonalari mavjud (29-rasm).

O'zbckistonda tabiiy gazdan yoqilg'i o'rnida ham, xomashyo o'rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish, Rossiya Federatsiyasidagidan 40—50 foiz arzonga tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho'rtan kabi tabiiy gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatliligi bilan ajralib turadi. Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har tonnasidan 50 kg sun'iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 150 kg sun'iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg motor yoqilg'isi olish mumkin.

Kimyo sanoati mahsu-lotlari ishlab chiqarishning hajmi 1995-yilga nisbatan 2004-yilda 2,2 barobarga o'sdi.

Muborakda tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtni ajratib jMadigan zavod qurildi. Jizzaxdagi zavodda esa polietilen plyonkalar hamda plastmassa quvurlar tayyorlanadi.

Qazib olinayotgan oltingugurt kolchedani, marganes, bariy, talk, ohaktosh singari minerallar kimyo sanoatining turli tarmoqlari ehtiyojini qondirmoqda. Lok-bo'yoq sanoati, sun'iy tola va to'qimalar (Farg'onada), sun'iy charm va sun'iy jun ishlab chiqaradigan zavodlar quvvati oshirildi.

Gidroliz korxonalari o'tgan asrning 50-yillarida qurila boshladi. Farg'ona furon birikmalari, Yangiyo'l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo — chigit shulxasi, sholi qobig'idan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (xamirturush) kabi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. 90-yillar boshidan bu zavodlarda g'alladan etil spirti ishlab chiqarila boshlandi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlariga zarur spirtni chetdan keltirishga barham berildi.

Darsning yakuni:

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash.

O`quvchilarga otilgan mavzu yuzasidan dars­likdagi savollar orqali murojaat qilinadi va mavzu interfaol usulda mustahkamlanadi. dehqonchilik sanoati bo`yicha savollar berilib ogzaki suhbat asosida o`quvchilar bilimi aniqlanadi va umumiy topshiriqlar beriladi.



Uyga vazifa.

Mavzu yuzasidan quyidagu savollar beriladi:

  1. Kimyo sanoatining tarmoqlararo aloqasini modelda ifodalang.

  2. Kimyo korxonalarini joylashtirishda qanday omillar hisobga olingan?

  3. Chetdan keltirilgan xomashyo bilan ishlaydigan kimyo korxonalarini xaritadan ko'rsating.

  4. Sizning viloyat (tumaningiz)dagi kimyo sanoati korxonasi qanday xomashyodan foydalanadi?

  5. Yozuvsiz xaritadagi yo'qilg'i-kimyo majmuasiga doir topshiriqlarni bajaring.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Kimyo sanoati

Автор: NAZAROVA RAYXONOY MAMATKARIMOVNA

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546783


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства