kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Suyuqlikning xossalari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Annotatsiya Ushbu dars ishlanma 9-sinfda "Suyuqlikning xossalari" mavzusini o'tishda fodalansa bo'ladi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Suyuqlikning xossalari»

Y angi mavzuda olgan bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun “Yulduzlar xaritasi”dan foydalanamiz.

Yulduzlar xaritasi:

  1. F=

  2. F=m







V. O`quvchilarni dars davomida olgan kitoblar jamlanmasini kitoblar javonida xisoblaymiz va g`olib guruh aniqlanadi va baholanadi.



VI. Uyga vazifa: 20-mashq 4.5 31§



Dars yakunida o`qituvchi rivoyati: Iskandar Zulqarnayn ishg`ol qilgan yurtining taxtiga birinchi bo’lib ustozini o`tkazar ekan. Bir kuni undan “Nima uchun bunday qilasiz?” deb so`rashganda. “Ota-onam tug`ilishimga, ustozim esa yuksalishimga sababchi bo`lganlar” degan ekan.





Foydalanilgan adabiyotlar

  1. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, Toshkent, 2008 yil

  2. Sh. Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O`zbekistonni birgalikda barpo etamiz”, Toshkent, 2016 yil

  3. 9-sinf fizika. P. habibullayev, A. Boydedayev, A. Bahromov. K. Suyarov, Y, Usarov, M. Yuldasheva. Toshkent 2019

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.arxiv.uz

  6. R. Ishmuhammedov, A. Abduqodirov, A. Pardayev “Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” Toshkent 2008









Mavzu: Suyuqlikning xossalari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga suyuqlikning oquvchanligi, sirt taranglik hodisasi, sirt taranglik kuchi, sirt energiyasi haqida ma’lumot berish.suyuqlik xossalari bilan tanishish (FK1), suv hayot manbai ekanligini xis qilgan holda undan tejamkorlik bilan foydalanishni o`rganish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni ona vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni singdirish, buyuk allomalarimizga mos avlod bo’lishlari kerakligini uqtirib borish.

Rivojlantiruvchi maqsad: axborot bilan ishlashlarini rivojlantirish (TK2), shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish (TK3), ijtimoiy faolliklarini oshirish (TK4), suvdan oqilona, tejamkorlik bilan foydalangan holda matematik savodxonlikni oshirish (TK6).

Dars jihozi: Ma’naviyat daqiqasi uchun ko`rgazmalar, magnit doska, suv, sirli idishlar, pipetka, chizg’ich, plakatlar va slayd.

Texnik jihozlar: kompyuter, video proyektor.

Darsning usuli: interfaol-kichik guruhlarda ishlash, aqlli test, tajribalar, fizik bahru-bayt.

Dars shiori: “Aqliy zakovat va ruhiy, ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir.”

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism: Salomlashish, fan xonasini sanitariya va gigyena holatini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash. Davomatni aniqlash, o`quvchilar diqqatini darsga jamlash, navbatchi orqali kun yangiliklari bilan tanishish.

Assalomu alaykum aziz o`quvchilar!

Darsimiz fizika.

Kun xabari:

  1. Atom so`zi o`rnida 2 million atom joylashgan.

  2. Kitob sahifasida esa 500 million atom joylashgan.



O`qituvchi kun xabari: Dunyodagi eng katta kutubxona Kongress kutubxonasi deb ataladi va u Vashingtonda joylashgan bo’lib, unga 1800 yili 24 aprelda asos solingan. U yerda 470 tilda, 30 milliondan ortiq kitob, 58 million qo`lyozma saqlanadi.

O`quvchilar bugungi darsda olgan baholaringizni ushbu kitoblar jamlanmasi bilan baholab boraman.



Sinfni qatorlar bo`yicha 3 guruhga bo`lib olamiz.

O`qib o`rganingiz bo`ling ziyokor.

Sizni chorlamoqda nu yurt bunyodkor

Kelajak sizniki vatan sizniki

Ertani nurafshon aylang tadbirkor



Ma’naviyat daqiqasi uchun mavzu “Bepul narsaning bahosi qancha?” savoli ostida ekranda videorolik qo`yib beriladi. So`ngra quyidagi savollar orqali o`quvchilar baxsga chorlanadi.

  1. Bepul narsaning bahosi qancha?

  2. Nima ko`proq bepul hisoblanadi? “Menikimi?” yoki “Bizniki?”

  3. Siz o`qiyotgan o`quv dargohi o`z qimmatiga egami?

  1. a) Bepul narsa bizga in’om etilgan sovg`a. Sovg`aning esa bahosi qadri bilan o`lchanadi.

  1. Biz narxi qanchagadir buyum sotib olsak u bir kunda tugashi mumkin. Masalan, shirinlik. Bepul berilgan narsa esa o`zidan bir umrlik iz qoldiradi. Masalan, bepul bilim olayotganimiz.



  1. Nima ko`proq bepul hisoblanadi? “Menikimi?” yoki “Bizniki?”

  1. Bizniki ko`proq bepul, bunga bizga berilayotgan shart sharoitlarni ayta olamiz.

  2. Meniki bepul chunki o`zimda bor narsa meniki-ku.

  3. Meniki bepul emas, chunki uni pilga sotib olganmanku.

O`qituvchi: “Meniki”-bahosi belgilangan. Qanchagadir sotib olingan. “Bizniki”-bahosini belgilashga ojizlik qilganimiz bepul in’omdir.

  1. Siz o`qiyotgan o`quv dargohi o`z qimmatiga egami?

  1. Albatta bilim maskanimiz eng sevimli joyimiz, biz uchun u eng qimmatlidir.

Sirt energiyasi

Suyuqlik sirtidagi barcha molekulalarning suyuqlik hajmidagi molekulalarga nisbatan ortiqcha potensial energiyasi sirt energiyasi deyiladi.

W=

Sirt energiyasining miqdori suyuqlik sirtining kattaligi (S)ga to`g`ri proporsional.

bundan ko`rinadiki: Sirt taranglik koeffitsiyenti son jihatdan suyuqlik sirtining yuza birligiga to`g`ri keladigan sirt energiyasiga teng.

Uning birligi ifodalanadi.

IV. Darsni mustahkamlash uchun mavzuga doir video rolik qo`yib beriladi. Video rolikdan so`ng o`qituvchi yangi mavzuni xulosalaydi.



O`qituvchi xulosasi: O`quvchilar bugungi olgan bilimlarimizni matematik ifodasini yozib chiqamiz.

1.Sirt taranglik kuchi: F= = N

2.Sirt taranglik koeffitsiyenti: =

3.Sirt energiyasi: W= =1j

Olgan bilimlarimizni amaliyotga tatbiqini ko`rib chiqaylik.

  1. Masala

Sovun pufakchasining sirt yuzi ortganda sirt energiyasi qanchaga o`zgaradi?

Berilgan:

S= =12 Formula:

s=0.004 Sirt energiya W=

W=? Sovun pufagining sirti ikki yoqlama. Bunda formulaning ko`rinishi quyidagicha ∆W=2 Javob: ∆W=96 ga teng

B nuqtadagi molekulaga esa pastdan va yon tomondan kuchlar ta’sir qiladi. Chunki suyuqlikning ikki tomoni havo bilan chegaralanganligi uchun suyuqlik sirtidagi molekulaga yuqori tomondan ta’sir qilayotgan kuchni hisobga olmasa ham bo`ladi. Natijada suyuqlik sirtidagi molekula suyuqlik ichiga qarab tortiladi. Bu hol suyuqlik sirtining taranglashishiga olib keladi va sirtda sirt taranglik kuchi vujudga keladi.

Sirt taranglik kuchi.

Tomchining sirt qatlamidagi har bir molekulaga tomchi ichiga yo`nalgan kuch ta’sir qiladi. Bunday kuchlar natijasida tomchining sirt qatlamida uni ushlab turuvchi sirt taranglik kuchi vujudga keladi. Sirt qatlamni chegaralovchi chiziqning uzunligiga proporsional hamda suyuqlikning turiga bog`liq bo`ladi, yani

F= l;

Bu ifodadagi -suyuqlikning tabiatiga bog`liq bo`lgan suyuqlik sirtining xossalarini xarakterlovchi kattalik bo`lib, sirt taranglik koeffitsiyenti deb ataladi, ya’ni

=

Suyuqlikning sirtini chegaralovchi chiziqning uzunlik birligiga ta’sir qiluvchi sirt taranglik kuchiga soni jihatdan teng bo’lgan fizik kattalik sirt taranglik koeffitsiyenti deyiladi.







Sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash.

Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlashning bir qancha usullari mavjud. Sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlashning eng sodda usuli tomchi uzilishi usulidir. Suyuqlikning ingichka naycha bo`ylab oqishi natijasida uning uchida tomchi hosil bo`ladi. Tomchi kichik bo`lganda u naycha uchidan ajralmaydi, chunki uni sirt taranglik kuchi tutib turadi. Tomchi kattalashib, uning og`irligi (m0g) sirt taranglik kuchi ( ga son jihatdan tenglashgach, u uziladi, ya’ni m0g= . m0-suyuqlik tomchisining massasi. Yuqoridagi formuladan ifoda hosil bo`ladi



  1. Maktabimizning bahosini hech qanday pul bilan o`lchab bo`lmaydi. Unda men bahosi yo`q mehr, do`stlarimdan sadoqat oqibat topganman.

