Kimyo fanini o‘qitishda yangi metodlardan foydalanishnig samaradorligi
Kimyo fanini o‘qitishda yangi metodlardan foydalanishnig samaradorligi
Bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan bir qator fanlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Muhtaram yutrboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida shunday degan edilar. “Matematika hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qildik. Ularga asosan har bir tuman va shaharlarda ana shu fanlarga ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shu yilning o‘zida kimyo-biologiya yo‘nalishida 27 ta maktab tashkil etilgani bu ishlarning boshlanishidir”. Shunday ekan biz kimyo fani o‘qituvchilari o‘quvchilarga fanning sir asrorlarini o‘zimizning mahoratimiz, iqtidorimizni ishga solib, yetkazib bera olishimiz kerak. Kimyo fani murakkab, shu bilan birga juda qiziq fan. Mavzularni tushuntirishda o‘tiladigan mavzuning mazmuniga, o‘quvchilarning yoshi, psixologiyasidan kelib chiqib, ularga mos ta’lim metodlari tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Kimyo fanini o‘qitishda yangi metodlardan foydalanishnig samaradorligi»
KIMYO FANINI O‘QITISHDA YANGI METODLARDAN FOYDALANISHNIG
SAMARADORLIGI
Xalloqova Sanobar Zayniddinovna
Buxoro shahar politexnikumi kimyo o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqola kimyo fanini o‘qitishda yangi usul metodlardan foydalanish haqida yozilgan. Bu usullar bilan o‘quvchilar fanni yaxshi tushunadi va o‘rganib boradi.
Kalit so‘zlar: metod, tushuncha, “Kimyogar koptokch” “Baliq skeleti”, “Bilimdon cho‘qqisi”. Bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan bir qator fanlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Muhtaram yutrboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida shunday degan edilar. “Matematika hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qildik. Ularga asosan har bir tuman va shaharlarda ana shu fanlarga ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shu yilning o‘zida kimyo-biologiya yo‘nalishida 27 ta maktab tashkil etilgani bu ishlarning boshlanishidir”. Shunday ekan biz kimyo fani o‘qituvchilari o‘quvchilarga fanning sir asrorlarini o‘zimizning mahoratimiz, iqtidorimizni ishga solib, yetkazib bera olishimiz kerak. Kimyo fani murakkab, shu bilan birga juda qiziq fan. Mavzularni tushuntirishda o‘tiladigan mavzuning mazmuniga, o‘quvchilarning yoshi, psixologiyasidan kelib chiqib, ularga mos ta’lim metodlari tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: o‘quvhilari qiziquvchanigini oshitish va ta’lim sifatini samaradorligini oshirish uchun Ularga mavzularni umumiy takrorlashda yoki o‘quvchilarni fikrini fanga qaratishda “Kimyogar koptokcha” metodidan foydalanish mumkin. Ta’rif: Bunda o‘qituvchi koptokni ixtiyoriy bir o‘quvchiga uloqtiradi. o‘quvchi esa 1 ta kimyoviy tushuncha aytib o‘qituvchiga qaytaradi. Masalan: atom. O‘qituvchi iloji boricha fikrini jamlay olmagan o‘quvchilarni fanga qaratishga harakat qilishi kerak. Bunda o‘quvchilar quyidagicha tushunchalarni sanashlari mumkin. Masalan: element, modda, jism, elektron, proton, allotropiya, sublimatlanish, vodorod, yod va hokazo. Bunda bir o‘quvchi tomonidan aytilgan tushunchalar takrorlanmasligi kerak. Takroriy aytgan o‘quvchi mag‘lub hisoblanadi. Natijaviyligi: bu metod orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish,darsda