Просмотр содержимого документа
«Pifagor teoremasi va uning tadbiqlari»
O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 25 - maktabning matematika fani o'qituvchisi Karimova Tursunoyning 8-sinf geometriya fanidan "Amaliy mashq va tatbiq" mavzusidan tayyorlagan dars ishlanmasi
DARS MAVZUSI: Amaliy mashq va tatbiq
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarda musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish bo`yicha egallangan bilim, ko`nikma, malakalarni mukammallashtirish, mustahkamlash .
Tarbiyaviy: O`quvchilarda mehnatsevarlik, guruhlarda ishlash qobiliyatini shakllantirish, Al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg`oniyning eng buyuk xizmatlari haqida qisqacha to`xtalib, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish, ota-bobolarimizning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda topshiriqlarni bajarish jarayonida mantiqiy fikrlashni, o`quvchilar matematik nutqi, diqqati, xotirasini o`stirish, ularda tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish ko`nikmasini shakllantirish.
Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini rivojlantirish
Dars jihozi : Darslik, dars ishlanmasi, testlar, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko`rgazmali qurollar.
Darsning foydalaniladigan metodlar : Savol-javob, suhbat, amaliy ishlar, guruhlarda ishlash metodlarini kompleks holda qo`llash .
DARS REJASI: 1.Uyga vazifalar tekshiriladi. 2.Amaliy masalalar beriladi. 3.Darslikdagi masalalar asosidava dtm testlaridan foydalanib .”Boriga baraka ” o’yini o’tkaziladi. 4.Yuqoridagi jadvalga ballar qo’yib boriladi 5.G’olib bo’lgan guruhning har bir a’zosi ”Rahmatnoma” bilan taqdirlanadi. 6.PISA mashg’ulotlaridagi amaliy masalalar muammoli vaziyatlariga mantiqiy yechim topish usullarini yoritib berish.
Darsning borishi:Tashkiliy qism: O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar. Guruhlar tomonidan Al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg`oniyning eng buyuk xizmatlari haqida qisqacha to`xtalib o`tiladi:
Al – Xorazmiy(783 – 850) – Bog`dodda IX –asrda faoliyat yuritgan “Bayt ul –hikma” ning yetakchi olimi, ilmiy rahbari, fanda yangi yo`nalish va maktab yaratgan allomalardan edi. “Al-jabr val-muqobala” kitobi jahonda birinchi bo`lib algebra faniga asos bo`lgan. Matematika fanida o`nlik pozitsion hisoblash sistemasini yaratdi. Shu asosda u qo’shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amaliyotining qulay va oson yo`lini kashf etib, sharq va yevropani ilg`or hisoblash tizimiga o`rgatdi. Fanda har qanday muntazam, izchil hisoblash jarayonini anglatadigan matematik tushuncha – algoritm tushunchasi ham al-Xorazmiy nomi bilan bevosita bog`liq.
Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048) –Xorazm Ma’mun Akademiyasining yetuk olimi, ajoyib rahbari va mohir tashkilotchilaridandir.U yevropalik olimlardan 6 asr burun yerning o`z o`qi atrofida aylanishi haqida fikr yuritdi. Shuningdek yerning dumalaoq shaklda ekanligi, jismlarning yer markaziga tortilishi haqidagi g`oyalari ham fan olamida buyuk kashfiyotlardan edi.Dunyoning eng mukammal xaritasini ishlab chiqdi, o`zi yaratgan astronomik asboblar yordamida yer sharining o`ziga xos shakli globusni kashf qildi.Yevropalik mashhur sayyoh Xristofor Kolumbdan 5 asr avval dunyoning narigi tomonidan bizga noma’lum bo`lgan yirik quruqlik – Amerika qit’asi mavjudligini ilmiy bashorat qildi.
Ahmad Al – Farg`oniy(787 – 861) – Sharqda birinchi astronomik asboblar ixtirochisi. Matematik geografiya faniga asos solgan. Ispaniyalik mashhur sayyoh Xristofor Kolumb Amerikani kashf etishda al-Farg`oniyning astronomik jadvallari va xaritasidan foydalangan. Misrdagi Nil daryosi suv rejimini tartibga solishda u yaratgan nilometrdan o`tgan asrning 60-yillarigacha foydalanib kelingan. Guruhlar tomonidan yuqoridagi ma’lumotlar berilish jarayonida o`qituvchi tomonidan uy vazifasi 1015-1016-misollar tekshiriladi. Yozuv taxtasining o`ng tomoniga guruhlar nomlari yozilgan qog`ozlar osilib, har bir guruh darsda ishtirokiga qarab ballar bilan baholanadilar.
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar bilan o`zaro savol-javob asosida o`tilgan mavzu takrorlanadi:
Guruhlar
1
Al - Xorazmiy
2
Al-Beruniy
3
Al-Farg`oniy
4
5
jami
1. Pifagor teoremasining amaliy tatbigiga doir masalalar.
1- masala. Suv nilufar gulining koi sathidan ko‘rinadigan qismi 10 cm. Agar gulni boshlang‘ich holatidan bir tomonga 1 m tortilsa, suv sathiga tegadi. Kooning shu joydagi chuqurligini toping.
1. Pifagor teoremasining amaliy tatbigiga doir masalalar.
1. Pifagor teoremasining amaliy tatbigiga doir masalalar.
2 - masala. Bir daraxtning balandligi 20 m, ikkinchisiniki esa 9 m. Bu daraxtlar orasidagi masofa 60 m ni tashkil qiladi. Shu ikki daraxt uchlari orasidagi maso- fani toping.
1. Pifagor teoremasining amaliy tatbigiga doir masalalar.
1. P ifagor teoremasining amaliy tatbigiga doir masalalar.
3 - masala. A punktdan daryo ortidagi borib bo‘lmaydigan B punktgacha bo‘lgan masofani toping.
2. O‘tkir burchak tangensining amaliy tatbig‘iga doir masalalar.
2.O‘tkir burchak sinusining amaliy tatbig‘iga doir masala.
4 – masala: Yengil mashina nishabligi 15° bo‘lgan qiya yo‘l bo‘ylab ko‘taril- moqda (3- rasmga q.). U qiyalikka ko‘tarilish joyidan 300 m yo‘l bosib o‘tgach gorizontga nisbatan necha metr balandlikda bo‘ladi?
2.O‘tkir burchak sinusining amaliy tatbig‘iga doir masala.
2.O‘tkir burchak sinusining amaliy tatbig‘iga doir masala.
5 - masala. Samolyot uchish yo‘lakchasidan havoga ko‘tariladigan nuqtadan 700 m masofada o‘rmonzor joylashgan bo‘lib, daraxtlarning maksimal balandligi 24 m ga teng. Samolyot bu daraxtlarga tegmasligi uchun qanday burchak ostida ko‘tarilishi kerak?
2.O‘tkir burchak sinusining amaliy tatbig‘iga doir masala.
Rahmatnomalar topshirilib , uyga vazifa beriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Foydalanilgan Adabiyotlar: M.A.Toxtaxodjayeva, A.A. Rahimqoriyev “Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Toshkent-2019. 2. Конспект урока "Умножение положительных и отрицательных чисел" Автор: Ромашова Нина Александровна учитель математики МБОУ Обходская ООШ (Нижегородская область)