kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kurash mashg’uloti va to’garaklari uchun bir soatlik dars ishlanmasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Tikka turgan holda usul bajarish. Raqibining qo’lidan ushlab aylantirib orqaga o’tish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Kurash mashg’uloti va to’garaklari uchun bir soatlik dars ishlanmasi»

KURASH MASHG’ULOTI VA TO’GARAKLARI UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI


Mavzu: Tikka turgan holda usul bajarish. Raqibining qo’lidan ushlab aylantirib orqaga o’tish


Maqsadi: Kurash elementlarini texnik va taktikasini mustahkamlash


Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni har tamonlama yetuk barkamol inson qilib tarbiyalash


Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilar o’rtasida dustona vaziyatni shakllantirish.


Riojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarimizni rivojlantirish.


Keraklili jixozlar: kurash tushagi, chuchela


Mashg’ulot uslubi: Ko’rsatmali, amaliy,musobaqa.


Mashg’ulot o’tish joyi: Kurash zali
























t\r

Mashg’ulotning mazmuni

Mashq miqdori

Tashkiliy metodik ko’rsatma

Tayyorlov qismi 20-25 minut

O’quvchilarni saflash, salomlashish, davomatni aniqlash, mashg’ulot mazmunini, yangi mavzuni tushintirish, joyida burilish komandalarini bajartirish, zal bo’ylab 1000-1500 metrgacha yugurtirish, o’ng va chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish, tizalarni baland ko’tarib yugurish. O’tirib yurish va sakrash, oldinga o’mbaloq oshish, oldinga sidirg’asiga ketma-ket orqaga o’mbaloq oshish, orqaga sidirg’asiga ketma-ket orqaga o’mbaloq oshish, yotgan holda ko’prik, bajarish, har-xil bo’yin muskullari va qorin (press) muskulllari uchun maxsus mashqlar bajarish. Umumrivojlantiruvchi mashklar bajarish:

1. DH oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda 1-2-3-4 boshni o’ng tomonga, 1-2-3-4 chapga aylantirish;

2. DH oyoqlar yelka kengligida, qo’llar yonda qo’llarni 1-2-3-4 oldinga, 1-2-3-4 orqaga aylantirish;

3. DH qo’llar belda, 1-2 o’ng tomonga, 3-4 chap tomonga engashish;

4. DH qo’llar belda belni 4-marta o’ng va chap tomonga aylantirish;

5. DH qo’llar va bosh yerga tayangan holda, oyoq va gavdani orqaga va oldinga va yonga aylantirish;

6. DH sherigi yordamida bir-birini yelkasiga olib orqadan ko’tarish va tushirish keyin o’rin almashtirish.

1-2 minut


1000-1500

metr


2-3 minut


2-3 minut




2-25 marta 6-8 ta



12-16 marta


12-16 marta


12-16 marta



12-16 marta


12-16 marta


12-16 marta



Safni buzmasdan bir-biriga halakit qilmasdan bir maromda yugurish. Yugurganda burundan nafas olib og’izdan chiqarish.

Mashqni to’g’ri va bexato bajarish






Gavdani to’gri tutamiz


Tirsaklar bukilmasin


Engashganda oyoqlar joyidan qimirlamasin


Boshni to’g’ri tutib bajaramiz

Boshni mahkamroq tutib bajaramiz


Engashganda tizzalar bukilmasin

Asosiy qism 35-40 minut

Shug’ullanuvchilarni yoshi va vazniga qarab ikkiga bo’lib, raqibning qo’lidan ushlab aylantirib, orqaga o’tish usulini amaliy ko’rsatib berish va nazariy tushuntirish.

1. Ikkala raqib bir-biriga yuzma-yuz turgan holatda qarama-qarshiliksiz sherigining orqasiga o’tib ball olishni o’rganish;

1. Raqibga tomon bir qadam tashlab raqib ko’lini ushlagan holda chalg’itib orqasiga o’tish;

2. Raqibni muvozanatdan chiqarib orqasiga o’tish.

2. O’tirgan holda usul, raqibini qo’lini ushlab ko’prik holatida aylantirish;

A) Raqibini gilamdan ko’tarib ko’prik holatida aylantirish (nakat);

B) 2-chi usul "Parter" holatidan ko’prik xolatida aylantirish

1-2 minut




15-20 minut



5-6 minut



5-6 minut


15-20 minut


5-6 minut


5-6 minut

Amaliy va nazariy tushuncha berish.

