kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Badiiy gimnastik harakatlar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Badiiy gimnastik harakatlar haqida

tushuncha

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Badiiy gimnastik harakatlar»

Mavzu: Gimnastikaning kelib chiqish tarixi



Reja : 1. Gimnastikaning vujudga kelishi.

2. Yangi davr gimnastikasi.

3. Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. :

a) Nemis gimnastika tizimi ;

b) Shved gimnastika tizimi ;

v) Fransuz gimnastika tizimi ;

g) Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi ;

4. Gimnastikaning taraqqiyoti.

Gimnastikaning vujudga kelishi.

Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mabonida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tizim o'zgarishi bilan odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan,shuningdek urish qilish usullarining o'zgarishi bilan bog'lik bo'lgan.Bular gimnastikaning mazmunan o'zgarishga uning o'qitish metodikasi hatto mashqlarni bajarish texnikasining o'zgarishiga ham muhim ta'sir ko'rsatdi.XVIII-XIX asrlardan gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda hamda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi o'rta asrlar davridayoq harbiy-ijtimoiy tayyorgarlik ko'rishda qo'llanilgan edi. Yog'och "ot" ( kon) da parvonda xiylariga hujum qilishni o'rgatishda qo'llaniladigan boshqa inshotlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar. O'rgatish davrdagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. Gimnastika mashg'ulotlarini ular insonning sog'lig'ini mustahkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar.

Yangi davr gimnastikasi

Ya.A.Kamenskiyning asarlari va uning didaktik prinsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan-Jak Russo (1712-1778) va ayniqsa Pestalossi ( 1746-1827) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va tarbiyalaydi, kuch va harakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi deb hisoblagan Russo, Pestalossi va boshqa o'sha zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g'oyalari .

Fit ( 1763-1836) va Guts-Mutslar ( 1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashxur rahbarlari edilar. Fit "uch tomlik asarida gimnastika haqidagi" nazariy va amaliy ma'lumotlarni bayon qilib bergan. U mashg'ulotlardan maqsad salomatlikni mustahkamlash kuch va harakat tezligini rivojlantirish, qomatining chiroyli bo'lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatiga ko'mak berishdir deb hisoblar edi. Fit o'z asarida bir qancha qimmatli metodik ko'rsatmalar berdiki, ular hanuzgacha ahamiyatini yo'qotmagan. XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko'zga tashlana boshladi.

Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi

Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri keladi, bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilar edi. O’sha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar edi.

XIX asrlarning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo'nalish ko'zga tashlana boshladi :

- gigienik yo'nalish ( gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirish vositasi hisoblanadi) ;

- atletik yo'nalish ( gimnastika murakkab mashqlari shu jumladan gimnastika inshootlarida bajariladigan mashqlarni qo'llanish yo'li bilan odamning harakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi);

- amaliy yo'nalish ( gimnastika urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tishni o'rgatish vositasi deb hisoblanardi ).

Nemis gimnastikka tizimi Napoleon qo'shinlar Prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi.

Shved gimnastika tizimi

Shved gimnastika tizimi nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo'lgan. Unda gigiena yo'nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. P.Ling ( 1776-1839) gimnastikani XIX asrning birinchi yarmida Daniyada o'rgana boshladi. Usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jihatidan Daniya G'arbiy Yevropadagi ilg'or mamlakatlardan biri edi. 1813 yilda P. Lingning tashabbusi bilan Stokgolmda maxsus institut ochildi. P.Ling u yerda o'zining jismoniy tarbiya metod va vositalarini qo'lladi. U kishi badaniy mustahkamlaydigan va kamol toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak deb hisoblanardi. Ammo u gimnastikani pedagogik ahamiyatini hisobga olmagan edi. Uning o'g'li Ya.Ling ( 1800-1886 yillar) otasi boshlagan ishni davom etirib dars sxemasini ishlab chiqdi.

