Просмотр содержимого документа
«Eng muhim tuzlarning ishlatilishi»
Mavzu-Eng muhim tuzlarning ishlatilishi
Tayyorladi: namangan viloyati uchqo`rg`on tumani, 1-sonli maktab kimyo fani o`qituvchisi Nishonova Nigora Qo`ldoshboyevna
reja
Xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan anorganik moddalar
Osh tuzi. Osh tuzining kunlik iste`mol miqdori qancha bo`lishi zarur?
Kalsiy karbonat-ohaktoshlar
Ammoniy nitrat- Ammoniyli selitra
Va ba`zi muhim tuzlarning ishlatilishi
Foydali maslahatlar
Murakkab moddalar ichida eng ko‘p tarqalgan va xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan anorganik moddalar tuzlar bo‘lib, yerdagi hayotiy jarayonlarning me’yo rida sodir bo‘lishi uchun ularning ahamiyati juda kattadir. Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5% turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo‘ladi. Yoki turli sabablarga ko‘ra organizm tez suyuqlik yo‘qotadigan bo‘lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fiziologik tuz eritmalari beriladi.
Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko‘plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo‘llanadi. Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi metallar guruhini tutgan tuzlar qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlar, ba’zi zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni oshiruvchi, o‘stiruv chi vositalar sifatida keng qo‘llanadi. Karbonatlar va silikatlar qurilish ishlarida turli maqsadlarda ishlatiladi
Natriy xlorid – NaCl.
Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi.
OSH TUZINING KUNLIK ISTE`MOL MIQDORI QANCHA BO`LISHI ZARUR?
Osh tuzi Inson uchun muhim ozuqaviy modda, chunki u organizmdagi moddalar almashinuvini normallashtirish uchun kuniga Sog`liqni saqlash vazirligi aytganidek, 1 choy qoshiq-5gr tuz iste`mol qilish lozim.
Agar iste`mol qilinayotgan tuz me`yoridan ortib ketsa………
Organizmda tuzni miqdorini ortishi moddalar almashinuvi jarayonini buzadi, yurak, buyrak va qon aylanish tizimida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Uni qancha ko`p iste`mol qilinsa, buyrak faoliyati shuncha qiyinlashadi. Organizmda natriy to`planishiga olib keladi. Yodlangan tuzni ko`p miqdorda ovqat bilan iste`mol qilish ko`z bosimini oshiradi, keyinchalik kataraktaga ham olib keladi.
Kalsiy karbonat
Marmar, ohaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko‘p foydalaniladi. U Toshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi.
ohaktoshlar
Karbonatli cho`kindi tog` jinslari. Tarkibi 50% dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti qoldiqlaridan iborat. Ko`pincha ohaktosh ichida chig`anoqlar ham bo`ladi. U sanoatda, qishloq xo`jaligida, qurilishda keng qo`llaniladi. Qora metallurgiyada rudani erishini oshirish va shlak hisil qilish uchun qo`llaniladigan modda(Flyus) sifatida, sement va oxak ishlab chiqarishda, soda, mineral o`g`itlar, shisha, qo`g`oz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash maqsadida foydalaniladi. Ohaktosh muhim qurilish materiali hisoblanadi va ulardan bezak toshlar, haykaltaroshlik va me`morlikda ishlatiladi.
Ammoniy nitrat– NH4NO3.
Ammoniyli selitra-rangsiz, kristall modda. nomi bilan qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Farg‘ona azotli o‘g‘itlar korxonasi, «navoiyazot» da sun’iy tarzda ishlab chiqariladi. Ekinlarni ekishdan oldin va o`sish davrida yerga asosiy o`g`it sifatida solinadi, ayniqsa g`o`za parvarishida ko`p ishlatiladi. Ammiakli selitradan portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin.
Ammiakli selitrani saqlash alohida e`tiborga ega. U portlovchi modda bo`lgani uchun, saqlash joyi yonuvchan moddalardan uzoqroq bo`lishi kerak. Uni saqlash uchun salqin, quruq joy kerak.
Kalsiy xlorid
Turli kasalliklarda davo qilishda keng qo`llaniladi. U qonning ivish xususiyatini oshiradi. Shuning uchun ham preparat o`pkadan, qorindan, ichakdan, bachadondan, qon ketganda va xirurgiya amaliyotida (qonni ivishini oshirish maqsadida) ishlatiladi. Kalsiy xlorid turli allergic kasalliklarda keng qo`llaniladi. Preparatni ichish uchun 5-10%li eritmasi ishlatiladi.
Kaliyli selitra-asosan mineral o`g`it sifatida foydalaniladi.
Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho‘yan va po‘lat olinadi. Respublikamiz hududida, xalq xo‘jaligida turli maqsadlarda ishlatiladigan tuzlarning tabiiy zaxiralari aniqlangan. Marmar (CaCO 3 ) nurota va g‘ozg‘on konlaridan olinadi. Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaCl· KCl) Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi. Fosforit (Ca 3 (PO 4 ) 2 ) markaziy Qizilqum, Qoraqat, shimoliy Jetitov konlaridan olinadi. Bir qator rangli metallarning sulfid tuzlari olmaliq tabiiy konlaridan qazib olinadi. Ulardan esa metallar, oltingugurt va turli xildagi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda
Qo`shimcha ma`lumotlar!
Tuzlarni Foydali xususiyatlari
Tuzlarning zararli xususiyatlari
U organizmni zaruriy moddalar bilan ta`minlaydi.
Ovqat hazm qilishda yordam beradi.
Yog` va suv almashinuvini normallashtiradi.
Antiseptik mahsulot hisoblanib, oshqozondagi zararli bakteriyalarni yo`q qiladi.
Yurak va tomirlar faoliyati uchun zarur bo`lgan kislota-ishqorlar balansini me`yorlashtradi.
Mushaklarni mustahkamlaydi.
Tishlarga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Inson tuzga o`rganib qoladi, ammo uni sezmaydi. Haddan ziyod iste`mol qilish tuz-suv balansini buzadi.
Ko`p miqdordagi tuz-buyrak, yurak, tomirlar va jigarga og`irlik qiladi. Tuz ortiqcha vaznga sababchi bo`ladi, chunki u organizmdagi ortiqcha suyuqlikni ushlab turadi.
U qon bosimini ham oshishiga sabab bo`ladi.
Savol va topshiriqlar
1. Kalsiy karbonatdan foydalanib qanday moddalar hosil qila olasiz? Reaksiya tenglamalarini yozing 2. FeSO4 dan temir, temir (II)-oksid, temir (II)-gidroksid va temir (II)-xlorid hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing. 3. Kalsiyli selitra olish usullaridan biri suyultirilgan nitrat kislotani ohaktosh bilan neytrallashdan iborat. Bunda sodir bo‘ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.
4. Quyida xalq xo‘jaligida ko‘p ishlatiladigan tuzlarning texnik nomlari va formulalari keltirilgan: Ichimlik sodasi — NaHCO 3 ; Suvsizlantirilgan soda — Na 2 CO 3 ; Bor, marmar, ohaktosh — CaCO 3 ; Potash — K 2 CO 3 ; Lyapis — AgNO 3 . Ularning kimyoviy nomlarini yozing
masala
0,9% li osh tuzining eritmasi fiziologik eritma deyiladi. Bu eritma tibbiyotda qanday maqsadlarda ishlatiladi. 1 litr fiziologik eritma tayyorlash uchun qancha tuz va suv kerak bo‘ladi?