1. Himoyalanish usuli: Raqibidan bir qadam oldinga chiqib qo’lini birlashtirib ko’prik orqali orqaga tashlash.

A) Ko’prik holatida turib bosh atrofida aylantirish

B) "Xo’rozlar jangi" o’yini

To’ldirma to’plar bilan mashq bajarish.

2. Raqibiga tomon burilib qo’llar bilan tiralish.

Raqibiga tomon burilib raqibining orkasiga o’tish.

Qarshilik bilan (nakat )ga ishlash

Yakuniy qism

O’kuvchilarni saflab yengil yugurtirish,pafas rostlash mashklarini bajartirish, o’kuvchilarning yutuk va kamchilliklarini muxokama kilish, ragbatlantirish,uyga vazifa : ko’prik turish va ko’llarni bukib yozish, 1000 metrgacha yugurish

4-5 mingut 5-6 minut

Xxxxxxxxxxxxxxxxxxxx

Yengil yugurish, nafas rostlash mashqlarini bajarish, chuqur nafas olib nafas chiqarish. Shug’ullanuvchilarga gigiyena talablarini tushuntirish










Mashg’ulot o’tkazadigan joyga va sportchilarga qo’yiladigan asosiy gigiyenik talablar.

Tibbiyot kuriklarini tashkil qilish, jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri haqida gigiyena va kun tartibiga rioya qilish haqida o’tkaziladigan shifokor suhbatlari, uzini-o’zi nazorat qilish murabbiy uchun ham sportchi uchun ham majburiydir. Yakkama-yakka olishuvda kurashda, mashq qilishning boshlang’ich qismida mayib bo’lishning sababi asabiy sozlanishdagi kamchiliklari badan qizdirishni yomon o’tkazilganligidir. Mashq qilish oxirida mayib bo’lish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi tufayli yuz beradigan murabbiy alohida e’tibori yakuniy bosqichdagi maxsus tayyorgarlik salmog’i qaratilgan bo’ladi.

Usul bajarish texnikasining buzilishi shuni buzgani ham, uning raqibini ham mayib bo’lishiga olib keladi. Buni kurashchining mashq qilish (juft bo’lib olishuv) mashg’ulotlari, tanlab olish vaqtlaridagi va ma’suliyatli musobaqalar vaqtidagi ruxiy emosional holati bilan tushuntirish mumkin. Mayib bo’lishni oldini olish uchun birinchi navbatda sherikni sinchiklab tanlash kerak. Eng muhimi esa kurashchilarni ehtiyotkorlikka va o’z-o’zini saqlashga o’rgatishdir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki shifokor kurigidan vaqti-vaqti bilan o’tib turish sportda uchrab turadigan har qanday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarurdir.

Bundan tashqari kurashchilar mashg’ulot vaqtida ham, musobaqalarda ham ozoda bo’lishlari tirnoqlari olingan bo’lishi, sochlari kalta qilib olinishi, kurash ishtoni ichidan suvda suzganda kiyadigan kalta ishton yoki maxsus ishton kiyishi shart.

Kurash zaliga amaliy o’quv mashg’ulotlari uchun jixozlangan maxsus bino biriladi. Unga 11-11 diametrli iki kurash gilami sig’a oladigan bo’lishi lozim. Bunday zalda bir yo’la 16-20 kishi shug’ullanishi mumkin.

Ixtisoslashgan kurash zalining sathi 24x 12 m, balandligi 4-5m bo’lishi kerak. Poldan 2-3 m balandligicha devorlarni moyli buyoqda bo’yaladi. Pol taxtadan, derazalari keng ikki qavatli bo’lishi shart. Zalni ikta, uchta ventiliyatorlar yordamida shamollatirib to’rish lozim. Zaldagi xarorat 15-20 darajada bo’lishi kerak. Kurash tushiladigan gilamlarni har bir guruppa shug’ullannishdan keyin nam latta bilan artish tavsiya qilinadi. Sport invertarlarni saqlash uchun zalda omborxona keyim-bosh uchun ilgaklar, o’qituvchilar xonasi, dush xona, bug’ xona, masashxona, xojatxona va boshqa yordamchi xonalar bilan jixozlanishi kerak. Zalda albatda aptechka va boshqa dorilar yorliqi bo’lishi kerak. Zalga kirishdan oldin oyoq keyimlarni tozalab artish kerak. Shug’ullanuvchi keyinlarini o’z shikafchasiga ilib, nam lattaga oyog’ini artib kerish lozim. Kurashchi albatda kurash keyimlarini haftada bir marotaba yuvishlari shart. Ichki keyimlarini har ikki kunda almashtirish lozim. Kurashchi o’zi bilan kurash mashg’ulotiga sovun, sochiq, taroq va boshqa narsalarni olib borish kerak. Birovning sovun, sochig’i, tarog’idan foydalanish mumkin emas.

Kurash tushush uchun maxsus gilam tushalganjoy bo’lmaganda sport maydonidan uzoq bo’lmagan joyni iloji bo’lsa aylanasi 12 m keladigan shiypon maydonchani tanlash ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu joyni 40-50 sm chuqurlikda qazib, uning ustiga qipiq tushalishi hamda ustidan kengroq choyshab yopilishi mumkin.

Shu masala hal bo’lsa, demak, kurash uchun joy tayyor deb hisoblash mumkin. Mashg’ulotni o’tkazib bo’lgach har safar yopilgan choyshabni namlangan latta bilan artib, tozzalab qo’ymog’i kerak. Shuningdek shu atrofda oyoqlarni artish uchun namlangan gilamcha yoki maxsus latta bo’lsa yanada yaxshi.




Xulosa


Kurashchilarga dastlabki mashg’ulotdanoq ular kurashga chiqishlari oldidan qo’l va oyoq panchalarining tirnoqlarining olinganiga e’tibor berishlari lozim ekanligini o’qittirish lozim. Shuningdek, shug’ullanuvchilarning sochlari ham kalta qilib olingan bo’liщi kerak. Ovqatni mashg’ulotdan 2-3 soat oldin istimol qilish kerak. Ba’zida shug’ullanuvchidan ilgari ozgina tamaddi qilsa bo’ladi. Mashg’ulotlarga juda och yoki ovqatlangach 4-6 soat o’tmasdan kelish mumkin emas. Mashg’ulotdan oldin qo’lida soat yoki birorta taqinchoqlar bo’lsa yichib qo’ygan ma’qul. Kurashchining ko’rinishi ozoda, bechirim, keyimlari xush bechim- kimono-yaxtak va oyoqyalang bo’lishi lozim.

Kuraщchi mashg’ulotda shikastlanishning oldini olish uchun qo’ydagi qoidalarni bilmog’i zarur.

  1. O’quvchi murabbiysiz darsdan oldin hamda gilamdan tashqari paytlarda kurash usullarni qo’llashi man etiladi.

  2. Mashg’ulot paytida intizom va tartibni saqlash lozim.

  3. Mashg’ulotda o’quvchi murabbiyning topshirig’ini vaqtida belgilangan joyida bajarish shart.

  4. Kurashchi shug’ullanayotgan shiriklariga qo’pol muomilada bo’lishiga mashg’ulotga e’tiborsiz va diqqat birmasligiga keyimlarni pala-partish keyishga yo’l qo’yilmaydi.

  5. O’quvchi murabbiyning topshiriqlarini uning bo’yrug’i asosida yarim kuch ishlatib bajarish kerak.

  6. Usullarni o’rganishda doim xavfsizlik choralarini oldindan o’ylab ish ko’rishi zarur.

  7. Agar sheriklar gilam ustida mashq qilayotgan bo’lsalar qolganlar ularni ko’zatib o’tirishlari lozim.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физкультура

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 8 класс

Скачать
Kurash mashg’uloti va to’garaklari uchun bir soatlik dars ishlanmasi

Автор: Qo'chqorov Abdulaziz Abdurahmon o'g'li

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545562


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства