Havo haroratining pasayishidan suvning yuzasi ham sovib, 4 darajaga yetgach, pastga cho‘kish to‘xtaydi, chunki bu haroratda suvning vazni ancha yengil bo‘ladi. Shunday qilib, mo‘tadillashgan suv yuzasida muzlash uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Harorat 0°C ga yetishi yoki undan pasayishi bilan suv yuzasida mayda kristallar ko‘rina boshlaydi. Ana shu olti qirrali kristallarning o‘zaro birlashuvidan suv yuzasi muz parda bilan qoplanadi.