Просмотр содержимого документа
«Халимов Давронжон Дилшодович, учитель физкультуры 18-й школы города Каттакурган, Самаркандская область, Республика Узбекистан»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI KATTAQO`RG`ON SHAHAR
XTMFMT va TEB TASARRUFIDAGI
18-UMUMTA`LIM MAKTABINING
JISMONIY TARBIYA FANI O`QITUVCHISI
XALIMOV DAVRONJON DILSHODOVICH
TOMONIDAN TAYYORLANGAN
Fan:
Mavzu: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Kattaqo`rg`on shahar 2020
ANNOTATSIYA
Mavzu: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Yengil atletika sport turining ahamiyati, uning o`quvchilar sog`lig`iga foydaliligi, birinchi, ikkinchi: mavzuda yoritiladigan jihatlar quyidagilar: Murakkab mavzu past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganishni soddalashtirib o`quvchi ongiga hamda o`quvchi bu mavzuni to`liq o`zlashtirishi uchun har xil amaliy metodlardan (I-Jamoaviy uslub: o`quvchilar bir birlaridan uyalmasdan ko`nikma hosil qilish maqsadida. II-Guruhli metod: o`quvchilarning soniga qarab ikki yoki to`rt guruhlarga bo`lib harakatlanish. III-Yakka metod: o`quvchilarning dars mashg`ulotlarini o`zlashtirishiga qarab yuklama hajmini oshirish yoki kamaytirish) foydalanish.
Dars jarayonida o`quvchilarni qiziqishlarini oshirish, o`ziga bo`lgan ishonch, ko`nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida: Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda pastki startga turish holatlarini kompiyuter slaydlari orqali multi mediyali namoyish etish, o`quvchilarni yengil atletikaga bo`lgan dunyo qarashini keng shakllantirish maqsadida dunyodagi mashhur yengil atletika sporti bilan shug`illanadigan sportchilarni video va foto lavhalarini, ko`rsatgan natijalarini, darsning nazariy qimida video proyektorlar orqali namoyish etib, dars jarayonini samaradorligini yanada oshishini ta`minlash ko`zda tutilgan.
Har bir o`quvchining jismoniy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mavzu soddalashtirib yoki murakkablashtirib mashq harakatlarini o`quvchilarga singdirish amaliy shakllantirish.
Sana:
Sinf: O`quvchi soni: 18 nafar o`g`il bolalar
Fan: Jismoniy tarbiya
Mavzu:Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish.
Darsning maqsadlari: Har bir o`quvchining jismoniy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mavzu soddalashtirib yoki murakkablashtirib mashq harakatlarini o`quvchilarga singdirish amaliy shakllantirish, o`quvchilarni jismoniy sifatlarni yanada shakllantrish.
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda yengil atletika sport turi haqida ularning ongida tushuncha hosil qilish, uning samaradorlikni oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Birinchi navbatda mustaqil fikrlashni qolaversa, o`quvchilar bir-birlarini tushunishni o`rganishlari, yengil atletika mashqlari jarayonidagi muomalani o`rgatish, hamda o`quvchilarni jismoniy qobiliyatlarini, chuqur fikrlash, o`ziga bo`lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Yengil atletika sport turi orqali o`quvchilarda ko`nikma va malakalarni rivojlantirish, ularni o`zlariga bo`lgan ishonchni oshirish hamda kuchlilik chaqqonlik, tezkorlik jismoniy sifatlarini yanada shakllantirish va o`quvchilarni yurak, qon tomir urishlarini, mushaklar faoliyatini to`g`ri shakllantirishni rivojlantirish.
Dars o`tish uslubi: I-Jamoaviy uslub: o`quvchilar bir birlaridan uyalmasdan ko`nikma hosil qilish maqsadida. II-Guruhli metod: o`quvchilarning soniga qarab ikki yoki to`rt guruhlarga bo`lib harakatlanish. III-Yakka metod: o`quvchilarning dars mashg`ulotlarini o`zlashtirishiga qarab yuklama hajmini oshirish yoki kamaytirish.
