kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish yo’llari.

Нажмите, чтобы узнать подробности

ushbu maqolada umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini to’g’ri tashkil etishda pedagogning o’rni haqida ma’lumot berilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish yo’llari.»

JISMONIY TARBIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI.


Ochilov Navro’zbek O’roqboy o’g’li

Jizzax davlat pedagogika universiteti

[email protected]




Annotatsiya: ushbu maqolada umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini to’g’ri tashkil etishda pedagogning o’rni haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, Universiada, umid nihollari, sport, jismoniy mashq.


Abstract: this article provides information about the role of the pedagogue in the proper organization of physical education classes in secondary schools.

Key words: educational system, Universiade, sprouts of hope, sport, physical exercise.


Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari erishgan yutuqlardan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bugungi kunda taraqqiyot yo‘lidan ildam qadamlar bilan borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarini joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. O’zbekistonda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, sport musobaqalarining o‘tkazilib borilishi haqidagi videoroliklar namoyishi o‘quvchi yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etilishining sabablaridan biri ham ana shundadir. Jismoniy tarbiya vositalari bir-biri bilan о ‘zaro uzviy bog’liqlikni taqozo qiladi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi. Ko‘p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatning sog ‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan yengil atletika, gimnastika, sport o‘yinlari va turizm tarzida guruhlarga ajralilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelinadi. Jismoniy mashq - jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari yengil atietika, gimnastika, sport o‘yinlari va turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirilgan. Jismoniy tarbiyaning natija berishiga barcha vositalar tizimidan fovdalanish bilan erishiladi. Biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o‘qitish vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to‘g’ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan hal etiladi:

•Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning tuyg’usi va fikrini, uning tevarakatrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydi.

•Jismoniy mashq- bu jismoniy larbiya sohasida ijtimoiy - tarixiy tajribani topshirish usullaridan biri.

•Jismoniy mashq nafaqat organizmni morfo-funksional holatiga ta’sir o‘tkazadi, balki ularni bajaruvchi shaxsga ham.

•Jismoniy mashq harakatlari insonning sog’lomlashtiruvchi ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari. Inson atrof-muhit bilan bir-biriga munosabatda bo‘ladi. unga ta’sir ko‘rsatadi va unga moslashadi. Ana shunda muhitda organizmning mushtarakligi namoyon bo‘ladi. Muntazam ravishda quyoshning nur sochishi o‘zgaruvchanligi, suv va havoning harorati, yog’ingarchilik va havoning ionizatsiyasi va harakati. atmosfera bosimi. organizmni fiziologik va ruhiy reaksiyalarga keltiradigan muhim bioximik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi: jismoniy mashqlarni samaradorligi va insonning mehnatga layoqatligini, salomatligi va ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchidan foydalanish yo‘llarini o‘qituvchi o‘quvchilarga to‘g’ri yetkazib berishi zarur. Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko`pincha o`qituvchining tuzgan rejasini hayotiyligi, sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport inshootlaridan efektli foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o`quvchilarning tayyorgarligi, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olib effektli foydalana olish bilan bog`liq. Qanday qilib o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish, ya’ni turli harakatlarga o‘rgatish kerak. Bu o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. O’rgatish usullari turli – tuman bo‘lib, ulardan kerakligini tanlab olish va uni unumli qo‘llash, o‘qituvchining pedagogik san’atiga bog’liq. Shuning uchun o‘rgatish samaradorligi o‘qituvchining to‘g’ri uslublarni tanlash va ishlata bilishiga bog’liq. Demak, jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazishni samarali uslublarini ilmiy ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlab berish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Usmonxujaev T.S. Raximov M «Maktabda jismoniy tarbiya mashgulotlarini milliylashtirish T.1994-yil

  2. Salamov R.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari. O’quv qo‘l. Tosh. 2005.

  3. Kerimov.F, Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Darslik. Tosh 2005.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физкультура

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish yo’llari.

Автор: Ochilov Navro’zbek O’roqboy o’g’li

Дата: 03.10.2022

Номер свидетельства: 614325


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства