II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: O’zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari haqidagi
oldingi darslarda o’rganilgan bilimlarni shakllantirishda davom
etish; Navoiy viloyatining geografik o’rni, maydoni, chegaralari,
aholisi, xo’jaligi va uning hududiy tashkil etilishi; shuningdek,
yirik shaharlariga batafsilroq ma’lumot berish.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni maqsadga intilishga, bir-birini hurmat
qilish, ularda jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam mas’uliyatini
sezish ko’nikmalarini shakllantirish. Iqtisodiy tarbiya berish.
c) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrni aniq
ifodalashga, nutq madaniyatini o’stirishga o’rgatish.
III. Dars jihozlari:
O’zbekistonning tabiiy va siyosiy-ma’muriy xaritalari, Buxoro va
Navoiy viloyatlarining iqtisodiy xaritalari, 8-sinf o’quv atlaslari,
tarqatma materiallar.
Texnik vositalar:
Kompyuter, slaydlar, ekran, proektor.
IV. Dars tipi: Aralash.
V. Dars turi: Noan’anaviy
VI. Dars o’tish metodi: kichik guruhlarda ishlash, “BLIS so’rov”
“Aqliy hujum”, “Klaster”, amaliy ishlar.