Kerakli jihozlar: Hushtak yoki signal beruvchi vositalar, oyoq tirgagich (kalotka) lar, sikundamer, natijalarni qayd etish daftari.
Dars o`tish joyi: Yengil atletika maydoni (100 metrli yo`lakcha).
Dars davomiyligi: 45 daqiqa
Yengil atletika va o`quvchi bu nima ?
Yengil atletika bu hayotimizning har bir qirrasida, davomida uchraydigan harakatlar majmuyidir: chunki insonlarning hayoti davomida amalga oshirilayotgan ish, o`qish va hz harakatlar bo`limlari orqali amalga oshiriladi. Masalan oddiy yurish faoliyati, deyarli har minutda amalga oshiriladi.
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING BO`LIMLARI
-Yurish -Yugurish
-Sakrash -uloqtirish
-Ko`p kurash
Dars qismlari
Darsning mazmuni
Dars miqdori
Uslubiy ko`rsatmalar
Tayyorlov qism
Umumiy saflanish hamda navbatchidan yoki sinf sardoridan sinf to`g`risidagi ma`lumotni (raport) qabul qilish, o`quvchilar bilan salomlashish so`ng o`quvchilar sog`lig`ini so`rash, o`quvchilarning spot kiyimlarini bir qator ko`zdan kechirish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Mavzu: Yengil atletika: 1000-1500 metrga natijaga yugurish.
Nazariy savollar: bu orqali o`quvchining onigiga qanchalik o`tilgan mavzu singganini aniqlaymiz.
1) Yugurishda necha xil masofalar mavjud ? (qisqa, o`rta, yuqori) masofalar.
2) 1000-1500 metr masofada yugurganda nafas olish tizimini qanday yo`lga qo`yamiz ? (burundan nafas olib og`izdan chiqarish).
3) Uzoq masofalarga qanday masofalar kiradi ? (1800 dan yuqori) masofalar.
Amaliy tarzda 1500 metr masofadagi harakatlar (qo`llar harakati, nafas olib chiqarish)ni turgan joyida 20 sekund davomida ko`rsatib berish.
Ma`naviy daqiqa: Yil davomida eng yaxshi natijalarni ko`rsatgan sportchilar haqida, jahonda yuz berayotgan yangiliklar hamda sportchilarning intizomi o`zini tutish qoidalari muomala madaniyati haqida. Yurtimizdagi sport sohasida olib borilayotgan islohatlar.
O`quvchilarni sportdagi ma`naviy yetukligini shakllantirish: Birinchi Prezidentimiz ta`kidlaganidek "Mashhur insonlarni ham sport tarbiyalaydi" I.Karimov
1 Daqiqa
2 Daqiqa
1 Daqiqa
Umumiy saflanganda o`quvchilarning sport formasiga e`tibor qaratish.
O`quvchilarning bo`yma bo`y saflanishlariga e`tibor qaratish.
O`uvchilarning gigiyenik holatlarini bir qator ko`zdan kechirish.
Tayyorlov qism
Yangi dars mavzusi: Yengil atletika: Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish. Haqida nazariy tushuntirish tushuncha berish: Dastlab starga turish yoki chiqish holatlari: 1-pastki starga turish, 2-yuqori starga turish holatlari haqida nazariy tushunchalar. 100 m masofaga yugurganda pastki startga turish, oyoqlar oyoq tirgagichga (kalotkaga) to`g`ri qo`yilishi oyoqning kuchiga qarab, kuchli oyoq orqaga qo`yiladi, qo`llar start chizig`i oldida, bosh to`g`rig` qaragan holda turishini nazariy tushuntirish hamda o`quvchilarga zamon bilan hamnafas ta`lim va jismoniy ko`nikmalar berish maqsadida yangi pedagogik texnalogiyadan foydalanamiz. Kompiyuter slaydlardan foydalanib takomillashtirilib o`quvchilar ongiga mavzu mazmunini yetkazish darsning amaliy qismini samaradorligini yanada oshirish maqsadida: Video lavhalar orqali startga turish, masofa bo`ylab yugurish, finishga yetib kelib kesib o`tishlar ko`rsatiladi Kalotkaning amaliy vazifalari bir qator aytib o`tiladi. (startdan tez chiqish, tezlanishni oshirish).
Umum rivojlantiruvchi mashqlar:
1) Maydon bo`ylab qo`llar belda oyoq uchlarida yengil yurish yarim aylana.
2) Qo`llar belda oyoqning tovon qismida yurish yarim aylana.
3) Qo`llar belda oyoqning tashqi tomonlari bilan yurish yarim aylana.
4) Qo`llar belda oyoqning ichki tomonlari bilan yurish yarim aylana (krug).
3 Daqiqa
1 Daqiqa
O`quvchilarni ongini shakllantirish maqsadida nazariy bilimlarni to`liq va to`g`ri yetkazish.
O`quvchilar mashqlarni to`g`ri bajarayotganliklarini nazorat qilish.
Tayyorlov qism
5) Yengil maydon bo`ylab yugurish 2 aylana.
6) O`tirgan holda qo`llar boshda yurish
1 aylana (krug).
7) 1 Bir aylana yurish chuqur nafas olib chiqargan holda.
8) Umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun 5 ta (qator) kalonnaga saflanish.
9) Qo`llar belda oyoqlar yelka kengligida boshni to`rt marta chapga to`r marta o`nga aylantirish harakatlantirish. 4 marta bajarish.
10) Qo`llar belda oyoqlar yelka kengligida boshni ikki marta oldinga ikki marta orqaga ikki marta chapga ikki marta o`nga siltash mashqi. 3 marta bajarish.
11) Qo`llar yelkada oyoqlar yelka kengligida yelkalarni oldinga orqaga aylantirish to`rt martadan. 4 marta bajarish.
12) Qo`llar ko`krak oldida har ikki sanoqga oldinga, chapga,o`nga yozish mashqlari.
3 marta bajarish.
13) Qo`llar belda belni to`rt marta chapga to`rt marta o`nga aylantirish mashqni chap tomondan boshlaymiz. 4 marta bajarish.
14) Oyoqlar yelka kengligida kattaroq yarim engashgan holatda qo`llar bir biriga qovushtirilib tizzalarni bukmagan holda bir chap oyoqga tekkizish ikki o`rtaga uch o`ng oyoqga tekkizish to`rt turish 3 marta bajarish.
15) Tizzalarni ichkariga tashqariga to`rt martadan aylantirish 4 marta bajarish.
16) Tizzalarni juft holatda chapga o`nga aylantirish mashqni chap tomondan boshlaymiz 4 marotaba bajarish.
4 Daqiqa
O`quvchilar mashqlarni to`g`ri bajarayotganliklarini nazorat qilish.
O`qituvchi o`quvchilarni o`ziga qarata olgan holatda mashqlarni to`liq bajartirishi. (o`qituvchi boshchiligida)
Tayyorlov qism
17) Qo`llar oldinda turgan joyida o`tirib turish mashqini 10 marta bajarish.
18) Yerga tayangan holatda qo`llarda tayanib tushib ko`tarilish mashqi 10 marta bajarish.
20) Qo`l tirsaklarini ichkariga tashqariga aylantirish 4-6 martadan.
2 Daqiqa
O`quvchilarni qo`llar harakatini nazorat qilish
Asosiy qism
Yengil atletikaning maxsus mashqlari: (Hamma mashq usullar dastlab o`qituvchi tomonidan ko`rsatilib beriladi).
