Просмотр содержимого документа
«Урок на тему: "Ернинг суний юлдошлари"»
SINF: 7 sinf
FAN: Fizika
MAVZU: Yerning sun’iy yo’ldoshlari
DARS MAQSADI:
a) ta’limiy: Yerning sun'iy yo'ldoshlari haqida tasavvurlar hosil qilish, kosmosning zabt etilishi, bu borada insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar haqida bilim berish.
b) tarbiyaviy: dars davomida o’quvchilarni atrof muhitda bo’ladigan o’zgarishlarga e’tiborli bo’lishga o’rgatish va ekalogik tarbiya berish
c) rivojlantiruvchi : kosmos va kosmonaftlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Dars jihozlari darsga hozirlanadi, navbatchi axboroti tinglanadi.
7 E dir bizning sinf, bilimdonlar guruhi
32 nafar o’quvchi kerak darsda bo’lishi
Mashg’ulotda qatnashmoqda 31 o’quvchi
Bir nafar o’quvchining bordur zarur yumushi
2016 yil fevralining sakkizinchi sanasi
Bizning sinfda hozir bo’lar fizika darsi
Fizika fanlar shohi, texnika uning qanoti
Fan sirin o’rganishga shaydir Barkamol avlod
O’quvchilar qo’liga o’z-o’zini baholash uchun varaqchalar tarqatiladi.
2. O’tilganlarni takrorlash.
Proyektorda slayd qo‘yiladi
FIZIKA INGLIZ TILIDA
Mechanical motion – Mexanik harakat
Elastic deformation – Elastik deformatsiya
Scientific experiment – Ilmiy tajriba
Power gravity – Og’irlik kuchi
I nertia – Inersiya
Moon - Oy
Sun - Quyosh
So’ngra “ Shohsupa”ga marhamat metodidan foydalanib o’quvchilarga krasvord namoyish etiladi.
O
Y
7
6
5
1. Moddalarning o’zaro aralashuvi
2. Vaqt birligida tezlik o’zgarishi
3. Kuch birligi
4. Jismning tarozida o’lchnadigan vazni
5. Ish birligi
6. Shaklsiz modda
7. Yerning tabiiy yo’ldoshi
G
A
Z
4
J
O
U
L
M
A
S
S
A
N
Y
U
T
O
N
3
T
E
Z
L
A
N
I
SH
2
D
I
F
F
U
Z
I
Y
A
O’quvchilarga Venn diagrammasida og’irlik kuchi va kuch beriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzuni bayon qilishda slaydda namoyish etilib savol javob asosida tushuntirib boriladi.
Dars rejasi
Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik
Kosmosning zabt etilishi
1. Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik
Yer sirtiga yaqin balandlikda, masalan, bir necha yuz, ming metr balandlikda gorizontal yo'nalishda 7,9 km/s tezlik bilan harakatlanganda jism havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qizib, tezda yonib tamom bo'lishi mumkin. Havosiz bo'shliqdagina jism shunday tezlikda harakatlana oladi. Yerdan 300 km balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin. Jism h balandlikda orbita bo'ylab Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo'lishi kerakligini hisoblab topish mumkin. Buning uchun birinchi kosmik tezlikning formulasidagig o'rniga
R o'rniga esa R + h qo'yiladi. Chunki jism R radiusli aylana bo'ylab emas, balki Yer sirtidan h balandlikda R + h radiusli aylana bo'ylab harakat qiladi. Shu tariqa Yerdan h balandlikda orbita bo'ylab aylanadigan jismning birinchi kosmik tezligini quyidagiga teng ekanligmi topish mumkin:
Masalan, jism 300 km balandlikda Yer atrofida orbita bo'ylab aylanishi uchun tezligi v1=7,73km/s bo'lishi kerak. Siz bilasizki, Oy - bu Yerning tabiiy yo'ldoshi. Yerning sun'iy yoidoshi nima va ular qanday uchiriladi? Inson tomonidan yaratilib, fazoga uchirilgan va sun'iy ravishda Yerning yo'ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun'iy yo'ldoshi deyiladi. Yerning sun'iy yo'ldoshi o'z-o’zidan, ya'ni yoqilg'i sarflamasdan Yer atrofida aylanaveradi.