o’quvchilar faolligini oshirish va ularni fikrini kimyoga qaratishga yordam beradi. “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №15 25 “Sehrli siyohlar” qiziqarli tajribaviy metodi. Ta’rif: Bunda o‘qituvchi mavzu nomini yoki biron-bir tushunchani oq qog‘ozga fenolftalein eritmasidan foydalanib yoziladi. Yozuv bir oz ochiq havoda quritiladi. Qog‘ozda hech qanday yozuv ko‘rinmaydi. Chunki fenolftalein eritmasi rangsiz. Qog‘ozni yozuv taxtasiga ilib qo‘yish mumkin. Qog‘ozga “Mavzu: Eritma muhitiga oid tajribalar” deb yozish mumkin. Suv purkagich idishga natriy gidroksid eritmasi avvaldan quyib qo‘yiladi. U ham rangsiz. Eritmani qog‘ozga purkaladi. Oppoq qog‘ozda to‘q pushti rangli yozuv “Mavzu: Eritma muhitiga oid tajribalar” paydo bo‘ladi. Qo‘llanilishi: Bu metoddan barcha sinflarga kimyo darsini o‘tishda, asoslarga va kislotalarga oid mavzularni o‘tishda, indikatorlar haqida ma’lumot berilganda foydalanish mumkin. Natijaviyligi: Bu metoddan foydalanib o‘quvchilarni hayratini, fanga bo‘lgan qiziqishini, intilishini oshirish, kimyoni mo‘jizakor ekanini ko‘rsatish, o‘quvchilar fikrini darsga qarata olish, mavzuga doir amaliy bilim bera olish mumkin. Bu esa mavzuni to‘la tushunishlariga yordam beradi. “Baliq skeleti” metodi. Ta’rif: Oq qog‘ozga baliq skeleti maketi chiziladi. Uning yuqori qismiga mavzuga oid ma’lumotlar yozilib, uning pastiga sababi, izohi yoziladi. Masalan: yuqorida – alkenlar birikish reaksiyasiga kirishadi, pastda esa uning sababiqo‘shbog‘i borligi uchun 2-suyagi yuqori qismiga-asetilen payvandlashda ishlatiladi, pastiga – yuqori miqdorda issiqlik chiqadi va hokazo. Qo‘llanilishi: Organik kimyo mavzularidan alkenlar, alkanlar mavzularini o‘tishda bu metoddan foydalanishlari mumkin. Natijaviyligi: Bu metoddan foydalanib bolani mavzuga doir bilimlarini tekshirish, uni atrofdagi voqealarni sababini topishga o‘rgatish mumkin. Bu esa o‘quvchilarni mavzularni to‘la tushunishlariga yordam beradi. Dunyoqarashini, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. “Bilimdon cho‘qqisi” metodi. Ta’rif: Bunda katta farmat qog‘ozga tepaga qarab ko‘tarilib borgan tog‘ cho‘qqisi surati chiziladi. Tog‘lar surati ichiga yer qobig‘ida tarqalgan elementlar, osmon qismiga esa havoda tarqalgan gazlar yoziladi. Dars davomida savollarga javob bergan o‘quvchilar yelimli qog‘ozlarga ismlari yozilib, tog‘ning eng pastki qismiga bir qator qilib yelimlanadi. Ikkinchi bor to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi bir pog‘ona ko‘tariladi. Shu tarzda dars davomida cho‘qqiga birinchi bo‘lib, chiqqan o‘quvchi bugunning eng faol o‘quvchisi deb topilib, rag‘bantlantiriladi. Qo‘llanilishi: Bu metoddan barcha sinf o‘quvchilariga darslar davomida darsdagi faolligini baholash va rag‘bantlantirishda yoki mavzularni mustahkamlashda, guruhli musobaqalar o‘tkazganda foydalanish mumkin. “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №15 26 Natijaviyligi: Metodning afzalligi shundaki, bunda o‘quvchining faolligi sinfdagi barchaga yaqqol ko‘rinib turadi. Cho‘qqiga bo‘lgan intilish esa o‘quvchilarning darsdagi faolligini taminlab beradi. Men bu metod va usullardan darslarim davomida foydalanib boraman. Metodlarning barchasi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirishga, bu esa ta’lim sifatini oshishiga hizmat qiladi. Sizga ham bu metodlardan foydalanishni tavsiya etaman.