-Tizzalarni baland ko`tarib ikki qo`llarning kaftlariga tekkizib o`rtacha tezlikda yugurish maydon bo`ylab 1 aylana. (krug)
- Kiyikcha yugurish qo`llar va oyoqlar holati, havoda ma`lum vaqt uchish fazasi hosil bo`lganda qo`l o`yoqlarni to`xtatib-to`xtatib harakatlanib yugurish yarim aylana. (40 metr)
-Bedanacha yurish qo`llarni pastga tashlagan holatda oyoq uchlarida tez va ohista harakatlanib mushaklar faoliyatini normallashtirish. 1 aylana
Asosiy yuklama: O`quvchining organizmi to`liq asosiy yuklama bajarishga tayyor holatga kelgandan so`ng. Past startdan chiqib 100 metr yugurishda masofada yugurish, marradan kesib o`tish texnikasini o`rganish. Dastlab pastki startga turish holati o`qituvchi tomonidan ko`rsatib beriladi.
Startda qo`yilgan oyoq tirgagich (kalotka) ga startda vaqtida tez chiqishni ta`minlash uchun birinchi kuchli oyoq orqa tirgagichga qo`yiladi, so`ng kuchi kamroq oyoq masalan chap oyoq oldingi tirgagichga qo`yiladi.
5 Daqiqa
2 Daqiqa
Maxsus yengil atletika mashqlarini to`liq hamda to`g`ri bajarilishini har bir o`quvchi misolida nazorat qilish.
Asosiy qism
-Oyoq tirgagichda turgan vaqtda o`ziga bo`lgan ishonchni o`quvchida orttirish maqsadida: Ularni o`qituvchi yonida guruhli metoddan foydalangan holda 2 guruhga bo`lib masalan: 8 nafardan saflab start kalotkalariga turishni ko`rsatish shunda o`quvchi osonroq ko`rib qabul qilish tezlashadi, bajarishda samaradorlik oshadi.
-Har bir o`quvchi pastki startga turish holatini mustaqil ravishda navbat bilan turib bajarib ko`rishadi.
-O`quvchilarga signaldan yoki hushtakdan so`ng startdan chiqish holati o`qituvchi tomonidan ko`rsatib beriladi.
-Bunda o`quvchilarni diqqatlilik sifatlari alohida ta`kidlab o`tiladi. Signal bo`lgandan so`ng bor kuchni orqa kuchli oyoqga berib u oyoq zarbni kalotkaga berib katta tezlikda startdan chiqish ko`rsatiladi va har bir o`quvchi ushbu mashq usulni yakka metoddan foydalanib o`zi mustaqil bajarib o`zida ko`nikma hosil qiladi.
-O`qituvchi 100 metr masofa bo`ylab yugurishni ko`rsatib beradi: Unda bosh qism 50 gradus pastga qaragan holda sababi (shamol qarshiligini yengib tezlikni maksimal darajaga ko`tarish). keyingi harakat qo`llar harakati barmoqlar yarim bukilgan yoki to`g`ri holatda tirsaklarni harakatlanganda oxirigacha yozmasdan (tashlamasdan) tirsak yarim bukilgan holatda yugurish. Oyoqlar dastlab startdan chiqayotganda ma`lum darajada maydalashadi (qisqaradi) masofaning 15-20 metri bosib o`tilgandan so`ng to`liq katta qadamlarda yugurish.
8 Daqiqa
5 Daqiqa
Dars jarayonini sust
o`zlashtirayotgan o`quvchilarga
alohida e`tibor qaratish.
Starga har bir o`quvchini to`g`ri turishini ta`minlash.
Asosiy qism
-Marra (finish) ga yaqinlashganda tezlik darajasini tashlamas (sekinlashtirmas) dan marra chizig`idan o`tish: o`tganda dastlab bosh qism oldinroqqa ya`ni tananing bosh qismi asosiy qism hisoblanadi.
Shundan so`ng juftlik metodidan foydalanilgan holda har bir o`quvchilar o`z juftlari bilan turishadi va birinchi juftlik ko`rsatilganidek start chizig`i oldidagi oyoq tirgagichlar (kalotkalar) ga joylashadi, hamda o`qituvchining ishorasi, signali yoki hushtak ovozidan so`ng startdan chiqilib, masofa bo`ylab yuguriladi hamda marrani kesib o`tiladi.
5 Daqiqa
Yakuniy qism
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilar o`z juftlari mustaqil ravishda 100 metr masofa bo`ylab yugurishni nazariy tomonlarini aytib berishaddi va 4 nafar o`quvchi ko`rsatib beradi. O`quvchilar qanchalik berilgan mashqlarni yaxshi mustahkamlasa ularda shunchalik ko`nikma va malaka hosil bo`ladi.
Qayta saflanish:
-Yengil sport zal bo`ylab yugurish 2 aylana.
- Asta sekinlik bilan yurishga o`tish 1 aylana.
- Chuqur nafas olib chiqarish qo`llarni yuqoridan pastga harakatlantirgan holatda yurish mashqlari 1 aylana.
- Qayta besh kalonnaga saflanish.
Organizmni dastlabgi holatga qaytarish mashqlarini ketma ketlikda bajarish.
-Qo`llar harakat mashqlari 10 sanoqda yuqori o`rta past holatlarda bajariladi.
- Tirsaklar harakati ichkariga tashqariga aylantirish.
3 Daqiqa
Yakuniy qism
- Oyoq tizzalarin ichkariga tashqariga aylantirish qo`llar bilan tizzalarni ushlab 4-6 marta bajarish.
- Tik turgan holda qo`llar yuqoridan pastga harakatlantiriladi hamda chuqur nafas olib chiqariladi.
-Nafas olishlar o`pka va qo`rin qismga navbat bilan olinadi.
Qayta besh kalonnadan bir sherengaga saflanish:
Dars jarayonida faol qatnashga ishtirok etgan usullarni to`liq bajargan hamdan taktik tayyorgarlikda faol bo`lgan o`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa (topshiriq) berish:
O`quvchilarni jismoniy sifatlari ikoniyatlariga qarab topshiriqlar beriladi. Dars jarayonida sustkashtlik qilgan o`quvchilarga bedanacha yurish va pastki startga turish holatlarini uyda 5-6 marotabadan bajarish.
Dars jarayonida faol qatnashgan o`quvchilarga jismoniy sifatlari yaxshi rivojlangan o`quvchilarga alohida mashqlar ya`ni pastki starga turish, startdan chiqish, masofa bo`ylab yugurib finishni kesib o`tish topshiriqlari beriladi hamda kiyikcha yugurishlar 3-4 martadan bajarish sababi: 1-jismoniy sifatlari hisobga olinib 2-kuchli o`quvchilarni O`zbekiston Respublikasida joriy etilga 3 bosqichli sport musoboqalarining birinchi bosqichi yani "Umid nihollari" ga zahira yaratish.
3 Daqiqa
O`quvchi organizmini to`liq dastlabgi holatga qaytishini nazorat qilish
PULSANAMETRIK O`LCHOV
O`quvchining
F.I.SH.
Rustamov Humoyun
145
140
128
135
130
125
120
115
110
105
100
95
90
85
80
75
75
70
72
65
60
55
50
Dars jarayonida o`quvchining yurak urishining taqsimoti
Tayyorlov qism
Asosiy qism
Yakuniy qism
2- Daqiqa
3- Daqiqa
4- Daqiqa
5- Daqiqa
6- Daqiqa
7- Daqiqa
9- Daqiqa
11- Daqiqa
14- Daqiqa
15- Daqiqa
16- Daqiqa
19- Daqiqa
21- Daqiqa
23- Daqiqa
25- Daqiqa
27- Daqiqa
28 - Daqiqa
29- Daqiqa
30- Daqiqa
31- Daqiqa
32- Daqiqa
33- Daqiqa
35 - Daqiqa
37 - Daqiqa
40 - Daqiqa
42 - Daqiqa
45 - Daqiqa
SOG`LIG`IDAN SHIKOYATI BOR O`QUVCHILARNING ALOHIDA PULSANAMETRIK O`LCHOVI
Masalan: Semizroq o`quvchilar uchun
O`quvchining
F.I.SH.
Rahmatullayev
Azim
145
1 43
140
135
130
125
120
115
110
105
100
95
88
90
85
83
80
75
70
65
60
55
50
Dars jarayonida o`quvchining yurak urishining taqsimoti
Tayyorlov qism
Asosiy qism
Yakuniy qism
2- Daqiqa
3- Daqiqa
4- Daqiqa
5- Daqiqa
6- Daqiqa
7- Daqiqa
9- Daqiqa
11- Daqiqa
14- Daqiqa
15- Daqiqa
16- Daqiqa
19- Daqiqa
21- Daqiqa
23- Daqiqa
25- Daqiqa
27- Daqiqa
28 - Daqiqa
29- Daqiqa
30- Daqiqa
31- Daqiqa
32- Daqiqa
33- Daqiqa
35 - Daqiqa
37 - Daqiqa
40 - Daqiqa
42 - Daqiqa
45 - Daqiqa
XRANAMETRIK O`LCHOV
T/r
Daqiqalar
Yuklama
Izoh
1
1-Daqiqa
Raport qabul qilish, salomlashish
2
2-Daqiqa
Ma`naviy daqiqa
3
3-Daqiqa
O`tilgan mavzuni takrorlash so`rash
4
4-Daqiqa
Yangi mavzu haqida nazariy ma`lumot va tushunchalar
5
5-Daqiqa
Maydon bo`ylab yugurish hamda mashqlar uchun saflanish
6
6-Daqiqa
Umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish ketma-ketlikda
7
7-Daqiqa
Shu qatorda uyga vazifa umum rivojlantiruvchi mashqlarni o`quvchining o`zi mustaqil ravishda qolgan o`quvchilarga bajarib ko`rsatishi hamda o`zi bajarishi.
8
8-Daqiqa
Yengil atletikaning maxsus mashqlar yuriqnomasi
9
9-Daqiqa
1-Maxsus mashq tizzalarni baland ko`tarib yugurish kiyikcha yugurish o`qituvchi tomonidan so`ng o`quvchilar
10
10-Daqiqa
Kiyikcha yugurish
11
11-Daqiqa
Turli yugurishlar
12
12-Daqiqa
Bedanacha yurish
13
13-Daqiqa
Qo`llar, oyoq tizzalarini qizdirish
14
14-Daqiqa
Startga turish holatlari
15
15-Daqiqa
Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish
16
16-Daqiqa
Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish
17
17-Daqiqa
Kalotkaga turish startdan chiqish yugurishni ko`rsatish
18
18-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
19
19-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
20
20-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
21
21-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
22
22-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
23
23-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
24
24-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
25
25-Daqiqa
O`quvchilar mustaqil ravishda ko`rsatilgan mashqlarni bajarishi
26
26-Daqiqa
Xatolarni tuzatish hamda to`g`ri yuruq berish
27
27-Daqiqa
Oquvchilarni diqqatliligini oshirish
28
28-Daqiqa
O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish
29
29-Daqiqa
O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish
30
30-Daqiqa
O`quvchilar juft holatda bu ko`rsatilgan masofa bo`ylab 100 m masofaga yugurishni bajarish
31
31-Daqiqa
Psixalogik ta`sir o`tkazish o`quvchilarga
32
32-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
33
33-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
34
34-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
35
35-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
36
36-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
37
37-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
38
38-Daqiqa
Yakka holatda bu ko`rsatilgan mashqlarni bajarish
39
39-Daqiqa
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
40
40-Daqiqa
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
41
41-Daqiqa
Maydon bo`ylab yengil 2 aylana yugurish
42
42-Daqiqa
1 aylana chuqur nafas olib chiqargan holatda yurish
43
43-Daqiqa
Qayta saflanish
44
44-Daqiqa
Dars jarayoniga faol qatnashgan o`quvchilarni baholash
45
45-Daqiqa
Uyga vazifa topshiriqlar berish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
H.T.Rafiyev Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi "Noshir" Toshkent 2014 yil.
Yengil atletika bo`yicha sport to`garak mashg`ulotlarini tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar. Toshkent 2013 yil.