2. Kosmosning zabt etilishi
Y uqorida ko'rdikki, jism Yerning sun’iy yo'ldoshiga aylanishi uchun kamida 300 km balandlikka olib chiqilishi va kamida sekundiga 7,73 km uchadigan tezlik berilishi zarur. Sun'iy yo'ldoshni uchirish uchun uni eltuvchi-raketa yordamida kerakli balandlikka chiqariladi. Ma'lum vaqtda raketaning tezligi birinchi kosmik tezlikkacha oshira boriladi va yo'nalishi gorizontal holatga o'ta boradi. Gorizontal yo'nalishda birinchi kosmik tezlikda harakatlana boshlagan raketa Yerning sun'iy yo’ldoshiga aylanib qoladi. Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-oktabrda 83 kg massali jism quvvatli eltuvchi-raketa yordamida zaruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan. Shar shaklidagi bu jism Yer atrofida orbita bo'ylab aylana boshlagan, ya'ni sun'iy yo'ldoshga aylangan. 1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kosmosga uchdi. Yerdan ko'tarilib, sun'iy yo'ldoshga aylantirilgan «Vostok-1» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyoramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushdi. Shu davrdan e'tiboran kosmosni zabt etish va keng ko'lamda o'rganish boshlanib ketdi. Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo'ylab aylanib, turli tadqiqotlarni o'tkazdilar. Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq -1969-yil 21-iyunda astronavtlar N. Armstrong E. Oldrin boshqargan “Apalon 11” kosmik kemasi Oyga ohista qo'ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo'ydi. Kosmosni zabt etishda o'lkamizda tug'ilib, voyaga yetgan kosmonavtlar ham munosib hissa qo'shganlar. Toshkent viloyatining Iskandar qishlog'ida tug'ilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 5 marta (1978, 1981, 1982, 1984, 1985-yillarda) kosmosga parvoz qilib, orbita bo'ylab jami 145 kun bo'lgan. Shu davrda ikki marta ochiq kosmosga chiqib, kosmik apparatning sirtqi qismini ta'mirlashda ishtirok etgan. Kosmonavtika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo'lgan (1978 va 1981-yillar). 1985-yilda aviatsiya general-mayori harbiy unvoni berilgan. O'zbekistonlik uchuvchi-kosmonavtga Toshkentda byust o'rnatilgan. 1998-yil 22-yanvarda xalqaro ekipaj tarkibida Qirg'izistonning O'sh shahrida tug'ilgan o'zbek o'g'loni Solijon Sharipov Amerika Qo'shma Shtatlari kosmik k emasida kosmosga uchdi. 2004-yilda S.Sharipov ikkinchi marta kosmosga parvoz qildi. Bu gal u Rossiya kosmik kemasida uchib, uzoq muddat davomida kosmosda tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etdi. Hozirgi paytda kosmonavtika benihoya rivojlangan. AQSH Rossiya va boshqa mamlakatlarda o'nlab tonna foydali yuklarni fazoga olib chiqadigan raketalar yaratildi. Bu raketalarning vazni ba'zan ming tonnadan ortadi. Ular yordamida Quyosh sistemasining barcha sayyoralari tomon parvozlar amalga oshirilgan. Bu parvozlarning har biri juda katta mablag' talab qiladigan, uzoq tayyorgarlik bilan amalga oshiriladigan voqeadir. Bir parvozdan ko'proq ilmiy natijalar olish uchun olis sayyoralarga uchadigan kemalarni bizga yaqinroq bo'lgan sayyoralarning oldidan o'tishini ko'zlab uchiriladi. Bunday kosmik kemalarning parvozi davomida bir necha sayyoralar haqida ma'lumotlar. Ularning minglab suratlari Yerga jo'natiladi. Uzoqqa uchayotgan kemalarning boshqa sayyoralar yonidan o'tishining yana bir afzalligi bor. Uzoq sayyoraga uchish uchun ko'p vaqt kerak. Masalan, kosmik kema Plutonga yetib borishi uchun 30 yildan ko'p vaqt ketadi. Kema parvozi paytida Yupiter yoki Saturn kabi sayyoralarga yaqinlashganda ular kemani tortib, tezligini bir necha baravar oshiradi. AQSH kosmik kemalari shu yo'l bilan 30 yillik yo'lni 12 yilda bosib o'tib, Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasiga yetib borgan. So'ngra Quyosh sistemasidan tashqariga chiqib ketgan. Masalan, 1977-yil 20-a vgustda AQSH da «Voyajer- 2» sayyoralararo kosmik kemasi uchirildi. Kema 1979-yil iyulida Yupiter yonidan, 1981-yil avgustida Saturn sayyorasi yonidan, 1986-yil yanvarda Uran yonidan, 1989- yil avgustda esa eng olisdagi Neptun yaqinidan uchib o'tdi. Kosmik kema har bir sayyoraning tasvirini, turli ma'lumotlarni olib, Yerga uzatib turdi. Quyosh sistemasidan chiqib ketgan «Voyajer-2» kosmik kemasi hanuz uchishni davom ettirmoqda. Olis yulduzlar tomon yo'l olgan bu kemadan 2020-yilgacha turli ma'lumotlar olib turish mumkin. K osmonavtikaning yana bir yutug'i - Yer atrofida uchib yuruvchi orbital stansiyalarning yaratilganligidir. AQSH va Rossiya hamkorlikda yaratgan bunday stansiya yillab sun'iy yoidosh sifatida ma'lum orbita bo'ylab uchib yuradi. Transport kemalarida unga uchib boradigan kosmonavt va astronavtlar orbital stansiyada almashib turadilar. Ular orbital stansiyada ko'plab ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradilar. Bu orbital kemaga, hattoki, birinchi kosmik sayohatchilar ham borib kelganlar. Kosmik tadqiqotlarni olib borishda Yerdan boshqariladigan sun'iy yo'ldoshlarning ahamiyati katta bo'lmoqda. Shu kunga qadar minglab shunday sun'iy yo'ldoshlar uchirildi. Hozirgi kunda ham Yer atrofida turli mamlakatlarning ko'plab Yerdan boshqariladigan sun'iy yo'ldoshlari uchib yuribdi. Ular yordamida koinotni tadqiq qilish bilan birga, Yer yuzining ob-havosi, Yerdagi turli jarayonlar muntazam o'rganib boriladi. Teleko'rsatuv va radioeshittirishlarni, uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo'ylab uzatish ham sun'iy yo'ldoshlar orqali amalga oshiriladi. Shu o'rinda bir qiziq masalani ko'rib chiqaylik. Uchta sun'iy yo'ldosh parvozi Yerga va o'zaro birbiriga nisbatan 74-rasmda ko'rsatilganidek boshqarib turilsa, ular yordamida birgalikda Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilib turish imkoni bo'ladi. Buning uchun bu sun'iy yo'ldoshlar ma'lum bir balandlikda Yer sirti bilan bir xil aylanishi kerak, ya'ni sun'iy yo'ldoshlar Yerga nisbatan harakatsizdek tuyulishi lozim. Hisoblashlarga ko'ra, bunday shart bajarilishi uchun sun'iy yo'ldoshlar Yerdan 36300 km balandlikda ekvator tekisligida orbita bo'ylab uchishi kerak. Biz o'tgan mavzular orqali birinchi kosmik tezlikni va uning qiymatini bilib oldik. Ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar ham bormi? Hisoblashlarga ko'ra, ikkinchi kosmik tezlik v2= 11,2 km/s ga teng. Sun'iy yo'ldoshning tezligi ikkinchi kosmik tezlikka yetkazilsa, u Yer orbitasidan chiqib ketadi va Quyosh atrofida orbita bo'ylab harakat qila boshlaydi. Bu holda u Quyoshning sun'iy yo'ldoshiga aylanib qoladi. Uchinchi kosmik tezlik. Agar raketa Yerning Quyosh atrofidagi orbital harakati yo'nalishida v3 = 16,7 km/s tezlik bilan uchirilsa, raketa uchinchi kosmik tezlikka erishadi va u Quyosh sistemasini tark etadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Begona so’zni top” interfaol metodidan foydalaniladi.
Begona so’z
Og’irlik kuchi Sun’iy yo’ldosh
Yuklama Yulduzlar
Massa Koinot
Og’irlik Oy
So’ngra ekranga test chiqariladi va o’quvchilani yechishga beriladi.
TEST №1
Jismning orbita bo'ylab aylanishi uchun zarur bo'lgan tezlik .
A) 11.2 km/s; B) 16,7 km/s; C) 7,9 km/s; D) 9,81 m/s.
TEST №2
Yerning sun’iy yo’ldoshlari nima uchun uchiriladi?
A) Yer yuzining ob-havosi aniqlash uchun;
B) Teleko'rsatuv va radioeshittirishlarni amalga oshirish uchun;
C) Uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo'ylab uzatish uchun;
D) javoblarning hammasi to’g’ri.
TEST №3
Sun'iy yo'ldosh Yerdan 500 km balandlikda orbita bo'ylab aylanmoqda. Sun'iy yo'ldoshning tezligini toping
A) 7,97 km/s; B) 7,63 km/s; C) 11,2 km/s; D) 16,7 km/s.
5. Baholash: O’quvchilar olgan ballari jamlanib baholab chiqiladi.
6. Uy vazifalari.
1) Darslikdan 28- § ni o‘qish.
2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.