Organik birikmalarning sinflanishi. Organik birikmalarga xos reaksiya turlari
Organik birikmalarning sinflanishi. Organik birikmalarga xos reaksiya turlari
Bu ishimda Organikbirikmalarsinflanishi,Organikbirikmalargaxosreaksiya turlari haqida keng turda ma,lumot berilgan. Bunda asosan organik birikmalarning sinflari,ularni qanday guruhlarga bo'linishi haqida jadvallar asosida misollar bilan tushuntirilgan.
Organik birikmalarga xos reaksiya turlari ta'riflar asosida misollar bilan yoritib berilgan. Bundan tashqari organik kimyoda qo'llaniladigan boshqa reaksiya turlari haqida ham ma'lumotlar misollar bilan keltirib ko'rsatilgan. Bu ma'lumotlardan asosan 10-sinflarda hamda organik kimyoni o'rganmoqchi bo'lganlar ham foydalanishilari mumkin.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Organik birikmalarning sinflanishi. Organik birikmalarga xos reaksiya turlari»
Andijon viloyati Asaka tumani 47-umumta’lim maktabi Kimyo, Biologiya fani o’qituvchisi Qodirova Gullolaning Kimyo fanidan tayyorlagan bir soatli dars ishlanmasi
Mavzu: Organik birikmalar sinflanishi.Organik birikmalarga xos reaksiya turlari
Darsni tushuntirishda interfaol metodlardan foydalanish
DARSNING MAQSADLARI:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga organik birikmalarning sinflanishi va organik birikmalarga xos reaksiya turlari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatni muxofaza qilish,undan oqilona foydalanish,tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarda mustaqil ishlash,ko’nikma va malakalarni rivojlantirish,olgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llash
I.Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish navbatchi axborotini tinglash va yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va tekshirish,darsni tashkillash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:misollar ishlash orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III.Asosiy qism: Yangi mavzuni tushintirish
Organik birikmalar tarkibiga ko’ra quyidagi sinflarga bo’linadi
Organik
birikmalar
Azot saqlovchi organik
birikmalar
Uglevodorodlar
Kislorod saqlovchi organik
birikmalar
Tarkibida azot atomlari saqlovchi organik birikmalar
Tarkibida kislorod atomlari ham bor bo’lgan birikmalar
Tarkibida faqat uglerod va vodorod bo’lgan birikmalar
Uglevodorodlar uglerod atomlari orasida bog’lanishlari turiga qarab quydagi guruhlargabo’linadi. Uglevodorodlar uglerod atomlar orasidagi bog’lanishlar turiga ko’ra quydagi guruhlarga bo’linadi
Bundan tashqari uglevodorodlar ochiq zanjirli va yopiq zanjirli xalqali bo’lishi mumkin.
Tarkibida uglerod va vadorod bilan birga kislorod atomi ham bor bo’lgan birikmalar kislorod saqlovchi organik birikmalar deyiladi.
Bir atoml i
Monosaxaridlar
Aldegidlar
Disaxaridla r
Ko’p atomli
Ketonlar
Polisaxaridlar
Tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomi ham bor bo’lgan birikmalarni azot saqlovchi organik birikmalar deyiladi.
Organik reaksiyalar reaksiyaga kirishuvchi birikmalarning tabiatiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi 1.Birikish 2.Ajralish 3.Almashinish 4.Qayta guruxlanish
Organik molekula tarkibidagi atomlarning boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga almashinish reaksiyalari deyiladi.
CH3- CH2-Br + KOH CH3- CH2-OH + KBr
FeCl3,t
C6H6+ Cl2C6H5Cl + HCl
Qo’shbog’ tutgan ,to’yinmagan organik moddalar tarkibidagi p-bog’ning uzilishi hisobidan atom yoki molekulalarning kiritilishiga birikish reaksiyalari deyiladi.
Gidrogenlash—vodorodning katalitik birikishi:
CH2= CH2+ H2CH3--- CH3etan
Gidratlanish --- suvning birikishi:
CH2= CH2+ H2O CH3- CH2- OH
Gidrogalogenlash–galogenvodorodning birikishi:
CH3- CH=CH2+ HGalCH3-CH-CH3
Gal
Galogenlash—galogenlarning birikishi:
CH2= CH2+ Br2CH2Br- CH2Br
Polimerlanish reaksiyalari-bir xil molekulalarning o’zaro birikishi natijasida yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo’lishi.
Bitta organik birikmaning bir necha xilmolekula hosil qilib parchalanishiga ajralish reaksiyasi deyiladi.
Etan molekulasi yuqori temperaturada qizdirilishi natijasida etilen va vodorod molekulasi hosil bo’ladi.
CH3- CH3CH2= CH2+ H2
Etilbromidni yuqori temperaturada qizdirilishi natijasida etilen va vodorodbromid hosil bo’ladi
CH3- CH2- Br CH2= CH2+ HBr
Reaksiyada ajralgan zarracha bir molekuladan ajralib ikkinchisiga biriksa ,molekulalararo qayta gruppalanish reaksiyasi deyiladi.
Uglevodorodlar yuqori haroratda yonganda CO2va H2O hosil bo’ladi.
CH4+ O2CO2+ H2O
Ayrim organik reaksiyalar ularni kashf etgan olimlarning nomlari bilan yuritiladi.
Vyurs reaksiyasi-galagenli alkanlarga aktiv metal ta’sir ettirib alkan olish: 2CH3- I + 2 Na C2H6+ 2NaI
Kucherov reaksiyasi- asetilen uglevodorodlari simob tuzlari ishtirokida suvni biriktirib atsetilendan sirka aldegid gamologlaridan ketonlar hosil bo’ladi.
Lebedov usuli – yuqori temperaturada etil spirtdan katalizator ishtirokida butadiyen-1,3 olish.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
O’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash uchun “Pochta’lion” o’yinidan foydalanamiz.Bunda o’quvchilar 3 guruhga ajratiladilar va har bir guruhga 1 tadan konvert beriladi.Konvert ichiga qizil rangda organik birikmalar sinflari nomi, sariq rangda reaksiya turlari nomi yozib solingan. O’quvchilar avval qizil rangdagi so’ng sariq rangdagi topshiriqlarni belgilangan vaqtda bajarib izohlaydilar.
V. Darsni yakunlash va baholash.
O’quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni o’qituvchi baholash uchun o’quvchilarning uyga berilgan vazifalarni to’g’ri bajarganligi,darsdagi faol ishtiroki va dars jarayonida reaksiyalarni yoza olishi,savol-javoblardagi faol ishtiroki va kartochkalar bilan to’g’ri ishlaganligi e’tiborga olinib baholanadi.
VI. Uyga vaziga
Yangi mavzuni o’qish, organik birikmalarni sinflari va reaksiya turlarini misollar bilan daftarga yozish va yod olish, mavzu so’ngidagi test topshiriqlarini bajarish.