Shved gimnastika darsi qa'tiy tartibda biri-ketin keladigan 16-qismdan iborat sxemaga binoan tuzilgan edi.

Fransuz gimnastika tizimi asosan harbiy amaliy yo'nalishida bo'lib shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakllandi. Fransiyada gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros ( 1770-1848 yillar) bo'ldi. U A.V Suvorovning harbiy jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish bo'lib bundan o'z tizimini yaratishda foydalandi. Hayotda va harbiy jarayonida zarur bo'lgan ko'nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar to'siqlar qo'yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, asloha-anjomlar bilan turli holatlarda sakrash, yukni yoki "yaradorni" joydan-joyga ko'tarib o'tish suzish va shung'ish, kurash tutish uloqtirish , o'q otish, kilichbozlik va govozdonlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar deb hisoblar edi.

Dars vaqtida Amoros muayan sxemaga rioya kilmagan. U ko'yidagi umumiy prinsiplarni belgilab olgan edi xolos : mashqlar shug'ullanuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan.

Ularni birin-ketin yengildan qiyincha, soddadan murakkabga o'ta borib bajarish kerak bo'lgan.

Mashg'ulotlarda o'quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinishi kerak bo'lgan Fransuz gimnastikasi mashqlari rus armiyasida qo'llanilar edi.

Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi

Mazkur tizim Avstriya, Vengriya sostavida bo'lgan slavyan xalqlarining milliy ozodlik kurashiga aloqador tarzda XIX asr o'rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada "lochinlar harakati" paydo bo'lib, ularda gimnastika sistemasi tuzila boshlandi. O'z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishiga qaratilgan. Vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili Praga universitetining estetika va sa'nat tarixi professori M. Tirsh ( 1832-1884 yillar) bu tizimni asoschisi bo'lgan.

Lochinlar gimnastika tizimi mazmun jihatidan nemis gimnastika tizimiga yaqin edi, ammo uning o'ziga xos xususiyatlari bor edi. Tirsh barcha holat va harakatlar ijrochilarning ham tomoshabinlarning ham ruhini ko'tarish, quvonch va estetik zavq uyg'otadigan shaklda bo'lishiga intilgan edi. Lochinlar bir xildagi mashqlarni behisob takrorlash o'rniga to’rt harakat kombinasiyalarini kiritdilar. 1862 yildan boshlab esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab chiqilgan qoidalarga binoan o'tkaziladigan bo'ldi.

Gimnastikaning taraqqiyoti

Zikr etilgan tizimlarda sinfiy xarakter va milliy an'analar aks etilgan. XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan qo'yidagi dastlabki tizimlar rossiyada P.F. Lesgaft ( 1837-1909 yillar) tizimi Fransiyada J.Demsni ( 1850-1917 yy.) fiziolog va pedagog tizimi paydo bo'la boshladi. J.Demsni jismoniy tarbiyaga oid asar e'lon qildi. U mashqlar statik emas balki dinamik bo'lishi, to'la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo'lishi kerak deb hisoblar edi. Demsni salomatlikni mustahkamlash gavda tuzilishi va harakatlarning nafisligiga erishishni, kishining chaqqonligi va

irodaviy xislatlarini rivojlantirishni. Jismoniy tarbiyaning vazifasidir deb hisoblangan.XIX asr oxirlarida va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi turlari paydo bo'ldi, jumladan badiiy va ritmik gimnastikaning yangi turlari tashkil topdi, tibbiyotning sohalaridan biri bo'lib qolgan davolash gimnastikasi, ko'proq gigienik yo'nalishida bo'lgan individual gimnastika tizimi ( Myullerning " Mening tizimim", Saidovning "Gantelli gimnastikasi", Porshekning, Anoxining "Individual gimnastika tizimi va xoqazo) keng qo'lanildi.














Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физкультура

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 11 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Badiiy gimnastik harakatlar

Автор: Murodova Hurriyat Ne'mat qizi

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546436


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства