kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: "Проблемное обучение на уроках химии" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Если при традиционном обучении деятельность учителя носит репродуктивный характер – воспроизведение, выполнение заданий по образцу, по определённому алгоритму, то в условиях развивающего обучения эта деятельность становится продуктивной. Учащийся самостоятельно ищет решение нового для него задания, проблемы, т. е. он учится применять знания в новой ситуации и самостоятельно разрабатывать алгоритм решения стоящей перед ним проблемы.

Целью моей работы является: глубокое усвоение учащимися учебного материала и осмысление ими его на уроке химии, формирование межличностных отношений у учащихся, обучение радостью, успехом, удачей при поиске и разрешении проблемных вопросов

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: "Проблемное обучение на уроках химии" на узбекском языке»

Проблемное обучение на уроках химии

Kimyo darslarida muammoli ta’lim texnologiyasi.

Мухаммадиева Мехринисо Рузимуродовна


Средняя школа № 2 Вабкентского района Бухарской области республики Узбекистан


Ta'limda interfaol metodlarni qo'llashning asosiy maqsadi talabalarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish hamda izlanish malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, fanga bo`lgan qiziqishni oshirishdan iboratdir.Interfaol metodlar o'qituvchi bilan talabaning faol munosabati, bir-birini to'liq tushunishga asoslanadi. Bu metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning asosiy maqsadi - darsda ustoz bilan shogirdning hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O'qituvchi  darsida tegishli muammolarga talabalarni jalb etishi, ularning harakatini faollashtirishi va natijada o'zlashtirishlarini ta'minlashi kerak bo`ladi. Kimyo darslarida talabalarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda “Muammoli vaziyat” texnologiyasidan foydalanish samarali  bo`lishi mumkin. Chunki  bu fanning har bir mavzusi muammoli savollarga boy.“Muammoli ta'lim “ texnologiyasini qo`llashdan maqsad- talabalarni o'quv fanining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topa olishlariga o'rgatish hamda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek  muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va  ayni muammoni yechishga mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatishdir. Bunda o`qituvchi muammoni kelib chiqish sabablarini va ularni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga e`tibor beradi. Bu ta’lim texnologiyasi qo`llanilayotganda o'qituvchi talabalarga mashg'ulotni o'tkazish tartib qoidalari  va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich ulardan diqqat-e'tiborni talab qilishini, mashg'ulot davomida auditoriyada kichik  guruhlarda  va jamoa bo'lib ishlashlarini aytib o`tadi. Shu tariqa boshlangan dars talabalarning berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va uni  bajarishga talabalarda qiziqish uyg'otadi. Shundan so'ng mashg'ulot jarayoni boshlanadi.  
Muammoli o'qitish texnologiyasi o'quv materialining mazmuniga bog'liq bo`ladi. Buni kimyoviy hodisalar, qonunlar, amaliy tajribalar va nazariyalarni o'rganish misolida ko'rish mumkin. Ta’lim jarayonida kimyoviy hodisalarni muammoli o'qitishni  quyidagicha tashkil etish mumkin.

