Просмотр содержимого документа
«Жаҳон иқтисодий-ижтимоий географияси»
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI NORIN TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 1-SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHISI MAMATQULOVA ASILANING 9-SINF UCHUN GEOGRAFIYA FANIDAN “ JAHON IQTISODIY-IJTIMOIY GEOGRAFIYASI ” MAVZUSIDA
TAQDIMOTI
MAVZU: BRAZILIYA XO’JALIGIGA UMUMIY IQTISODIY GEOGRAFIK TA`RIFi
REJA:
Braziliyaning geogafik o’rniga umumiy ta`rifi
Axolisining joylashishi
Sanoat tarmoqlarining joylashishi
Iqtisodiyoti rivojlanishi
Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga (8515.7 ming km 2 ) ko’ra ham, aholisining soniga (209.4 mln 2018 y) ko’ra ham dunyoda 5- o’rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy Amerika materigi maydonining 47 % ini o’z ichiga olgan bo’lib, quruqlik orqali materikning 10 davlati bilan chegaradosh.
Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi:
Mamlakat xududi ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqlimi sernam bo’lganligi uchun mamlakatda o’rmonlar (selva, kampos, kaatinga) katta maydonlarni egallagan. Amazoniya o’rmonlarida 25 000 dan ortiq o’simlik turi uchraydi, shundan 4000 turi daraxtlardir. Bu o’rmonlar hayvonot dunyosiga ham boy.
Aholisi.
Mamlakat aholisi demografik portlashda. Aholisi 176,5 mln (2003y), 194.3 mln (2014 y), 209,4 mln (2018y) kishi. Tug’ilish koeffisienti 16 ‰, o’lim 7 ‰ . Axo li zichligi 23 kishi. 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 30 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 6 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 65-73 yosh. YAMD 7070 $ (2001y). Aholisining o’rtacha zichligi 1 km 2 ga 21 kishi.
Aholisining 90% i mamlakat hududining 2/5 qismida yashaydi, ya’ni mamlakatning janubi-sharqida okean sohillarida yashaydi. Mamlakatning ichki, g’arbiy rayonlarida (Amazoniyada) butun aholining 5 % i yashaydi. Aholining bunday notekis joylashganligiga avvalo tarixiy va iqtisodiy sabablar ta’sir etgan.
Sanoati . braziliya sanoati ishlab chiqarish xajmiga ko’ra dunyoda 1-o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi. U rivojlanayotgan mamlakatlarning eng etakchisi, peshqadami, nihoyat tayanchidir.
Transporti.
Asosiy transporti avtotransport bo’lib, mamlakatda avtoyo’llarning umumiy uzunligi 1,3 mln km ga teng. Temir yo’llarining umumiy uzunligi 30 ming km. Dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Eng yirik dengie portlari: Rio-de- Janeyro, Santus, Itaki, ular universal portlar. Eng yirik ruda eksport qiluvchi porti – Tubaran. Bulardan tashqari: Forta- Leza, Salvador, Port – Alegri kabilar mavjud.
San-Paulu shahri Braziliyaning iqtisodiy poytaxti bo’lib, Lotin Amerikasining qolaversa, butun Janubiy yarim sharning bosh sanoat rayonidir. “Osmono’par binolar” ko’pligi uchun uni “Lotin Amerikasining Nyu -Yorki” deb atashadi. San-Paulu XIX asrning o’rtalarigacha kichkina viloyat markazi bo’lgan, so’ngra Yevropa va Yaponiyaliklarning ommaviy ko’chib kelishi natijasida shahar juda tez o’sdi.
Rio-de-Janeyro mamlakatning eng yirik port, bankir va turizm shaharidir. U 1960-yilgacha mamlakat poytaxti bo’lib kelgan. Shaharda Isus Xristosning 40 metrli haykali va dunyodagi eng katta “Mrakana” futbol stadioni joylashgan. XX asrning 2-yarmidan boshlab Braziliyada Amazoniyani o’zlashtirishga qaratilgan regional siyosat yuritilinmoqda. Mazkur siyosat bo’yicha mamlakat poytaxti Rio-de –Janeyrodan Braziliaga ko’chirildi va Transamazoniya avtomobil yo’li (5,5 ming km) qurilib ishga tushirildi.
Asosiy savdo sheriklari:
AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari, EI (ES), Osiyo davlatlari.