Просмотр содержимого документа
«Geografik xaritalar bilan ishlash.»
GEOGRAFIK XARITALAR BILAN ISHLASH.
Boboqandova Ruxsora Egamberdiyevna
Navoiy viloyati Nurota shahar 5-umumiy o`rta
ta’lim maktabi geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi
Telefon raqami: 912540230
Annotatsiya: Ushbu maqolada geografiya darslarida xarita bilan ishlash , uning metodlari va ulari qo`llash hamda uning avzalliklari haqida ma`lumot beradi.
Geografiyani xaritasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xarita geografiya o’rganadigan barcha jihozlar va hodisalar haqida hikoya qila oladi, xarita tez, aniq va lo’nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham avzallik qilishi mumkin. Xarita - geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir o’quvchi xaritani o’qiy olishi lozim. Agar o’quvchi xaritaga qarab hali o’rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog’larning balandligi va yo’nalishini aniqlay bilsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay olsa, bu o’quvchi xaritani biladi, deyish mumkin.
Xaritadan to’g’ri foydalana olishni o’rganish uchun geografiya o’qituvchi o’quvchilarni har qaysi yangi xarita mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim. Xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirish, o’quvchilar e`tiborini xarita mashtabiga jalb etish lozim.
Bundan tashqari, o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini gradus to’rining holati, meridian va paralellarning qanday o’tkazilganligiga kenglik va uzunlikni belgilagan o’rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralariga jalb qilish lozim, Globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini ko’rsatib olish kerak. Geografiya fani o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga xaritani tushunish va va o’qiy olishni o’rgatishdir.
Xaritaning bilishning ma’nosi shuni, o’quvchilar undagi shartli belgilarga tushunishlari va shu shartli belgilar orqali ko’rsatiladigan joy va hodisalarning xarakterlarini ko’z oldiga keltira olishlari xaritaga qaraganlarida ular ongiga daryolar, tog’ tizmlari va muzliklarining manzaralari xosil bo’lishi kerak.
Xaritani bilish uchun joyda mo’ljal olish, gorizont tomonlarini yo’nalishlarini qog’ozga tasvirlashni, mashtab bilan ishlashni joy planini o’rganishni va chizishni bilish kerak. Undan keyin esa o’quvchilar globus va xaritalarda geografik kenglik va uzunliklarin aniqlash turli mazmundagi xaritalarini o’qishni xaritalarini asosiy avzal kamchliklarni aniqlashni bilish lozim.
Geografik ta’limda xarita bilan ishlash uslublarini boshqa uslublar bilan bog’langan xarita bilan ishlash bunday tartibda olib boriladi.
1) Yer yuzasi elemtlari rel`ef shakllari vulqonlar dengiz, qo’ltiqe buloqlar, daryolar ko’llar bilan o’quvchlarni bevosta tanishtirish kerak.
2) Xaritani joy bilan solishtirlganda topqirlik xarita belgilar bilan tanishtirish.
3) Joy kattaligini ko’z bilan chamalashga o’rgatish.
4) O’quvchilarga xaritaviy bilimlarni o’rgatish maqsadida topografik va geografik xaritalarni solishtirishni o’rgatish.
5) Gradus to`rini yaxshi bilib olishlari uchun geografik koordinatalarni mashq qilishni o’rgatish.
6) Turli masshtabli xaritalardan ayrim geografik joylarni topishni o’rgatish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Egamberdiyev, Asomberdi. "Xaritagrafiya" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-y
2.Berlyant A. M., Kartografiya, M., 2002; Egamberdiyev A., Oʻzbekistonda kartografiyaning shakllanishi, hozirgi holati, muammolari va istiqbollari, T., 2001.