1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda kimyoviy madaniyatni, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmni texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning borishi :I. Tashkiliy qism : O’quvchilar bilan salomlashishiladi. Shior aytiladi: “O’qib organ kimyoni, Sirin ochar dunyoni” O’quvchilar davomatini aniqlash, o’quv qurollari, darsga tayyorgarlik ko’rish, ma’naviy va ekologik daqiqa. “Dars shiori: “Bilganim daryo, bilmaganim dengiz”
Tabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog‘liq.
Havoni ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo‘llanishi, Yer biomassasining noo‘rin kamaytirilishining oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlash zarur.
O’quvchilar guruhlarga bo’linadi:
I-Guruh:
Ayting ,qanday moddadan
Qora porox olinar Kerak - qog’oz rezinaga
Dorilarga solinar ?
“Oltingugurt”
II-Guruh: Raqamlar ichra o’rnim Baholardan kattaman, “n” qo’shilsa nomimga Qimmatbaho ma’danman . “Oltin”
III-Guruh :
Aytinglarchi olamda
Qaysi jism eng qattiq?
Zarbidan s o pol, oyna
Kesilar misli qattiq.
“Olmos”
II. O’tilgan mavzuni takrorlash’’Xotira mashqi’’ Galogenlarga misollar keltiring.
Quyidagi kasalliklarning sababi nima ?
’’Topqirlik mashqi’’
1.Eng yengil metall ?
2.Eng og’ir metall ?
3.Galogen so’zining ma’nosi nima ?
4.Inson bir kunda taxminan qancha tuz iste’mol qiladi ?
5.Davriy sistemada nechta guruh bor ?
6.Qaysi metall suyuq ?
7.Atmosfera tarkibida eng ko’p gaz ?
8.Davriy jadvalni kim yaratdi ?
9.Galogenlar miqdori tabiatda qanday tarqalgan ?
To’g’ri javoblar
1.Eng yengil metall ? ( Litiy )
2.Eng og’ir metall ? ( Osmiy )
3.Galogen so’zining ma’nosi nima ? ( tuz yaratuvchi )
4.Inson bir kunda taxminan qancha tuz iste’mol qiladi ? ( 10 gr )
5.Davriy sistemada nechta guruh bor ? ( 8 ta )
6.Qaysi metall suyuq ? ( Simob )
7.Atmosfera tarkibida eng ko’p gaz ? ( Azot )
8.Davriy jadvalni kim yaratdi ? ( Mendeleev )
9.Galogenlar miqdori tabiatda qanday tarqalgan ? (Davriy jadvalda yuqoridan pastga miqdori kamayadi)
III.Yangi mavzu bayoni Elementlarning kashf qilinish tarixi.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan.
Kislorod - 1771 yil K. Shelee tomonidan. (Kislota yaratuvchi)
Poloniy - 1848 yil polyak Pyer va Mariya Skladovskaya Kyuri (Polsha sharafiga)
Elektron konfiguratsiyasi
Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor.
Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada –2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Oltingugurt, selen va tellurning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh holdagi d-orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin. Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi.
OltingugurtTabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud.
Erkin holdagi S
Kinovar HgS
Xalkopirit CuFeS2Gips
Sfalerit ZnS Galenit PbS CaSO4* 2H2O
Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan.
Selen va tellur yarimo‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregulyatorlar tayyorlashda, po‘lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Oltingugurt bir necha xil allotropik shakl o‘zgarishga ega: rombik oltingugurt S8; monoklinik oltingugurt S8; plastik oltingugurt Sn.
Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo‘lib, suvda erimaydi
Oltingugurt rudalarini “bekorchi jins”lardan tozalash uchun sanoatda “flotatsiya” usulidan keng foydalaniladi .
Oltingugurt uglerod (IV )-sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi. Oltingugurt elektr tokini va issiqlikni yomon o‘tkazadi. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Oltingugurtning kimyoviy xossalarini ifodalashda kimyoviy soatdan foydalaniladi.
Oltingugurtning biologik ahamiyati:
IV.Mavzuni mustahkamlash
’’Mantiqiy fikrlash ’’ mashqi:
Bechora А ga uyida juda noqulay : Yuqoridagi qo’shnisi B uyingni yoqaman deb qo’rqizsa O’ng tomondagi qo’shnisi C zaharlayman deb qo’rqitadi . Chap tomondagi qo’shnisi D esa og’ir-bosiq bo’lib, onda-sonda janjal ko’taradi. Lekin bunday paytda undan har narsa kutsa bo’ladi, yoki uyga o’t qo’yadi, yoki zaharlaydi (chunki gugurt tarkibida bor).
Lekin u tinchisa o’zidan och yashil nur taratib hammani xursand qiladi.
Аva uning qo’shnilari kim?
“ Individual topshiriq”
Inson tanasida 0,16% oltingugurt borligini bilgan holda tananggizdagi S miqdorini hisoblab toping.
“ PISA” topshiriqlari
Birinchi fosforli gugurtlar 1827-yilda kashf qilingan. Bunday gugurtlar har qanday yuzaga ishqalansa alangalanib ketgan, bu esa ko`plab yong`in sodir bo’lishiga olib kelgan. 1867-yil italyalik ersgerdsoginiya Matilda bexosdan gugurt bosib qo`yishidan vujudga kelgan yong`in sababli vafot etgan. Fosforli gugurtlardan zaharlanish holatlari yozib qoldirilgan. Shuning uchun hozirgi kunda bunday gugurtlar o’rnini xavfsizlari egallagan.
Topshiriq. Nima uchun birinchi fosforli gugurtlar bu qadar xavfli bo`lgan, zamonaviylari esa unday emas? Sabablaridan bittasini tushuntiring
“ Dars xulosasi”
Si –xa, Ar –na, Ne –gan,
F –tu, Cl–na, K–dir,
Li –bi, S –zi, N –lim, Na –mas.
Dars hikmati: Bilim – tuganmas xazinadir.
V.Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa Takrorlash. Mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlar to’plash