  2. Men uchun ham o`quv dargohim kata qiymatga ega. Ustozlarim berayotganbilim, bizga yaratilayotgan shart sharoitlarning bahosi bir umrga tengdir.

O`qituvchi: Darxaqiqat, bizga bepul berilayotgan o`quv dargohlari, buning ortidan erishayotgan yutuqlarimiz dillarga shukronalik tuyg`usini soladi.

Mustaqil diyorda, musaffo osmon ostida, unumdor yer ustida shijoatli yurtboshimiz yo`lboshchiligida porloq kelajak sari olg`a intilaylik.



  1. O`tilgan mavzu: Issqilik dvigatellari bobini takrorlash.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun III bob bo`yicha “Aqlli test”dan foydalanaman.



1-variant: Fizika

2-variant: Elektr

3-variant: Optika

O`tgan darsning takrori,

Bilimlarimiz oshiyoni.

Fiziklar tilidan bahru-bayt o`tkazaman.

  1. Arastu fizikaning otasi.

I-issiqlik dvigateli deb issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmaga aytiladi.

I-ichki yonuv dvigateli 6 qismdan iborat.

T-Turmushda va texnikada ishqalanishning ahamiyati kata

A-Atom va molekulalar orasida o`zaro tortishuv kuchlari mavjud.

D-Daymler tomonidan 1885 yili birinchi ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingan.

N-Nyuton mexanikaga asos slogan olimdir.

R-Raketaning harakati reaktiv harakat.

T-Temperatura moddaning issiqlik darajasini miqdor jihatdan aniqlaydigan kattalik.

K-Kundalik turmushimizda issiqlik mashinalari kabi sovutish mashinalari ham mavjud.

D-Dizel dvigatelini foydali ish koeffitsiyenti 44%ni tashkil qiladi.

I-Ichki yonuv dvigatelini 1860 yili F. Lenuar kashf qilgan.

N-Notekis harakatda tezlikharakat trayektoriyasining turli qismida turlicha bo`ladi.

I-Ichki energiya potensial energiya bilan kinetik energiya yig`indisiga teng.

NG-O`quvchilar NG bilan boshlanadigan so`z yo`q shuning uchun

  1. Yangi mavzu: Suyuqlikning xossalari

O`quvchilar 6-sinf darsligida moddaning agregat holatlari va ularning molekulalarini joylashishi haqida bilim va tasavvurga ega bo’lganlari uchun yangi mavzu uyga topshiriq qilib berilgan. Yangi mavzu o`quvchilar tomonidan yoritib beriladi.

Dars rejasi:

  1. Suyuqlikning oquvchanligi va sirt taranglik hodisasi

  2. Sirt taranglik kuchi

  3. Sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash

  4. Sirt energiyasi

1-guruh. Suyuqlikning oquvchanligi va sirt taranlik hodisasini.

2-guruh. Sirt taranglik kuchi.

3-guruh. Sirt taranglik koeffitsiyenti va sirt energiyasi.



  1. Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarda molekulalar deyarli bir-biriga tegib turadi. Shuning uchun ular orasida o`zaro ta’sir kuchlari gaz molekulalari orasidagi ta’sir kuchlariga nisbatan kata bo’ladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchi molekulalarni bir-biridan uzoqlashib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Shu tariqa gazlardan farqli ravishda suyuqliklar o`z hajmini saqlaydi. Ididshda bo`lgan suyuqlikka pastga yo`nalgan og`irlik kuchi ta’sir qiladi. Shuningdek suyuqlik osti va yon tomonlari devorlar bilan to`silgani uchun u muvozanat holatida bo`ladi. Agar idish bir tomonga og`dirilsa, suyuqlik og`irlik kuchi ta’sirida idish og`dirilgan tomonga oqadi. Ididshga quyilgan suyuqlik shu idish shaklini oladi.

Demak suyuqlik oquvchanlik xususiyati tufayli o`z shaklini saqlab qolmaydi ammo ular o`z hajmini saqlab qoladi.

Sirt taranglik hodisasi

Biror idishga suyuqlik solaylik, masalan piyolaga suv. Suyuqlik sirtiga nazar solsak suyuqlikning sirti tekis degan savol paydo bo`ladi. Modda tuzilishining molekulyar kinetic nazariyasiga ko`ra modda molekulalari orasida doimo o`zaro ta’sir kuchlari mavjud. Suyuqlik ichidagi A va uning sirtida turgan B nuqtadagi molekulaga boshqa molekulalarning ta’sirini qarab chiqaylik. Suyuqlik ichidagi A nuqtada turgan molekulaga qarama-qarshi tomonlardan ta’sir qilayotgan kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Natijada unga ta’sir qilayotgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng bo`ladi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Физика

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Suyuqlikning xossalari

Автор: Ubaydullayeva Sarbarxon Raxmatullayevna

Дата: 10.04.2020

Номер свидетельства: 546002


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства