XVI asrda ingliz olimi Gilbert Fales tajribalarini takrorladi va tajribalar asosida kahrabodan boshqa jismlar ham bir-biri bilan ishqalanganda yengil jismlarni o‘ziga tortishini aniqladi
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri»
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI UCHO`RG`ON TUMANI 17-SONLI UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI FIZIKA FANI O`QITUVCHISI
INAMOVA MUQADDAS ABDUSALOMOVNA NING
BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
Mavzu:Elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri
“__”___20___y. Darsning texnologik xaritasi
Maqsad
O`quvchilarga yarimo`tkazgichli diodni va uning volt-amper xarakteristikasini o`rgatishi; diod va tranzistorlar qanday moddalardan yasalishi hamda uning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish; kundalik hayotda yarimo`tkazgichlarning qo`lanilish sohalarini haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Vazifalari
O`quvchilarga yarimo`tkazgichli diodni va uning volt-amper xarakteristikasini o`rgatishi; diod va tranzistorlar qanday moddalardan yasalishi hamda uning ishlash ‘rinsi’lari bilan tanishtirish; kundalik hayotda yarimo`tkazgichlarning qo`lanilish sohalarini bilishlari haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, tushuntirish, orqali fanga bo`lgan qіziqishlarini oshirish.
O`quv jarayonining mazmuni
O`quvchlar ongiga yarimo`tkazgichli diodni va uning volt-amper xarakteristikasini o`rgatishi; diod va tranzistorlar qanday moddalardan yasalishi hamda uning ishlash ‘rinsi’lari bilan tanishtirish; kundalik hayotda yarimo`tkazgichlarning qo`lanilish sohalarini bilishlari haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.singdirish.
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Dаrs shаkli; Аrаlаsh dаrs.
Metod: “BLITZ SAVOLLAR”, ”Har kim har kimga o`rgatadi” interfaol metodlari,shuningdek,tezkоr test, musоbаqа, sаvоl-jаvоb, “Kichik guruhlаrdа ishlаsh”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, guruhlar bilan ishlash.
Vosita:8-sinf fizika darsligi, guruhlаrgа berilishi lоzim bo`lgаn sаvоllаr yozilgаn ko`chmа dоskа yoki plаkаtlаr, «Klаster» metоdi bo`yichа chizilgаn sхemа.
Nazorat: Test nazorat, guruhlarni baholash.
Baholash. 5 ballik tizim asosida.
Kutilayotgan natijalar
O`qituvchi. O`quvchilarga yarimo`tkazgichli diodni va uning volt-amper xarakteristikasini o`rgatishi; diod va tranzistorlar qanday moddalardan yasalishi hamda uning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish; kundalik hayotda yarimo`tkazgichlarning qo`lanilish sohalarini bilishlari haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish mavzusini tajriba va misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.
O`quvchi. Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishga o`rganadi.
Kelgusi rejalar
O`qituvchi.O`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo`llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o`z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O`quvchi.O`quvchilarga gazlarda elektr tokining o`tishi,jumladan,gaz razryadi, gazlarning ionlashishi,gazlarning elektr o`tkazuvchankigi haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, jarayonni tasavvur qilish, qo`shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. o`z fikrini ravon bayon qila olish. Kompuyuterda ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Mashg`ulot bosqichlari.
Bosqichlar
Mazmuni
Metodlar
Vaqti
1-bosqich
Tashkiliy qism
Salomlashuv. Mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish.
Og`zaki muloqot
3 daqіqa
2-bosqich
O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlashva guruhlar bilan ishlash.
Tezkor savollar va guruhlar taqdimoti
12 daqiqa
3-bosqich
Mavzu bayoni
Gazlarda elektr tokining o`tishi haqidagi bilim va ko`nikmalarni shakllantirish mavzusining asosiy mazmuni to`g`risidagi ma’ruza.
“Aqliy hujum”, slaydlar namoyishi.
15 daqіqa
4-bosqich Mustahkamlash
Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlari, tushunchalarini guruhdagi faoliyatlari orqali aniqlash
b)elektron o’tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog’langan?
s)elektron bilan kavak uchrashganda qanday hodisa ro’y beradi?
III.Yangi mavzu bayoni.
Elektr zaryadlari va ularning o‘zaro ta’siri
Hozirgi vaqtda elektr hodisasi va qonunlarining turmushda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Turli xil elektr mashina va asboblarning ishlashini tushunib olish uchun elektrning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlarini oz miqdorda bo‘lsa ham bilib olish zarur. Shuning uchun oldin ba’zi eng sodda elektr hodisalari bilan tanishib chiqamiz. Elektr hodisalari odamlarni tabiat mavjud bo‘lgandan buyon qiziqtirib keladi. Mo‘ynaga ishqalangan kahrabo tayoqchaning pat, qog‘oz, yengil buyum bo‘lakchasi va shunga o‘xshash yengil jismlarni o‘ziga tortishini miloddan avvalgi 640—550- yillarda yashagan yunon faylasufi Fales Miletskiy kuzatgan bo‘lib, bu hodisa mohiyati ochilmaganicha qolib ketdi va uzoq yillar davomida o‘rganilmadi.
X VI asrda ingliz olimi Gilbert Fales tajribalarini takrorladi va tajribalar asosida kahrabodan boshqa jismlar ham bir-biri bilan ishqalanganda yengil jismlarni o‘ziga tortishini aniqladi. Masalan, shisha tayoqchani shoyiga yoki kahrabo (ebonit) tayoqchani jun matoga ishqalab, so‘ng maydalab yirtilgan qog‘oz parchalariga yaqinlashtirilsa, qog‘oz parchalarining larga tortilishi kuzatildi (1- rasm).
Bunday hodisalar XVII asr boshlarida elektr deb ataldi. Elektr so‘zi grekcha „elektron“ so‘zidan olingan bo‘lib, „kahrabo“ (ebonit) demakdir. Keyinchalik, ishqalanish natijasida yengil jism 1- rasm. larni o‘ziga tortadigan bo‘lib qolgan jismlarni elektrlangan jismlar yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Yuqorida keltirilgan tajribalardan ko‘rinadiki, barcha elektrlangan jismlar boshqa yengil jism larni o‘ziga tortar ekan. Endi shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada hosil bo‘lgan elektr zaryadi bilan mo‘ynaga ishqalangan ebonit tayoqchada hosil bo‘lgan elektr zaryadlari bir-biridan farq qiladimi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun quyidagi tajribalarga murojaat qilamiz.
Ipak ipga osilgan zar qog‘ozdan yasalgan sharchaga zaryadlangan shisha tayoqchani tekkizsak (2- a rasm), sharcha zaryadlanadi. Endi zaryadlangan shisha tayoqchani zaryadlangan sharchaga qayta yaqinlashtirsak, u tayoqchadan itariladi (2- b rasm). Agar zaryadlangan bu sharchaga zaryadlangan ebonit tayoqchani yaqinlashtirsak, sharcha tayoqchaga tortiladi (2- d rasm). Demak, jismlar zaryadlanganda ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lar ekan.
Nima sababdan shunday bo‘lishini aniqlash uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazamiz. Ipak iplarga osilgan ikkita sharchani zaryadlangan shisha tayoqchani tekkizish orqali zaryadlaylik. Shundan keyin zaryadlangan sharchalarni o‘zaro yaqinlashtirsak, ular birbiridan qochadi (3- a rasm). Shu kabi sharchalarni zaryadlangan ebonit tayoqcha orqali zaryadlab, bir-biriga yaqinlashtirsak, bu holda ham sharchalar bir-biridan qochadi (3- b rasm). Agar sharchalardan birini zaryadlangan shisha tayoqcha bilan, ikkinchisini zaryadlangan ebonit tayoqcha bilan zaryadlab bir-biriga
yaqinlashtirilsa, u holda sharchalarning bir-biriga tortilishini ko‘rish mumkin (3- d rasm). Bundan ko‘rinadiki, shisha va ebonit tayoqchalarda hosil bo‘lgan zaryadlarning tabiati turlicha bo‘lar ekan.Demak, tajribalar tabiatda ikki tur elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, bir xil ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar o‘zaro itarilishini, turli ishorali elektr zaryadlari bilan zaryadlangan jismlar esa o‘zaro tortilishini ko‘rsatadi
Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shishada hosil bo‘lgan elektr zaryadlarini musbat (+) ishorali zaryad deb, mo‘ynaga ishqalangan kahraboda hosil bo‘lgan elektr zaryadlarini manfiy (–) ishorali zaryad deb qabul qilingan. „Musbat zaryad“ va „manfiy zaryad“ tushunchalarini hamda ularni mos ravishda „+“ va „–“ ishoralar bilan belgilashni amerikalik fizik B. Franklin 1750- yilda birinchi marta o‘zining elektr hodisalar haqidagi „unitar nazariya“sida kiritgan.
Tabiatda mavjud bo‘lgan barcha jismlarda har doim o‘zaro teng miqdorda musbat va manfiy zaryadlar bo‘lib, jismlar, odatda, elektr jihatdan neytral holatda bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda biz bilamizki, hamma jismlar atom yoki molekulalardan tashkil topgan. Atom esa musbat zaryadli yadrodan va manfiy zaryadli elektronlardan tarkib topgan neytral sistemadir. Agar atom tarkibidagi elektron biror usul bilan tashqaridan qo‘shimcha energiya ola olsa, u holda elektron yadro bilan bog‘lanishni uzib, o‘z atomini tark etishi va jism ichida o‘zini erkin zarradek tutishi, hatto jismdan tashqariga chiqib ketishi ham mumkin.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
A) Aqliy hujum asosida.Yarim o’tkazgich va tranzistorlardan qayerlarda ishlatiladi?
B)Savollar asosida.
Yarimo‘tkazgichli diod nima sababdan tokni faqat bir lomonga o‘tkazadi?
2. p–n o‘tish nima?
3. Yarimo‘tkazgich qarshiligi p–n o‘tishga qanday bog‘liq?
4. Tranzistorda to‘g‘ri va teskari p–n o‘tishlar uning qaysi sohalarida bo‘ladi?
5. p–n–p va n p–n turdagi tranzistorlar nimasi bilan farqlanadi?
6. Yarimo‘tkazgichlarda musbat ion bilan kovak orasida farq bormi?
7. Nima sababdan tashqi sharoitlar o‘zgarmagani holda elektronkovak jufti to‘xtovsiz hosil bo‘lib tursada, yarimo‘tkazgichda erkin zaryad
tashuvchilar soni o‘zgarmaydi?
8. Germaniyga fosfor, rux, kaliy kiritilsa, qanday turdagi o‘tkazuvchanlik hosil bo‘ladi?
9. Nima sababdan bir xil kuchlanishda to‘g‘ri p–no‘tishdagi tok, teskari
o‘tishdagi tokka nisbatan ancha katta bo‘ladi?
C)Nostandart test asosida.
1.Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat?
a)elektronlar oqimining bir tamonlama harakatidan iborat.
b)musbat ionlarning bir tamonlama harakatidan iborat.
c)manfiy ionlar oqimining bir tomonlama harakatidan iborat.
d)elektronlar, musbat va manfiy ionlarning bir tamonlama harakatidan iborat.
Javob:A C
2.To’g’ri p-n o’tishda yarim o’tgazgichlarda berkituvchi qatlam _____________ .
Gapni davom ettiring.
a) kengayadi b)torayadi. c)o’zgarmasdan qoiadi. d)kuchlanish kattaligiga qarab chiziqli o’zgaradi.
Javob:B.D
3. Shartli belgini toping.
a)yarim o’tkazgichli diod b) transistor c) qarshilik d)batareya
4.Tranzistor yarim o’tkazgichli asbobmi?
a) ha B)yo’q
5.Jumlani davom ettiring.Erkin elektronlarning hosil bo’lishi________________________ .
a)electron o’tkazuvchanlik.
b)o’ta o’tkazuvchanlik.
c)donorli aralashma.
d)akseptorli aralashma.
Javob: A
6.Juftini top.
1
2 ta p-n o’tishga ega bo’lgan yarimo’tkazgichli Sistema
A
Yarimo’tkazgichli diod
2
1ta p-n o’tishga ega bo’lgan yarimo’tkazgichli diod
B
Transistor
3
yarimo’tkazgich orqali tok o’tmaslik
C
Strukturali transistor
4
p-n-p turdagi yarimo’tkazgich
D
Teskari p-n o’tish
1
2
3
4
1
2
3
4
B
C
D
A
7.Mikrosxemalarni loixalash,yasash ishlari bilan shug’ullanuvchi soha
a)nanotexnologiya b) optika cg)yadro fizikasi d)barcha javoblar tog’ri.
Javob: nanotexnologiya
8.Harflar o’rnini almashtiring. Iyolginanoxotnya
Javobi:nanotexnologiya
9.To’g’ti javobni belgilang.
a)kovalent bo’lanishda 1 ta elektron qatnashadi.
b) kovalent bog’lanishda 2 ta elektron qatnashadi
c) kovalent bog’lanishda 3 ta elektron qatnashadi
d)kovalent bog’lanishda 4 ta elektron qatnashadi
Javobi:A
10.Birinchi mikrosxemalar 70-yillarda kashf qilingan.
a) ha b) yo’q
V.O’quvchilarni baholash.Uyga vazifa berish.
B) mavzuga doir masalani yechish.
1. Termistor (qarshiligi temperaturaga qarab o‘zgaradigan yarim o‘kazgichli asbob) uchiga ketma-ket holda 1 kΩli qarshilik ulanib, unga 20 V kuchlanish berildi. Xona temperaturasida zanjirdagi tok kuchi 5 mA edi. Termistorni issiq suvga tushirilganda undan o‘tuvchi tok kuchi 10 mA bo‘lib qoldi. Termistor qarshiligi necha marta kamaygan?