kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Geometriya fani tarixi va maktab ta'limida uning tutgan o'rni

Нажмите, чтобы узнать подробности

Geometriya fani tarixi va maktab ta’limida uning tutgan o’rni
     Geometriya fan sifatida qadimga taaluqli yuza va hajmlarni hisoblash umumiy amaliy qoidalaridan qat’iy, mantiqiy sistemali fanga aylanguncha uzoq davrni bosib o’tdi.Uning sistematik kursi Yevklid tomonidan eramizgacha 3-asrda yaratildi.2 ming yil davomida Yevklidning “Negizlar” asari mantiqiy jihatdan o’quv qo’llanmasi bo’lib keldi.Faqat 19-asr ikkinchi yarmidan geometriya asoslari chuqur tahlil qilinib, bu geometriya fani qat’iy mantiqiy tuzilishi qanoatlantirilishi lozim bo’lgan talablar aniqlanadi.Bunda rus matematigi N.I.Lobachevskiyning xizmatlari katta bo’ldi.Uning asosiga qandaydir aksiomalar sistemasi va ma’lum sondagi asosiy yoki dastlabki tushunchalar qo’yiladi.Bu tushunchalar mazmuni aksiomalarda ochib beriladi.
   Geometriya o’qitish mazmuni o’quv dasturi va DTS talablaridan kelib chiqadi.Bunda asosiy quyidagi yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin:
1.Asosiy tushunchalarning kiritilishi: nuqta,to’g’ri chiziq,tekislik,to’plam.
2.Asosiy geometrik shakllarning o’rganilishi:kesma,nur,burchak,uchburchak,to’rtburchak va ko’pburchaklar,fazoviy shakllar:ko’pyoqlar va aylanish jismlari, aylana,doira.
3.Geometrik shakllarning xossalari:uchburchak,to’rtburchak turlari va ularning xossalari,ko’pburchaklar va muntazam ko’pburchaklarning xossalari.
4.Geometrik miqdorlarni o’rganish:uzunlik,yuza va hajm tushunchalari,uchburchakda metric munosabatlar.
5.Tekislikda va fazoda koordinatalar usuli,vektorlar.
6.Geometrik masalalarni yechish usullariga o’rgatish: hisoblashga, isbotlashga va yasashga doir masalalarni yechish usullarini tarkib toptirish.
7.Geometrik almashtirishlar haqida ma’lumotlar berish va ularning qo’llanilishiga misollar berish :siljish,parallel ko’chirish, simmetriya kabi almashtirishlar haqida bilimlar berish.
     Geometriya elementlari asosan induktiv ravishda bayon etiladi. Bunda ko’pgina bilimlar o’lchash va yasashlarni umumlashtirish, modellashtirish yordamida bayon etiladi.Geometriyani o’qitishning quyidagi xususiyatlari mavjud:
1.Planimetriya o’qitishda qo’llanib kelingan ko’rgazmali geometriya usullaridan voz kechmaslik lozim.Avvalgidek, o’qituvchi ko’rgazmalilikni keng qo’llashi, o’quvchilarni o’rganilayotgan shakllar xossalarini kuzatishga, bu xossalarni o’zlashtirishga yordam beruvchi amaliy ishlarga o’quvchilarni jalb etishni talab etadi.
2.Shu bilan birgalikda o’quvchilar mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish bo’yicha ish olib borishlari zarur.Planimetriya tushunchalarini o’rganish bunga imkon beradi.So’ngra ular orasidagi ichki bog’lanishlarni anglashga,bu xossalarning boshqalarga bog’liqligini bilib olishga imkon beradi.
3.Geometriyani o’rganish amaliy mazmunli va ishlab chiqarish mazmunidagi masalalar yechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq.
      Geometriyani o’qitish jarayonida fikrlashlarini rivojlantirishda quyidagi ikki usul keng imkoniyatlar yaratadi:
a)izlanishga oid geometrik masalalar yechish.
b)maqsadga yo’naltirilgan geometric masala va mashqlar bajarish.Buni o’quvchilar ish tajribasi va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar natijalarida yaqqol ko’rsatmoqda.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Геометрия

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 7 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Geometriya fani tarixi va maktab ta'limida uning tutgan o'rni

Автор: Sayfullayeva Shaxnoza Baxtiyorovna

Дата: 17.11.2020

Номер свидетельства: 563603


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства