Просмотр содержимого документа
«Orol fojeasining boshlanishi»
Orol fojesining boshlanishi
Cholu sahrolarni o’zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo’ylab sug’orish ti-zimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60—80 km ga chekin-di, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq koiga aylanib qoldi. Dengizning suv qochgan 4 mln. gektardan ortiqroq tubi qumli, sho’rhok sahroga aylandi. Undan kuchli shamol bo’ron orqali ko’taril-gan tuz, chang-to’zonlar, atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar sogiig’ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yoilari va jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko’paydi. Bolalar va xotin-qizlar olimi ko’payishi kuzatilmoqda. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko’ra, birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo’ron tufayli 15—75 million tonna changto’zon ko’tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni ifloslantirardi, aholini turli-tuman kasalliklarga mubtalo qilardi.
1993-yil mart oyida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ul-lanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi ta'sis etildi.