1. Kimyoviy hodisani kuzatish va uning  xarakterli xususiyatlarini aniqlash.
2. Kuzatilayotgan kimyoviy hodisalarni boshqa, oldindan  o'rganilgan kimyoviy hodisalar bilan    aloqadorligini aniqlash va uning  o`xshash yoki farqli jihatlarini ajratish.
3. Kimyoviy hodisalarni amaliyotda  qanday qo'llash mumkinligini mulohaza qilish va tadbiq etish yo`llarini  taklif etish.
Kimyoviy hodisalarni o'rganishning barcha bosqichlarida muammoli o'qitish metodidan foydalanish mumkin. Lekin muammoli o'qitishning imkoniyatlari ayniqsa hodisani mohiyatini aniqlashda ochiladi. Misol tariqasida  elektroliz mavzusini  muammoli o'qitishni ko`rib chiqamiz. Buning  uchun  avvalo uning asosiy mohiyatini yaqqol ko'rsatib beruvchi «tayanch» tajriba kerak. Bunday tajriba sifatida elektrolit  eritmasidan elektr tokini o`tishini, toza kristall modda  yoki distillangan suvda elektr toki o`tmasligini ko'rsatuvchi  tajribani olish mumkin.
Tajribadan hodisaning asosiy xususiyati  yaqqol ko'rinadi: birinchi navbatda kristall modda yoki distillangan suv solingan elektrolitizyor  o`zgarmas tok manbaiga ulaganda elektrodlarda o’zgarish bo’lmasligi, ikkinchi navbatda  elektroliteritmalar solingan   elektrolitizyor  o`zgarmas tok manbaiga ulaganda elektrodlarda ya’ni katod va anodlarda moddalarni ajralib chiqishi  kuzatiladi.   Birinchi qarashda talabalarga  kuzatilayotgan hodisa ya’ni kristall modda  yoki distillangan suvda elektr tokining o’tmasligini- elektrodlarda o’zgarish bo’lmasligi va eritmada elektr tokining o`tishi- elektrodlarda ya’ni katod va anodlarda moddalarni ajralib chiqish  sabablarini aniqlash muammo sifatida qo`yiladi. Demak -  birinchi muammoli vaziyat yuzaga keldi. Paydo bo'lgan vaziyatning muhokamasi quyidagicha o'tadi.
O'qituvchi: “Avvalo o'zimizga shunday savol beraylik: Nima sababdan  kristall modda  yoki distillangan suvda  elektr toki yuzaga kelmaydi?”
Talabalar: kristall modda  yoki distillangan suvda erkin zaryad tashuvchilarning yo`qligi sababli.
O'qituvchi:  Distillangan suvga tuz solinganda tokni paydo bo'lishligini  sababini  izlab ko'raylik».
Talabalar: Buning asosiy sababi tuz eritilganda manfiy va musbat ionlarning hosil bo`lishidir
O'qituvchi: “Bizning tajribamizda elektrodlarda ya’ni katod va anodlarda moddalarni qanday hosil bo'ladi?” Bu savol talabalarni yana o’ylashga - fikrlashga majbur qiladi.
Shu tarzda quyidagi savollar ham muammolar tarzida qo`yilib talabalar bilan hamkorlikda ma’nosi ochib boriladi.    
1. Elektrodlar numa?
2. Elektrolitlar nima? Elektrolitik dissotsisiylanish jarayonlari qanday paydo bo’ladi?
3. Elektroliz hodisasi deb qanday jarayonga aytiladi?
4. Faradey qonunlarini aytib bering. Elektrokimyoviy ekvivalent nima va uningma'nosini tushintiring.
5. Elektrolizning qo’llanilish sohalariga misollar keltiring.
6. Faradey qonunlari asosida elektrodlarda ajralib chiqqan moddalarning miqdorini hisoblab topish formulasini keltirib chiqaring.
“Muammoli ta'lim” texnologiyasi asosida tashkil etilgan dars jarayonlari natijasida talabalar qaysidirmuammoni yechimini topishdan avval uning sabablari aniqlanishi kerakligini ya`ni sabab va oqibat o’rtasidagi bog`liqlikni izlash, keyin esa  ularni o'rganish va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan uslub va usullarni tanlash lozimligini  hamda muammoni hal etishda  o'z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini anglab yetadilar. Bu tarzda yechimini topgan muammolar esa ularni xotiralarida uzoq vaqt saqlanadi. Kelajakda  yangi kimyoviy hodisalarni o`rganayotganlarida   yanada ziyraklik va zehn bilan ish yuritishlariga yordam beradi. Talabalar mustaqil, ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o`rganib boradilar.  O`z-o`zini fikrlashga majbur etib, muammoli vaziyatni hayotiy va amaliy topshiriqlar asosida yechishga o`rganadilar. Ularni tashkilotchilikka undaydi, guruh bo`lib ishlashda o`zgalar fikrini eshitish va o`zinikini ularga yetkaza olish xislatlarini shakllantiradi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Химия

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему: "Проблемное обучение на уроках химии" на узбекском языке

Автор: Мухаммадиева Мехринисо Рузимуродовна

Дата: 19.11.2017

Номер свидетельства: 439681


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства